160. Hosilaviy kattalik deb nimaga aytiladi?
a) birliklar tizimidagi ihtiyoriy ravishda tanlangan asosiy kattalik
b) ta’rif bo‘yicha soniy qiymati 1ga teng qilib olingan kattalikka aytiladi
c) qabul qilingan birliklarning ma’lum bir soni bilan kattalikning miqdor tavsifiga aytiladi
d) berilgan birliklar tizimining birliklaridan tuzilgan, ta’riflovchi tenglama asosida keltirib chiqariluvchi hosilaviy kattalikning birligiga aytiladi
161. Subyektiv xatolik deb nimaga aytiladi?
a) vaqt mobaynida kattalikning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan xatolik
b) kuzatuvchining aybi bilan kelib chiqadigan xatolik
c) o‘lchanayotgan kattalikning vaqt mobaynida o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan xatolik
d) vaqt mobaynida kattalikning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan xatolik
162. Asbobiy (qurilmaviy) xatolik deb nimaga aytiladi?
a) kuzatuvchining aybi bilan kelib chiqadigan xatolik
b) o‘lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib chiqadigan xatolik
c) vaqt mobaynida kattalikning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan xatolik
d) vaqt mobaynida kattalikning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan xatolik
163. O‘lchash o‘zgartkichi deb nimaga aytiladi?
a) o‘lchash vositasining ma’lum o‘lchash sharoitida, belgilangan vaqt mobaynida o‘z metrologik xususiyatiga aytiladi
b) o‘lchanayotgan kattalikning biror qiymatini, o‘lchash sharoitini o‘zgartirmagan holda, takror o‘lchaganda hosil bo‘ladigan eng katta farqiga aytiladi
c) o‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqish, uzatish, keyinchalik o‘zgartirish, ishlov berish va yoki saqlashga mo‘ljallangan, lekin kuzatuvchining ko‘rishi uchun moslanmagan o‘lchash vositasiga aytiladi
d) bu o‘lchanadigan kattalikning shunday eng kichik (boshlang‘ich) qiymatiki, u o‘lchash asbobining chiqish signalini sezilarli o‘zgarishiga aytiladi
164. Raqamli o‘lchash asbobi deb nimaga aytiladi?
a) kirish qismiga o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantiruvchi, qarshilik, induktivlik va sig‘imni kuchlanishga o‘zgartiruvchi o‘zgartkichlarga aytiladi
b) o‘lchash borasida uzluksiz o‘lchanayotgan kattalikni natijasi raqamli qayd etish qurilmasida yoki raqamlarni yozib boruvchi qurilmada diskret tarzda o‘zgartirilib, indikatsiyalanadigan asboblarga aytiladi
c) bu muayyan (juda qisqa) diskret vaqt oralig‘ida qaydnomalarni olishdir
d) asosiy qismi integrallovchi xossaga ega o‘zgarmas tok kuchaytirgichga aytiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |