1. Ona tili darslarida kreativ tafakkurni shakklantirish Òquvchilarda tanqidiy fikrlashni òstirish


Download 37.62 Kb.
bet1/2
Sana04.04.2023
Hajmi37.62 Kb.
#1329081
  1   2
Bog'liq
referat 1 kreativlik


Mavzu: Ona tili darsini o`qitish jarayonida o`quvchilarda tanqidiy va kreativ tafakkurni shakllantirish

REJA:
1. Ona tili darslarida kreativ tafakkurni shakklantirish
2. Òquvchilarda tanqidiy fikrlashni òstirish
3. Ona tili darsini òqitish jarayonida òquvchilarda tanqidiy va kreativ tafakkurni shakllantitish metodlari

Tafakkur til materiali yordamida nutqiy shakllantirilsa va bayon etilsagina muvafaqqiyatli osadi. Tushuncha so`zlar yoki so`z birikmalari bilan ifodalanadi, shunday ekan, tushuncha til vositasi bo`lgan so`zda muhim aloqa materialiga aylanadi. Kishi tushuncha ifodalaydigan so`z (so`z birikmasi)ni bilsagina, shu tushunchaga asoslangan holda, tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega boladi. Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqni yaratadi.Nutq tafakkur bilan chambarchas bog`langandir. Nutq bo`lmasa, tafakkur ham bo`lmaydi, til materiali bo`lmasa, fikrni ifodalab berib bo`lmaydi. Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy bo`lishini taminlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasini, lug`at sostavini, grammatik qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish uchun, tafakkurni o`stirish uchun shart-sharoit hozirlaydi. Bilimlar, faktlar, har xil axborotlar tafakkurning ham, nutqning ham materialidir. Nutq tafakkur jarayonini o`rganishning muhim vositasi bolib xizmat qiladi. Nutqdan o`quvchining fikriy rivojining asosiy o`lchovlaridan biri sifatida foydalaniladi. O`quvchilarning barcha predmetlaridan materialni o`zlashtirishi va umumiy aqliy rivojlanishi haqida fikr yuritganda, u yoki bu mavzuni bola o`z nutqida (yozgan inshosida, axborotida, qayta hikoyalashda, savollarga bergan javobida) qanday bayon eta olishiga qaratiladi.


Shunday qilib, nutqni tafakkurdan ajratib bolmaydi, nutq tafakkur asosida rivojlanadi; fikr nutq yordamida pishib yetiladi, yuzaga chiqadi. Ikkinchi tomondan, nutqning osishi fikrni shaklantirishga yordam beradi, takomillashtiradi.
Oquvchilar nutqini ostirishning mashgulotning boshqa turlari bilan bogliqligi. Oquvchilar nutqini ostirish boshqa oquv predmetlaridan otkaziladigan mashgulotlar bilan ham uzviy ravishda boglanadi. Ona tili darslarida oquvchilar til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida bilim oladilar: ular kuzatishni, oylashni va korganlari, eshitganlari, oqiganlari haqida togri bayon qilishni organadilar. Ona tili darslari bolalar lugatini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni togri tuzishni orgatadi.
Grammatika va togri yozuv darslarida tilni maxsus organish bilan bolalar alohida tovush, bogin, soz va gaplarni eshitishga va aytishga organadilar.
Ular narsa, harakat, belgi bildirgan kopgina sozlarni, shuningdek, tovush, harf, bogin, soz, ozak, qoshimcha, soz turkumi, ot, sifat, fel, son, olmosh, boglovchi, gap, gap bolagi, darak gap, soroq gap, undov gap singari juda kop yangi atamalarni bilib oladilar.

Download 37.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling