8. Og‘zaki bog'lanishli nutqda fikr bayon qilish qanday aniqlanadi?
A) 20 so‘zdan ortiq bog‘lanishli hikoya, bir necha gap tuza oladi; 10 tadan 20 tagacha so'z, bir necha gap tuza oladi; 10 tagacha so‘z bilan bog'lanishli nutq tarzida javob qaytara oladi; 3-4 so‘z bilan qisqa javob bera oladi.
B) hamma harfni yozishni biladi, so'z yozadi (bosma yoki yozma): ayrim harflarnigina yozishni biladi (bosma yoki yozma); yozishni umuman bilmaydi
C) 50 so'zdan ortiq bog'lanishli hikoya, bir necha gap tuza oladi; 100 tadan 200 tagacha so'z, bir necha gap tuza oladi; 10 tagacha so'z bilan bog'lanishli nutq tarzida javob qaytara oladi;
D) 80 so'zdan ortiq bog'lanishli hikoya, bir necha gap tuza oladi; 10 tadan 20 tagacha so'z, bir necha gap tuza oladi.
9. Ona tili o‘qitish tamoyillari qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?
A) Til materialiga, nutq organlarining o‘sishiga, nutq malakalarining to‘g‘ri rivojlanishiga e ’tibor berish, tizimlilik tamoyili
B) Til ma’nolarini (leksik, grammatik, morfemik, sintaktik ma’nolarini) tushunish, uzviylik tamoyili
C) Tilga sezgirlikni o‘stirish tamoyili, nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili, og‘zaki nutqni yozma nutqdan oldin o‘zlashtirish tamoyili
D) grammatik, morfemik, sintaktik ma’nolarga e’tibor berish, nutq o‘stirish tamoyili
10. Savod o‘rgatish hijo usulida o‘qishga o‘rgatish metodlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A) Harflarning nomini yodlatish (Harfiy metod). Bog‘in hosil qilish.Bo‘g‘inlarni qo‘shish.
B) Xat- savod o‘rgatish. Savod o‘rgatish.
C) Harflarni nomini yodlatish. Unli harflarni o‘rgatish. Undosh harflarni o‘rgatish.
D) Bo‘g‘in hosil qilish. Tovushlarni o‘rgatish. Xat-savod o‘rgatish.
11. Nechanchi yildan boshlab hijo metodidan tovush metodiga o‘tildi?
A) 1909-yildan boshlab
B) 1903- yildan boshlab
C) 1900-yildan boshlab
D) 1991- yildan boshlab
12. Rus-tuzem maktablarining o‘zbek sinflari uchun yaratilgan Saidrasul Saidazizovning birinchi o‘zbek alifbesi nomi keltirilgan qatorni toping.
A) “Adibi avval”
B) “Ta’limi soniy”
C) “Ustodi avval”
D) “Birinchi muallim”
Do'stlaringiz bilan baham: |