1. Operatsion tizim xavfsizligi muammolari


Operatsion tizimlarda yadroni amalga oshirish usullari


Download 401.12 Kb.
bet7/36
Sana08.03.2023
Hajmi401.12 Kb.
#1249896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Bog'liq
ochiq kodle

17. Operatsion tizimlarda yadroni amalga oshirish usullari.
OT yadrosi – bu jarayon vaqti, xotirasi, tashqi apparat ta’minoti, kirish/chiqish qurilmasi kabi kompyuter resurslarga yo’naltirilgan ruxsat ilovalarini ta’minlaydigan operatsion tizimning markaziy qismidir. Yana yadro fayl tizimi va tarmoq protokollari servisini ham taqdim etadi 
Yadroni amalga oshirish variantlari:

  • monolit: xotirada bitta monolit dastur

  • modulli: yuklash va yuklab olish qo’shimcha modullari interfeysini taqdim qiluvchi monolit dastur 

  • mikroyadro: xabarlar yuborish orqali o’zaro aloqa qiluvchi bir nechta dastur 

  • nanoyadro: yadro faqat resurslarni boshqaradi (uzilishlarni qayta ishlash)

  • ekzoyadro: jarayonlarni ishini yo’naltiruvchi nanoyadro

  • Gibrid

18. Operatsion tizimlarda jarayon tushunchasini tavsiflab bering.

  1. Bajariladigan dasturlar

  2. Jarayonlarni dinamik holati (registrli kontekst, xotira holati va shu kabilar)

  3. Mavjud resurslar (jarayon uchun fayllar deskriptorlari kabi ham individual, ham boshqalardan alohida)

Istalgan ko’p vazifali tizimlarda markaziy protsessor ularning har biriga o’nlab yoki yuzlab millisekund taqdim etib jarayonlar orasida tez o’tishni amalga oshiradi. Bunda markaziy protsessor har bir vaqt momentida bitta jarayon bilan ishlasada, 1 soniya ichida bir nechtasi bilan ishlashi mumkin, bunda parallel ishlash illuziyasini yaratadi. Bu jarayonlar orasidagi doimiy o’tish ko’p vazifali ishlash rejimi deyiladi.
19. Jarayon qanday holatlarda bo’lishi mumkin va ularni tavsifi.
Jarayon holatlari:

  1. “Bajarilish” Jarayonni faol holati: Jarayon barcha kerakli resurslarga ega bo’ladi va bevosita protsessor uni bajarayotgan bo’ladi

  2. “Kutish” Jarayonni passiv holati: Jarayon bloklangan va ichki sabablarga ko’ra bajarilmaydi

  3. “Tayyor” Jarayonni passiv holati: Jarayon tashqi sabablarga ko’ra OT tashabbusi bilan bloklangan 

Ko’p vazifali OT larda jarayonlar uch holatdan birida bo’lishi mumkin: bajarilish, kutish va tayyor. Bajarilish davomida har bir jarayon bir holatdan boshqa holatga OT da amalga oshiriladigan jarayonlar rejalashtirish algoritmiga muvofiq o’tadi.
“Bajarilish” holatida bir protsessorli tizimda faqatgina bitta jarayon bo’lishi mumkin. “Kutish” va “Tayyor” holatlarida bir nechta jarayon bo’lishi mumkin. Bu jarayon navbatni hosil qiladi. Jarayon bajarilishi “Tayyor” holatidan boshlanadi. Bu holda u OT jarayonlarini rejalashtiruvchisida bo’ladi. Faollashishda jarayon “Bajarilish” holatiga o’tadi va bu holda u ba’zi holatni kutmaguncha; uning o’zi protsessorni bo’shatmaguncha; rejalshtiruvchi tomonidan chiqarib yuborilmaguncha qoladi.

Download 401.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling