1. Optik aloqa tizimi uzatuvchi modulining vazifasi va tuzilishini tafsivlang


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana12.01.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1089789
  1   2   3
Bog'liq
2-lab ish



1.Optik aloqa tizimi uzatuvchi modulining vazifasi va tuzilishini 
tafsivlang

OOATning tuzilish sxemasi ko‘rsatilgan.
OOATning tuzilish sxemasi tarkibiga quyidagi bloklar kiradi:
KHQU - kanal hosil qiluvchi uskuna; 
MvQ — muvofiqlashtiruvchi qurilma; 
OUz — optik uzatkich; 
ONM — optik nurlanish manbayi
MQ - moslashtiruvchi qurilma; 
UzOM - uzatuvchi optik modul; 
OOATUM — ochiq optik aloqa tizimining uzatish muhiti;
OR - optik retranslyator; OQq - optik qabul qilgich;
QqOM — qabul qiluvchi optik modul; 
ONQq — optik nurlanish qabul qilgichi. 
Sxema OATlariga xos standart texnik qurilmalardan iborat.
Tolali optik liniya traktiga OUz, OOATUM, OR, OQq kiradi 
1.4- rasmda ko'rsatilganidek, uzatuvchi stansiyadan N kanalning
birlamchi elektrik signallari KHQUga tushadi. KHQU chiqishidan
ko‘p kanalli elektr signali muvofiqlashtiruvchi qurilmasiga beriladi. 


MvQ da bu signal optik uzatkich parametri bilan moslashtiriladi.
OUz da elektr signali optik tashuvchini modulyatsiyalash yo‘li
bilan optik signalga o‘zgaradi. So‘ng bu optik signal OOATUM
bo‘ylab uzatiladi. 
Optik signal uzatish muhiti bo‘ylab tarqalganda so‘nadi va
buziladi. Optik signallarni uzoq masofalarga uzatish maqsadida
m a’lum oraliqlarda signallarning buzilish darajasiga qarab, ret-
ranslyatorlar: regenerator yoki kvant optik kuchaytirgichlari
o ‘rnatiladi. Regenerator kirishida optik signallar elektr signallariga,
chiqishida esa elektr signallardan optik signallarga o ‘zgartiriladi,
ya’ni regeneratorlarda elektr signallar kuchaytiriladi, sozlanadi va
boshlang‘ich shakli tikianadi. Kvant optik kuchaytirgichlari
qo‘llanilganda esa so‘ngan optik signallar elektr signaliga o ‘zgar-


tirilmasdan optik signallar ko‘rinishida kuchaytiriladi. 
Qabul qilishda teskari jarayon amalga oshiriladi, ya’ni qabul
qilingan optik signal ko‘pkanalli elektr signalga o ‘zgartiriladi va
KHQU chiqishida N kanal signallariga ajratiladi. 
OOAT uzatish muhiti atmosfera, kosmik va suvosti aloqa
muhitlari bo‘lishi mumkin. 
Atmosferali OOATda to ‘lqinlarning tarqalish xarakteristikasi
yetarli darajada ob-havo sharoitlariga bog‘liq. Atmosfera va suvosti
uzatish muhitlarining fizik nuqtayi nazaridan nobirjinshgi va ular
tarkibidagi begona zarrachalarning uzatilayotgan nurlanish to ‘lqini
bilan o ‘zaro ta'sirda bo‘lishidan elektromagnit to'lqinlar buziladi.
Zarracha o ‘lchamlarining to ‘lqin uzunligi bilan taqqoslanadigan
darajada yoki katta bo‘lishi buzilishlarni oshiradi. Shu sababli
atmosfera buzilishlari optik diapazonda turli xarakterga ega. Shu
tarzd a u zatish m u h itla rin i tah lil q ilish , aloqa tiz im la rin i
loyihalashtirishda yuzaga keladigan eng muhim masala hisoblanadi.
To‘lqinlarning tarqalish yo‘nalishiga tushib qoladigan zarrachalar,
asosan, optik nurlanishni yutadi va sochadi. Bu omillarning ta’sir
darajasi muhit turiga (suvosti, toza havo, turbulent atmosfera va
boshqalar) bog‘liq. Bu tizimlarda buzilishlarni kamaytirish va talab
etiladigan ishonchlilikni ta’minlash uchun retranslyatsiya uchastkasi
uzunligini kamaytirish kerak bo'ladi 



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling