1. Optik signal retranslyatorining vazifasi nimadan iborat


Raqamli tarmoqlarda sinxronizatsiya


Download 460.67 Kb.
bet3/6
Sana28.01.2023
Hajmi460.67 Kb.
#1136412
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-15

Raqamli tarmoqlarda sinxronizatsiya

Raqamli telekommunikatsiya tizimlariga ega tarmoqlarning sinxronizatsiya muammolari oldingi bandlarda qarab chiqilgan edi. Sinxron raqamli ierarxiya tarmoqlari uchun qarab chiqilgan savollarning ma’nosi shu bo’yicha o’zgarmasdan qoladi, faqatgina tarmoq elementlarining sinxronizmini tashkil qilishda tizimli yondashish lozim. Sinxron raqamli telekommunikatsiya tarmoqlarida siklli sinxronizatsiyaning vazifasi, odatdagi vazifadan farq qiladi, chunki sinxron tizimlarning sikli barcha ierarxiya pag’onalarida sinxron, pleziaxron ierarxiyadagi kabi, yuqori pag’onadan boshlab sinxronizmga kirish ketma-ketligiga ega. Bu tizimning sinxronizmga kirish vaqtini kamaytiradi va sinxron raqamli ierarxiyaning eng asosiy afzalliklaridan biridir. Sinxron raqamli tarmoqlarda taktli sinxronizatsiyasining vazifasi xuddi pleziaxron tizimlaridagi kabi, ya’ni tarmoqda ishlovchi raqamli qurilmalarning chastota beruvchi generatorlarini chastota bo’yicha moslashishini ta’minlashdan iborat. Lekin, pleziaxron tarmoqlarda, berilgan raqamli oqimlar uchun qabul qiluvchi va uzatuvchi qismdagi chastota beruvchi generatorlarning mosligini ta’minlash chegaralangan, sinxron tarmoqlarda esa tarmoqning barcha qurilmalarida chastota beruvchi generatorlarning mosligiga erishiladi. Bunday moslikni ta’minlash komponent oqimlarga ulanishini tezlashtiradi, bu ham o’z navbatida sinxron raqamli telekommunikatsiya tizimlarining afzalliklaridan biri hisoblanadi.




15.2. Sinxrosignal manbalarining asosiy parametrlari

Sinxrosignal manbalarni asosiy parametrlari–generator qurilmalarida ishlab chiqiladigan chastotani aniqligi va mo’’tadilligidir.




Generator chastotasining aniqligi deb, generator qurilmasida ishlab chiqilgan chastotani (fa), nominal chastota (fo) dan nisbiy og’ishiga aytiladi, ya’ni aniqlik =|fo-fa|/fmasalan: 50 rrt, ishlab chiqilgan chastotaning 5x10-5 aniqligi uchun mumkin bo’lgan qiymatdir.
Mo’tadillik deb, berilgan ma’lum bir vaqt oralig’ida, generatorni nominal chastota generatsiyasi rejimini ushlab turish xususiyatiga aytiladi. Mo’tadillik parametri yana chastotani nominaldan nisbiy birlik og’ishi bilan ham o’lchanadi va o’ziga kuzatishni oraliq vaqtini birlashtiradi, masalan sutkada bu 10-10 ga teng. Kuzatish vaqti bo’yicha generator mo’tadilligi, qisqa muddatli va uzoq muddatliga bo’linadi. Vaqt bo’yicha mo’tadillik parametrlari tS=103–104 s atrofida baholanadi. Agar mo’tadillik parametrlari tgacha taxlil qilinsa, unga qisqa muddatli mo’tadillik, agar tS dan katta davr davomida taxlil qilinsa, unga uzoqm muddatli mo’tadillik deyiladi. 12.17–rasmda qisqa va uzoq muddatli mo’tadillik tushunchasiga to’g’ri keluvchi chastota mo’tadilligining grafigi ko’rsatilgan. Xuddi shunga o’xshab, turli sharoitda generator ishining mo’tadilligi harorat mo’tadilligi bo’yicha ham aniqlanadi. Foydalanish jarayonida har xil sharoitda generator ishining mo’tadilligi juda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun sinxronizatsiya manbalarini va turldi mo’tadillik parametrlarini tanlashda juda katta


15.17 – rasm. Sinxrosignalning nomo’tadillik grafigi: qisqa va uzoq muddatli nomo’tadillik.


qiymat ajratiladi. Odatda generator ishini mo’tadillik parametrlarini o’lchashda tashqi sharoitga bog’liq holda laboratoriyada sertifikatsiyalangan o’lchovlar o’tkaziladi.


Demak generator ishidagi noaniqlik doimiy ravishda ishlab chiqiladigan chastotaning og’ishi (chastota so’rilishi) bilan bog’liq. Generator yuqori mo’tadillikka ega bo’lgan holda, undan beriluvchi sinxrosignallar chastota surilishiga ega.



Download 460.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling