285.Pnevmokonioz - bu shunday kasalliklar guruxi bo’lib,u ishchilarda
qanday omillar ta’sirida kelib chiqadi?
A. *ishlab chiqarish changi;
B. shakarqamish changi;
C. kremniy tutuvchi chang;
D. ko’mir changi.
286.Ishchilarni dastlabki tibbiy ko’rikdan o’tkazishdan maqsad nima?
A. *shu korxonada va tanlagan kasbda ishlash uchun ishchilarning salomatligi
bo’yicha yaroqli ekanligini aniqlash;
B. surunkali kasalliklarni aniqlash;
C. ishga kiruvchilar bilan yaqindan tanishish;
D. kasbga oid patologiyani iloji boricha ertaroq aniqlash.
287.Ishchilarni davriy tibbiy ko’rikdan o’tkazishdan maqsad nima?
A. *ishchilarning umumiy kasallanish darajasini aniqlash;
B. kasbga oid kasallik shaklllarini aniqlash va ishchilarning umumiy sog’lomlik
holatini baholash;
C. ishchilarning mehnat qobiliyatini aniqlash;
D. mehnat sharoitini sog’lomlashtirishga doir tadbirlarning natijalarini xisoblash.
288. Shovqin va tebranishni o’lchash uchun qaysi asboblar qo’llaniladi?
A. *VShV- 003- M2;
B. aspirator;
C. UG- 2;
D. psixrometr.
289. Ishchi zona havosida changlanganlikni baholash uchun qanday asboblar
qo’llaniladi?
A. *aspirator;
B. VShV- 003- M2;
C. UG- 2;
D. psixrometr.
290. Ishchi zona havosida toksin moddalar kontsentratsiyasini ekspress
tarzda baholash uchun qaysi asbob qo’llaniladi?
A. *UG- 2;
B. aspirator;
C. psixrometr;
D. lyuksmetr.
291. UG-2 asbobi yordamida toksin moddalarni kontsentratsiyasini aniqlash
nimaga asoslangan?
A. *indikator poroshok solingan naychada rang hosil bo’lishi balandligiga qarab;
B. aniqlanayotgan moddani yutgan eritmani elektr potentsialini o’zgarishiga;
C. indikator kukunini yutish xususiyatiga qarab;
D. indikator kukunini rang o’zgarishi jadalligiga qarab.
Do'stlaringiz bilan baham: |