1.Oqilona ovqatlanish nima?
A. *organizmning fiziologik ehtiyojlariga mos va yuqori reaktivlikni tutuvchi, umr;
ko`rish davomiyligini uzaytirishga olib keluvchi ovqatlanish;
B. hozirgi vaqtda organizmning fiziologik ehtiyojlariga mos keladigan
ovqatlanish;
C. oqsil, yog’ va uglevodlar o’zaro muvozanatlashgan oqvatlanish;
D. ratsionda ko’p miqdorda oziq moddalarni tutgan va yuqori energetik qiymatga
ega bo`lgan ovqatlanish.
2.Oqilona ovqatlanish ahamiyatga ega:
A. *aholi salomatligining barcha ko’rsatkichlari uchun;
B. yuqumli kasalliklar bilan kasallanish darajasi uchun;
C. yuqumli bo’lmagan kasallanish darajasi uchun;
D. jismoniy rivojlanish uchun.
3.Ovqat ratsionining energetik qiymati nimaga mos bo’lishi kerak?
A. *organizmning fiziologik ehtiyojlariga;
B. maksimal energiya sarfiga;
C. minimal energiya sarfiga;
D. 3000 kkal.
4.Organizmning fiziologik ehtiyoji nimalarga bog’liq bo’ladi?
A. *jinsga, yoshga, bajariladigan ish faoliyatiga;
B. yoshga va bo’yga;
C. yoshi va jinsiga ;
D. yoshiga, bajariladigan ish faoliyati va davomiyligiga.
5.Muvozanatlashtirilgan ovqatlanish deb nimaga aytiladi?
A. *ovqatli moddalarning eng muvofiq nisbatda bo’lishi;
B. oila byudjetiga muvofiq ovqatlanish;
C. suv-tuz muvozanatini ta’minlovchi ovqatlanish;
D. azot muvozanatini ta’minlovchi ovqatlanish.
6.Necha marta ovqatlanish kerak?
A. *uch martadan kam emas ;
B. ikki martadan kam emas;
C. albatta to’rt mahal;
D. to’rt martadan kam emas.
7.Yilning sovuq mavsumida 3 mahal ovqatlanish tarkibida kunlik ratsionning
energetik qiymati qanday taqsimlanadi?
A. *nonushta 30-35%, tushlik 40-45%, kechki ovqat 20-25%;
B. nonushta 40-45%, tushlik 30-35%, kechki ovqat 25-30%;
C. nonushta 20-25%, tushlik 15-20%, kechki ovqat 30-35%;
D. nonushta 30-35%, tushlik 20-25%, kechki ovqat 40-45%.
Do'stlaringiz bilan baham: |