Yakuniy natija: Jamiyatning siyosiy hayoti,siyosiy ong va siyosiy madaniyat haqida etarlicha bilim va malakaga ega bo’ladilar .
Foydalanuvchilar: Talabalar va o’qituvchi .
Tayanch bilim va ko’nikmalar. Loyihani muvaffaqiyatli bajarish uchun talabalar quyidagilarni bilishi va uddalashi lozim: davlat, hokimiyat, boshqaruv, huquqiy demokratik islohotlar, siyosiy erkinlik, siyosiy ong, siyosiy madaniyat, ma’lumotlarni qayta ishlash, maqsadni belgilash va hamkorlikda ishlash.
Namunaviy belgilariga muofiq loyiha tasnifi:
loyiha turi: axborotli;
mavzu-mazmunli sohasi:
talabalarning loyiha faoliyati yo’nalishlarining tasnifi: loyiha ishtirokchisiga o’xshatishli, yashirin (bevosita);
ishtirokchilar soni: 4-6 ta;
muddati: bajarish davomiyligi – 2 hafta.
Loyiha bo’yicha ish tartibi: darsdan tashqari faoliyat sharoitda bajariladi,. Seminar mashg’ulotlarida taqdimot qilinadi.
Loyihani baholash: guruhli loyihada quyidagilar baholanadi:
(mavzular bo’yicha) loyihaning alohida qismlarini, talabalarning yakka o’zlari bajarganliklari (maks. 10 ball);
Hisobot (maks. 5 ball);
Loyiha taqdimoti (maks.2,5 ball);
Taqdimot jarayoni va loyiha himoyasi (maks.2,5 ball)
Loyihali o’qitish bosqichi:
Tayyorgarlik bosqich: loyihaga kirish, talabalar faoliyatini tashkillashtirish - auditoriya ishi.
Loyihani bajarish bosqichi - auditoriyadan tashqari ish.
Yakuniy bosqich: loyiha taqdimoti, loyihani va talabalar faoliyatini baholash, Loyiha faoliyatini o’zi tahlil qilish- auditoriya ishi.
Loyihaga oid o’qitishni tashkillashtirishni o’zi tahlil qilishi - auditoriyadan tashqari ish.
O’qitish modelining qisqa tasnifi: loyihali o’qitish jarayonida quyidagilardan foydalaniladi:
O’qitish usullari: loyihalar usuli, yo’riqnoma berish, matn bilan ishlash.
O’qitish shakllari: umumiy, guruhli, jamoaviy, yakka tartibli.
O’qitish usullari: loyiha topshirig’i, uslubiy ko’rsatma, kompyuter texnologiyalari
Ishtirokchilar loyiha bo’yicha birinchi marta ishlayotganliklari hamda loyiha faoliyati bo’yicha malakalarga ega emasliklari bois, «Talabalar uchun uslubiy ko’rsatmalar»da quyidagilar taqdim etiladi: muammo, vazifa va faoliyat turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |