(2 soat) nazariy
«Sotsium» atamasi va tushunchasi. Sotsium - keng ma`noda universumning (olamning) alohida qismi. Unda kishilik dunyosi xos jihatlarining ifodalanishi. «Jamoa»ning atamaviy va tushunchaviy tasnifi. «Jamiyat» tushunchasi. Jamoa va jamiyat - Sotsiumning tashkiliy tarzlari. Jamiyat - murakkab, o`z-o`zicha yetarli dinamik tuzilma.
16-§. Jamiyatning nazariy modeli
(2 soat) amaliy
«Model» tushunchasi. Nazariy modelda sezgilar bilan bilib bo`lmaydigan, tekshirilmaydigan voqelikning ifodalanishi. Mavhumlikdan konkretlikka qarab borish. Jamiyatni modellashtirishda tamoyillar va tushunchalarning ahamiyati.
IV В О В. JAMIYAT HAYOTINING ASOSIY SOHALARI
( 2 soat nazariy, 2 soat amaliy)
17-§. Ma`naviyat sohasi(1soat) nazariy
Inson ichki dunyosi - ma`naviyat sohasi. Ma`naviyatning tarkibi. Axborotdorlik - ma`naviyatning tub tashkil etuvchisi. Ziyolilar - ma`naviyatning bosh tashuvchilari. Axloqiy hayot. Ta`lim va fan. Badiiy-estetik hayot. Din, uning hozirgi jamiyatdagi o`rni.
18-§. Iqtisodiyot sohasi(1soat) nazariy
Moddiy-iqtisodiy hayot. Moddiy ishlab chiqarish - kishilarning o`zaro aloqalari hamda tabiat bilan modda va quvvat almashinuvi jarayoni. Mehnat unumdorligi. Inson va texnika. Texnologiya va ishlab chiqarishning tashkiliy jihatlari. Mulk tushunchasi. Mulkchilikning turli xillari. Turmush darajasi. Iqtisodiyot va jamiyat hayotining boshqa sohalari.
19-§. Ijtimoiy soha(1soat) amaliy
«Ijtimoiy soha» («sotsial soha») tushunchasi. Bu sohaning asosiy tashkil etuvchilari. «Ijtimoiy (sotsial)» atamasining tor va keng ma`nolari. Ijtimoiy-sinfiy birliklar. Ijtimoiy-hududiy umumiyliklar: xalq, omma, insoniyat va boshqalar. Etnik birliklarning tarkibi. Mikroijtimoiy guruhlar. Irqning maqomi muammosi.
20-§. Boshqaruv va siyosat sohasi
Do'stlaringiz bilan baham: |