1. O’qituvchi –lоyihаchi to’g’risidа mа’lumоt


Download 1.44 Mb.
bet8/98
Sana13.04.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1352489
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   98
Bog'liq
Shaxs va jamiyat фани бўйича таълим технологияси

21-§. Ijtimoiy institutlar(1soat) amaliy
Boshqaruv - jonli tizimlarning ajralmas jihati. Ijtimoiy boshqaruvning mazmuni va tiplari. «Hokimiyat» tushunchasi. Siyosiy hokimiyat va siyosiy soha. Davlat - sivilizatsiyaviy fenomen. Siyosiy partiyalar. Demokratiya - xalqni hokimiyatning manbayiga aylantirgan siyosiy va davlat tizimlari shakli. Huquqiy davlat.
«Institut» tushunchasi. Ijtimoiy institutlar tarkibi. Institutsiyaviy almashuv. Institutlar bajaradigan vazifalarning jamiyat sohalari bo`yicha tasnifi. Tashkilot va muassasalar, ularning xillari. «Byurokratiya» hodisasi.


V В О В. IJTIMOIY-TARIXIY JARAYONLAR( 2 soat nazariy, 1 soat amaliy)


22-§. Ijtimoiy tarix: ma`nosi va kechishi.
(2soat) nazariy
«Tarix» atamasining ko`p ma`noliligi. O`tmishni hozirgi davr orqali idrok etishning ma`nosi va mazmuni. Sharq (an`anaviy) va G`arb-Yevropa (dinamik) jamiyatlarda tarixiy jarayonlar kechishining xos jihatlari. Tarixiy jarayonlarning bekik doira bo`yicha nasroniy-chiziqli, davriylik-spiralsimon tarzlarda tushuntirilishi. Ijtimoiy taraqqiyot g`oyasining hozirgi talqini muammolari.


23-§. Sotsiumdagi o`zgarishlarning funksional tavsifl
(1soat) amaliy
Sotsiumdagi o`zgarishlarning mexanizmi va uning sohalari tashkil etuvchilarining funksional tavsifi. Ijtimoiy jarayonlarni dunyoviy tushunishda monistik va plyuralistik yondashishlar. Kishilik jamiyatining funksional barqarorligi va uni ta`minlashning asosiy shart-sharoitlari.


UCHINCHI BO`LIM SIVILIZATSIYALAR - IJTIMOIY-MADANIY JARAYON
VI BOB. JAMIYAT VA SIVILIZATSIYA( 2 soat nazariy, 1 soat amaliy)


24-§. Sivilizatsiyaning boshlanishi va tadriji
25-26-§. Sharq va G`arb: sivilizatsiya tiplari
27-§. Islomiy sivilizatsiya (2 soat) nazariy
«Sivilizatsiya» tushunchasi. Chorvachilik, dehqonchilik, quruvchilik, amaldorlik va ruhoniyatning kelib chiqishi - sivilizatsiyaning boshlanishi. Politogenez. Ma`naviy shart-sharoitlar. Xususiy mulk. Sivilizatsiyalarning makoni, vaqti va xarakteriga ko`ra tavsiflanishi. A.Toyinbi va K.Yaspers nazariyalari. Sivilizatsiya bosqichlari. Farmatsiyaviy yondashishning yaroqsizligi.
Sivilizatsiya tarkibida madaniyatning o`rni. Sivilizatsiya hodisalarining qadriyatiyligi. Inson hayoti - oliy qadriyat.
«Sharq» tushunchasi. Sharq - daryoviy-mintaqaviy sivilizatsiyalar o`chog`i. Sug`orma xo`jalik yurgizishning ijtimoiy-madaniy tavsifi. Kishilar turmushida axloq-odob, urf-odatlar va an`analarning barqarorlashib borishi. Dunyoqarash va bilimlarning qorishiqligi. Kishilar taqdirida Tabiat, Sotsium va Davlatning belgilovchiligi.
Sharqning antik dunyoga ta`siri va bu yerdagi sivilizatsiyaning xos jihatlari va bosqichlari. Uyg`onish, Reformatsiya va Ma`rifatchilikning sivilizatsiyaviy tavsifi. Fan va sanoat inqilobi. Vakolatli demokratiya, individualizmning jamoaviylikdan ustunligi, industrial jamiyat - G`arb yangi sivilizatsiyasining belgilovchi qismlari. Sharq va G`arb sivilizatsiyalarining yaqinlashuvi - umumsivilizatsiy aviy jarayon.
Sharq - barcha jahoniy dinlar beshigi. Islom dini Qadimgi Yaqin Sharq, Antik davr bilan Yevropa Yangi davri oralig`idagi g`oyalar va bilimlarning asosiy manbayi. Musulmonchilikda jamoa maqomi, oddiy va bajarilishi qat`iy bo`lgan qoidalaming «Qur`on»da poetik-axloqiy va qonunlar tarzida ifodalanishi. Xalifatik va islom dinining keng tarqalishi. Bag`rikenglik, mahalliy an`analarga hurmat, halollik, tijoratga asoslangan iqtisodiyot - sivilizatsiya asoslari.
Islomiy madaniyat tarkibiy qismlari rivojlanishining shart-sharoitlari. Musulmonchilik sivilizatsiyasi rivojlanishidagi sustlashuv va turg`unlikning sabablari.



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling