1. O’qituvchi nazokatida dilkashlik va pedagogik takt “Pedagogik takt” muhim pedagogik qobiliyat sifatida Taktikani tanlash va uni qo’llash qoidalari


Yosh o’qituvchilarning kasbiy-pedagogik dilkashligini o’rganish DASTURI


Download 32.16 Kb.
bet2/7
Sana14.12.2022
Hajmi32.16 Kb.
#1002071
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-Ma\'ruza Pedagogik takt va pedagogik etika.

Yosh o’qituvchilarning kasbiy-pedagogik dilkashligini o’rganish DASTURI
O’zingizda kishilar bilan muloqotga ehtiyoj sezasizmi?
Yolg’iz o’zingiz qolganingizda zerikasizmi, odamlar orasida bo’lishni istaysizmi, yoki aksincha, yolg’iz qolishdan qoniqish hosil qilasizmi?
Ko’chada tanishingizni ko’rib qolsangiz, u bilan gaplashish istagi paydo bo’ladimi, yoki ehtimoliy suhbatdan qochishni istaysizmi?
Tanish do’stlaringiz ko’pmi?
Nima deb o’ylaysiz, tanishlaringiz siz bilan muloqotdan zavq olishadilarmi?
Zaruriyat yuzasidan notanish kishilar bilan oson muloqotga kirisha olasizmi?
Telefonda uzoq gaplashasizmi (do’stlaringiz, tanishlaringiz, hamkasblaringizga qaraganda)?
Sizda ba’zan shunday holat bo’ladimi: masalan, jamoa bilan doimiy muloqot qilishdan charchagansiz, yolg’iz o’zingiz qolishni istaysiz, ammo bir necha soniya vaqt o’tmasdan, siz yana kishilar va do’stlaringiz bilan muloqot qilishga ehtiyoj his qilasizmi?
Ba’zan tanishlaringiz haqida o’ylaganingizda ular bilan gaplashish istagi paydo bo’ladimi va suhbatning lozim bo’lgan mavzusi ham topiladimi?
O’quvchilar bilan muloqotga kirishish istagida doimiy ehtiyojni his qilasizmi?
Ishdan bo’sh vaqtlaringizda bolalar va o’quvchilaringiz haqida o’ylaysizmi?
Sizda shunday holat bo’ladimi: masalan, o’qigan kitobingiz haqida yoki ijtimoiy hayotda ro’y bergan biror taassurotli hodisa haqida o’quvchilaringizga aytib berish, o’z mulohazalaringizni bildirish istagi paydo bo’ladi? Bu holatingizni batafsilroq sharhlab bering.
Bolalar, sinf, ular bilan muloqot qilish haqida o’ylaganingizda sizda birdaniga o’qitish, tarbiyalash istagi paydo bo’ladimi?
O’quvchilarga ta’til berilgan paytlarda ular bilan muloqot qilish istagi sizda paydo bo’ladimi?
Sizning ishchanlik faoliyatingizga,o’quvchilar bilan bo’lajak muloqot jarayonini qanday tashkil etish va ular haqida o’ylashingiz ta’sir etadimi, nima deb o’ylaysiz?
O’quvchilar jamoasi bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar oldidan maktabga kelganingizda siz qanday taassurotnihis etasiz? Batafsil tahlil qiling.
Ma’lumki, tanaffus payti – ta’lim muassasasi hayotida sershovqin payt. Bu vaqtda sizni qanday his-hayajon qamrab oladi: befarqlik, asabiylashish holati, charchoq va toliqish, o’quvchilarni kuzatish va ayrimlariga tanbehberish istagi, bu ko’rinishdan qoniqish hissi?
Dars oldidan o’qituvchilar xonasidasiz:sinf jamoasi bilan bo’lajak muloqot haqida o’ylaysizmi, bu o’y va fikrlar ishchanlik kayfiyatingizga qanday ta’sir etadi?
Sinfga kirib kelishingiz, o’quvchilar bilan salomlashish, umuman darsning boshlanishi, ushbu vaziyatlar sizga qanday ta’sir etadi (tez harakat qilishga da’vat etadi, ishchanlik kayfiyatini uyg’otadi, tetiklantiradi, ko’ngillarga yaxshi kayfiyat bag’ishlaydi, umuman ta’sir qilmaydi va hokazo.)?
Dars jarayonida o’zlashtirmovchi va intizomsiz o’quvchilarga nisbatan asabiylashish holatingizni oson bartaraf eta olasizmi?
Siz uchun o’quvchilar bilan dars jarayoni qiziqarlimi, yoki o’zingizni ko’proq betaraf his qilasizmi?
Sinf jamoasi bilan munosabatlar yo’lga qo’yilmasa, o’zingizni qanday his qilasiz: qayg’urasiz, munosabatni yaxshilashga urinasiz, befarqsiz, o’z aytganingizni majburlab bajartirasiz, o’quvchilar fikrini ham ma’qullaysiz?
Dars jarayoni yaxshi o’tganidan qoniqishni his qilasizmi? Bu sizning ishchanlik kayfiyatingizga ta’sir etadimi, o’quvchilar bilan muloqot qilish zaruriyatini keltirib chiqaradimi?
O’quvchilaringizni ko’chada, mahallada ko’rib qolgan paytlaringizda, ular bilan suhbatlashish istagi paydo bo’ladimi?
Transportda, ko’chada yurgan betaraf vaziyatlaringizda o’quvchini kuzatib, uning ruhiy holatini tushunish istagi paydo bo’ladimi?
Sinfda dars o’tish davomida siz uchun ma’lum bo’lgan holatni tahlil qiling: o’quvchilarni tushunishga intilish, ularning kayfiyatini va ruhiy kechinmalarini his qilish, sinf jamoasining kayfiyatidan qat’iy nazar belgilangan dars rejasini amalga oshirish.
Darsga tayyorlanayotgan paytingizda yangi mavzuni o’rganish bo’yicha turli pedagogik texnologiyalarni tanlash bilan bir qatorda, o’quvchilar bilan muloqotga kirishish variantlarini ham o’ylab olasizmi?
O’quvchidan jahlingiz chiqsa, sizning asabiylashgan holatingiz uzoq vaqt davom etadimi?
O’qituvchilik kasbingizni o’zgartira olarmidingiz? Agarda o’zgartirsangiz, qaysi kasbni tanlagan bo’lardingiz?
O’quvchilar bilan odatiy, nisbatan barqaror pedagogik muloqot usullari sizda shakllanganmi yoki yo’qmi: uni tahlil qiling?
Siz tanlagan muloqot usullari pedagogik faoliyatingizda sizga qanchalik yordam beradi deb o’ylaysiz?
Siz o’zlashtirgan muloqot usullari dars jarayonida paydo bo’ladigan kutilmagan vaziyatlarda qanday ahamiyatga ega?
Siz odamlar bilan kundalik muloqot qilish va sinf jamoasiga dars o’tish davomida o’quvchilar bilan bo’ladigan muloqotni farqlay olasizmi? Agar farqlasangiz, bu farqlar nimalardan iborat?
Sinfdagi pedagogik muloqotingiz paytida odamlar bilan kundalik muloqotdan farqli nimalar paydo bo’ladi?
Sinf jamoasi bilan pedagogik muloqot usullarini, ba’zan kishilar bilan odatiy kundalik muloqot qilish vaziyatiga ko’chirgan holatlaringiz bo’ladimi? Tahlil qiling.
O’tkazilgan o’z-o’zini kuzatish asosida, o’zingiz uchun dilkashlik xususiyatlarini kasbiy fazilat sifatida ahamiyatini aniqlang, shunda siz o’quvchilar bilan muloqot jarayonidapedagogik faoliyatingizdagi asosiy kamchiliklardan kelib chiqqan holda o’zingiz uchun “Kommunikativ jihatdan o’z-o’zini tarbiyalashning individual-tipologik dasturi”ni tuzishingiz mumkin. Ushbu dastur– kasbiy fazilat sifatida o’qituvchida dilkashlik va xushmuomalalikni rivojlantirish dasturi (o’quvchilar bilan muloqotga kirishish darajasi past bo’lganida) bo’la oladihamda o’quvchilar bilan muloqotda salbiy ko’rinishlarni bartaraf etish (siqiqlik, tortinchoqlik, keskinlik va hokazo), kasbiy-kommunikativ ko’nikma va malakalarni qisqa muddatda shakllantirishga zamin yaratadi.

Download 32.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling