1. Oybekning "Navoiy"romanida "Boyqaro davlatining yuragi " deya etirof


Download 17.2 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi17.2 Kb.
#1516561
Bog'liq
9-sinf 40talik umumiy

1.Oybekning "Navoiy"romanida “Boyqaro davlatining yuragi “ deya etirof


etilgan shahar nomini toping.
A) Hirot B) Maymana C) Pilpoyon D) Samarqand
2.Asarda qilichbozlikda mohir deya tariflangan qahramon kim?
A) Valibek B) Sultonmurod C) Amir Badriddin D) Mirzo Yodgor
3. “ Haqqush qichqirig`i” asari kimga tegishli?
A) Sh.Rahmon B) H.Xudoyberdiyeva
C) A.Oripov D) Omon Matjon
4. O’.Sulaymon haqidagi no’to’g’ri ma’lumotni chiqarib tashlang
A) Moskvadagi Maksim Gorkiy nomidagi Jahon adabiyoti institutiga kirgan
B) Qozog‘istonning Italiya, Yunoniston va Maltadagi elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan
C) O‘ljas Sulaymonov rus tilida ijod qiladi
D) Otasi Umar dehqon edi
5.Ayt-chi Temur sen besabab qon to`kkanmisan? Kim tomonidan aytilgan?
A) Navoiy B) Yugnakiy C) Boyazid D) A.Yassaviy
6. Shavkat Rahmon Ispaniyaga ijodiy safar qilgach, qaysi o’zi sevgan atoqli ispan shoirining she’rlarini bevosita ispan tilidan o’zbek tiliga tarjima qilib, she’riy kitob holida nashr ettiradi?
A) Shekspirning B) Kalderonning C) Lope de Veganing D) Lorkaning
7. «Temir xotin» komediyasida o'zbek ayoli ruhiyati o'zining cheksiz ko'lami va yuksak ezguliklari bilan yorqin aks ettirilgan bo'lib, qaysi qahramon ayoliga «ko'p o'qishi» bilan maqtanganda ayol erining aslida o'qimishlilik darajasi qandayligini juda yaxshi bilgani holda uni fosh etmaydi, uyaltirmaydi?
A) Qo'chqor B) Olimjon C)Turobjon D) Safar
8. «Temir xotin» komediyasidan olingan quyidagi parchada robotning halokati sabablarini o'ylayotgan qaysi qahramonning fikrlari bayon qilingan? «Xo'sh, nima ish qilipti! Hali qatorlashtirib bola tuqqani yo‘q, kechalari uyqudan qolib, beshik quchoqlab chiqqani yo‘q, har bir farzandi bilan ming bor kasal bo'lib, ming bor sog'aygani ham yo‘q. Bitta o'zbek ayoli nima ish qilsa, shuning yarmini qildi, xolos...» A) Turobjonning B)Qumrining C) Qo'chqorning D) Olimjonning
8. 1603-yildan keyin Uilyam Shekspirning truppasi a’zolari qanday nom bilan atalgan?
A) “Qirol hazratlarining kamerdinerlari” B) “Qirol hazratlarining xizmatkorlari”
C) “Qirol hazratlarining ma’rifatchilari” D) “Qirol hazratlarining aktyorlari”
9. 1598-yilda aka-uka Berbijillar Londonning shimoliy chetidagi eski teatrni buzib, uning uskunalaridan Temza daryosining janubiy qirg’og’ida qaysi teatrni tashkil etishgan? A) “Greyz inn” B) “Globus” C) “Blekfrayerz” D) “Berbijil”
10. Xoja qalamiga mansub Sulaymon alayhissalom va pashsha haqidagi hikoyatda qo‘llanilgan «kishti» so‘zining ma’nosini toping.
A) ko‘mak, yordam B) ikrom C) kema D) yo‘l
11. Chingiz Aytmatov nomini jahonga tanitgan asarlar qaysi?
A) “Birinchi muallim”, “Yuzma-yuz”, “Jamila”, “Alvido, Gulsari”, “Oq kema”.
B) “Asrga tatigulik kun”, “Qiyomat”, “Kassandra tamg'asi”, “Tog'lar qulaganda”.
C) “Adabiyot muallimi”, “Asrga tatigulik kun”, “Qiyomat”, “Yuzma yuz”, “Oq kema”.
D) “Birinchi muallim”, “Zilzila”, “Jamila”, “Tog'lar qulaganda”, “Oq kema”.
12. Shavkat Rahmonning qaysi she’rida lirik qahramonni o’rtagan armon: “… bizga tik qarama” buyurdi yovlar, yovlarga ters qarab yashadi bari” yoki “ters qarab o’ling” deb yovlar buyurdi, yovlarga ters qarab jon berdi bari” yoxud “tug’ingiz, - dedi yov, - teskari qarab”, yovlarga ters qarab tug’ildi bari” satrlarida aks ettiriladi? A) “Turkiylar” B) “Baxt so’zi” C) “Jangda o’lgan emas biror bahodir” D) “Tong ochar ko’zlarin…”
13. Shavkat Rahmonning “Baxt so’zi” she’ridan olingan quyidagi misralarda tushirib qoldirilgan so’zlarni topib, ketma-ketlikda qo’ying. “ … so‘zin elimdan avvalroq aytdim, … so‘zin aytaman eldan keyinroq.”
A) baxt, g’am B) g’am, baxt
14. Halima Xudoyberdiyevaning qaysi she’rida lirik qahramonning: “O’z qonim bilan o’zim alvonlanib boraman” tarzidagi iqrori zamirida ulkan insoniy dard va
g’urur ifodalangan?
A) “Shunchaki” she’rida B) “Dorilomon kunlar keldi…” she’rida
C) “Bir o’rim soch tarixi” she’rida D) “Begim, sizni tabiat…” she’rida
15. “nonday qo‘ngan oy” tasviri qaysi she’rda uchraydi?
A)”Arg’umoq” B) Mambet botirning qatl oldidan aytganlari C) “Tungi taqqoslar” D) “Yumaloq yulduz”
16. “Tungi taqqoslar” she’rini kim ona tiliga o’girgan?
A) S.Sayid B)M.Rahmon C)A.Suyun D)A.Rashid
17. Xoja qalamiga mansub odil podshoh va zohid haqidagi hikoyatda zohid bir soat adolat qilganning savobi kimlarning ibodatidan ortiqligini aytadi?
A) odamlarning va farishtalarning ibodatidan B) farishtalarning va hurlarning ibodatidan C) odamlarning va hurlarning ibodatidan D) odamlarning, farishtalarning va hurlarning ibodatidan
18. Xojaning bizgacha yetib kelgan dostoni qaysi asarga nazira shaklida yozilgan?
A) «Gulzor» B) «Maxzan ul-asror» C) «Miftoh ul-adl» D) «Maqsad ul-atvor»
19. Qaysi o‘zbek yozuvchisi 1959 – 1963- va 1967 – 1970-
yillarda butunittifoq miqyosida tarqaladigan “Literaturnaya
gazeta”ning O‘zbekistondagi muxbiri sifatida faoliyat ko‘rsatgan?
A) Oybek B) Odil Yoqubov C) Abdulla Oripov D) G‘afur G‘ulom
20. "Ulug‘bek xazinasi" romanida bir paytlar uzoq Yassidan haqiqat izlab,Ulug‘bek taxtiga bosh urib kelgan va undan ko‘p yaxshiliklar ko‘rgan iste’dodli shoir, arslonyurak jangchi kim edi?
A) amir Sulton Jondor B) turkmanbegi Ibrohim Po‘lat o‘g‘li C) Qalandar Qarnoqiy D) Ali Qushchi
21. Qaysi shoir lirikasi orqali o‘zbek she’riyatiga ko‘ngil dardlarining suvratlari,ruhiy iztiroblar manzarasi,armonga aylangan orzular inson sezimlarida qoldirgan iz tasviri kirib keldi?
A) Abdulla Oripov B) G‘afur G‘ulom C) Erkin Vohidov D) Oybek
22. "Sohibqiron" asarida tilga olingan “shabxun” so‘zi nimani anglatadi?
A) tungi hujumlarni B) tungi elchilikni C) tungi mashvaratni D) tungi ziyofatni
23. Shavkat Rahmon qaysi she’rida shonli bobolarga munosib bo’lolmagan xalqlarga xos illatlarni ayovsiz fosh etadi?
A) “Turkiylar” B) “Baxt so’zi” C) “Jangda o’lgan emas biror bahodir”
D) “Tong ochar ko’zlarin…”
24. “Asrga tatigulik kun” romanidan olingan quyidagi parcha qaysi qahramonning tilidan aytilgan? «Modomiki, «Modomiki, ularga o'lim ahamiyatsiz ekan, demak, ular hayotning ham qadr-qimmatiga yetishmaydi. Unday bo'lsa, yashashdan maqsad nima, ular nima uchun yashayaptilar?»
A) Nayman onaning B) Do'nonboy otaning C) Edigeyning D) Jo'lomonning
25. “Asrga tatigulik kun” romanida Kazangapning do'sti kim edi?
A) Edilboy B) Do'nonboy C) Sobitjon D) Edigey
26. So‘nggi asarida “so‘nggi xazina”ni milliy g‘urur deb tasvirlagan ijodkor kim?
A)R. Parfi B)Omon Matjon C)T. Murod D)A. Oripov
27. "Yonayotgan daraxt"kimning asari? A) Shavkat Rahmon B) Omon Matjon
C) Shuhrat D) Halima Xudoyberdiyeva
28. "Haj daftari" asari muallifi kim? A) Omon Matjon B) Shavkat Rahmon
C) Abdulla Oripov D) Halima Xudoyberdiyeva
29. Ko‘p qiziqdir ko‘hna moziy taqriri, Ko‘p qiziqdir unda xalqlar taqdiri. Agar kimdir mashhur esa qadimda, Bugun yo‘qdir u hech kimning yodida.
Ushbu parcha “Eng so’nggi xazina asarining qaysi qismidan olingan?
A) 5 B) 6 C) 4 D) 7
30. Quyidagi asarlardan qaysi biri Omon Matjonga tegishli emas?
A) “Daraxtlar va giyohlar” B) “Gaplashadigan vaqtlar”
C) “Chaman” D) “Quyosh soati”
31. «Temir xotin» komediyasida kim ishlaydigan institutning Qo'chqor yashaydigan kolxozda qirq gektar, Qudrat quyonchiqning brigadasiga tutashib ketadigan tajriba uchastkasi bor edi?
A) Sharofat B) Muqaddas С) Olimjon D) Alomat
32. «Temir xotin» komediyasida: «O'ttiz-o'ttiz besh yoshlarda, lekin yoshiga nisbatan ancha katta ko'rinadi», - deya ta’riflangan qahramonni toping.
A) Qo'chqor B) Alomat C) Sharofat D) Qumri
33. «Temir xotin» komediyasida robotga qanday nom qo'yadilar?
A) Qumri B) Alomat C) Sharofat D) Muqaddas
34. “Yiroq-yiroqlardan mungli va uzun, Turnalar tovushin tinglardim faqat” misralarida Abdulla Oripov nimanitasvirlagan?
A) og’ir betob bo’lib qolgan davrini B) pokiza yoshlik davrini
C) dimiqqan shahardan bezgan davrini D) tuhmat bilan qamoqqa olingan davrini
35. “Ulug’bek xazinasi” romanida humdorning tushida kim dasturxon yopilgan katta oltin barkashda Abdulatifning boshini olib kelishlarini buyuradi?
A) Sulton Jondor B) Mirzo Ulug’bek C) Xoja Salohiddin D) Nizomiddin Xomush
36. “Ulug’bek xazinasi” romanida Abdulatifning diliga daxshat solgan “Padarkush, toj-u taxt, olti oy…” (Padarkush… toj-u taxt… olti oydan oshmaydur…) misralarining muallifi kim?
A) Alisher Navoiy B) Mavlono Lutfiy C) Nizomiy Ganjaviy D) Xusrav Dehlaviy
37. “Ulug’bek xazinasi” romanidan olingan ushbu parchadagi nuqtalar o’rniga mos ismni qo’ying. “Eshikda Mirzo Ulug‘bеk ko‘ringanda ulamolardan ba’zilari
shosha-pisha o‘rinlaridan turishdi, lеkin to‘rda, boshqalardan balandroq kursida tasbеh o‘girib o‘tirganlar, qilich taqqan amirlar hazrat … ning qahrli nigohi ostida qayta joylariga cho‘kdilar.”
A) Xomush B) Sayid Abbos C) Xoja Salohiddin D) Abdulatif
38. “Ulug’bek xazinasi” romanida usta Temur Samarqandiy kimga “o’g’lim Alouddin” deya murojaat qiladi?
A) Ali Qushchiga B) Qalandar Qarnoqiyga C) Abdullaga D) Mirzo Ulug’bekka
39. “Ulug’bek xazinasi” romanida sotqinlik qilgan turkman begi kim?
A) Sulton Jondor B) Mironshoh C) Ibrohim Po’lat o’g’li D) Idris Tarxon
40. “Ulug’bek xazinasi” romanida Abdulatifning o’ng va chap qanot lashkari yurishni jadallatib, amirlarning qo’shinlarining qopqonga tushirmoq harakatida ekanligida qochib ketgan amirning o’rniga ham butun boshli qo’shinni yolg’iz boshqargan amir kim?
A) Sulton Jondor B) Iskandar barlos C) Bobo Husayin D) Abusaid Mirzo
Download 17.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling