1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida


Download 336.21 Kb.
bet28/94
Sana08.03.2023
Hajmi336.21 Kb.
#1253836
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94
Bog'liq
Ona tili ma\'ruza1

1. Unlitovushlarorfoepiyasi.
Iunlisi. Iunlisiningquyidagitalaffuzholatlarimavjud: a) Itovushitilak, bir, tish, dilkabiso’zlardaqisqa; b) ilmiy, adabiy, lirika, idealist, radiykabiso’zlarningurg’ulibo’g’inidacho’ziq; v) qish, qir, g’isht, xirmon, g’ilofkabiso’zlardaruschao’ tovushigamoyilqattiq; g) arab-forsvarustilidano’zlashganbirbo’g’inliso’zlarningqo’shundoshoralig’IdaqisqaItovushiqo’shibtalaffuzetiladi: aql, bahs, litr, metr, vazn, gips, mehrkabi.
Uunlisi. Buunliquyidagitalaffuzxususiyatlarigaega: a) ufq, umr, ukrop, ustozkabiso’zningboshida; mas’ul, mash’umkabiso’zlardatutuqbelgisidankeyinkelsa, uunlisianiqaytiladi; b) kul, kun, xum, xulosa, xumor, g’urbatkabiso’zlardaqisqa; v) suv, mazmun, mafkura, maftun, ma’mur, tikuv, to’quv, quvvatkabihamdatundra, manufakturakabiruscha-internatsionalso’zlarningurg’ulibo’g’inidacho’ziqaytiladi; g) uzum, uzuk, tutun, butun, turmush, chuqurkabiso’zlarningikkinchibo’g’inidagihamdasovun, qovun, dovul, omuxtakabiso’zlardauunlisiqisqaItarzidatalaffuzqilinadi. Ayrim holatlarda bu unli parallel tarzda ham u, ham i tarzida aytiladi.
O’ unlisi. O’ unlisi quyidagicha talaffuz qilinadi: a) so’lim, po’choq, to’plam, no’noq kabi so’zlarda qisqa; b) mo’l, zo’r kabi bir bo’g’inli so’zlarda, ro’baro’, xushro’y, gulro’ kabi so’zlarning oxirgi bo’g’inida, mo‘tabar, mo‘tadil kabi so’zlarda cho’ziq aytiladi;
E unlisi. Bu unli quyidagicha talaffuz xususiyatlariga ega: a) erta, ekin, meva, tekin kabi so’zlarda keng aytiladi; b) ketmon, mergan, tepki, sezgir kabi ikki undosh o’rtasida bir oz qisqa; v)yetti, yelkan, yetmish kabi so’zlarning boshidagi “e”, “y” tarzida; g) adres, attestat, delegatsiya, vazelin kabi ruscha-internatsional so’zlarda “I” ga moyil talaffuz etiladi: adris, attistat, deligatsiya, vazilin kabi; d) e’lon, e’tibor, e’tiqod, e’tiroz kabi so’zlarda tutuq belgisidan oldin cho’ziq talaffuz qilinadi.
A unlisi. A unlisi quyidagi talaffuz holatlariga ega:
A) aql, asr, askar, atlas kabi, qand, qarz, xat, g’am kabi hamda sur’at, qal’a, bil’aks kabi tutuq belgisidan keyin kelganda, aniq zarb bilan aytiladi; b) a’lo, ma’no, ta’na, ta’zim kabi tutuq belgisidan oldin kelgan”a” cho’ziq; v) manfaat, taassurot, taajjub, taassuf kabi, mudofaa, matbaa kabi yonma-yon kelgan “a” unlisidan biri talaffuzda tushib qoladi; g) mubolag’a, muzokara, muhokama, munosabat kabi so’zlarning uchinchi bo’g’inidagi “a” unlisi “I” ga moyil aytiladi; d) shavkat, shavla, gavda, davlat, mavsum kabi so’zlarning birinchi bo’g’inidagi “a” unlisi “o” ga moyil talaffuz qilinadi.
O unlisi. O unlisi quyidagicha talaffuz xususiyatlariga ega:
1) o’zbekcha so’zlarda orqa qator keng o unlisi sifatida (ota, xola, fido), chet so’zlarda old qator tor o (o) unlisi (tonna, talon) kabi talaffuz qilinadi;
2) ona, ov, osh, anor, bola, bodom, inson, tog’, qor kabi so’zlarda aniq zarb bilan aytiladi; b) avzo, zebo, sabo, fido, xato kabi so’zlarning oxirida; zotan, notiq, volida, joriya kabi so’zlarning urg’uli bo’g’inida kelgan o unlisi cho’ziq talaffuz qilinadi; 3) opera, nota, rol, tok kabi ruscha-internatsional so’zlarda o’ tarzida; botanika, gastronom, kolxoz, kompot kabi hamda televizor, ekvator, novator kabi ruscha-internatsional so’zlarning urg’usiz bo’g’inida kelgan o unlisi a, i tovushlariga moyil talaffuz qilinadi.

Download 336.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling