1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida
Download 336.21 Kb.
|
Ona tili ma\'ruza1
2 -variant
1. Egalik qo’shimchasi qo’shilganda tovush o’zgarishi yuz bermaydigan ko’p bo’g’inli so’zlar qatorini belgilang. A. saboq, muvaffaqiyat B. ishtiyoq, go’zallik C. ittifoq, huquq D. qadrdon, qishloq 2. Quvvat so’zidagi qo’sh undosh haqidagi to’g’ri fikrni toping. A. til undoshi, sirg’aluvchi, jarangli B. lab undoshi, portlovchi, jarangsiz C. til orqa undoshi, sirg’aluvchi, jarangli D. lab undoshi, sirg’aluvchi, jarangli 3. Do’stning senga qanchalik muhabbati borligini bilmoqchi bo’lsang, uning eng yaxshi ko’rgan narsasini so’ra, shunda hamma narsa ayon bo’ladi. Shu ikkalasidan keyin ham u qovog’ini solmasa, bunday do’stni boshga ko’tarish, shirin jon bilan barobar tutish kerak. Ushbu matnda fonetik o’zgarishlarning qaysi turi kuzatiladi? A. Tovush tushishi, ortishi B. Tovush almashinishi, tushishi C. Tovush almashinishi, ortishi, tushishi D. Hech qanday o’zgarish bo’lmagan 4. Do’stning senga qanchalik muhabbati borligini bilmoqchi bo’lsang, uning eng yaxshi ko’rgan narsasini so’ra, shunda hamma narsa ayon bo’ladi. Shu ikkalasidan keyin ham u qovog’ini solmasa bunday do’stni boshga ko’tarish, shirin jon bilan barobar tutish kerak. Ushbu matnda fonetik o’zgarishlar soni haqidagi to’g’ri javobni belgilang. A. Tovush tushishi- 2, tovush ortishi- 3 B. tovush almashishi- 1, tovush tushishi- 2, tovush ortishi- 2 C. hech qanday o’zgarish bo’lmagan D. tovush tushishi-1, tovush ortishi- 2, tovush almashishi- 2 5. Sovuqni sovuq saqlar, Issiqni issiq saqlar. (termos) . Ushbu topishmoqda qanday fonetik o’zgarish yuz bergan? A. tovush ortishi, tovush almashishi B. tovush tushishi, tovush ortishi C. tovush almashishi, tovush tushishi D. hech qanday o’zgarish bo’lmagan 6. Qaysi gapdagi undalmada til oldi, portlovchi, jarangli tovush mavjud? A. Yurtim, senga she’r bitdim bugun B. Qizim, yalpiz terib kelsang-chi C. Shahzoda, men sulh barpo qilish kayfiyatida keldim D. Ey o’g’lim, idishda nima olib borursan? 7. Tovush tushish hodisasi yuz bergan gapni toping. A. Maktabda “O’tkir zehnlilar” musobaqasi bo’lib o’tdi B. Hech bo’lmagandan ko’ra kech bo’lgani yaxshi C. Qorong’i kechada ko’kka ko’z tikib, Eng yorug’ yulduzdan seni so’rayman D. Idoraga bor, senga ham pul berishadi 8. Qaysi gapdagi so’zda tovush almashinish hodisasi yuz bergan? A. Bu orada qiziq ishlar bo’lib o’tdi B. Qumloqda saksovul ildizlari chuqurlab ketgan edi C. Dushmanni tag-tugi bilan yo’qotib yubordi D. Son-sanoqni bildiruvchi so’zlar sanoq sonlar deyiladi 9. Adabiy me’yor saqlangan so’zlar qatorini belgilang. A. artis, grip, drama, darax B. giyohvan, xayr, g’ish, mas C. pasay, chapdas, qayrilmoq, sanalmoq D. yarmi, bag’ri, ayrilmoq, ikkala 10. Faqat lab undoshlaridan tashkil topgan ochiq bo’g’inli so’zlarni belgilang. A. ma’no, mabodo, bobo B. hayot, bayot, badaviy C. vafo, vabo, ma’vo D. popop, moviy, palos 11. Boy, mart, chirk so’zlaridagi ma’noni farqlash uchun xizmat qiladigan tovushlarni aniqlang. A. b, t, ch tovushlari B. o, r, k tovushlari C. y, m, r tovushlari D. b, a, i tovushlari 12. Bo’g’inlarga ajratish bilan asos va qo’shimchalarga ajratish teng keladigan qatorni toping. A. boshim, taxti B. bog’im, bog’ga C. tongga, bog’da D. boshqa, qoshni 13. Bo’g’inlarga ajratish bilan asos va qo’shimchalarga ajratish teng kelmaydigan qatorni toping. A. fikrim, baxtim B. boshga, toshda C. shahri, kuchli D. faxri, aqldan 14. Unlilarni talaffuz qilganda asosiy vazifani qaysi nutq a’zosi bajaradi? A. og’iz bo’shlig’i, bo’g’iz, un paychalari B. un paychalari, tanglay, til C. un paychalari, til va lablar D. tishlar, lablar va un paychalari 15. S tovushi qaysi unlidan oldin kelganida yumshoq talaffuz qilinadi? A. a, o B. u, o C. e, i D. a, i 16. Quyidagi qaysi fe’llarga -q qo’shimchasi qo’shib so’z yasalganda tovush o’zgarishi yuz bermaydi? A. og’rimoq, ilimoq, qaviq B. sanamoq, isimoq, taramoq C. sovimoq, sasimoq, qaynamoq D. qaynamoq, charchamoq, bo’yamoq 17. 1. Qornimga emas, qadrimga yig’layman. 2.Odamning ko’ngli nozik. 3. Oltovlon ola bo’lsa, og’zidagin oldirar, To’rtovlon tugal bo’lsa, ko’kdagini undirar. Berilgan gaplarda qaysi so’zlarda tovush o’zgarishi hodisasi yuz bergan? A. qornimga, yig’layman, ko’ngli, oltovlon B. qornimga, ko’ngli, oltovlon, to’rtovlon, og’zidagin, ko’kdagini C. yig’layman, ko’ngli, og’zidagin, ko’kdagini D. qornimga, yig’layman, ko’ngli, oltovlon, og’zidagin 18. Qaysi qatordagi yasovchi qo’shimcha ta’sirida fonetik o’zgarishga uchragan so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilsa tovush almashadi? A. tuproq, o’rtoq B. taroq, bilak C. to’lg’oq, qistov D. qayroq, chanqoq 19. Tilga xos xususiyatlar qayd etilgan to’g’ri javobni belgilang. 1.Hali voqelanmagan imkoniyat; 2.Faollashgan bevosita yuzaga chiqqan til. 3.Jamiyat a’zolariga barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy vosita. 4.Shaxs nutqiy faoliyatida bevosita namoyon bo’luvchi hodisa. A. 1, 3 B. 1, 2, 4 C. 2, 3, 4 D. 1, 4 20. Eng gullagan yoshlik chog’imda Sen ochilding ko’ngil bog’imda. Ushbu gapdagi yasama so’zlarda qanday til undoshlari ishtirok etgan? A. Til oldi, til o’rta B. Til o’rta, til orqa C. Til oldi, til o’rta, til orqa D. Til oldi, til o’rta, chuqur til orqa 21. Qaysi gapdagi yasama so’z asosida sirg’aluvchi tovush mavjud emas? A. Do’st achitib gapirar, dushman kuldirib B. Ishlagan tishlaydi, ishlamagan kishnaydi C. Xalqlar birligi– po’lat qudrati D. So’z so’zlashda va undan jumla tuzishda uzoq andisha kerak 22. Sut- sud, yot-yod paronim so’zlaridagi t va d undoshlarining farqini aniqlang. A. Til yoki lab undoshi B. Til oldi yoki til orqa undoshi C. Jarangli yoki jarangsiz tovush D. Portlovchi yoki sirg’aluvchi tovush 23. Yasama so’z tarkibidagi ko’makchi morfema jarangsiz undoshdan tashkil topgan so’zni toping. A. Betaraf B. Bog’li C. Tortiq D. Qarindosh - urug’ 24. Axloqiy fazilatlaring yuqori estetik diding bilan uyg’unlashgandagina husningga husn qo’shiladi. Ushbu gapda chuqur til orqa tovushlarining soni nechta? A. 6 ta B. 8 ta C. 4 ta D. 5 ta. 25. Tovushning qanday tomonlari bor? 1) fiziologik; 2) akustik; 3)vazifaviy. A. 1 , 2 B. 2 , 3 C. 1 , 2, 3 D. 1 , 3 26. Nutq tovushlarining nutq a’zolari harakati natijasida maydonga kelishi tovushning qanday tomoni hisoblanadi? A. Fiziologik B. Akustik C. Lingvistik D. Vazifaviy 27. Tovushning balandlik, kuch, miqdor va tembr kabi belgilarga ega bo’lishi uning qanday tomoni? A. Fiziologik B. Akustik C. Lingvistik D. Vazifaviy 28. Tovushning ma’lum maqsadda talaffuz etilishi va ma’lum axborot uzatishga qaratilishi uning qaysi tomoni sanaladi? A. Fiziologik B. Akustik C. Talaffuz D. Vazifaviy 29. “k” tovushining talaffuz (fiziologik) tomonini toping. 1) “k”ning “g” va boshqa undoshlardan farqlanishi; 2) sof shovqindan iborat ekanligi; 3) til o’rtasining yuqori tanglayga tegishi natijasida hosil bo’lishi; 4) jarangsizligi; 5) o’pkadan chiqayotgan havoning to’siqdan portlab chiqishi natijasida hosil bo’lishi A. Faqat 1 B. 2 , 4 C. 2 , 4, 5 D. 3 , 5 30. “k”tovushining akustik tomonini toping. 1) “k”ning “g” va boshqa undoshlardan farqlanishi; 2) sof shovqindan iborat ekanligi; 3) til o’rtasining yuqori tanglayga tegishi natijasida hosil bo’lishi; 4) jarangsizligi; 5) o’pkadan chiqayotgan havoning to’siqdan portlab chiqishi natijasida hosil bo’lishi A. 2, 4 B. 2 , 5 C. 2 , 4, 5 D. 3 , 5 31. Zidlanayotgan ikki birlikni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilar qanday belgi hisoblanadi? A. Birlashtiruvchi belgi B. Farqlovchi belgi C. Umumiy belgi D. Zidlovchi belgi 32. Zidlanayotgan ikki birlikning har ikkisida takrorlanadigan, ikkisi uchun ham umumiy bo’lgan belgilar qanday nomlanadi? A. Birlashtiruvchi belgi B. Farqlovchi belgi C. Umumiy belgi D. Zidlovchi belgi 33. “d” va “t” belgilari uchun qaysi belgilar birlashtiruvchi belgi bo’la oladi? A. Til oldi B. Portlovchi C. Jarangli-jarangsizlik D. A va B 34. Unli tovushlarning undosh tovushlardan farqli tomonlari qaysilar? 1) to’siqqa uchramay hosil bo’lishi; 2) faqat ovozdan iborat bo’lishi; 3) so’z ichida kelib, bo’g’in hosil qilishi; 4) ovoz va shovqindan iborat bo’lishi A. 1 , 2 B. 1 , 2, 3, 4 C. 1 , 2, 3 D. 1 , 3, 4 35. Tilshunoslikda til va nutq tushunchalarini bir-biridan farqlagan olim nomini toping. A. A.Hojiyev B. F.Sossyur C. P.Pavlov D. Sh. Rahmatullayev 36. Soli bilan sholi so’zlarining birinchi tovush orqali farqlanishi tovushning qaysi tomoni hisoblanadi? A. fiziologik B. akustik C. fizik D. vazifaviy Download 336.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling