Mashq. So’zlarni o’qing. Ular ishtirokida gaplar tuzing, so’ng daftaringizga ko’chirib yozing.
Orzu-umid, aka-uka, chol-kampir, issiq-sovuq, kecha- kunduz, el-yurt, asta-sekin, baxt-u saodat, ota-yu ona, qop-qora, ko’m-ko’k, rang-barang, men-a, bor-e, bolam-ey, biz-chi…
“Men boshlayman, sen davom ettir” o’yini:
O’quvchilar ikki guruhga ajratilib, birinchi guruhdan qarama-qarshi ma’noli so’zning birinchi qismini aytish, ikkinchi guruhdan esa shu so’zning qarama-qarshi ma’nosini topish talab etiladi (masalan: do’st-, baland-, yosh-, tez-, qattiq-,…)
Bu o’yin partadoshlar orasida ham o’tkazilishi mumkin. Shunga o’xshash o’yinlardan yana biri boshlanish qismi berilgan xalq maqollarini mustaqil davom ettirishdir. Masalan:
1. Ko’z-qo’rqoq…
2. Egri ozadi…
3. Birlashgan o’zar…
Ko’chirish qoidalari
1. Satrga sig’may qolgan so’zlar keyingi qatorga bo’g’in asosida ko’chiriladi.
2. So’z boshida kelgan yolg’iz unli hech vaqt yakka o’zi qoldirilmaydi.
3. So’z tarkibida ikki undosh yonma-yon kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko’chiriladi: dia-gramma, mono-grafiya…
4. Sh, ch, ng harflar birikmasi doim birgalikda yoziladi.
5. Qisqartma so’zlar, yil, oy, raqam bilan yozilgan sonlar keyingi qatorga ko’chirilmaydi.
6. 10-“A” sinf, 36-uy, 100 gr, 35 sm, 20mm kabi ko’rinishdagi birikmalar ham bir-biridan ajratilmaydi.
Mashq va topshiriqlar:
1. So’zlarni bo’g’inlarga ajratib daftaringizga ko’chiring.
Ma’lumot, maxsus, ta’kidlamoq, ko’ngilchan, singil, taassurot, taajjub, saodat, taxt, kelingiz, ingliz, gramm, metall, matn, trolleybus, kitobxon, jurnalist, daftar, O’zMU, XXI asr, Navro’z-2001, 9-“A” sinf.
2. Ko’chirish qoidalariga zid ravishda qismlarga ajratilgan so’zlarni belgilang va ularni to’g’rilab daftaringizga ko’chiring.
Den-giz, ta-a-lluq, ke-tin—giz, o-ta-la-ri, Nam-Du, ko’n-gil, tran-sport, mesh-chan, sa-o-dat, ma-‘lumot, B-MT, Er-on, a-ka-xon, u-kam, ton-ggi, sanoq-li…
Do'stlaringiz bilan baham: |