Jo’nalish kelishigi (-ga) negizida -k, -q tovushlari bo’lgan so’zlarda fonetik yozuv qoidasi asosida yoziladi (buloqqa, terakka) ; g , g’ tovushlar bo’lgan so’zlarga qo’shilganda morfologik qoida asosida yoziladi( tog’ga, pedagogga). Qolgan o’rinlarda bir xilda (-ga) yoziladi: boshga, ishga, maktabga, Samarqandga, o’tga, tuzga va b.
-iston, -inchi (tartib son yasovchi), -ib (ravishdosh), -il, -in (fe’l nisbatlari) yasovchi qo’shimchalar, -ish, -im qo’shimchalari negizida -u bo’lgan fe’llarga qo’shilganda -u (-yu) tovushlariga moyil aytiladi: kulub, tug’uldi, uchunchi. Lekin har vaqt aslicha (-ib, -il, -inchi) yoziladi: kulib, tug’ildi, uchinchi, urishdi va b. Lekin urush (ot), yuvundi (ot) so’zlari -u bilan yoziladi. Shuningdek, bir o’zak tarzida o’qiladigan va yoziladigan kuyundi, tushunmoq, qutulmoq fe’llarining har ikki bo’g’inida -u yoziladi.
Qo’shma va juft so’zlar ko’m-ko’k, qip-qizil kabi sifatlar chiziqcha bilan, har vaqt kabi ravishlar ajratib yoziladi.
Shakliy yozuv
! Bilib oling. O’zbekcha so’zlarning boshida va oxirida ikki undosh yonma-yon kelmaydi, ular orasida juda qisqa aytilsa ham -i yoziladi: bir, sir, qizil, bilan, qiz, chiroq va b. Ammo stol, stul, drama, shtab, klub, kross, prokuror, trolleybus, stenografiya, traktor, fikr, zikr kabi ko’plab so’zlar boshida va oxirida ikki undosh yonma-yon yoziladi va bunday yozuvni shakily yozuv deymiz. Boshqa tillardan olingan bunday so’zlarni o’sha tillarda qanday yozilsa, shunday shaklda yoziladi: Nyu-York, gidrometr, gramm, kilovatt-soat, monolog, filologiya; bibliograf, geologiya, zoologiya, monografiya, litografiya, stansiya, sentner, konstitutsiya, koeffitsient, pasport, institut, universitet, fakultet, stadion kabi so’zlar ham grafik yozuv asosidadir.
1. Topshiriq: Quyida berilgan so’zlarni guruhlarga ajratib, jadvalni to’ldiring.
Yoshligidanoq, ziyrak, o’sibdi, uchib, qo’nibdi-da, qolibdi, berishibdi, gapga, keltiribdi, buyuribdi, chiqibdi, pishdi, hayratga, tushgan, so’rabdi, xabar, sayliga, sanog’iga, qayrilgan, buyrug’ingiz, achchig’im, bo’yog’I, fikr, zikr, zoologiya, filologiya, shtab, prokuror, morfologiya, fonetika.
Fonetik tamoyil
|
Morfologik tamoyil
|
Shakliy tamoyil
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |