1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida
Download 336.21 Kb.
|
Ona tili ma\'ruza1
Shakldosh so’zlar:
1. Qayin I- erga xotinning, xotinga erning qarindoshi- ot; Qayin II - terakka o’xshab tik o’sadigan po’sti oq shimol daraxti - ot. 2. G’oz I -o’rdakdan katta, bo’yni uzun suv qushi -ot; G’oz II - issiqlik ajratish, kuch-quvvat berish darajasi - ot. 3. Shira I - mevaga shirinlik xususiyati beruvchi moddalar - ot; Shira II - o’simlikka tushadigan parazit, hasharot, shakarak -ot. 4. Palla I - muayyan davr, vaqt - ot; Palla II - tarozining tosh va tortiladigan narsa qo’yiladigan likop-ot. 5. Nota I - muzikashunoslik termini - ot; Nota II - diplomatiya termini. Rasmiy diplomatik murojaatnoma -ot. 6. Nor I - bir o’rkachli erkak tuya - ot; Nor II - eskirgan - ot; Nor III- anor tusli xol -ot. 7. Elchilik I - (el+chilik) - xalqchilik, ko’pchilikka qarab ish tutish - ot; Elchilik II - (elchi+lik) -elchi bo’lib xizmat qilish - ot. 8. Bel I - (asli “o’rta” ma’nosini anglatgan) - 1. Gavdaning ko’krak qafasi bilan bo’ksa orasidagi eng xipcha qismi - ot; 2. Badanda qorinning aksi tomon; 3. O’rtalik, oraliq. Bel II - kurakning kichik turi - ot; 9. Do’st I - (tojikcha) - do’stlik aloqasi bilan bog’langan kishi -ot; Do’st II - zavq olayotganini bildirish uchun aytiladigan so’z - undov. 10. Chars I - betga chopar, qo’rs - sifat; Chars II - - biror narsa yorilganda chiqadigan tovushni bildiradi - taqlidiy so’z. 11. Sug’ur I - yer ostiga in qurib, qishda uyquga yotuvchi, o’simlik bilan ovqatlanuvchi, o’zi olmaxonga o’xshash kemiruvchi hayvon - ot; Sug’ur II - mustahkam joylangan, tiqilgan uzun narsani tortib chiqarmoq - fe’l. 12. Hadis I - biror ishni ustalik bilan, epchil bajarish malakasi - ot; Hadis II - payg’ambar hayotidan hikoya - ot. 13. Havo I - 1. Yer atmosferasini hosil etuvchi azot, kislorod kabi gazlar qotishmasi -ot; 2. Yer kurrasini o’rab turuvchi fazo -ot; Havo II - kibr, g’urur, kattalik -ot. 14. Bosim I - biror sathga, suyuqlikka, gazga bosish kuchi -ot; Bosim II - ketma-ket, ust-ustiga uzluksiz - ravish. 15. Davlat I - mamlakatning mavjud tuzumini muhofaza qiluvchi siyosiy tashkilot, shunday tashkilotga ega mamlakat - ot; Davlat II - boylik, mol-mulk, dunyo -ot. 16.Yosh I - umrning yilma-yil hisobi -ot; Yosh II - umrning vaqt hisobi nisbatan oz - sifat; Yosh III - yig’laganda, hayajonlanganda, shamollaganda ko’zdan chiqadigan suyuqlik - ot. 17. Yuz I - boshning burun, og’iz joylashgan old tomoni, aft - ot; Yuz II - o’nta o’nlikka teng miqdor - son; Yuz III - so’zlash - fe’l. 18. Mol I - uy hayvoni, sigir -ot; Mol II - narsa-buyum - ot. 19. Tut I - bargi ipak qurtiga ovqat bo’ladigan daraxt; shu daraxtning mevasi - ot; Tut II - ushlamoq -fe’l. 20. Sana I - biror voqea sodir bo’lgan, alohida ta’kidlanadigan yil, oy, kun -ot; Sana II - donalab hisoblamoq - fe’l. 21. Uch I - biror narsaning boshlanish yoki tugash qismi - ot; Uch II - ikki bilan to’rt orasidagi butun son - son; Uch III - 1. Havo bo’ylab harakatlanmoq; 2. Biror qirrasi cho’rt uzilib tushmoq; 3. Beixtiyor berilmoq, laqillamoq. 22. O’ch I - alamini olish uchun qilinadigan xatti-harakat, qasos, intiqom -ot; O’ch II - qo’lga kiritish uchun astoydil intiluvchi, to erishmaguncha qo’ymaydigan - sifat; O’ch III - yonishdan to’xtamoq - fe’l. 23. Quloq I - 1. Eshitish organi -ot; 2. Tutqich ; 3. Katta ariqdan kichik ariqqa ochilgan yo’l; Quloq II - kishi kuchidan foydalanib boylik orttiruvchi katta yer egasi; mushtumzo’r -ot. 24. Un I - donni tegirmonda tortib hosil qilinadigan kukun holatidagi mahsulot -ot; Un II - ovoz -ot; Un III - III-shaxs birlik kishilik olmoshining ba’zi affikslar qo’shiladigan asosi -olmosh; Un IV - o’sib, yuzaga chiqmoq - fe’l. 25. Xoli I – yuzdagi qora dog’- ot Xoli II- alohida olmoq-f’el 26. Oqibat I – mehr-oqibaqt- ot Oqibat II- natijasi- ot 27. Rasta I - (tojikcha) - bir-biriga ulanib ketgan va bir xil mol bilan savdo qiladigan do’konlar qatori -ot; Rasta II - balog’atga yetish -ot. 28. Kadr I - kinoplyonka yoki fotoplyonkadagi ayrim surat -ot; Kadr II - biror tashkilot yoki muassasaning uzoq muddat ishlab kelayotgan tajribali xodimi, umuman, barcha xodimlari. 29. Mushak I - (tojikcha)- odam yoki hayvon tanasidagi qisqarish xususiyatiga ega to’qimalar -ot; Mushak II - yonganda turli rang bilan yorug’lik sochib jilolanadigan buyum-ot; Mushak III - bo’yi qisqa, uchi to’mtoq -sifat. 30. Soch I - boshda o’sadigan tuk tolalari -ot; Soch II - mayna, chug’urchuq -ot; Soch III - qismlarga bo’lib tashlamoq - fe’l. 31. Ol I - qo’li bilan tutmoq, o’z ixtiyoriga o’tkazmoq, o’ziniki qilmoq -fe’l; Ol II - mustaqil fe’l anglatgan leksik ma’noga: 1. “ Nutq qaratilgan shaxs manfaatini ko’zlash” grammatik ma’nosini qo’shadi; 2. “qodirlik” Grammatik ma’nosini qo’shadi - ko’makchi fe’l. Ol III – qizil - sifat 32. Qil I - soch, yol, dum tolasi -ot; Qil II - amalga oshirmoq, bajarmoq, ro’yobga keltirmoq - fe’l; Qil III - ot qo’shma fe’l yasalishida qatnashadi - yordamchi fe’l. 33. Shim I - gavdaning beldan past qismiga kiyiladigan ust kiyim -ot; Shim II - suyuq holatdagi narsani o’ziga singdirmoq -fe’l. 34. Yara I - chiqiq, jarohat -ot; Yara II - kerak bo’lib qolmoq, asqotmoq, kor kelmoq -fe’l. Yut I - yer muzlab, yem-xashak yo’qligidan uy hayvonlarining qirilib ketishi, shuning natijasida yuz beradigan ocharchilik - ot; Yut II - bo’g’in muskullari ko’magida biror narsani og’iz bo’shlig’idan oshqozon tomonga o’tkazmoq -fe’l; Yut III - musobaqa, o’yin kabilarda ijobiy natijaga ega bo’lmoq, g’olib chiqmoq - fe’l. Oyoq I - jonli organizmning yurishga, tik turishga xizmat qiladigan organi - ot; Oyoq II - kosa , qadah - ot. 37. Asar I - iz, ta’sir - ot; Asar II - estetik, aqliy ijod mahsuli -ot. 38. Karam I - rahmdillik, mehr-shafqat, yaxshilik - ot; Karam II - barglari o’ram bo’lib o’sadigan sabzavot -ot . 39. Bas I - yetar, kifoya - predikativ so’z; Bas II - erkaklarda eng past tovush ot; Bas III - bas bog’lashmoq - “o’zi haq ekanini da’vo qilmoq, haq ekanini isbotlashga intilmoq” - ot. 40. Band I - bo’sh emas, nima bilandir mashg’ul - sifat; Band II - 1. Tutqich; 2. Cho’p; 3. She’rning qofiya va mazmun jihatdan yaxlitlanib turuvchi qismi -ot. 41. Bog’ I - biror narsaning to’dalab bog’langan holati -ot; Bog’ II - uzum, mevali daraxt ko’p ekilgan yer uchastkasi -ot. Kurash I - 1. Kurash tushmoq - fe’l; 2. Kurash olib bormoq; Kurash II - 1. Kuch sinashish sport musobaqasi -ot; 2. Bir-birini yengish, yo’q qilishga qaratilgan aktiv harakat -ot. 43. Jar I - sel o’yib ketgan uzun chuqur yer -ot; Jar II - farmonni yoki biror hodisani baland ovoz bilan e’lon qilish -ot. 44. Partiya I - biror sinfning siyosiy tashkilotga uyushgan ilg’or qismi -ot; Partiya II - 1. Bir yo’la jo’natilgan yoki qabul qilib olingan tovarlar; 2. Tugal o’yin -ot. 45. Savdo I - oldi-sotdi - ot; Savdo II - 1. Ehtiros, iztirob - ot; 2. Tashvish - ot. 46. Palata I - qonun chiqaruvchi davlat organining tarkibiy qismi - ot; Palata II - shifoxonada kasallar yotadigan har bir xona - ot. 47. Ruh I - 1. Kayfiyat- ot; 2. Psixik holat; 3. Arvoh, jon- ot; Ruh II - yumshoq, egiluvchan, oq-ko’kish tusli metall - ot. 48. Rux I - bet, yuz -ot; Rux II - to’ra (shaxmat donasining nomi) - ot. 49. Sandal I - polda maxsus chuqurcha yasab, unga cho’g’ solib, to’g’ri to’rt burchakli kursi qo’yib, ustiga ko’rpa yopilgan isinish qurilmasi - ot; Sandal II - yuzi yo’q, taglikning o’zidan iborat, barmoqlarga tasmalar bilan ilinadigan oyoq kiyimi - ot. Kuy I - cholg’u asbobida ijro etiladigan tarona, navo - ot; Kuy II - o’t olmoq, olov ta’sirida ko’mir holatiga o’tmoq - fe’l. Oz I - kam, miqdori nisbatan ko’p bo’lmagan - ravish; Oz II - oriqlamoq, etidan yo’qotmoq - fe’l; Oz III - noxush bo’lmoq, kuchsizlanmoq, holsizlanmoq - fe’l; Oz IV - adashmoq, to’g’ri yo’ldan chetga chiqmoq - fe’l. Dastalamoq I - ketmon, tesha, bolta kabilarga sop solmoq - fe’l; Dastalamoq II - dasta-dasta qilmoq - fe’l. Tush I - uyquda ko’rinadigan narsalar - ot; Tush II - peshin, to’potar payti - ot; Tush III - teng (teng-tush) -sifat; Tush IV - yuqoridan quyiga tomon harakatlanmoq - fe’l; Tush V - mustaqil fe’l anglatgan leksik ma’noga : 1. “harakatning nihoyasiga yetganligi, tugallanganligi” grammatik ma’nosini qo’shadi; 2. “Qo’qqisdan, keskin sodir bo’lganlik” grammatik ma’nosini qo’shadi; 3. “monandlik” grammatik ma’nosini qo’shadi. Bor I - mavjud - predikativ so’z; Bor II - marta, karra, daf’a ; Bor III - 1. Ma’lum maqsad bilan biror yerga yo’nalmoq - fe’l; 2. Davom etib turmoq - fe’l; Bor IV - mustaqil fe’l anglatgan leksik ma’noga “davomli yo’nalish” grammatik ma’nosini qo’shadi - ko’makchi fe’l. Qirq I - to’rtinchi o’nlik - son; Qirq II - kishi vafotidan keyin o’ttiz yettinchi yoki o’ttiz to’qqizinchi kuni o’tkaziladigan marosim -ot; Qirq III - kesib kalta qilmoq - fe’l. Download 336.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling