1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida


Topshiriq: 1. Quyidagi omonim so’zlardan faqat bir so’z turkumi doirasida uchraydiganlarini ustun shaklida yozing


Download 336.21 Kb.
bet84/94
Sana08.03.2023
Hajmi336.21 Kb.
#1253836
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   94
Bog'liq
Ona tili ma\'ruza1

Topshiriq:
1. Quyidagi omonim so’zlardan faqat bir so’z turkumi doirasida uchraydiganlarini ustun shaklida yozing.
Asr, achchiq, balo, bez, bel, bit, bosh, burun, gap, dam, devon, do’st, yoz, yosh, yog’, issiq, ish, kecha, kul, luqma, nafas, oz, oq, rom, safar, sep, sir, son, soch, sumalak, taxt, ter, tol, tur, to’y, to’p, o’y, o’ng, o’r, o’sma, o’t, qir, qop, qoq, qo’y, havo, qovoq, qozon, qirq, qadoq, qazi, to’r, to’q, tosh, tish, dog’.
2. Gaplarni o’qing. Shakldosh so’zlarni aniqlab, izohlang.
A. 1. Do’st achitib gapiradi, dushman kuldirib.
2.“Rohat”ni eshitib, Tantiboyvachcha “Ezib yubordingiz, jonidan!” deb qichqirdi va bangilar kabi bir “do’st!” tortdi.
B. 1. Ko’chaning ikki yog’ida daraxtlar yashnab turibdi.
2.Sabzining to’g’ramchasini oldim, o’choqqa o’t yoqsak bo’laveradi.
3.Sening taklifing unga yoqdi.
4. Birinchi so’zlarini eshitganimdayoq menga yoqdi.
S. 1.Darhaqiqat, kishining qiyofasi va so’zlariga qarab uning ruhini bilish boshqa.
2. Ruhim yengil tortdi.
3. Opa jajjigina ruh elektr samovarni qo’yib yubordi-da, yozuv stoli tortmasidan pechenye terilgan likop oldi.
D. 1. Hozirgi zamon shunaqa, podsholar taxt talashganda, yuz minglab odamlar bola-chaqasi bilan qirilib ketganiga qaramaydi.
2.Bu dargohda senga hamma shart-sharoit taxt ekaniga shubha yo’q.
E. 1. Tog’da Sotim yilqichiga toy boqtirib qo’ydim.
2. Bo’riyev kecha u bilan kuni bo’yi bazada qop, toy, yashik, bochkalar orasida turishdi.
3. U sirpanib, toyib ketishdan juda cho’chib qoldi.
G. 1. Kasallikdan hech qanday asar qolmadi.
2.Oybekning “Tanlangan asarlar” to’plami 20 jilddan iborat.
3. Gaplarni ko’chiring. Shakldosh va ko’p ma’noli so’zlarni izohlang.
I. 1. Toyni toy deb xo’rlama, erta-indin ot bo’lur.
2. To’rt toy paxta sotib oling.
3. U sirpanib, toyib xizmatkorxonaga jo’nadi.
II. 1. Ko’cha to’la odam.
2.To’la yuzli bola.
3. Qarzini to’lamoq.
III. 1. O’riklar shira bog’labdi.
2.Bodring palagini shira bosibdi.
3. Xolamning gaplari biram shiraliki.
IV. 1. O’zim bilaman.
2. Poygada o’zmoq.
V. 1. Ular mening qayin inilarim, kambag’al, uyatchan kishilar.
2. Daraxtlar ichida oq qayindan chiroyligi bo’lmasa kerak deb o’ylayman.
VI. 1. Qiz chiqaruvchiga kuyov tomon beradigan narsa va pul qalin deyiladi.
2.Po’chog’i qalin tarvuz.
3. Beti eshakning terisidan ham qalin ekan.
VII. 1. Quloq pardasi.
2.Qozonning qulog’i.
3. Quloq qilmoq.
VIII. 1. Toza havo.
2.Havo rang.
3. Havosi baland yigit.
IX. 1. Sen bu ishning hadisini olib qolibsan.
2.U … qancha oyatlar, hadislar o’qidi.
X. 1. Olmani ikkiga bo’lmoq.
2. Gapni bo’lmoq.
3. Men soat yettida uyda bo’laman.
4. Bu voqea qachon bo’ldi.
5. Chiroq o’chib bo’ldi.
XI. 1. O’choqqa o’t yoqmoq.
2.O’t o’rmoq.
3. O’t pufagi.
4. Ko’prikdan o’tmoq.
XII. 1. Aytilgan so’z - otilgan o’q.
2.Aravaning o’qi.
3. Yer o’z o’qi atrofida aylanadi.
XIII. 1. Uning ruhi baland.
2.Ruhim yengil tortdi.
3. Ruhiga baxshida qilmoq.
4. Ruh poroshogi.
XIV. 1. Ko’tara savdo.
2.Ishq savdosi.
XV. 1. Boshini olmoq.
2.Boshi og’riyapti.
3. Boshini aylantirmoq.
4. Ikki bosh piyoz.
5. Nishonaga ikki bosh uzum qildi.
6. Terakning boshi.
7. Ko’chaning boshi.
8. Bosh bola.
9. Bosh vrach.
10. Bosh masala.
XVI. 1. Arig’larki, ul bahrdin ayrilur.
2.Bu g’azal aruz vaznining qaysi bahrida yozilgan?
3. Bahridan kechmoq.
4. Bahri dil - “ko’ngilning havosi, qiziqishi”.
XVII. 1. Yoshingiz nechada? Yoshini yashab, oshini oshagan.
2.Qiz yosh, kamtarin va go’zal edi.
3. Chin ko’ngildan yig’lasa, so’qir ko’zdan yosh chiqar.
XVIII. 1. Belingda belbog’ing bormi?
2.Haqiqat bahsda tug’iladi. Biroq tavakkalchilik ishning beliga tepib qo’yishi mumkin.
3. Ketmondan ko’ra bel bilan yer ag’dargan oson.

Download 336.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling