1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida


Ko’chiring, matndagi paronimlarni toping, ma’nolarini izohlang


Download 336.21 Kb.
bet90/94
Sana08.03.2023
Hajmi336.21 Kb.
#1253836
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
Bog'liq
Ona tili ma\'ruza1

3.Ko’chiring, matndagi paronimlarni toping, ma’nolarini izohlang.
1. Konstitutsiya 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. 2. Ayni biz bop ketmon ekan, endi hech ham qiynalmaymiz. 3. Ularning tub maqsadini bilib olishimiz kerak. 4. Erta bahorda o’n tup mevali daraxt ko’chatidan ekdik.
4.Quyidagi paronimlarning ma’nolarini izohli lug’atdan toping va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Yoqilg’i- yonilg’i, nufus-nufuz, yolqin-yorqin, sayil-sayr, sada-sado, ramz-razm
Quyida paronimlar lug’atini keltiramiz.
Abadiy - mangu (sifat) adabiy - badiiy adabiyotga oid (sifat)
Abro’ -qosh (ot) obro’ - e’tibor, hurmat (ot)
Abzal - ot, eshak egar-jabdug’i (ot) afzal - a’lo, yaxshi (sifat)
Abgor - nochor, xarob (sifat) afkor - fikrlar (ot)
Adib - yozuvchi (ot) adip - ko’rpa, to’n chetidagi mag’iz (ot )
Adl - adolat, odillik (ot) adil - tik, egilmagan (sifat)
Adresat - xat, telegramma oluvchi (ot) adresant - xat, telegramma yuboruvchi (ot)
Azm - qat’iy qaror, jazm (ot) azim - g’oyat kata, ulkan (sifat)
Ayon - ma’lum, ravshan (sifat) a’yon - amaldorlar (ot)
Alamon - olomon (ot) al’amon - omonlik uchun murojaat (ravish)
Alo - ustiga:”Nur alo nur”(sifat) a’lo - eng yuqori, eng yaxshi (sifat)
Alam - jismoniy og’riq (ot) a’lam -diniy arbob, bosh mufti (ot)
Alpoz - axvol, vaziyat, holat (sifat) alfoz -lafzlar, so’zlar, iboralar (ot)
Amr - buyruq, farmon (ot) amir - podsho, xon (ot)
Ariq - suv oqadigan joy (ot) oriq - ozg’in (sifat)
Artish - tozalash (fe’l) archish- po’stlog’idan ajratish (fe’l)
Asl - tub, negiz, haqiqiy (sifat) asil - a’lo sifatli, eng yaxshi, toza (sifat)
Ato - in’om, sovg’a (ot) ota - farzandli er kishi (ot)
Achipti - oshiq o’yini turi (ot) achibdi - (qatiq) achibdi - (fe’l)
Ahil - totuv, inoq (sifat) ahl - bir soha odamlari (ot)

Bad - yomon, yaramas (sifat) ba’d - keyin, so’ng (ravish)


Badnafs - nafsi buzuq (sifat) badnafas - nafasi sovuq (sifat)
Bayon - yozma ish (ot) bayan - musiqa asbobi (ot)
Bazur - bahuzur, bemalol (ravish) bazo’r - zo’rg’a (ravish)
Bakor - koriga yaramoq (ot) bekor - ishsiz (sifat)
Bal - raqs kechasi (ot) ball - baho o’lchovi birligi (ot)
Band - modda, paragraf;mashg’ul(ot) bant - sochga taqiladigan lenta (ot)
Barmoq - a’zo (ot) bormoq - borish (fe’l)
Biyron - so’zamol, gapdon (sifat) biron - biror (olmosh)
Bikr - iffatli qiz, bokira (ot) bikir - pishiq, baquvvat (sifat)
Birov - kimdir (olmosh) burov - burash, buramoq (fe’l)
Bob - kitobning qismlari (ot) bop - munosib (sifat)
Bod - kasallik (ot) bot -tez; botmoq (fe’l)
Borlik - mavjudlik (ot) borliq - mavjudot (ot)
Boshda - avval (ravish) boshida - yonida, oldida (ot)
Bog’li - bog’i bor (sifat) bog’liq - bog’langan (sifat)
Bud - bor-yo’q narsa (ot) but - to’liq, bekam-u ko’st (sifat)
Burj - 12 ta yulduz turkumi (ot) burch - majburiyat (ot)
Buril -burilmoq (fe’l) burul - xoldor, ko’kish (sifat)
Burgi -parma (ot) burg’u -qadimgi cholg’u asbobi (ot)
Buqa - yosh erkak qoramol (ot) buq’a -madrasadagi xujra (ot)

Davo - dori-darmon (ot) da’vo - arz, talab (ot)


Davr - vaqt oralig’i (ot) dovur - ot yopinchig’i (ot)
Dazmol - kiyim tekislaydigan asbob(ot) dastmol - qozon yuvg’ich (ot)
Devon - shoirning she’rlari to’plami (ot) divan - yumshoq mebel turi (ot)
Dala - ekin ekiladigan joy (ot) dara - ikki tog’ oralig’idagi jarlik(ot)
Darz - yoriq, yorilgan (ot) dars - mashg’ulot, saboq (ot)
Dadil - dovyurak (sifat) dalil - isbot (ot)
Diplomat -davlat xizmatchisi (ot) diplomant-diplom yozuvchi kishi (ot)
Dub - daraxt (ot) dup - tovushga taqlid bild. so’z (ot)

Ellik - raqam (son) enlik - ikki enlik (xat) (ot)


Esiz - attang, afsus (ot) essiz - esi yo’q nodon (sifat )
Ehzon - qayg’u hukm surgan kulba (ot) ehson - hayrli ish, ezgulik (ot)

Faqir - kambag’al (ot) paqir - chelak (ot)


Ganj - boylik, xazina ganch - suvoq materiali, alebastr (ot)


Gilos - meva (ot) go’los - to’q jigarrang (sifat)

Ilk - avvalgi (sifat) ilik - suyak ichidagi yog’simon modda (ot)


Jodi - o’t qirqadigan asbob (ot) jodu - sehr (ot)


Juda - eng, g’oyat (ravish ) judo - ayriliq (ot)

Kampaniya - ma’lum kishilar tizimi (ot) kompaniya - korxona, birlashma (ot)


Kaft - qo’lning qismi (ot) kift - yelka (ot)
Kat - yog’och karavot (ot) kart - kart dumba (ot)
Kvadrat - teng yoqli to’rtburchak ( kvadrant - doiraning choragi (ot)
Kontakt - aloqa, bog’lanish (ot) kontrakt - shartnoma (ot)
Kuyindi - kuyishdan qolgan iz (ot) kuyundi - kuyunmoq (fe’l)

Lahm - suyaksiz go’sht (ot) lahim - yer osti yo’li (ot)


Lop - birdan (ravish) lof - mubolag’a (ot)

Matal - hikmatli so’zlar (ot) ma’tal - kutib qolgan, muntazir (ravish)


Metr - uzunlik o’lchovi:100sm (ot) mətr - hurm.bildiruvchi so’z (frans)

Nasha - narkotik modda (ot) nash’a -estetik lazzat, huzur (ot)


Naq - xuddi, ayni (yuklama) naqd - puli darhol to’lanadigan - (ot)
Nufuz - obro’, e’tibor (ot) nufus –aholi (ot)

Olu - olxo’ri (ot) oluv - olish (fe’l)


Ora - o’rta (vazifadosh ko’makchi) oro - pardoz (ot)
Oxir - chegara, poyon (ot) oxur - hayvonlarga yem solinadigan joy (ot)
Oqlik - oq ranglik (ot) oqliq - sut mahsulotlari (ot)
Orasida - o’rtasida, ichida (ravish) orasta - bezatilgan, yasatilgan (sifat)

Qad - qomat ( ot) qat - qavat, qatlam (ot)


Qayd - ta’kid (ot) qayt - o’qchish, qusish (ot)
Qala - o’tinni taxla (fe’l) qal’a - shahar (ot)
Qalmoq -millat (ot) qolmoq - qolish (fe’l)
Qarz - qaytariladigan pul, buyum (ot) qars - tovush: qars etdi (taqlid so’z)
Qari - keksa, mo’ysafid (ot) qa’ri - chuqur yeri, osti, ichi(vaz.ko’makchi )
Qat’i - qat’i nazar (sifat) qat’iy -uzil-kesil (ravish)
Qiyq - tovush:qiyq etdi (taqlid so’z) qiyiq - qiyilgan; ro’mol (ot)
Qiymat- baho (ot) qimmat - narhi baland (sifat)
Qism - bo’lak (ot) qisim - siqim (ot)
Qolib - qolmoq (fe’l) qolip - oyoq kiyimi moslamasi (ot)
Quyildi -oqdi (fe’l) quyuldi - quyuqlashdi (fe’l)
Qura - qura boshladi (fe’l) qur’a - chek (ot)
Qurt - hasharot (ot) qurut - suzma, qurut (ot)
Sayd – ov (ot) Sayid – Muhammad payg’ambar avlodlari(ot)
Sanat – sanatmoq (fe’l) san’at – badiiy ijodiyot turi (ot)
Saqov – ot, eshaklar kasalligi (ot) soqov – gung , tilsiz (ot)
Suyilmoq – sevilmoq (fe’l) suyulmoq – suyuqlashmoq (fe’l)
Surat – rasm (ot) sur’at – tezlik, temp (ravish)
Surgin – surmoq (fe’l) surgun – badarg’a (ot)
Ta’b – kishining ichki tabiati; mijoz (ot) tab – taft, harorat (ot)
Talat – talatmoq (fe’l) tal’at – yuz, chehra (ot)
Tambur – vagon kiraverishidagi bo’lma (ot) tanbur – cholg’u asbobi (ot)
Tana – gavda (ot) ta’na – gina-gudurat (ot)
Tarif – baholar ko’rsatkichi (ot) ta’rif – tavsif, tasvir (ot)
Tasir – tasir-tusir (taqlid so’z ) ta’sir – tazyiq (ot)
Taqib – taqib qo’ydi (fe’l) ta’qib – yashirincha kuzatish (ot)
Tib – meditsina (ot) tip – toifa (ot)
Tub – tag, ost (ravish) tup – o’simlik, daraxtning har donasi (ot)
Tutin – tutinmoq (fe’l) tutun – olov tutuni (ot)
Uzik – uzilgan (sifat) uzuk – taqinchoq (ot)
Uyim – mening uyim (ot) uyum – to’da (ot)
Ulish – ulimoq (it, bo’ri) (fe’l) ulush – bo’lak, hissa (ot)
Unim – (mening) unim (ot) unum – hosil, baraka (ot)
Urish – urmoq (fe’l) urush – jang (ot)
Vaqf – diniy muassasa mulki (ot) voqif – xabardor (ot)
Vaqe – sodir (bo’lmoq) (fe’l) voqea – hodisa (ot)
Xayoli – o’yi, fikri (ot) hayoli – iffatli (sifat)
Xalq – el, ulus (ot) halq – halqum (ot)
Xam –egik, quyi solingan (sifat) ham – (men) ham (yuklama)
Xar –eshak (ot) har – har kim (olmosh)
Xiyol – sal, ozgina (ravish) xayol – o’y, fikr (ot)
Xiyla – ancha (ravish) hiyla – makr, firib (ot)
Xil-xil – turli-tuman (sifat) hil-hil –hil-hil (pishgan) (sifat)
Xirs – ayiq (ot) hirs – kuchli istak, intilish (ot)
Xol – badandagi qora tug’ma dog’ (ot) hol – ahvol (ot)
Xoli – yolg’iz, bo’sh, band emas (sifat) holi – ahvoli (ot)
Xosiyat – xosiyat(li) (ot) hosiyat – his etish (ot)
Xur – tovush; xur-xur (taqlid so’z) hur – erkin, ozod (sifat)
Xush – yaxshi, ma’qul, durust (sifat) hush – ong, aql, idrok, es-hush (ot)
Yagana –ekinni siyraklatish (ot) yagona – yakka, tanho, yolg’iz (sifat)
Yetdi –yetib bordi (fe’l) yetti – son
Yondash – yaqinlash (fe’l) yondosh – yonidagi (ot)
Yoriq – yorilgan (sifat) yorug’ – nur (sifat)
Yuvindi – suv bilan tozalandi (fe’l) yuvundi – iflos suv (ot)
Zafar –g’alaba (ot) za’far – sap-sariq rang (sifat)
Sher –hayvon: arslon (ot) she’r –vazn, qofiyali kichik badiiy asar (ot)
Shox – daraxt yoki hayvon shoxi (ot) shoh – podsho (ot)
Shuba –mo’ynali qishki kiyim (ot) sho’ba – bo’lim, idora (ot)

Download 336.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling