1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida


Mashq. So’zlarni ma’noli qismlarga , ya’ni morfemalarga ajrating


Download 336.21 Kb.
bet48/94
Sana08.03.2023
Hajmi336.21 Kb.
#1253836
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94
Bog'liq
Ona tili ma\'ruza1

Mashq. So’zlarni ma’noli qismlarga , ya’ni morfemalarga ajrating.
Inson yo’li uzun emas. Har bir inson yo’lining so’nggida bir uyum tuproq bilan belgi qo’yishadi. Ammo hech kim o’sha bir uyum tuproqni o’z qo’llari bilan uya olmaydi. Buni boshqalar o’zlarining behad parishonxotirliklaridan saqlanishi uchun ado etadilar. Inson o’z yo’li so’ngida qo’yilgan bu belgidan boshqa hamma to’siqlardan o’ta oladi. (Chori Avaz)


9-mavzu: Yetakchi va ko`makchi morfema


Ko’makchi morfemalar tasnifi
Ko’makchi morfemalar (qo’shimchalar) vazifasiga ko’ra ikki turli bo’ladi:1. So’z yasovchi morfemalar, masalan, gul asosiga -la qo’shimchasining qo’shilishidan gulla- yangi so’z hosil qilingan. 2. Shakl yasovchi qo’shimchalar, masalan, -lar qo’shimchasi gul asosiga qo’shilib, uning ma’nosidan boshqa yangi ma’no yasamaydi, gulning birdan ortiq ekanligini bildiradi.
So’z yasovchi morfemalar (qo’shimchalar)
Asosga qo’shilib yangi ma’no hosil qiluvchi qo’shimchalar so’z yasovchi morfemalar (qo’shimchalar) deyiladi. Masalan, kitob+xon, ser+un+um, ish+li, taqsim+la kabi. O’zbek tilida to’rtta so’z turkumida so’z yasalish hodisasi mavjud: ot, sifat, fe’l, ravish. Son va olmosh yasalmaydi.
Yangi-yangi tushunchalarni ifodalashda ilgari tilimizda mavjud bo’lgan so’zlarga ko’makchi morfemalarni qo’shib, yangi so’z hosil qilish usuli keng qo’llaniladi. Ana shunday usul bilan yangi so’z hosil qilish so’z yasalishi sanaladi.
Ko’makchi morfemalar qo’shish yo’li bilan yangi so’z yasalishi doimo ikki qismning bo’linishini talab qiladi:
1. So’z yasashga asos qism.
2. Yasovchi qism.
Yasovchi qismni tashkil etgan morfemalar so’z yasovchi morfemalar deyiladi.
Masalan. Terim so’zi ter so’ziga -im so’z yasovchi morfemasini qo’shish orqali hosil qilingan. Terimchi so’zi esa terim so’ziga -chi qo’shimchasini qo’shish bilan hosil qilingan. Birinchi so’zda yasovchi asos ter, ikkinchi so’zda esa terimdir.
Bir asosdan hosil bo’lgan so’zlar so’z yasalish uyasini tashkil etadi. Yasovchi morfema asosida yangi yasalgan so’z yasashga asos bo’lgan so’zning ma’nosiga asoslanadi, uning ma’nosi bilan bog’liq bo’ladi.
Agar yasalgan so’z bilan yasashga asos qism o’rtasida ana shunday bog’lanish bo’lmasa, yasama so’z hisoblanmaydi. So’z yasovchi qo’shimchalar bilan ot, sifat, fe’l, ravish yasaladi. Son va olmosh yasalmaydi.

Download 336.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling