1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida
Quyida hozirgi o’zbek adabiy tilida uchraydigan so’z yasovchi morfemalar jadvalini keltiramiz
Download 336.21 Kb.
|
Ona tili ma\'ruza1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxs oti yasovchi qo’shimchalar
- Narsa-buyum oti yasovchi qo’shimchalar
- O’rin - joy oti yasovchi qo’shimchalar
- Mavhum ot yasovchi qo’shimchalar
- Ot yasovchi qo’shimchalar: Ismlarning egalik qo’shimchalari bilan shaxs va sonda hamda kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishi turlanish
- Sintaktik shakl hosil qiluvchi qo’shimchalar Egalik qo’shimchalari Birlik ko’plik
- Sifat yasovchi qo’shimchalar
- Qo’shimcha misollar
- Otdan sifat yasovchi qo’shimchalar
Quyida hozirgi o’zbek adabiy tilida uchraydigan so’z yasovchi morfemalar jadvalini keltiramiz.
Ot yasovchi qo’shimchalar: Ismlarning egalik qo’shimchalari bilan shaxs va sonda hamda kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishi turlanish deyiladi. Kelishik va egalik qo’shimchalari turlovchilar deyiladi. Quyida ot yasovchi qo’shimchalar bilan boshqa so’z turkumlaridan ot yasalishi bo’yicha mashqlar keltiriladi: Mashq. Namuna. Asos (ot, sifat, son, fe’l, olmosh, ravish, taqlid so’z, undov, modal so’z)+ ot yasovchi+lug’aviy shakl (-lar ko’plik)+egalik (sintaktik.shakl hosil qiluvchi)+kelishik (sintaktik.shakl hosil qiluvchi) = yasama ot. Masalan: kitob+xon+lar+im+ni - 5 morfema Asos (ot)+shaxs oti yasovchi+lug’aviy (ko’plik)+I-shaxs birlik. Egalik(sintaktik)+tushum kelishigi (sintaktik) = yasama ot. Ish+chi+lar+ingiz+dan Asos (ot)+ot yasovchi+lug’aviy shakl (ko’plik)+II-shaxs ko’plik (sintaktik)+chiqish kelishigi (sintaktik) = 5 morfema, yasama ot. Shaxs+iy+at+parast+lar+ingiz+ni Asos (ot)+ sifat yasovchi+ ot yasovchi+ot yasovchi+ko’plik (lug’aviy shakl)+II-shaxs ko’plik (sintaktik)+ tushum kelishigi (sintaktik) = 7 morfema, yasama ot. Quyidagi so’zlarni yuqoridagi namuna kabi ishlab chiqing: 1. Sinfdoshlarimni 2. Paxtakorlaringizga 3. Miskarlarimni 3. Zargarlarga 4. Talabgorlarimdan 5. Aravakashimizda 6. Chorvadorlardan 7. Saroybonlarning 8. Dorbozlarimni 9. Oshpazlarimga 10. Hamsuhbatidan 11. Etikdo’zlarimizni 12. Aravasozlaringizda 13. Choyxo’rlarimizni 14. Gazetxonlarimizning 15. Tilshunoslaringizni 16. Duogo’ylaringizda 17. Mevafurushini 18. Tog’avachchasidan 19. Tinglovchi 20. Tishkovlagichimni 21. Ko’rsatkichlari 22. Qisqichimizda 23. Chizg’ichlarga 24. Yugurdagi 25. Qovurdog’im 26. To’plamimni 27. Kiyimimizni 28. Unumi 29. Ko’chatlarimizdan 30. Yig’inlaringizni 31. Supurgilaringizni 32. Tepkilaringizni 33. Tutatqilarimdan 34. Cholg’iga 35. Tuyg’ularimni 36. Teshigingizdan 37. Tarog’imizning 38. O’roqlari 39. Qalamdonlari 40. To’lqinlariga 41. Yong’inni 42. Botqoqlardan 43. Kuragimizni 44. Varragingizni 45. Shaqildog’im 46. Guldurosi 47. Bedapoyasidan 48. Burchagimiz 49. Ichkilikka 50. Ko’rgiligimiz Sintaktik shakl hosil qiluvchi qo’shimchalar Egalik qo’shimchalari Birlik ko’plik I-shaxs: -m, -im - imiz, -miz II-shaxs: -ng, -ing - ingiz, -ngiz turlovchi III-shaxs: -si, -i - lari Hovli+m - asos+egalik. I-shaxs birlik (sintaktik shakl hosil qiluvchi); Hovli+ng - asos+egalik. II-shaxs birlik (sintaktik shakl hosil qiluvchi); Hovli+si - asos+egalik . III-shaxs birlik (sintaktik shakl hosil qiluvchi); Hovli+miz - asos+egalik. I-shaxs ko’plik (sintaktik shakl hosil qiluvchi); Hovli+ngiz - asos+ egalik. II-shaxs ko’plik (sintaktik shakl hosil qiluvchi); Hovli+lari - asos+egalik. III-shaxs ko’plik (sintaktik shakl hosil qiluvchi). Kelishik qo’shimchasi Bosh kelishik - kitob - asos Qaratqich kelishigi - ning - kitob+ning Tushum kelishigi - ni - kitob+ni Jo’nalish kelishigi - ga, -ka, -qa - terak+ka O’rin-payt kelishigi - da - kitob+da Chiqish kelishigi - dan - kitob+dan Hovli - asos Hovli+ning - asos+qaratqich kelishigi (sintaktik shakl hosil qiluvchi); Hovli+ni - asos+tushum kelishigi (sintaktik shakl hosil qiluvchi); Hovli+ga - asos+ jo’nalish kelishigi ( sintaktik shakl hosil qiluvchi); Hovli+da - asos+o’rin-payt kelishigi ( sintaktik shakl hosil qiluvchi); Hovli+dan - asos+ chiqish kelishigi ( sintaktik shakl hosil qiluvchi). Sifat yasovchi qo’shimchalar
Download 336.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling