1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida


Download 336.21 Kb.
bet51/94
Sana08.03.2023
Hajmi336.21 Kb.
#1253836
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   94
Bog'liq
Ona tili ma\'ruza1

Ravish yasovchi qo’shimchalar

Qo’shimcha

misollar

Qo’shimcha

misollar

-cha

O’zgacha, yangicha

-larcha

mardlarcha,otalarcha

-dek
-day

yoydek
kunday (ravshan)

-siga

uzunasiga, yoppasiga

-ligicha

namligicha, sho’rligicha

-chasiga

farg’onachasiga, eskichasiga,bolachasiga

-lab

kunlab, azonlab

-ona

mardona

-an

aqlan, jisman

-gacha

tonggacha

-simon

uyalgansimon

-namo

uyalgannamo

-lay(in)

Butunlay

-siz, be-

ilojsiz, betinim

-incha

ko’pincha

-chang

uyatchang

Ravish yasovchilar so’z yasalishi qolipida quyidagi tartibda joylashadi.


Asos (ot, sifat, fe’l, olmosh, ravish) + ravish yasovchi
Qisqa+cha - asos (sifat) +ravish yasovchi = 2 morfema
O’z+i+cha - asos (olmosh) + 3 shaxs egalik+ ravish yasovchi= 3 morfema
Mashq. Quyidagi so’zlarni yuqoridagi namunadagidek yozing.
Yangicha, hozircha, uningcha, tushuncha, qardoshlarcha, haftalab, itoatkorona, tiriklay, butunlay, ostin-ustun, betinim, erkakchasiga, do’stona, jisman, ko’pincha, oldin, yodaki, erkalangansimon, tikkasiga, birdaniga, baravariga, ko’plab, tushgacha, oliftanamo, yashiriqcha, kovushchan, shikoyatomuz, buguncha, o’rtoqlarcha.
Shakl yasovchi morfemalar va ularning tasnifi
Yetakchi morfemalarga qo’shilib, yangi so’z hosil qilmaydigan, so’zning turli xil shakllarini vujudga keltiradigan morfemalar shakl yasovchi morfemalar deyiladi. Masalan, yaxshigina, Nodiraxon, akamni…
Shakl yasovchi morfemalar sintaktik munosabatni bildirish-bildirmasligiga ko’ra ikki guruhga bolinadi:
1. Sintaktik munosabat bildirmaydigan morfemalar. Bunday morfemalar lug’aviy shakl yasovchi morfemalar sanaladi.
2. Sintaktik munosabat bildiradigan morfemalar. Bunday morfemalar sintaktik shakl yasovchi morfemalar hisoblanadi.
O’qigach so’zidagi -gach morfemasi o’qi so’ziga qo’shilib, undan yangi so’z ham yasamaydi, bu so’zni boshqa so’zga bog’lash uchun ham xizmat qilmaydi. Shuning uchun u lug’aviy shakl yasovchi morfemadir.
Yetakchi morfemaga qo’shilib, undan yangi so’z yasamaydigan va o’zi qo’shilgan so’zni boshqasiga bog’lash uchun xizmat qilmaydigan shakl yasovchi morfemalarga lug’aviy shakl yasovchi morfemalar deyiladi.
So’zga qo’shilib, uning ma’lum morfologik shaklini ko’rsatuvchi va boshqa so’zga bog’lash uchun xizmat qiluvchi shakl yasovchi morfemalarga sintaktik shakl yasovchi morfemalar deyiladi. Masalan, egalik, kelishik, shaxs-son morfemalari sintaktik shakl yasovchi morfemalar tarkibiga kiradi.

Download 336.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling