1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida


Download 336.21 Kb.
bet53/94
Sana08.03.2023
Hajmi336.21 Kb.
#1253836
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   94
Bog'liq
Ona tili ma\'ruza1

Xususiyati

1

-a I

bura

ma’noni kuchaytiradi

2

-a II

qoqila-qoqila

ravishdosh shaklini yasaydi

3

-ajak

bo’lajak

sifatdosh shaklini yasaydi

4

-ala

beshala, ikkalasi

jamlovchi son shaklini yasaydi

5

-alak

do’ngalak

kichraytirish ma’nosini hosil qiladi

6

alla-

allanarsa

gumon olmoshini yasaydi

7

-asi

kelasi (yil)

sifatdosh shaklini yasaydi

8

-b yoki -ib

yozib, kelib

ravishdosh shaklini yasaydi

9

-gan, -kan, -qan

kelgan, chekkan, boqqan

fe’lning o’tgan zamon sifatdoshi shklini hosil qiladi

10

-gaz, -kaz, -qaz, giz, -qiz

yurgiz, yutqaz, o’tkaz, yotqiz, bitkaz

orttirma daraja shaklini yasaydi

11

-gani, -kani, -qani

yozgani, tukkani, boqqani

kelasi zamon maqsad ma’nosidagi ravishdosh shaklini hosil qiladi

12

-gancha

chopgancha, halloslagancha

holat yoki payt ravishdoshlarini hosil qiladi

13

-gach, -kach, -qach

borgach, o’qimagach, yoqqach

payt yoki sabab ravishdoshlarini yasash uchun xizmat qiladi

14

-gi I

o’qigim keldi

egalik qo’shimchalari bilan birgalikda xohish, istak ma’nosini ifodalaydi

15

-gi (-g’i)II

yurgisi bor, to’zg’imoq

fe’lga qo’shilib, takroriylik, davomlilik ma’nolarini ifodalaydi

16

-giz, -iz, kaz, -qaz, g’az, -g’iz

to’lg’izmoq, botqizmoq, borgizmoq, ketqazmoq,

fe’llardagi orttirma nisbatni hosil qiladi

17

-gil, -gin

ketgin, yurgil

fe’llardagi buyruq-istak maylini hosil qiladi

18

-gina, -kina, -qina

bolaginam, do’mboqqina, durustgina, popukdekkina

a)otlardagi erkalsh-kichraytirish, achinish ma’nosini ifodalaydi;
b)sifatlardagi ozaytirma darajani hosil qiladi

19

-guncha, -quncha, - kuncha

ochguncha, chekkuncha, chiqquncha

payt ravishdoshlarini hosil qiladi

20

-gur

Qurmagur

fe’llardagi istak ma’nosini ifodalaydi

21

-gusi (-g’usi)

kelgusi, bo’lg’usi

eskirgan qo’shimcha bo’lib, kelasi zamon sifatdoshini hosil qiladi

22

-di

o’qidi

yaqin o’tgan zamon fe’lini hosil qiladi

23

-dir I

Vatan yagonadir, vatan bittadir

kesimlik qo’shimchasi, ya’ni ot-kesimni ega bilan bog’lovchi vosita (bog’lamaning bir turi)

24

-dir II

qaysidir, kimdir

gumon olmoshini hosil qiladi

25

-dir III yoki -tir

tuzdir, chizdir, ottir, orttir

orttirma daraja hosil qiluvchi qo’shimcha

26

-digan

boradigan

kelasi zamon sifatdoshini hosil qiladi

27

-yotgan

kutayotgan

sifatdosh shaklini hosil qiladi

28

-yotir

kelayotir

hozirgi zamon davom fe’lini hosil qiladi

29

-jon

Murodjon

otlardagi hurmat ma’nosini hosil qiladi

30

-i

qurimoq

fe’llardagi ma’noni kuchaytiruvchi qo’shimcha

31

-b, (-ib)

kelib, to’qib

holat ravishdoshlarini hosil qiladi

32

-imtir yoki -mtir

oqimtir, ko’kimtir, qoramtir

sifatlardagi ozaytirma darajani hosil qiladi

33

-in, -n

yuvinmoq , qilindi

o’zlik yoki majhul nisbat yasovchi qo’shimcha

34

-in II

yozayin

fe’llardagi ma’noni kuchaytiruvchi qo’shimcha

35

-inchi yoki -nchi

birinchi, yettinchi

tartib son yasovchi qo’shimcha

36

-ir

oshirmoq

fe’llardagi orttirma nisbat qo’shimchasi

37

-ish yoki
-sh I

yurish, yozish

fe’llarning harakat nomi shaklini yasovchi qo’shimcha

38

-ish yoki
-sh II

kelishdi, o’qishmoqda

fe’lning birgalik nisbat qo’shimchasi

39

-ish III

oqish

sifatlardagi ozaytirma daraja hosil qiluvchi qo’shimcha

40

-ish IV

yorishdi

kuchsiz harakatni ifodalaydi

41

-iq

yo’liqmoq,

fe’lning o’zlik nisbatini hosil qiladi

42

-y I

ishlay boshladi

ravishdosh hosil qiluvchi qo’shimcha

43

-y yoki
-ay II

o’lay desa, kulay deydi; tikay, yozay

fe’lning buyruq-istak mayli shaklini yasaydi

44

-ka

iskadi

fe’lning kuchaytirma shaklini hosil qiladi

45

-l yoki-il

va’z o’qildi

fe’lning o’zlik yoki majhul darajasini hosil qiladi

46

-la

savala, quvla

fe’llarning kuchaytirish shaklini yasaydi

47

-lar I

xonalar

ko’plik ma’nosini hosil qiladi

48

-lar II

dadamlar

hurmat ma’nosini hosil qiladi

49

-lik

gapirmoqlik

harakat nomiga qo’shilib, ma’noni kuchaytiradi

50

-loq yoki -aloq

qizaloq, bo’taloq

kichraytirish va erkalash ma’nosini hosil qiladi

51

-ma

borma, yozma

fe’lning bo’lishsiz shaklini hosil qiladi

52

-mish

bormish, yozmish

eskirgan shakl bo’lib, o’tgan zamon sifatdoshini hosil qilgan

53

-moq

o’qimoq, kelmoq

harakat nomini hosil qiladi

54

-moqda

o’qimoqda, bormoqda

hozirgi zamon davom fe’lini hosil qiladi

55

-moqchi

bormoqchi

kelaqsi zamon maqsad fe’llarini yasaydi

56

-niki

seniki, kutubxonaniki

qarashlilik shaklini hosil qiladi

57

-ov

uchov, ikkov

jamlovchi son hosil qiluvchi qo’shimcha

58

-ovlon

oltovlon

xuddi shunday jamlovchi sonlarni yasaydi

59

--oy

Diloromoy, Go’zaloy

ayol ismlariga qo’shiladi va erkalash-hurmatlash ma’nolarini ifodalaydi

60

-on

ko’ribon, olibon

eskirgan qo’shimcha bo’lib, ravishdosh shaklini hosil qilgan

61

--roq

uzunroq, kichikroq

sifatlarning qiyosiy daraja shaklini hosil qiladi

62

--r yoki -ar

kelar, yozar

kelasi zamon sifatdoshini yasaydi

63

--sa

o’qisa

fe’llardagi shart mayli shaklini hosil qiladi

64

-sin

kelsin

fe’llardagi buyruq-istak maylini yasaydi

65

-t

qizit

fe’llardagi orttirma nisbatni hosil qiladi

66

-ta

bitta, yigirmata

dona son shaklini hosil qiladi

67

-tacha

sakkiztacha, yigirmatacha

chama son shaklini hosil qiladi

68

-uv

oluv, o’quv

fe’lning harakat nomi shaklini hosil qiladi

69

--xon

Nasibaxon

odam ismlariga qo’shilib, hurmat ma’nosini hosil qiladi

70

-chak

belanchak, tugunchak

otlardagi kichraytirish ma’nosini ifodalaydi

71

--cha

qizcha, sandiqcha

otlardagi kichraytirish-erkalash ma’nosini ifodalaydi

72

--choq

ovunchoq, qo’zichoq

otlardagi kichraytirish-erkalash ma’nosini ifodalaydi

73

--yap

o’qiyapman

hozirgi zamon davom fe’lini hosil qiladi



Lug’aviy shakl hosil qiluvchi qo’shimchalar
Bur+a+moq - asos (fe’l)+ ma’no kuchaytiruvchi(lug’aviy shakl)+harakat nomi (lug’aviy shakl) = 3 morfema. tub fe’l
Yugur+a- yugur+a - asos (fe’l)+ ravishdosh (lug’aviy shakl)+asos (fe’l)+ ravishdosh (lug’aviy shakl) = 4 morfema.tub fe’l
Kel+ajak - asos (fe’l)+sifatdosh (lug’aviy shakl) = 2 morfema.tub fe’l
Uch+ala - asos (son)+jamlovchi son (lug’aviy shakl) = 2 morfema.tub son
O’qi+b - asos (fe’l) +ravishdosh (lug’aviy shakl) =2 morfema.tub fe’l
Qiz+gina +m - asos (ot)+ erkalash. Kichraytirish (lug’aviy shakl)+I-shaxs egalik (sintaktik shakl hosil qiluvchi) = 3 morfema.tub ot

Download 336.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling