1. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi fanining o‘rganish obyekti


Download 88.36 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi88.36 Kb.
#1156429
Bog'liq
Sesiya javoblari



1. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi fanining o‘rganish obyekti.
Ma’lumki, adabiyot atamasi arabcha «odob» ko‘pligi «adab» so‘zidan olingan bo‘lib, adablar tizimi, ya’ni odob-axloq haqidagi so‘z san’ati, «adablar hazinasi» degan ma’noni anglatadi. Adabiyot so‘ziga «shunos» qo‘shimchasi qo‘shilib, shu soha bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti hosil bo‘lsa, «lik» qo‘shimchasi qo‘shilishi bilan so‘z san’atini tizim shaklida o‘rganuvchi fan nomi hosil bo‘ladi. Mumtoz adabiyot tarixi adabiyotshunoslikning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. «Adab» so‘zi aslida arabcha «Ma’daba» o‘zagidan olingan. «Ma’daba» esa odamlar da’vat qilingan ziyofatni anglatadi. Odob ham odamlar doimo da’vat qilinadigan, ma’naviy «ma’daba», ya’ni ziyofat bo‘lgani uchun shu nomni olgan. Abu Muhammad «Kitobul Voiy» nomli asarida: «Odob odamlarni maqtalgan narsalarga chaqirgani uchun odob deb nomlangan» deydilar. Abu Zayid rahmatullohi alayhi: «Odob fazilatlardan biriga eltuvchi yaxshi urinishga ishlatiladigan ism» deganlar. Islom madaniyati tarixida «Kitobul adab» nomli ichki kitoblar bor. Ularda odobga oid hadisi shariflar keltiriladi. Bunga misol tariqasida, Imom Ismoil Buxoriyning «Al-Adab Al-Mufrad» kitobini keltirish mumkin. Imom Buxoriy «Al-Jome’ as-Sahih»da «Kitob al-adab»ga o‘rin berganligiga qaramay, uni alohida kitob qilishni maqsad qilganlar. Imom Buxoriy «Al-Adab Al-Mufrad» kitobida, turli odoblarga oid 1322 ta hadisi sharifni 644 ta bobda keltirgan. Hozirgi kunda g‘arb madaniyati ta’sirida odobni madaniyat deyish ham joriy bo‘lgan. Masalan: ovqatlanish odobi deyish o‘rniga, qovqatlanish madaniyati deyiladi. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi fanini o‘rganishdan maqsad talabalarga milliy tafakkurimizning asosiy o‘zagi bo‘lgan adabiy tafakkur, ya’ni mumtoz adabiyotimiz taraqqiyoti bosqichlarini, tamoyillarini, adabiy-estetik tafakkur tadrijiga katta hissa qo‘shgan adiblar hayoti va meroslari, yozma adabiyotda adabiy hodisalarning paydo bo‘lish asoslari, mumtoz adabiy tur va janrlarning o‘ziga xosligi, mumtoz poetikaning muayyan sistema (tizim) ekanligi haqidagi ma’lumotlarni berishdan iborat. Fanni o‘rganish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim bo‘ladi: – Mumtoz adabiyot namunalarini o‘rganishda dastlab matn ustida ishlay bilish.
– Adabiyotshunoslikdagi mavjud metod hamda tushunchalarning paydo bo‘lish va shakllanish tarixini o‘rgatish.
– Mumtoz adabiyot vakillarining meroslari bilan mukammal tanishtirish.
– Mumtoz adabiyot poetikasi sirlarini o‘rgatish.
– Mumtoz adabiyotda tasavvuf yaqinligining asoslarini o‘rgatish.
– Mumtoz adabiyot namunalarini tahlilga tortish va talabalarda mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini hosil qilish.Adabiyot tarixi insoniyat tarixining bir qismi sifatida tushuniladi. Insoniyat tarixi esa bir necha turlarga: fuqarolik tarixi, davlatchilik tarixi, madaniy tarix va boshqalarga ajraladi. So‘nggisi, ya’ni madaniyat tarixi: san’at tarixi, shaharsozlik tarixi kabi qismlarga bo‘linadi. Madaniyat tarixining eng unumli sohalaridan biri – san’at tarixidir. Bu tarix, o‘z navbatida, san’atning turlaridan kelib chiqib: musiqa tarixi, rassomchilik tarixi, haykaltaroshlik tarixi, raqs tarixi va b. qatorida badiiy adabiyot (san’atning turi sifatida), ya’ni adabiyot tarixiga alohida e’tibor beriladi. Demak, u xalq madaniy tarixining harakatdagi muayyan bir qismi sifatida anglashiladi. Adabiyot tarixi ilk badiiy asarlar (dastlabki og‘zaki shaklda mifik tafakkur asosida yaratilgan) dan tortib, hozirga qadar o‘tgan adabiy-badiiy asarlarga, ya’ni adabiy (kengroq ma’noda) ma’naviy merosga nisbatan qo‘llaniladi. Adabiy asarlar yakka shaxslar tomonidan yaratilgan bo‘lsa ham yozuv hali shakllanmagan dastlabki davrda jamoaviy xarakterga ega bo‘lgan. Ya’ni, bir iste’dod tomonidan yaratilgan badiiyat namunalari og‘izdan-og‘izga o‘tishi bilan boyigan, sayqallangan va anonimlashgan, natijada jamoaviy xarakter kasb etgan.
2. «Devonu lug‘otit turk»da mavsum-marosim qo‘shiqlari.
Marosim qo‘shiqlari. Bu turkum qo‘shiqlarga asosan marsiya janridagi qo‘shiqlardan parchalar keltirilishi kuzatiladi. Ular jang maydonida bahodirlarcha kurashib halok bo‘lgan qahramonlarga bag‘ishlanadi, ularning mardligi, jasorati,fidokorligi kabi fazilatlari maqtaladi, judolik hasratlari, motam qayg‘usi ifodalanadi. Alp Ertungaga bag‘ishlangan marsiya shular jumlasidandir. “Yunon va ossuriy tarixchilari skiflarning ulkan sarkardasi sifatida tan olingan Madini Prototeyning o‘g‘li deb hisoblashadi. Madi esa uzoq asrlar davomida turkiy adabiyotda Alp Er To‘nga, forsiy adabiyotda Afrosiyob nomi bilan tasvirlangan qahramonning tarixdagi prototipidir”
Ulishib eran bo‘rlayu,
Yirtin yaqa urlayu,
Siqrib uni yurlayu,
Sig‘tab ko‘zi o‘rtilur.
Mazmuni: Mardlar yig‘lab, bo‘ridek uvlashdilar, Yoqalarini yirtib baqirishdilar, Faryod chekdilar, Qattiq yig‘idan ko‘zlari xiralashib, (go‘yo) parda bosdi.
3. «Hibat-ul haqoyiq»ning mavzu doirasi.
«Hibatul-haqoyiq”da muallifing ismi, otasining ismi, uning qayerda yashagani, boshqa adiblarga nisbatan tutgan mavqei, jismoniy zaifligi haqidagi ayrim ma’lumotlar keltirilgan. Lekin bu ma’lumotlar adibning o‘zi tomonidan emas, uni ko‘chiruvchilar tomonidan doston vazniga moslab qo‘shib qo‘yilgan. Dostonning nusxalaridan birida XV asr temuriy hukmdorlardan Arslonxo‘ja Tarxon adib haqida uning yeri Yugnak ekanligi, otasining oti Mahmud, o‘zi Adib Ahmad, kitobining oti «Hibatul haqoyiq», asarni Koshg‘ariy tili bilan yozgani, kim bu tilni bilsa asarni tushunishi va hokazolarni yozadi. Yana bir noma’lum shaxs tomonidan yozilgan qaydda esa, shoirning ko‘zi ojiz bo‘lgani, kitob 14 bobdan iborat ekanligi qayd etiladi: Tug‘a ko‘rmas erdi adibning ko‘zi, Tuzatti bu o‘n to‘rt bob ichra so‘zi. Asar ba’zi manbalarda 235 bayt, 254 bayt yoki 484 misra, 512 misra deb ko‘rsatiladi. Umuman, dostonning umumiy hajmi 500 misradan ortiq. "Hibatu-l-haqoyiq" ichidagi ilovada uning 14 bobdan iboratligi aytilsa-da, 1480-yil Istanbulda Abdurazzoq Baxshi tomonidan ko‘chirilgan nusxasida ko‘chirish jarayonida u 3 bobi ixchamlanib, 11 bobga tushirilgan. Dostonning 1-bobi Allohga hamd, 2-bobi Muhammad (sav) na’ti va choryorlar ta’rifiga, 3-bobi Dodsipohsolorbek madhiga bag‘ishlangan. 4-bobda kitobning yozilish sabablari bayon qilingan. Dastlabki 4 muqaddima bobdan so‘ng asosiy qismga o‘tiladi. 5-bob – ma’rifatning foydasi-yu jaholatning zarari, 6-bob – til odobi, 7-bob – dunyoning o‘tkinchiligi, 8-bob – saxiylik va baxillik, 9- va 14- boblar turli masalalarga bag‘ishlangan bo‘lib, 11-bob – kitobning xotimasidir. Ta’limiy doston hisoblanuvchi bu asarda ijtimoiy, siyosiy masalalar bayon qilingan, bilim foydasi va til odobi kabi axloqiy muammolar talqin etiladi. Yugnakiy o‘zini shoir emas, balki adab muallimi, deb hisoblagan. O‘ziga xos axloq kitobi bo‘lgan bu asarga Qur’oni karim va Hadisi sharif ma’nolari singdirilgan. Ushbu asarning bosh g‘oyaviy maqsadi islom dini g‘oyalari asosida inson axloqini takomillashtirish, komil insonni tarbiyalashdir.
4. Muxammas janri haqida ma’lumot
4-savol.Muhammas (arab. — beshlik) — sharq sheʼriyatidagi sheʼriy shakllardan, qofiyalanish tartibiga koʻra tuzilgan sheʼr. M.ning har bir bandi 5 misradan iborat boʻlib, a—a—a—a—a, b—b—b—b—a, v—v—v—v—a, baʼzan esa a—a—a—a—a, b—b—b—a—a tarzida qofiyalanadi. Bandlarning oxirida shoirtaxallusi keltiriladi. M. 1bandining 5misrasida qofiya sifatida qoʻllangan soʻz shu misra boʻylab 2—3-marta takrorlanadigan namunalari ham uchraydi (mas, Dilkash, Komil Xorazmiy, Feruz, Muazzamxon va boshqa ijodida). M.ning 2 turi bor: tabʼi xud (mustaqil) va tazmin (taxmis). Birinchisida barcha beshlik miyeralar bir muallifniki, ikkinchisi (taxmis)da ijodkor bironta ustoz, zamondosh shoir yoxud oʻz gʻazallari baytlarining har birini beshlik bandlarga aylantiradi. Ikki shoir misralari payvandidan iborat sheʼr paydo qilinadi. Gʻazalning har bir bayti oldidan oʻzining uch misrasini qoʻshadi. M. shoir uchun fikr-kechinmalarini chuqurroq ifodalash, bo-shqa shoirlar bilan musobaqalashish, kuch sinash, bahslashuv vositasi boʻlgan.
5. Afsona janri
5-savol Afsona – 1) xalq ogʻzaki ijodi (folklor) janri. U xayolot, uydirma va toʻqimadan iborat boʻlsada, soʻzlovchi va tinglovchi tomonidan haqiqatdek tasav-vur etiladi, hatto boʻlib oʻtgan davri, makon ham koʻrsatiladi. A.lar ogʻizdan-ogʻizga, eldan-elga oʻtib kelgan, ifoda usuli bayon tarzida.A. ogʻzaki hikoyat boʻlib, u xayoliy ob-raz yoki tasavvur asosiga quriladi, hikoya qiluvchilar va tinglovchilar tomonidan qachonlardir shunday boʻlgandek qabul qilinadi. Rivoyatdan farqli oʻlaroq A. zaminida albatta moʻ’jiza, sehr-jodu boʻladi. A.lar olam (Yer, Quyosh va boshqa say-yoralar yuzaga kelishi) haqida, toponimik (Qof togʻi, daryo, dengiz, shahar, qal’a, qishloq, tepalik, Eram bogʻi va hokazo), elatlarning kelib chiqishi (mas, turkiy xalqlarning), hayvonot dunyosi (mas, sher, ajdaho, anqo, semurgʻ va boshqalar)ga oid, tabiatdagi voqea, hodisalar (mas, chaqmoq, zilzila, shamol va boshqalar) xususida, tarixiy shaxslar (mas, turkiylardagi Er Toʻnga, Toʻmaris, Shiroq, anglosakslar qiroli Artur va boshqalar) toʻgʻrisida, diniy (mas, islomdagi Nuh paygʻambar xususidagi, Abu Muslim jangnomasi, Avestodagi Frangrasyan (Afrosiyob), xristianlikdagi Iso Masihning havoriylari bilan sayohatiga bogʻliq voqea-hodisalar) va boshqa turli-tuman mavzularda boʻladi.A.lar hajmi kichik, bayon qilinishi sodda, badiiy tasvir vositalaridan de-yarli xoli boʻladi, tuzilishiga koʻra er-tak, naql, rivoyatlarta oʻxshab ketadi.A.lar yozma adabiyotning, ayniqsa, badiiy, falsafiy, dinga, tarixga, ax-loqqa oid asarlarning mavzui, muayyan qismi tarzida gʻoyaviy-estetik vazifani bajargan. Mas, "Qutadgʻu bilig", "Devo-nu lugʻotit turk", Alisher Novoiyning "Hamsa", Dantening "Ilohiy komediya", Chingiz Aytmatovning "Oq kema", Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni", Abdulla Oripovning "Jannatga yoʻl" kitoblarida A.lar asarning badiiy-estetik va ta’sir kuchini oshirishga, inson ruhiyatini yanada chuqur va toʻlaqonli tasvirlashga xizmat qilgan.2) Koʻchma ma’noda – uydirma, yolgʻon, aqlga toʻgʻri kelmaydigan gap.
6. O‘zbek mumtoz adabiyotini davrlashtirish.
«Davrlashtirish» tushunchasi yoki bu tushunchani tashigan istiloh umumiy tarixning boshqa sohalariga nisbatan qo‘llanilgani kabi adabiyot tarixiga nisbatan ham ko‘proq qo‘llaniladi. Shuning uchun «davrlashtirish» deyilganda, uning predikati sifatida (nimani?) milliy adabiyot tarixini (umuman, badiiy adabiyotni emas) davrlashtirish debishlatiladi. Adabiyot tarixini davrlashtirish uchun dastlab adabiy istilohlarni belgilab olish, so‘ngra esa davrlashtirish tamoyillarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqroqdir. Ma’lumki, «davrlashtirish» tushunchasi asosida «davr» istilohi yotadi. Biz «davr» deb atagan so‘z «zamon», «vaqt», «muddat», «fursat», «davomlilik» kabi ma’nolarni anglatadi. Biroq adabiyotshunoslar davrlashtirishga munosabatda «davr» atamasini faol qo‘llaymiz, go‘yoki boshqa so‘zlar atama darajasida ilmiy taomilga kirib kelmagan. Xorijdan o‘zlashgan so‘zlar asosida rus tilida davr tushunchasi «period», «epoxa», «stadiya» so‘zlari orqali ifodalanibgina qolmay, bu har bir so‘z muayyan ma’no qamrovidan kelib chiqib, alohida atamaga aylangan. Masalan, «period» «kichikroq davrlar»ga nisbatan qo‘llanilib, u ko‘proq yillar, o‘n yilliklar va asrlarga nisbatan ishlatiladi. «Epoxa» undan kengroq tushuncha bo‘lib, o‘z tarkibiga bir necha asrlarni (masalan, epoxa srednix vekov – o‘rta asrlar (ya’ni, bir necha asr ma’nosida) birlashtirgan. O‘zbek tilida esa bu tushunchani, ya’ni bir necha asrlarni qamrab oluvchi «epoxa»ni ham «davr» so‘zi orqali anglatamiz. Adabiyotshunoslikda «stadiya» (ayrim ilmiy asarlarda «stadialnaya obshnost») tushunchasi bor. Umumjahon adabiyoti tarixining muayyan «davri»ga nisbatan qo‘llanilib, uning doirasiga antichnost (qadimgi davr), srednevekove (o‘rta asrlar), Renessans – Vozrojdenie – Uyg‘onish (ayrim tarixiy manbalarda Intiboh) va boshqa tushunchalarni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Biz o‘zbek tilida uni ham «davr» deb ataymiz: antik davr, o‘rta asrlar, Uyg‘onish (yoki intiboh) davri kabi. Demak, biz o‘zbek tilidagi adabiyotshunoslik masalalariga munosabatda har uch tushunchani bir so‘z, ya’ni «davr» so‘zi orqali anglatamiz va yuqoridagi kabi yillarga nisbatan ham (20-yillar adabiyoti), asrlarga nisbatan ham (XX asr davri adabiyoti) hamda «davriy umumlashma»ga nisbatan ham birgina «davr» so‘zidan foydalanamiz.
7. Moniy adabiyoti va Avesto.
Moniylik tavbanomasi (Xuastuanift) — 3-6 asrlar.Moniylik qadimgi turkiy xalqlar eʼtiqodida alohida oqim boʻlib, «Xuastuanift» («Moniylik tavbanomasi») uning nazariy manbasi va diniy yodgorligidir. Bu yodgorlik 5-6 asrlarda qadimgi uygʻur qavmlarida shakllangan.Moniylik oqimining asoschisi Moniy ibn Fatak (216—277) dir. «Xuastuanift» Moniy jamoasi aʼzolarining madhiyasi va nizomi hamdir.Asar «Avesto»dagi obrazlarni hamda zardushtiylikning keyingi davridagi mifologik qahramonlarni oʻz ichiga olgani, bu obrazlarning mohiyatini oʻzgartirmagan holda davom ettirgani bilan diqqatga sazovor. Tana sevgisi moddiy olamdagi boyliklarga ruju qoʻyishga olib keladi va ruhiy olamdagi boylik — nurdan uzoqlashishga sabab boʻladi. Moddiy olam esa Moniy jamoasi uchun yovuzlik makonidir. Shu boisdan ham moddiy olam yovuzlik va zulmat bilan uygʻunlashtirilgan holda tasvirlanadi.Moniylik sheʼrlarida Moniy shaxsiyati va u yaratgan oqim madh qilinadi. Moniylik oqimidagi qadimgi turk sheʼriyati Aprinchur tigin kabi shoirlarni yuzaga chiqardi.«Avesto» – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Avesto (parfiyoncha: apastak – matn; koʻpincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb ataladi) – Zardusht dinining Muqaddas kitoblari toʻplami.Zardusht diniga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. «.«Avesto» toʻrt qismdan iborat:
Yasna («Diniy marosimlar»),
Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin),
Visparad («Barcha Ilohlar haqidagi kitob»),
Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi»).Yasna tarkibiga kirgan madhlar «Gatlar» (ayrim manbalarda «gohlar») deb nomlanib, ularni Zardushtning oʻzi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Ertoʻnga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi.«Avesto» insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining eʼtiborini tortgan.
8. Raviy atamasini sharhlang.
Arablar istilosidan keyin turkiy xalqlar sheʼriyatiga ham aruz sheʼriy tizimi kirib keladi. 9—10-asrlarda esa arab, fors va boshqa xalqlar sheʼriyatida mumtoz Q. nazariyasi yaratiladi. Bu nazariya monorim (fransuzcha topopte — yagona qofiya) q. yoki tovushlar uygʻunligiga asoslanadi. Ushbu nazariyaga koʻra, Q. yagona tovush (harf) takroriga asoslanadi va bu harf raviy (arab. — qofiyadagi undosh tovush) deb ataladi. Raviy soʻz oʻzagi, yasama soʻzlarda negiz oxiridagi undosh, choʻziq unli, baʼzan esa qisqa unlilarning aynan takrorlanishi tufayli yuzaga keladi. Mas, "gul-bul-bul" soʻzlaridagi "l", "tortar-ortar" soʻzlaridagi oxirgi "r", "vafo-jafo" soʻzlaridagi "o", "bahona-zamona" soʻzlaridagi oxirgi "a" tovush-harflari raviy hisoblanadi. Mazkur nazariya talablariga koʻra, raviysiz Q. vujudga kelmaydi.Mumtoz q. nazariyasida Q.lanuvchi soʻzlar tarkibiga qarab raviydan oldin va raviydan keyin 4 tadan Q. unsuri ishtirok etishi mumkin. Raviydan oddin keluvchi unsurlar: qayd — raviydan oldin kelgan harakatsiz undosh tovush ("balandqand" soʻzlaridagi "n" tovushi); ridf — undosh raviydan oldin kelgan choʻziq unli ("sha-har-sahar" soʻzlarida "r" raviydan oldingi "a" unlisi); taʼsis — raviydan oldin kelgan bir harakatli undoshdan ilgari keluvchi choʻziq unli ("homil-qotil" soʻzlaridagi "o" tovushi); daxil — raviy bilan taʼsis orasida keluvchi harakatli undosh ("zoyil-qoyil" soʻzlaridagi "y" undoshi). Raviydan keyin keluvchi Q. unsurlari ham 4 ta: vasl — raviyga vositali yoki vositasiz tirkalgan tovushlar ("ulfatim-suhbatim" soʻzlaridagi "m" undoshi va "bulogʻi-qulogʻi" soʻzlaridagi "i" unlisi); xuruj — vasldan soʻng takrorlanuvchi harakatsiz undosh yoki choʻziq unli; mazid — xurujdan keyin keluvchi undosh yoki choʻziq unli; noira —maziddan soʻng kelgan undosh va choʻziq unlilar.
9. Rivoyat janri
Rivoyat (arab. hikoya qilmoq) — voqea va hodisalarni, inson faoliyatini baʼzan uydirmalar vositasida, baʼzan real tasvirlovchi ogʻzaki hikoya; folklor janri. Hajmi qisqa, 2 yoki 3 epizoddan tashkil topadi, anʼanaviy uslubiy shaklga ega boʻlmaydi. Odatda, oddiy bir hikoyachi bayonidan boshlanib, ogʻizdanogʻizga oʻtish jarayonida erkin talkin qilinadi. R. asosida voqelik va tarixiy shaxs bilan bogʻliq hodisalar yotadi. Gʻoyaviy mazmuniga koʻra, tarixiy P. hamda toponim R.larga boʻlinadi. Tarixiy R. da biror shaxs faoliyati va xalq qahramonlari bilan bogʻliq hodisalar hikoya qilinadi, axloq va odobning ideal meʼyorlari tashviq etilib, muayyan faktlar haqida axborot beriladi. Bunday R.lar Navoiy, Ulugʻbek, Ibn Sino, Beruniy, Mashrab, Amir Temur, Sulton Mahmud va boshqa hayoti bilan bogʻliq voqea va hodisalar asosida ham yaratilgan. Toponim R.larda shahar, qishloq, qoʻrgʻon, saroy, maqbaralar nomi hamda ularning yuzaga kelish sabablari bilan bogʻliq voqealar hikoya qilinadi. Xotimasida.odatda, hikoyadan maqsad taʼkidlanadi va muayyan fakt izoxlanadi (Mas, "Toʻrabek xonim maqbarasi", "Anda jon qildi", "Odinajonim", "Qoʻngʻirot" va boshqalar). R.lar bizgacha koʻproq ogʻzaki, qisman yozma shaklda yetib kelgan. Vosifiynij "Badoyeʼ ulvaqoyeʼ", Xondamirning "Makorim ulaxloq" va boshqa asarlarda R.larning qad. namunalari keltirilgan. Oʻzbekistonda juda koʻp R.lar yozib olingan va ular xalqtarixi hamda madaniyestetik qarashlarini oʻrganishda muhim manbadir.[1]
10.Qur`on g`oyalarining badiiy ijodga ta`siri

11.«Xuastuanift» kompozitsiyasi va mazmuni.


) «Xuastuanift» (monaviylarning tavbanomasi). Bu yodgorlikning uch nusxasi bor, ular Peterburg, Berlin, London sbaharlaridagi muzeylarning noyob qo‘lyozmalar xonasida saqlanmoqda. Ostona(Turfon)dan topilgan qadimgi turkiy-uyg‘ur yozuvida bitilgan nusxasi L.V.Dmitriyeva tomonidan 1963-yilda lotin alifbosida ruscha taijimasi bilan nashr ettirildi. «Ming budda g‘ori» ibodatxonasidan topilgan Berlin va London nusxalari moniy yozuvidadir. Turkiy tilda bitilgan nusxasi esa A.Lekok tomonidan 1910—1911- yillarda Berlin va London shaharlarida nashr ettirilgan edi.Asarning ba’zi bir til xususiyatlari qadimgi turkiy-runiy ( 0 ‘rxun-Enasoy) bitiklariga yaqinligini hisobga olgan holda, u V—VI asrlarda turkiy tilga taijima qilingan degan taxminlar bor (68/13-bet).Shuningdek, Turfondan topilgan «Sekiz yukmak» (nemis olimlari V.Bang, A.fon Gaben va turk olimi G.R.Rahmatiy- lar 1934-yilda Berlinda nashr ettirganlar), «Shahzodalar Qalayanamqara va Papamqara haqida qissa» (1914-yilda fransuz olimi B.Pello tomonidan fransuzcha taijimasi bilan nashr Xuastuanift kopmpazitsiyasi va mazmuni .Moniylik tavbanomasi (Xuastuanift) — 3-6 asrlar.Moniylik qadimgi turkiy xalqlar eʼtiqodida alohida oqim boʻlib, «Xuastuanift» («Moniylik tavbanomasi») uning nazariy manbasi va diniy yodgorligidir. Bu yodgorlik 5-6 asrlarda qadimgi uygʻur qavmlarida shakllangan.Moniylik oqimining asoschisi Moniy ibn Fatak (216—277) dir. «Xuastuanift» Moniy jamoasi aʼzolarining madhiyasi va nizomi hamdir.Asar «Avesto»dagi obrazlarni hamda zardushtiylikning keyingi davridagi mifologik qahramonlarni oʻz ichiga olgani, bu obrazlarning mohiyatini oʻzgartirmagan holda davom ettirgani bilan diqqatga sazovor. Tana sevgisi moddiy olamdagi boyliklarga ruju qoʻyishga olib keladi va ruhiy olamdagi boylik — nurdan uzoqlashishga sabab boʻladi. Moddiy olam esa Moniy jamoasi uchun yovuzlik makonidir. Shu boisdan ham moddiy olam yovuzlik va zulmat bilan uygʻunlashtirilgan holda tasvirlanadi.Moniylik sheʼrlarida Moniy shaxsiyati va u yaratgan oqim madh qilinadi. Moniylik oqimidagi qadimgi turk sheʼriyati Aprinchur tigin kabi shoirlarni yuzaga chiqardi.
12.O‘rxun-Enasoy yodgorliklarining janr xususiyatlari.
O‘rxun – Enasoy yozma yodgorliklari qadimgi turkiy adabiyotning alohida bir qatlami va yo‘nalishi sifatida turkiyshunoslikda kam o‘rganilgan. Bu yodgorliklarini tizimli ravishda ilk yozma adabiyotning namunasi sifatida o‘rganishni boshlab bergan olim rossiyalik olim I.V.Steblevadir. Qadimgi turkiy yozma yodgorliklarni o‘zbekchaga tabdil qilish, tadqiqot ishlari olib borishda O‘zbekistonda ham ma’lum ishlar amalga oshirilgan. Qadimgi turkiy yozma yodgorliklar bevosita eposlar zaminida o‘sib chiqqan adabiyot ekani bilan diqqatga sazovor. Shuningdek, tarixiy voqealarning xalq og‘zaki ijodi ruhida bayon qilinishi yozma adabiyotning o‘ziga xos turi yaratilishiga asos bo‘lgan. Ma’lumki uyg‘ur yozuvi O‘rxun-Enasoy (run) yozuvi bilan oldinma-keyin paydo bo‘lgan. Bu yozuv ayniqsa Sharqiy Turkiston, Movarounnahr va Xurosonda keng tarqalib uzoq vaqt iste’molda bo‘lgan. Arab istilosidan keyin Arab yozuvi joriy etilgan bo‘lsa-da, hatto Temuriylar davrida ham uyg‘ur yozuvidan foydalanilgan. Yusuf Hos Hojib «Qutadg‘u bilig» dostonining Vena kutubxonasida saqlanayotgan qo‘lyozma nusxasi, Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asari, Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si kabilar uyg‘ur yozuvida ko‘chirilgan. Ming yildan ortiq davr ichidagi adabiy-madaniy yodgorliklarning barchasi arab tilida va yozuvida bitilgan. O‘rxun-Enasoy yodgorliklari, mazkur yozma yodgorliklar O‘rxun va Enasoy daryolari havzalaridan topilgani bois, shu nom bilan ataladi. Dastlab, Enasoy daryosi bo‘ylarida noma’lum yodgorliklar mavjudligi haqidagi xabarni rus xizmatchisi Remezov, shved olimi Iogan Stralenberglar ma’lum qilishadi. Bu sirli yodgorliklarni o‘rganish tajribasi XVIII asr boshlaridanoq boshlangan bo‘lsada, dastlabki urinishlar natija bermaydi. XIX asrning birinchi choragida Grigoriy Spasskiyning «Sibirskiy vestnik» jurnalida O‘rxun-Enasoy yodgorliklari haqidagi maqolasi e’lon qilinadi va u lotin tiliga tarjima qilingandan so‘ng dunyo olimlarining diqqatini o‘ziga jalb etadiO‘rhun-Enasoy yodgorliklari til va yozuv yodgorligi bo‘lishi bilan birga, tarixiy manba hamdir. Bu yodgorliklar V–VIII asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotni o‘rganishda qimmatli material va ma’lumotlar beradi, turli turkiy xalqlar va qabilalarning urf-odatlari, e’tiqodi va boshqalar bilan tanishtiradi. O‘rxun-Enasoy yodgorliklarining ma’lum badiiy qimmati ham bor. Ularda ko‘pincha she’riy misralar bo‘lishi bilan birga ba’zi nasriy parchalar ham she’r kabi jaranglaydi, turli tarixiy voqealar bayonida ayrim lavhalar birmuncha badiiy uslubda tasvirlanadi, badiiy til vositalari qo‘llaniladi. Xususan, qabr toshlaridagi «marsiyalar»ning badiiy ahamiyati ko‘proq. Ular orqali biz vafot etgan kishining ma’lum portreti bilan, motam tutuvchilarning ichki ruhiy kechinmalari bilan tanishimiz, shunga ko‘ra, S.Ye.Malov V asr Enasoy yodgorliklarini «Qabriston poeziyasi» deb atadi
13.Radif tushunchasini sharhlang.
Radif (arab. — ketmaket keluvchi) — Sharqxalqlari, shu jumladan, oʻzbek sheʼriyatida misra yoki bayt oxirida qofiyadan keyin takrorlanib keluvchi soʻz, ibora, ran. R. bir soʻz (qisqa R.) yoki bir necha soʻz (yoyiq R.)dan iborat boʻlishi mumkin. Bir soʻzli R. koʻproq uchraydi. Sheʼr texnikasi taqozosiga koʻra, R. takrorlanishi emotsional jihatdan lozim va zarurdir. Gʻazalda R. matlaʼdan maqtaʼgacha qofiyadosh suzlardan keyin takrorlansa, masnaviyda bayt doirasidagina keladi. Baʼzan R. qofiyadan oldin, hatto qator boshida keladi. R. qofiya bilan boshqariladigan ohangdoshlikni, tovush uygʻunligini taʼminlashga xizmat qiladi, sheʼrga musiqiylik va ritmik ohang baxsh etadi. Sheʼrning tarjimasida ham R. saqlanib qoladi.
14.Diniy mazmundagi asarlar

15.«Zarina va Striangiya» qissasi obrazlar tizimi va syujeti.


ZARINA VA STRIANGEY" - tarixiy qissa. Muallifi — yunon tarixchisi Ktesiy (mil. av. 400 y.). Qissada (uning turli variantlari bor) saklar bilan Midiya davlati oʻrtasidagi urushlar haqida hikoya qilinadi. Saklar malikasi Zarina birinchi eri podsho Kidrey vafot etgach, Midiyaga tobe Parfiya viloyati dinasti (hokimi) Marmarga turmushga chiqadi. Bundan norozi boʻlgan Midiya saklarga qarshi urush ochadi. Janglardan birida Zarina yarador boʻlib, jang maydonidan oʻzini chetga oladi, uni midiyalik Striangey taʼqib etib otdan qulatadi. Biroq asirasi yosh, goʻzal sak qizi ekanligini koʻrgach, Striangey unga oshiq boʻlib, Zarinaga ziyon zaxmat yetkazmay qoʻyib yuboradi. Oradan bir oz vaqt utgach, Zarinaning eri Marmar Striangeyni asir olib, uni qatl qilmoqchi boʻladi. Zarina eridan Striangeyni ozod qilishni soʻraydi, biroq rad javobi olgach, Striangeyni va asirlardan bir qanchasini oʻzi xalos etib, ular bilan birgalikda Marmarni uldiradi. Shundan soʻng midiyaliklarga Parfiya viloyatini qaytarib, ular bilan doʻstlik sulhi tuzadi. "3. va S." qahramonlik va sevgi haqidagi qissa boʻlib, uning bosh qahramoni Zarina tarixiy shaxe — sak hukmdorlaridan biri boʻlgan. Qissada u zakovatli va tadbirkor, qabiladoshlariga gʻamxoʻr hukmdor, shuningdek, ornomusli, odobli va iffatli ayol sifatida gavdalanadi. Ktesiy maʼlumotiga koʻra, Zarina vafotidan keyin saklar unga ehrom shaklida maqbara qurib, oltin haykal urnatishgan. Kissa sharq xalqlari orasida keng tarqalgan.
16.Yusuf Xos Hojib hayoti va ijodiy faoliyati.
Yusuf Xos Hojib (asl ismi Yusuf) (taxminan 1020/21, Bolosogʻun — ?) — turkiy shoir, mutafakkir, davlat arbobi. "Qutadgʻu bilig" dostoni muallifi. Qoraxoniylar saroyida xizmat qilgan.1069-70-yillarda yozib tugallangan "Qutadgʻu bilig" ("Saodatga boshlovchi bilim») asari qoraxoniylar davlatining mustahkam qaror topishiga xizmat qilgan nizomnomadir. Uch nusxasi (Vena, Qohira va Namangan) mavjud. Nisbatan toʻligʻi Namangan nusxasi boʻlib, 1923-yili Fitrat tomonidan qoʻlga kiritilgan, u OʻR FA ShI da saqlanadi. 6520 baytdan iborat, masnaviy (yaʼni aruzning "mutaqoribi musammani mahzuf") vaznida yozilganUning hayoti va faoliyati haqida maʼlumotlar beruvchi yagona manba ham "Qutadgʻu bilig" kitobidir. Ushbu kitobga koʻra, u zamonasining barcha asosiy ilmlarini atroflicha oʻrgangan, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Mahmud Koshgʻariy kabi turkiy tilning mavqeini oshirish, uning madaniyadabiy hayotdan oʻziga munosib oʻrin egallashi uchun kurashgan.Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig" ("Saodatga yoʻllovchi bilim", 1069—70) asari islomiy turkiy adabiyotni boshlabgina bermay, uni yangi taraqqiyot bosqichiga ham koʻtardi. U nafaqat turkiy xa"Qutadgʻu bilig" — XI asr soʻz sanʼatining nodir namunasi boʻlib, unda oʻz davrining ilgʻor ijtmoiy-siyosiy, maʼnaviyaxloqiy masalalari badiiy talqin qilingan, turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, ilm-fani, urf-odat va anʼanalari, turmush tarzi, qadriyatlari xususida batafsil maʼlumot berilgan. Yusuf Xos Hojib uni Bolosogʻunda boshlab, Qashqarda yozib tugatgan va qoraxoniy hukmdor Tavgʻoch Bugʻroxonga takdim etgan. Bugʻroxon muallifni taqdirlab, unga "Xos Hojib" ("Eshik ogʻasi") unvonini bergan. Shundan keyin shoir "Yusuf Xos Hojib" nomi bilan mashhur boʻlgan. Lekin dostonning oxiridagi shikoyat ohanglariga qaraganda, shoir umrining oxiri bu davlatning tanazzuli davriga toʻgʻri kelgan, shunga muvofiq hayoti ham ogʻir kechgan. Shoirning Qashqardagi maqbarasi ziyoratgohga aylangan.lqlar adabiyoti anʼanalari, balki qardosh xalqlar, jumladan, forsiy adabiyot tajribalarini ham ijodiy oʻzlashtirgan holda yaratilgan. "Shohnoma" kabi mutaqorib vaznida yozilgan va "Turkiy Shohnoma" nomi bilan shuhrat qozongan (73 bob, 6520 bayt va toʻrtliklardan iborat).
17.G‘azalning qofiyalanishiga ko‘ra turlari.
Gʻazal (arabcha — ayolni sevish, unga oshiqona munosabatda boʻlish) — Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janrʻʻGʻazal’’ atamasi dastlab VI-VII asrlarda arab sheʼriyatida paydo boʻlgan. Soʻng Oʻrta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga oʻtib, X asrda forsiy adabiyotga, XIV asr boshlarida turkiy adabiyotga kirib kelgan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin 21, hatto 27 baytli gʻazal namunasi ham uchraydi.Gʻazal aa, ba, va, ga, da va h.k. tarzda qofiyalanadi, boshdan-oxir bir xil vaznda yoziladi. Ilk bayti matlaʼ yoki mabdaʼ, oxirgisi maqtaʼ deb ataladi. Agar ikkinchi baytning misralari ham oʻzaro qofiyalansa, zebi matlaʼ yoki husni matlaʼ deyiladi. Gʻazalning paydo boʻlishi va rivojlanishi musiqa sanʼati bilan chambarchas bogʻliq. Dastlab Gʻazalga taxallus qoʻyilmagan, bu keyinchalik anʼanaga aylangan.Gʻazal dastlab ishqiy mavzuda yozilgan boʻlsa-da, keyinchalik uning mavzu doirasi kengayib bordi hamda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, mavʼiza (pandnasihat) va hajviy Gʻazallar yuzaga keldi. Gʻazal tuzilishiga koʻra 4 mustaqil turga ajraladi: mustaqil baytlardan tuzilgan (parokanda) gʻazal; yakpora gʻazal; voqeaband gʻazal.; musalsal gʻazal. Maʼno jihatidan esa orifona, oshiqona va rindona gʻazallarga boʻlinadi.
18.Аdabiyot tarixi fanining o‘rganish obyekti
Barcha turkiy tildagi manbalar va jahon tillaridagi ilmiy adabiyotlarning tan olishicha, o‘zbek (turkiy) mumtoz adabiyotining nisbatanshakllangan, e’tirof etilgan mashhur namunasi – «Qutadg‘u bilig»dir. Shunga ko‘ra mumtoz yozma adabiyotning bevosita shakllanish davrini Yusuf Xos Hojib Bolosog‘uniy asarining tug‘ilishidan belgilash lozim bo‘ladi. Uning taraqqiyot davri esa yangi adabiyotning boshlanishi hisoblangan «Padarkush» (Behbudiy) dramasigacha kechgan davra to‘g‘ri keladi. Chunki «Qutadg‘u bilig»dan «Padarkush»gacha yaratilgan barcha adabiy-badiiy asarlarda yuqorida tilga olingan belgi-xususiyatlar mujassam etilgan. Ular mumtoz adabiy qonuniyatlar va kategoriyalar asosida yaratilgan. Bu oraliqdagi asarlarda til birligi, yozuv birligi, adabiy shakllar (nasr va nazm) va janrlar birligi, hatto, she’riy asarlarda vazn birligi (aruz) va yagona qofiya tizimi (arab yozuvidagi harflar va harakatlar asosiga qurilgan) mavjud. Shuning uchun davrlashtirish uchun muhim omillar izlaganda, til birligi (davlat tili masalasi), yozuv birligi, e’tiqod birligi, ifoda shakllari (nasr, nazm) birligi, yozma adabiyotda (aruz – nazm, nahv – nasr) mavjud janrlar birligi, qofiya tizimi birligi, poetik vositalar birligi kabi jihatlarni alohida o‘rganish asosida davrlashtirish xususida qat’iy bir fikrga kelish mumkin
19.O'zbek mumtoz adabiyotining tur va janrlari

20.«Kalila va Dimna» dostoni va o‘zbek adabiyoti.


21.«Qutadg‘u bilig»da xalq maqollari.

22.Hadis to‘plash an’anasi(Imom Buxoriy va at- Termiziy).

23.Ruboiy va uning kompozitsiyasi

24.Mumtoz adabiyotdagi an'anaviy mavzu va obrazlar


Tasavvufning Sharqda keng tarqalishiga bois, uning arab, fors va turkiy tillarda buyuk bir she’riyatni vujudga keltirganidir. VIII – XI asrlarda Robia Adaviya, Mansur Halloj singari ulug‘ so‘fiylar ijodi bilan boshlangan so‘fiyona ash’or X–XII asrlarga kelib, ulkan bir adabiyotga aylandi, o‘ziga xos obrazlar, timsollar olami, alohida ramzlar, uslub va usullar shakllandi. Tasavvufning pok ilohiy ishq haqidagi, haq va haqiqat, najib insoniy hislatlar, kamolot kasb etish haqidagi g‘oyalari she’riyat g‘oyalariga aylandi, shoirlar qizg‘in bir ruh, ko‘ngil amri bilan irfoniy g‘oyalarni kuyladilar, hisobsiz lirik she’rlar, jahonga mashhur dostonlar, qissalar yaratildi. Tasavvufning behudlik va ishq konsepsiyasi, soflik, adolat va haqiqat timsoli – mutloq ilohga muhabbat zavqi ijod ahliga qattiq ta’sir etdi, insoniyat g‘ami bilan qalbi dardga to‘lgan isyonkor ruhdagi shoirlarni bir ohangraboday o‘ziga tortib, o‘rtanishli, his-hayajonga serob ajoyib she’riyatni vujudga keltirdi. Bu she’riyatning markaziy qahramoni – rindi bebok, Mansur Halloj e’tiqodiga imon keltirgan, o‘zini barkamollik cho‘qqisida ko‘rgan, ruhan ozod kishi edi. Uning zavqi, iztirob-kechinmalari, xayoliy romantik olamga intilishi maxsus ifodalar va ko‘p ma’noli ramziy iboralar bilan tasvirlanadigan bo‘ldi. Xo‘sh, ramz o‘zi nima? Ramz (arabcha so‘z bo‘lib, imo, ishora, imlash degan ma’noni anglatadi) – simvol; k o‘chim turlaridan biri, faqat shartli ravishda va shu matn doirasida ko‘chma ma’no kasb etuvchi so‘z yoki so‘z birikmasi; obrazlilik turi. Ramz mohiyatan allegoriyaga yaqin, undan farqi shuki, ramz kontekst doirasida ham o‘z ma’nosida, ham ko‘chma ma’noda qo‘llanadi. Ramzning ma’nosi kontekst doirasida va shartdan xabardorlik bo‘lganda reallashadi. O‘zbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyondasi hisoblangan Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» va «Lison ut-tayr» asarlari so‘fiyona-falsafiy ma’nolar she’riy satrlar, badiiy ifodali til bilan talqin etilishdan tashqari, yana juda ko‘p masal va hikoyatlar, ramziy tashbehlar keltirilib, kitobxonga sharhlab berilgan. «Mantiq ut-tayr» va «Lison ut-tayr» kabi dostonlarda ishtirok etuvchi personajlar ham ramziy: Hudhud – pir timsoli bo‘lsa, o‘ttiz qush solik muridlar timsolidir. Attor va Navoiy tasvirlagan yetti vodiy esa solik ruhining yetti xil tovlanuvchi manzarasi – Ilohga vosil bo‘lish bosqichlari, ma’rifat zinalarini bildirib keladi. Dostondagi Shayx San’on qissasi va o‘nlab hikoyalaridan chiqadigan xulosa ham bitta: olam – borliq Allohning zuhuridan iboratdir
25.«Qutadg‘u bilig» dagi obrazlar tizimi.
25 Qutadagʻu bilig“ dostonini yaratar ekan, muallif oʻz oldiga qoraxoniylar davlati hokimiyatini mustahkamlash, Tavgʻachxon bilan Eloqxonlar oʻrtasidagi ixti-loflarni bartaraf etish, hukmron doiralarning turli ijtimoiy tabaqalarga munosabatini belgilash, maʼrifat va obodonchilik uchun kurash, yaxshi xulq-odobni targʻib qilish kabi maqsadlarni qoʻygan. Bu bilan Yusuf Xos Hojib oʻz davrining yirik maʼrifatparvari va donishmandi sifatida gavdalanadi.„Qutadgʻu bilig“ markaziga 4 masala qoʻyilib, ular 4 obraz vositasida ochib berilgan: birinchisi — adolat boʻlib, u pod-shoh Kuntugʻdi timsolida, ikkinchisi — davlat boʻlib, vazir Oytoʻldi, uchinchisi — aql boʻlib, vazirning oʻgʻli Ugdilmish, toʻrtinchisi — qanoat boʻlib, uning qarindoshi Oʻzgʻur-mish qiyofasida tasvirlanadi. Shunga muvofiq ravishda qoʻyilgan masalalar voqealar rivoji, qahramonlarning oʻzaro suhbati, bahsmunozarasi, savol-javoblari, pandnasihatlari vositasida hal qilinadi. Muallif bahsli masalalar yuzasidan ham axloq-odob, ilm, insoniylik va adolat doirasida fikr yuritadi hamda podshoh va amaldorlardan tortib dehqonu hunarmandgacha — jamiyatdagi barcha toifalarning huquq va burchlari haqida oʻz mulohazalarini bildiradi. Borliq haqidagi bilimlarga toʻxtalgan Yusuf Xos Hojib odam bilishi mumkin boʻlmagan narsa, bilim bilan yechilmaydigan jumboq yoʻq, bilim tufayli osmon sari ham yoʻl ochiladi, deydi; bilish uchun esa tinmasdan oʻrganish lo-zim, deb uqtiradi.„Qutadgʻu bilig“ qoraxoniylar hokimiyatining oʻziga xos nazmiy nizomnomasi boʻlib, bu ramziy-timsoliy asar yurt egalari boʻlmish hukmdorlar va katta-kichik amaldorlarga atab yozilgan va asarda ularga mamlakatni adolat bilan boshqarish, tinchlikni saqlash, raiyatga zulm qilmaslik, bilʼaks, xalqning ogʻirini yengil qilish, turmushini farovon aylash, jamiyatning maʼnaviyaxloqiy negizlarini mustahkamlash, ilm-maʼrifatga keng eʼtibor berish, isteʼdod sohiblarini qoʻllab-quvvatlash, huquq, burch, adolat boʻyicha maslahat va tavsiyalar berilgan. Hukmdorlar adabnomasi — „Qutadgu bilig“ qoraxoniylar sulolasi misolida turkiy davlatchilik asoslari yangi bosqichga koʻtarilgan davrda zamon kun tartibiga qoʻygan siyosiy-ijtimoiy masalalarni hal qilishda asosiy dastur boʻlgan. Shoirning u yoki bu masala boʻyicha pand-nasihatlari xuddi hikmatday jaranglaydi, xalq maqollariga oʻxshab ketadi — ularning badiiy yuksakligi va maʼrifiy ahamiyati ham shunda
26.3. «Shiroq» afsonasi va obrazlar tizimi.
26 Shiroq (yunon manbalarida Sirak) (mil. av. 6-asr) — Turon xalqlarining axomaniylar podshosi Doro I (qarang Doro) bosqiniga qarshi kurashgan xalq qahramoni. shahrining hayoti haqida manbalarda juda oz maʼlumotlar saqlanib qolgan. Mil.av. 6-asr boshlarida Eron shohi Doro I qoʻshini Turon hududiga bostirib kirgan. Yunon tarixchisi va notigʻi Poliyen (mil. 2-asr) ning 8 kitobdan iborat „Harbiy hiylalar“ („Strategmalar“) asarida ilk marta Shiroq jasorati tilga olingan.Poliyenning yozishicha, sak qabilalari oqsoqollari Sakfar, Omarg va Oamiris fors qoʻshinini yengish uchun harbiy kengash (qurultoy) oʻtkazayotganda, ularning huzuriga oddiy otboqar Shiroq kelib, oʻz rejasini bayon qilgan. Rejaga koʻra, Shiroq oʻz qabilasi manfaatini himoya qilib, harbiy hiyla ishlatgan va yolgʻiz oʻzi Doro I lashkariga qarshi turgan.Shiroq Doro I qarorgohiga kelib, unga qabiladoshlari nohaq sitam yetkazganligi uchun (uning burni va quloqlari kesilgan edi) u Eron qoʻshinini saklar (shaklar) qabilasi turgan yerga qisqa yoʻl bilan olib borishini aytib, dushman qoʻshinini Qizilqum choʻli ichkarisiga boshlaydi. Eron qoʻshini „yoʻlboshlovchi“ning maslahati bilan faqat 7 kunga yetadigan suv, oziq-ovqat va yem-xashak olgan edi. Jazirama issiqda choʻlni kechib oʻtayotgan dushman qoʻshini holdan toyib, oziq-ovqat ham tugaydi. Nihoyat, muhlatning 7 kunida dushman qoʻshini aldanganini payqaydi. Shiroq atrofini qurshab olgan shoh Doro I va uning sarkardalariga qarata quyidagi soʻzlarni aytgan: „Men yolgʻiz oʻzim Doro qoʻshinini yengdim. Sizlarni aldab, choʻlning qoq oʻrtasiga olib keldim. Xohlagan tomoningizga ketishingiz mumkin, vohagacha toʻrt tomoningiz ham 7 kunlik yoʻl!“.Dahshatga tushgan shoh va uning sarkardalari Shiroqga yolvorib, unga suvsiz choʻldan olib chiqishi uchun katta boylik vaʼda qilishadi. Shiroq vatan ozodligi yoʻlida jonni fido qilishini aytgach, Doro 1 ning sarkardasi Ranosbat uni qilich bilan chopib tashlaydi. Qoʻshinning asosiy qismi suvsizlik va ochlikdan Qizilqum choʻlida qirilib ketgan. Faqat Doro I va uning oz sonli aʼyonlari yomgʻir yogʻishi natijasida halokatdan qutulib, Baqtra daryosi (Amudaryo) qirgʻogʻigacha yetib kelishgan.Shiroqning jasorati haqida turkiy xalqlar oʻrtasida jangnoma va rivoyatlar yaratildi. Bu rivoyatlar „Shiroq“ nomi bilan mashhur. Buxoro choʻponlari oʻrtasida bu rivoyatlar hozir ham aytiladi. U turkiy xalqlarga qoʻshni boshqa hududlardagi xalq ogʻzaki ijodiga ham kuchli taʼsir koʻrsatgan. Bu tarixiy voqeani oradan 800 yil oʻtgach, Poliyen oʻz asarida yuqoridagicha keltirib oʻtgan. Yozuvchi Mirkarim Osim „Shiroq“ hikoyasi va shoir Usmon Qoʻchqor „Shiroq“ dostonida Shiroq jasoratini ulugʻlashgan. Toshkentda Shiroq nomli koʻcha mavjud. Shiroq milliy qahramon sifatida Oʻzbekiston tarixiga oid turli kitoblarda oʻziga munosib oʻrnini egallagan.
27.Mumtoz adabiyot taraqqiyotida Qur‘oni karim g’oyalari va hadisi sharifdagi fikrlarning o‘rni va ahamiyati
27 Diniy mutaassib guruhlarga qarshi kurashda islom manbalarining o‘rniQur’oni karim va hadisi shariflar kishilarni insonparvarlik, vatanparvarlik, bunyodkorlik kabi ezgulikka, insoniyatga zarar keltiruvchi har qanday illat va salbiy holatlardan uzoqlashishga chaqirishga qaratilgan. Ammo diniy qadriyatlardan o‘z g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishni ko‘zlagan ayrim guruhlar ushbu manbalarda kelgan oyat va hadislarni buzib talqin etishga harakat qilmoqdalar.«Xorijiylar» islom tarixida radikal guruh sifatida tanilgan bo‘lib, VII asrda birinchi bo‘li rahbarga qarshi chiqqanlardan hisoblanadi. Ular Qur’ondagi «Hukm Allohdan o‘zganiki emas»[1] degan oyat bilan o‘z bosqinchiliklarini oqlamoqchi bo‘lgan edilar. Bu bilan ular «rahbar hukm chiqarishga haqli emas, faqat Allohning kalomi bilangina ish tutish lozim» demoqchi edilar. Ammo Payg‘ambar alayhis-salomning kuyovlari bo‘lmish o‘sha davrdagi musulmonlar peshvosi hazrat Ali ibn Abu Tolib ularning bu so‘zlari va qilmishlariga nisbatan «Botil maqsadni ko‘zlab aytilgan haq so‘z» degan edilar. Keltirilgan misoldan ko‘rinadiki, mutaassib guruhlar o‘zlarining qilayotgan ishlarini doimo diniy manbalar, xususan Qur’on oyatlari bilan g‘arazli yo‘l bilan dalillashga harakat qilganlar. Lekin ularning bu urinishlariga qarshi islom ulamolari asosli raddiyalar berganlar.Hadislarni o‘z manfaatlariga mos tarzda talqin etishga harakat qilish mutaassib guruhlarning faoliyatida kuzatilgan. Ular o‘z g‘arazli maqsadlariga xizmat qiluvchi g‘oyalarni hadislar orqali kishilar ongiga yetkazishga urinar edilar. Chunki musulmonlar orasida hadis oddiy so‘zdan ko‘ra ko‘proq tinglanar va qabul qilinar edi. Ba’zan manfaatlariga mos keluvchi hadis topa olmasalar, soxta hadislarni ham to‘qir edilar.Imom Buxoriy, Muslim, Termiziy kabi muhaddislar IX asrda ishonchli, sahih hadislarni to‘qima va zaiflaridan ajratib berilishi islom niqobi ostida turli buzg‘unchi g‘oyalar tarqalishiga keskin zarba berdi[2]. Ammo din nomidan g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishga intiluvchi kuchlar bu bilan o‘z faoliyatlarini to‘xtatmadilar. Endi ular maqsadga erishishda «sahih hadislar»ni o‘zlariga qurol qilib olishga kirishdilar. Buning uchun hadis matnini buzish yoki yangilarini to‘qish emas, balki mavjudlarini o‘z manfaatlariga mos tarzda talqin etish va shuningdek, ayrim ularning fikriga zid bo‘lgan hadislarni zaif va ishonchsizga chiqarish yo‘liga o‘tdilar. Bu kabi salbiy holatlar ham hadis ilmi olimlari e’tiboridan chetda qolmadi. Buning oldini olish uchun ular hadislarni to‘g‘ri tushunish va talqin etish shartlarini ishlab chiqdilar.Hadislarni to‘g‘ri tushunish va talqin etish uchun zarur bo‘lgan asosiy shartlardan biri sifatida arab tilini yaxshi bilish sanaladi. Zero, inson gapirganda tilning barcha imkoniyatlardan foydalanishga harakat qiladi. Maqol, hikmatli so‘z, frazeologik iboralarni ishlatmay turib maqsadni ta’sirli ifodalab bo‘lmaydi. Hadislarni o‘rganish natijasida Payg‘ambar alayhis-salom ham gapirganda arab tilining imkoniyatlardan naqadar keng foydalanganliklari ma’lum bo‘ladi.
28.A.Yugnakiy hayoti va ijodi
Adib Ahmad binni Mahmud Yugnakiy, yirik adib, hadisshunos va taʼlimiy didaktik adabiyot namoyandasi. Boshqa taxminlarga qaraganda Fargʻona vodiysining Yugʻnoq qishlogʻida tugʻilgan, «Hibatul-haqoyiq» («Haqiqat sovgʻalari») asari Fargʻona hukmdori Dod Sipohsolor bekka bagʻishlangan.Navoiyning taʼriflashicha, tugʻma koʻr boʻlgan. Asarning arab va uygʻur yozuvidagi qoʻlyozma nusxalari (XV asrda koʻchirilgan) Istanbulda saqlanadi. Asar 14 bobni tashkil qilgan Qurʼon va Hadis hikmatlarining badiiy sharhidir.Taʼlimiy doston janriga mansub bu asarda ijtimoiy, siyosiy masalalar bayon qilingan, bilim foydasi va til odobi kabi axloqiy muammolar talqini berilgan. Adib Ahmad yashagan davri va joyi haqida adabiyotshunoslikda turli qarashlar mavjud. Asarining toʻla matni (izoh va nasriy bayon) eʼlon qilingan, rus olimlari S.Malov, E.Bertels, N.Baskakov, I.Stebleva; turk olimlari F.Koʻprulu, N.Osimbek, R.R.Arat, T.Takin va oʻzbek olimlari Fitrat, Q.Mahmudov, I.Haqqulov, M.Imomnazarov, H.Boltaboevning tadqiqot va maqolalari bor.Tarjimai holi haqida deyarli maʼlumot yoʻq. "Hibat ulhaqoyiq" ("Haqiqatlar tuhfasi") asari bizgacha yetib kelgan. Uning oxirida Adib Ahmad ismi tilga olinadi. Asar nusxalaridan biriga temuriy amaldorlardan Arslonxoja Tarxon tomonidan ilova qilingan 10 baytli masnaviyda Yu. haqida baʼzi maʼlumotlar mavjud. Undan maʼlum boʻlishicha, Adib Ahmad Yugnak degan soʻlim va bahavo joyda tugʻilgan. Otasining oti Mahmud Yugnakiy boʻlgan. Kitobi adabdan iborat boʻlib,nomi —"Hibat ulhaqoyiq". Kitob koshgʻariy tilda sheʼriy yoʻl bilan yozilgan. "Qutadgʻu bilig"dan 1—2 a. keyin yaratilgan bu asar oʻzbek mumtoz adabiyotining noyob durdonasi hisoblanadi. Alisher Navoiy "Nasoyim ulmuhabbat" tazkirasida Yu.ni Oʻrta Osiyoning mashhur shayxlari qatoriga qoʻyib, uning tugʻma koʻrligi xususida soʻzlaydi, yana Navoiy Husayn Boyqaroʼtt oʻgʻli Badiuzzamonga yozgan xatlaridan birida ham "Hibat ulhaqoyiq"dan parchalar keltiradi. "Hibat ulhaqoyiq" asari shoir haqidagi maʼlumotlarni birmuncha toʻldirishga, Yu. yashab ijod etgan davrni tahlil qilishga imkon beradi.YU. tugʻilgan joy olimlar oʻrtasida koʻp tortishuvlarga sabab boʻlgan. Samarqand, Fargʻona va Turkistonda Yugnak degan joy borligi aytilsada, koʻpchilik uni Samarqand atrofida deyishga moyil va keyingi tadqiqotlar bu fikrning toʻgʻriligini tasdiqlaydi. 12-asrda yashagan mashhur muarrix Abulkarim asSamʼoniy "AlAnsob" ("Nasabnoma") kitobida yozadi: "Bu nisba (taxallus) "Yugʻanak"dan va bu (joy) Samarqand qishloqlaridan. Bu nisba bilan Abuhomid Ahmad ibn Abu Ahmad alYugʻanakiy mashhurdirlar".Shoir "Hibat ulhaqoyiq"ni tugatib, uni hukmdori Dod Sipohsolorbekka taqdim etadi. Mashhur sharqshunos olim Ye.E.Bertels bu asar qadimiy oʻzbek adabiy tilidan mumtoz oʻzbek adabiy tiliga oʻtishda bir koʻprik boʻlganini aytadi. Asar tilida qadimiy turkiy soʻzlardan koʻra, arab va fors soʻzlarining koʻp qoʻllangani shundan dalolat beradi. Yu. bu asari bilan oʻzbek adabiy tili va adabiyoti rivojiga katta hissa qoʻshgan.
29.Kul-tegin bitigtoshi haqida ma’lumot
29 Kultegin bitiktoshi - marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi. El-tarish xoqonning oʻgʻli Kultegin sharafiga quyilgan (732 yil 14 avgust). Ulan Batordan 400 km jan.da, Qorabalgʻa-sun shahrining harobalaridan taxminan 40 km shim.dajoylashgan. Boʻyi 3 m 15 sm, eni 1 m 24 sm, qalinligi 41 sm. Kultegin bitiktoshining marmar taxta ustuni oʻrtasiga 5 burchaqli qalqon shaklida, balandligi 64 sm, kengligi 40 sm li lavha oʻrnatilgan. Lav-haning yuz tomoniga arhar surati tas-virlangan xoqonlik tamgʻasi vaqsh qilingan, orqa tomoniga xitoycha qilib bitiktoshning oʻrvatilish tari-xi yozilgan. Kultegin bitiktoshi 84 satrdan iborat: 40 satr yuz tomoniga, 13 satrdan 26 satr ikki yon tomoniga, 14 satr orqa tomoniga, 4 satr toshning taroshlangan 4 qirrasiga yozilgan. Bitiktoshdagi barcha voqealar Kulteginning akasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi. Bi-tikni esa Kulteginning jiyani Yoʻllugʻ tegin yozgan. Ushbu bitikda Bilga xo-qon ogʻa-inilariga, qarindosh-urugʻla9-K-9839130KULTEPAriga, xalqqa murojaat qilgan. Xoqonning murojaatidan maqsadi — hoki-miyatni mustahkamlash, oʻzaro urush-janjallarga chek qoʻyish, ittifoq boʻlib yashashga chaqirish boʻlgan. Kultegin bitiktoshini Bilgaxoqon bitiktoshi bilan birga 1889-yil N. M. Yad-rinsev Moʻgʻulistonning Kosho Saydam vodiysida Koʻkshin-Ur-xun daryosi boʻyidan topgan. Dastlab bi-tiktoshni hech kim oʻqiy olmagan. Uni Urxun yozuvini oʻrganib chiqqanidan soʻng, daniyalik olim V. Tomsen 1893-yil oʻqishga muvaffaq boʻlgan. Yodgorlik matni nemis, fransuz, dan, ingliz, rus tillariga tarjima qilingan, turk va oʻzbek tillarida tavsif etilgan.
30.Qadimgi Turk moniylik adabiyoti.
Moniylik oqimi qadimgi turkiy muhitdagi alohida, o‘ziga xos bo‘lgan oqimning mahsulidir. Moniylik oqimining asoschisi – Moniy ibn Fatakdir. Moniy yoshligida ko‘p sayohat qildi: O‘rta Osiyoda, Hindistonda uzoq vaqt yashab, bu o‘lkalardagi mahalliy dinlar, jumladan, braxmanizm, buddaviylik va nasroniylik oqimlarini chuqur o‘rgandi. Ayniqsa. O‘rta Osiyo va Eron hududida mustahkam ildiz otgan zardushtiylik Moniyning e’tiborini ko‘proq jalb qildi. SHu sababdan o‘zi yaratishni maqsad qilib qo‘ygan ta’limot uchun zardushtiylikka tayandi. Jumladan, zardushtiylikda ham, moniylikda ham olamning paydo bo‘lishi va tuzilishi haqidagi ta’limot bir asosga ega. Bu – Xurmuzdda mujassamlashgan Ezgulik va Nurga, Axriman (moniylikda SHmnu)da mujassamlashgan Zulmat va YOvuzlikdir. Zardushtiylikda sinovdan o‘tgan va insoniyat hayotining asosiy mazmuniga aylangan ikki qarama-qarshi ruhiy kuchlar o‘rtasidagi kurash moniylik oqimida yanada ochiqroq namoyon bo‘ldi. Moniy tarixda birinchi bo‘lib, Markaziy Osiyoda o‘zigacha yaratilgan boshqa diniy oqimlardan farqli o‘laroq, hayotga yaqin g‘oyalarni o‘zida mujassamlantirgan, keng qamrovli diniy tizimni yaratishga harakat qildi. Moniyning ta’limoti uning “Barhayot Injil”, SHopur ibn Ardashirga bag‘ishlab yozgan “SHopuroqon” asarlarida o‘z ta’limotini ilgari suradi. Beruniy Moniy va uning ta’limotini tahlil qilar ekan, Budosaf, Zardusht va Budda qatorida uni ham payg‘ambarlik da’vo qilgan kishilar” qatoriga qo‘shadi. Moniy majusiylar, xristianlar va “sanaviya” (ikkilanuvchilar) mazhablarini yaxshi o‘rgangan. Zotan, “SHopuroqon” asarida Moniy shunday deydi: “Hikmat va yaxshi amallar doimo (xudoning) elchilari vaqti-vaqti bilan keltirib turganlarining o‘zidir. Bir zamon u (hikmat va yaxshi amallar) Bud (Budda demoqchi – N.R.)ismli elchi orqali Hindiston mamlakatiga, bir zamon Zardusht orqali Eron zaminiga va bir zamon Iso orqali Mag‘rib zaminiga yuborilgan. So‘ngra bu oxirgi asrda men Moniyga – haqiqiy xudoning elchisiga – shu vahiy tushirilib va shu payg‘ambar keltirilib, (men orqali) Bobil zaminiga yuborildi”. Moniy haqiqatan ham payg‘ambarlik da’vo qilgan. Lekin shunisi ham borki, Budda ham, undan keyin o‘tgan Moniy ham “hikmat va yaxshi amallar” haqida gapirmoqda. Bu hikmat va amallar nimani anglatadi? CHamasi, Moniy yuqoridagi uchta mazhab zaminida shakllantirgan o‘zining hayotda bajarish mumkin bo‘lgan amallari, aqidalari to‘g‘risida aytmoqda. Moniy abjad harflari tartibida yigirma ikki harfni joriy qilgan va shu harflar tartibida o‘zining Injilini yaratgan. Ana shu Injilida Moniy, Iso Masih “Furoqlit” asarida men to‘g‘rimda xabar bergan, deb payg‘ambarlar muhri ekanini dalolat qilgan. Moniyning olam borligi va ko‘rinishi haqidagi dalillari Beruniyni qoniqtirmadi va ularni xato deb hisobladi. Moniyning nur odamlariga, qadimgi insonlar va “hayot ruhi”ga ishonishga da’vat etganini Beruniy qoralaydi. Moniy zardushtiylik ta’limotidan olgan nur va zulmat kurashining abadiyligini u ishonchsiz deb qaradi. Moniyning ta’limotidan muhim qirralarni Beruniy bayon qilganda, masalani ochiq qoldirganday taassurot qoldiradi: “Hayvon so‘yishni va unga alam etkazishni, olov, suv va o‘simliklarga ziyon etkazishni – eng ochiq so‘z bilan – harom qildi. Siddiqlar, ya’ni Moniy mazhabidagilarning taqvodorlari va zohidlari o‘zlariga farz qilgan qonunlar tuzdi. U (qonunlar) bechorachilikni ixtiyor etish, hirs va shahvatni qo‘porib tashlash, tarki dunyo qilish va undan yuz o‘girish, uzluksiz ro‘za tutish, imkoni boricha sadaqa berish, bir kunlik ovqat va bir yillik kiyimdan boshqa qo‘r-qutni o‘ziga harom qilish, jinsiy aloqani tark etish, xalqni da’vat qilib yo‘lga solish uchun doimo dunyoni kezishdan iboratdir”.Moniy ishlab chiqqan va amalga tatbiq etgan yuqoridagi qonunlar Beruniyni befarq qoldirmagan. Bu qonunlarning ba’zilari – faqirlikni o‘z ixtiyori bilan qabul etish, tarki dunyo qilish, mol-mulkka ruju qo‘ymaslik va ortig‘ini muhtojlarga berish kabi aqidalar islomiy tasavvufda ham keng yoyilganidan Beruniy yaxshi xabardor. U “Mineralogiya” kitobida keltirgan muruvvat va futuvvat qoidalari bunga dalildir.
31.Lafziy va ma’naviy san’atlar

32.Kaykovusning “Qobusnoma” asaridagi hikoyat va tamsillar


Ushbu kitobning mazmuni shundan iboratki, shoh Kaykovus o‘zining hayotiy tajribalari bilan o‘g‘li Gilon shohni tarbiyalashni istaydi va o‘zining bu pand-nasihatlarini o‘g‘li uchun eng qimmatbaho meros deb ta’kidlaydi. U o‘z asari “Qobusnoma”da o‘g‘li Gilon shohga murojaat qilib deydi: “Ey farzand, umidim shuki, sen bu pandlarni qabul qilgaysan. Bilgilki, xalqning rusmi odati shundayki, yugurib-elib, qidirib-axtarib dunyodan biror narsa hosil qiladilar va narsalarini o‘zlarining yaxshi ko‘rgan kishisiga qoldirib ketadilar. Men dunyoda mana shu so‘zlarni hosil qildim, sen mening uchun eng qimmatbaho xazinasan. Menga safar vaqti yaqinlashdi, dunyodan nima hosil qilgan bo‘lsam, sening oldingga qo‘ydim, toki o‘zingga bino qo‘ymagaysan va o‘zingga nomunosib ishlarni qilmagaysan”.Shoh Kaykovusning “Qobusnoma” asarida tarbiya, axloq masalalari asosiy o‘rinni egallaydi. Kitob 44 bobdan iborat. Muallif “Ota-onani hurmatlash haqida” bobida g‘oyat muhim bir fikrni bayon qiladi, bu o‘rinda xalqimizning “Nima eksang, shuni o‘rasan” degan mashhur bir maqolini ishlatadi. Unga ko‘ra kishi odamlarga yaxshilik qilsa, kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat qilsa, uning bu ezgu ishlari boshqalardan qaytadi, mabodo yomonlik, dilozorlik qilsa ham qilmishlari boshqalardan albatta o‘ziga qaytadi. Kaykovus yana ushbu bobda o‘g‘liga nasihat qilib deydi: “… o‘z farzanding seni hurmat qilishini istasang, sen ham ota-onangni hurmatini joyiga qo‘y, zero, sen ularga qanday munosabatda bo‘lsang, xuddi shunday o‘zingga qaytgay”. U bu bilan ota-onaning ko‘nglini ranjitmaslikka, ularni hurmatini qilib, shirinso‘z bilan xushmuomala bo‘lishga undaydi. Kaykovus o‘g‘lini xalqqa yaqinlashishga, uning manfaatini ko‘zlashni farzandiga uqtiradi: “Xalqning ozgina yaxshiligini ko‘p ko‘rgil, qaysi narsa xalq manfaatiga yaqin turishini o‘rgan”, — deydi. Kaykovus o‘z asarida tarbiyaga alohida e’tiborni qaratar ekan, tarbiyani inson aqlini va shaxsiy hayotni shakllantiruvchi omillardan deb biladi. Bunda inson ruhiyatini yuksaklarga ko‘tarishni ilgari suradi, salbiy illatlarning sabablarini izlaydi. Xususan, insonni tarbiyalashda hayotda tarbiyaning ta’sir o‘rni yuqori ekanligini e’tirof etishni burch deb biladi. Uning fikricha, yoshlarga tarbiya berishdan maqsad ularni nafaqat bugun, balki kelajak uchun ham yaroqli shaxslar qilib yetishtirishdir. Shuning uchun muallif asarda yoshlarning xulq-atvoriga, fe’liga alohida e’tibor beradi. Shuningdek do‘stu dushmanga ham qanday munosabatda bo‘lish kabi masalalarni ham yoritgan. Bola boshidan deyilganidek, farzandni tug‘ilgandan tarbiyalash, odob-axloq me’yorlarini o‘rgatish, ilmu hunarli qilish, bolaning mehnatga bo‘lgan ko‘nikmasini hosil qilish zarurligini, aks holda “kechikkan” tarbiyaning hech bir ta’siri bo‘lmay, zarur samarani bermasligini aytib o‘tgan. “Qobusnoma”da yoshlikda bor kuch-quvvatni bilim olish, kasb-hunar o‘rganishga sarflash ayni muddao ekanligi ta’kidlangan.
33.«Avesto» syujeti va kompozitsiyasi.
Avesto» uch kitobdan iborat bo‘lib, uning birinchi kitobida («Vendidat») tibbiyotga oid ma’lumotlar berilgan. Bundan deyarli 2400 yil oldin bitilgan ushbu kitobdagi ma’lumotlar hozirgi davrning har qanday olimini hayratga soladi. Unda jismoniy va ruhiy poklanish haqidagi qonunlar majmuasi keltirilgan. «Avesto» kitobida biz ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish markazlari miyada joylashgan, degan fikrlarni uchratamiz. Kitobda «Hayot markazi» suyak iligida bo‘ladi deyiladi. Shuningdek, kitobda odam anatomiyasi va fiziologiyasiga oid juda qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan, inson salomatligini saqlash yo‘llari yoritilgan.«Avesto»da nafaqat ruhiy tushkunlik, balki jismoniy zo‘riqish ham kasallikka olib kelishi aytilgan. Kasalliklarni davolashda jarrohlik va ruhiy tinchlantirish davolashning asosiy usullaridan biri, deb ta’kidlanadi. Kitobda gigiyena, profilaktika, ozoda yurish, yomon narsalarga yaqinlashmaslik, toza havoda sayr qilish, sifatli ovqatlar tanovul qilish va toza ichimlik suvi ichish haqida ham ko‘plab ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, yoshlar jismoniy va ruhiy baquvvat bo‘lishi uchun to‘yib ovqatlanishi, yetarli darajada ovqatlanmaydigan xalqlarda kamquvvatlik holatlari kuzatilishiga ham alohida to‘xtalib o‘tilgan. Ko‘rib turganingizdek, yurtimizda Gippokratdan deyarli 150 yil oldin tibbiyot va ruhiyatga oid ilmiy qarashlar juda yaxshi yoritilgan.
34.«Qutadg‘u bilig»da axloqiy-ta’limiy masalalarning yoritilishi.
YUsuf Xos Hojibning hayoti va faoliyati. «Qutadg’u bilig»ning yaratilishi haqida qisqacha ma’lumot.Tadqiqotchilarning fikrlariga ko’ra YUsuf Xos Hojibning tarjimai holini faqat uning o’z asarida yozib qoldirgan ma’lumotlardan bilamiz, xolos:
Mo’nuqi tarug’laq Qo’z o’rdu eli,
Tub—asli nasabdin yurishish tili
Bu tug’mish elindin chiqib borgoni,
Kitobni qo’shubon tugal qilg’oni.
Barusin bitimish, yeturmish nizom,
Bu Qoshg’ar elinda qo’shulmish tamom.
Qo’z o’rdu o’lkasi aslida eli,
Tub asli nasabdan so’z ochdi tili,
Tug’ilgan elidan chiqib borgani
Kitobni jam etib tugal qilgani.
Borini bitibdir ne esa kalom,
Bu Qashqar elida tugadi tamom1.
YUqoridagi misralardan YUsuf Xos Hojibning tug’ilgan joyi Qo’z O’rdu (ya’ni Bolasog’un) ekanini, ammo uni yozishda turli o’lkalarga safar qilgani, va nihoyat uni vatani Qashqarda tugatgani taxmin qilinadi.Demak, YUsuf Xos Hojib Bolasog’unda tug’ilgan, o’z asarini yoshi ellikdan o’tganda yozgan. Asarning hijriy 462 (1069—1070) yozib tugallanganligi, uni o’n sakkiz oyda, ya’ni 461 yilning birinchi yarmida boshlab, 462 yilning o’rtalarida tugatganligi, agar bu davrda YUsuf Xos Hojib 50 yoshlar atrofida bo’lsa, 410 (1019 milodiy) yillarda tug’ilganligi taxmin etiladi.
Tegurdi menga elchi ellik yashim,
Qug’u qildi uzg’un tusi-teg bashim
(Ellik yoshim menga qo’l tegizdi,
Qora (quzg’un) tusidek boshimni oq (qush)
qildi (ya’ni, sochim oqardi)1.
Yil altmish eki erdi to’rt yuz bila
Bu so’z so’zladim man tutib jan sura,
Tugal o’n sakkiz ayda aydim bu so’z,
O’qurdum, adirdim so’z evdib tera2.
YUsuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asari 6500 baytdan yoki 13000 misradan iborat. Buyuk mutafakkir asarni yozib tugatgach, qoraxoniylar hukmdori Tavg’achxon (kitobda Tavg’och Ulug’ Bug’ra Qoraxon (xoqon), Abo Ali Hasan binni Sulaymon Arslon Qoraxon (xoqon) nomlari bilan zikr etilgan) huzuriga kelib, unga taqdim etadi. Kitob xonga manzur bo’lib, uning muallifiga Xos Hojiblik unvonini beradi. «Qutadg’u bilig» asari katta shuhrat qozonadi. SHuning uchun ham «Qutadg’u bilig»ni chinliklar (Xitoy) «Adab ul-muluk» («Hukmdorlar odobi»), mochinliklar (SHarqiy Turkiston) «Anis ul-mamolik» («Mamlakatning tartib usuli»), eronliklar «SHohnomai turkiy», SHarq elida «Ziynal ul-umaro» («Amirlar ziynati»), turonliklar «Qutadg’u bilig», ba’zilar esa «Pandnomai muluk» («Hukmdorlar nasihatnomasi») deb atagani kitob muqaddimasida keltiriladi.Mazkur asarning shuhrat topishi bejiz emas edi. CHunki YUsuf Xos Hojib o’z davrining yetuk mutafakkiri, chuqur bilimli, donishmand kishisi edi. Buni asarning mundarijasi va mazmunidan bilsak bo’ladi. U o’z asarida tibbiyot, falakiyot, tarix, tabiiyot, geografiya, riyoziyot, handasa, falsafa, adabiyot, ta’lim-tarbiya, fiqhga oid fikrlarni bayon etib, faylasuf va qomusiy olim sifatida o’zini namoyon etdi. CHunonchi u barcha ijtimoiy tabaqalar o’rtasidagi muomala, munosabatlarni yoritish bilan diplomatiyaga oid qoidalar tizimini yaratdi, turli kasb egalarining kasb koriga oid talablar va jamiyatning axloqiy tamoyillarini tarannum etish bilan ta’lim-tarbiya sohasida o’ziga xos uslubni yaratdi.Qutadg’u bilig — baxt va saodatga eltiuvchi bilim, ta’lim degan ma’noni bildiradi. Demak, asar nomidan ham uning pand-nasihatlar, ta’lim-tarbiyaga oid, har tomonlama komil insonni tarbiyalaydigan yetuk didaktik asar ekanligi yaqqol ko
35.«Hibat ul haqoyiq» syujeti va kompozitsiyasi.
Hibat ul-haqoyiq" - Ahmad Yugnakiy tomonidan yozilgan asar. Oʻziga xos axloq kitobi boʻlgan bu asarga Qurʼoni karim va Hadisi sharif maʼnolari singdirilgan. U islom dini axloqini tashviq qilish, komil insonni tarbiyalab yetishtirish maqsadi bilan yozilgan."Hibat ul-haqoyiq" yozma manbaining to'liq nusxalaridan biri Hirotda, XV asrda qadimgi uyg'ur yozuvi asosida ko'chirilgan, asarning ikkinchi to'liq nusxasi 1480-yilda Istanbulda Abdurazzoq Baxshi tomonidan arab yozuvi bilan ko'chirilgan. Dostonning arab yozuvi bilan ko'chirilgan uchinchi nusxasi XVI asr boshlariga mansub. "Hibat ul-haqoyiq"ning asosiy nusxalari Turkiya kutubxonalarida, ayrim parchalardan iborat bir nusxasi Berlinda saqlanmoqda. Asar 256 bayt, ya'ni 512 misradan iborat. G'azal va to'rtliklar she'r shaklida yozilgan. Adib Ahmad Yugnakiy ham boshqa o'tgan buyuklar kabi Allohni madh etish bilan boshlaydi.1972-yilda filologiya fanlari doktori, qadimshunos, turkolog olim Qozoqboy Mahmudov "Hibat ul-haqoyiq"ning akademik nashrini chop ettirdi. Unda olim dostonning asli, nasriy bayoni, tahliliy matn, izohli lug'at hamda grammatik va fonetik tahlilni amalga oshirgan. Shu paytgacha "Hibat ul-haqoyiq" dostoni bugungi o'zbek tiliga she'riy tarjima qilinmagan
36.Islomgacha bo‘lgan diniy oqimlar va yozma adabiyot
37.O‘zbek mumtoz adabiyotida obrazlar tizim
Obraz deb muayyan g'oyaviy-estetik vazifa nuqtai nazaridan umumlashtirib, aniqlashtirib tasvirlangan insonlar, voqea- hodisalar, tabiat manzaralariga aytiladi. Obraz adabiyot va san'atda badiiy fikrlashning asosiy vositasi, g'oyaviy mazmunni ifoda etishning muhim shaklidir. Obraz (ruscha «aks») mazmun va shaklning, mavzu va g'oyaning birligini o'zida mujassamlaydi. «Obraz» slavyan tillariga xos bo'lib, u voqea-hodisalarning xayolda namoyon bo’ladigan manzarasini bildiradi. Slavyanlar «obraz» deganda, avvalo, odamzodni azob-uqubatlardan saqlab qolish uchun Alloh tomonidan yuborilgan Iso payg'ambarning rassomlar, haykaltaroshlar tasvirlagan qiyofasini tushunishgan.
38.O‘rxun Enasoy yodgorliklarining janr xususiyatlari.
Oʻrxun-Enasoy obidalari 5-7 asrlarda qadimgi turk tilidagi va yozuvidagi tarixiy yodgorlik sifatida qadrli. Moʻgʻulistondagi Oʻrxun va Janubiy Sibirdagi Enasoy daryolari sohillarida topilgani uchun ham shunday nomlangan. Moʻgʻulistondan Shimoliy dengizlargacha, Uraldan Saxalinga qadar davom etgan hududda shu yozuvdagi yodnomalar uchraydi. Shimoliy Kavkazda 15 asrda ham Oʻrxun yozuvidan foydalanilgan. Oʻzbekiston hududida (Fargʻona, Surxondaryo v.b. joylar) dan 20 dan ortiq turkiy-run yozuvi yodgorliklari topilgan.Yirik Oʻrxun bitiklari Kultigin, Bilga xoqon, Toʻnyuquq va boshqa bu yozuvdagi yodnomalar (mas. Irq bitigi) adabiy manba sifatida qahramonlik qissa va dostonlariga mazmunan yaqin keladi. Kultigin bitiktoshi 732 yil Turk xoqonligi (551—745)ning lashkarboshisi sharafiga oʻrnatilgan.Bitiktosh ikki qismdan: Kichik va Ulugʻ bitikdan iborat. Vatan manfaati yoʻlida xizmat qilish, mamlakatning mustahkam, osoyishta boʻlishi uchun kurash bitikoshlarda bosh maqsad ekani aytiladi. Asarda Tabgʻach, Tibet, Sugʻd, Turgash, Qirgʻiz kabi joy nomlari tilga olingan. Enasoy bitiklari marsiya va madhiya janrlarining qadimgi turk adabiyotidagi ildizlari haqida tasavvur beradi.Bitiktoshlar 19 asr oxirlarida topilib, U.Tomsen tomonidan oʻqilgan va ilmiy muomalaga kiritilgan. Baʼzi yodgorliklar deshifrovka qilingan emas. AQSh, Polsha, Vengriya, Finlyandiya va Turkiyada ham oʻrganilgan. Rossiyada V.Radlov, S.Malov, I.Stebleva ishlari maʼlum. Oʻzbekistonda Fitrat, A.Qayumov, N.Rahmonov v.b. asardan namunalar va tadqiqot ishlarini chop qildirgan.
39.«D.L.T» da xalq qo‘shiqlari.
Mahmud Qоshg’ariy o’zining «Devоni lug’оt it-turk” asari uchun sheriyatning o’ziga xоs janrini tanlagan va unda xalq maqоl va matallaridan keng fоydalanganligi yaqqоl ko’zga tashlanadi. Asardagi sheriy shakllar rang-barang bo’lib ular o’zida qadimgi turkiy xalq оg’zaki ijоdi namunalarini to’laligicha namоyon eta оlgan va uning sheriy strukturasi ananaviy turkiy sheriyatning barmоq vazniga asоslangan. Shuni takidlash jоizki u o’sha davr madaniyatiningg shunchaki mahsuli bo’lmay, mоhiyat jihatidan dunyoviylikka asоlangan va o’zida bazan Arab-fоrs adabiyoti ananalarini ham namоyon etadi. Birоq, unda XI asr Qоraxоniylar davri adabiy ananalari yetakchilik qiladi. Sоchib yubоrilgan misralarni mazmun va mоhiyat jixatidan turli mavzuli qismlarga ajratish mumkin. Bular umumiy qоfiya, misra va mavzuga ega bo’lgan bandlar to’plamlaridir. Asarda bir banddan tоrtib o’n оlti bandgacha bo’lgan 54 ta mavzuli turkum mavjud. Biz undagi turkumlarning taxminiy miqdоrini aniqladik: 54 parchadan 18 tasi (33%) sheriy pandnоmalar; 11 tasi (20%) urush bilan bоg’liq va 8 tasi (15%) sevgi, 6 tasi (11%) tabiat, 11 (20%) parcha aralash yani marsiya, madhiya, оvchilik va bоshqa mavzularda bitilgan. Tabiatga bag’ishlangan оltita bоbdan ikkitasi Bahоr madhi, bittasi Qish va Yoz munоzarasi; bittasi Оsmоnning yaratilish tasviri, yana biri tundagi yulduz va qushlar maqtоviga hamda bir turkum Vоl ga daryosi tasviriga bag’ishlangan.Qutadg’u bilig” Islоmiy-Fоrsiy “shоhlar ko’zgusi” ananasida bitilgan yirik didaktik dоstоndir. U mazmun jihatidan davlatni idоra qilish to’g’risida bo’lib o’zida asar yaratilgan davr madaniyatini to’laligicha namоyon etadi. U xajm bоrasida «Devоni lug’оt it-turk”dan kichikrоq. Bu asar ahlоq-оdоb, insоn xulq-atvоri va davlat yuritish ishlari haqida bo’lganligi bоis unda tabiat mavzusiga bag’ishlangan baytlar bir qadar kam. Ammо shunga qaramay “Bоrliqni yaratilishi va Оsmоn tasviri” “Bahоr madhi” kabi bоblarning mavjudligi ayni tahlil etilayotgan mavzu uchun yetarli manba bo’la оladi. Asarda insоn, tabiat va hayvоnоt оlami o’rtasidagi uyg’unlik yuksak mahоrat bilan tasvirlangan. Masalan, pоdshо turli o’rinlarda arslоnga (784-4098), quyoshga (5339) оlоvga (4087), dengizga (5356) va tоg’ga (5357) qiyos qilinadi. Quyidagi to’rtlikda muallif insоnlar o’rtasidagi samimiy munоsabatni tabiat hоdisalari bilan uyg’unlikda tasvirlayd7
40.«Qutadg‘u bilig»da Alp Er To‘nga obrazi.
Qoraxoniylar oʻzlarini Alper Toʻngʻadan kelib chiqqan deb daʼvo qilganlar . Tunga so'zi aslida leopard jinsiga mansub yirtqich hayvonning nomidir. Jasorat ramzi sifatida alpAlp Er Tunga yoki Alp Er Toʻnga ( Alp “jasur, qahramon, bosqinchi, jangchi”, Er “erkak, erkak, askar, Tom”, Tonga “ Sibir yoʻlbarsi ”) — afsonaviy qahramon. Mahmud al-Qoshg‘ariyning “ Divon lug‘at at-turk” , Yusuf Balasag‘uniyning “ Qutadg‘u bilig” asarida va Vatikandagi “ O‘g‘uznoma ” qo‘lyozmalarida noma’lum yozuvchi tomonidan tilga olingan . tog'lari nomlari berilgan. Alp tog'larida soch o'sadi, chunki uzun sochlar Tungani uyg'otadi. Bundan tashqari, jangchilar yirtqichlarning, ayniqsa sher, yo'lbars, leopard va tunga kabi hayvonlarning terisini kiyishadi. Bu terilar urush ramzidir. Alpar Tunga Xonning yonida ikkita tunga (qoplon) tasvirlangan, uning orqa tomonida ham teri bor, boshida mo'yna tishlari ko'rinadi. Buni Eron va Yaqin Sharq xalqlarining aksariyati, shuningdek, butun Turk dunyosi tan oladi. U saljuqiylarning 33 ajdodidan biri sanaladi. U 100 ta ustunli yer osti temir saroyida yashaydi. U Alpar nomi bilan mashhur. Eron mifologiyasida uning ismi Afrasyab deb
41.Qadimgi kosmogonik miflar
Mif (yun. mithos — afsona, rivoyat, asotir) — qad. odamning borliq olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui boʻlib, koinotning yaratilishi, inson, oʻsimliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo boʻlishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, maʼbudlar va ilohlar toʻgʻrisidagi eʼtiqodiy qarashlarni oʻz ichiga olgan. M. qad. odamning voqelikka boʻlgan ongsiz hissiy munosabati ifodasi boʻlib, tabiat va jamiyat hayotining turli qirralari mohiyatini tushuntiruvchi eng qad. tasav-vurlar silsilasidir. Mifologik tasavvurlar muayyan voqelik mohiyatini xayoliy uydirma vositasida izoxlasada, M. yaratilgan va ommalashgan joyida oʻz ijodkori va ijrochilari tomonidan haqiqatda boʻlib oʻtgan voqealar bayoni sifatida qabul qilingan. Qad. odamning olam haqidagi tasavvurlarini oʻzida ifodalagan va avloddan avlodga yetkazishga moʻljallangan M.larning ommalashish usullari ham turlicha boʻlib, asosan, jonli ogʻzaki ijro orqali, yaʼni soʻz vositasida hikoya qilib berilgan. Mifologik tasavvurlar tizimi ibtidoiy udum va marosimlarning magʻzini tashkil etuvchi ramziy xattiharakatlardan iborat ritual oʻyinlar sifatida ham namoyish qilingan. Qad. tasavvurlar asosida yaratilgan osori atiqalar hamda xalq hunarmandchiligi buyumlaridagi ramziy chizgilarda ham mifik syujetlar aks ettirilgan. M.lar quyidagi turlarga boʻlinadi: 1) ibtido haqidagi M.lar (olamning yaratilishi va yerda hayotning paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi M.lar); 2) samoviy M.lar (osmon jismlari va tabiat hodisalarining paydo boʻlishi haqidagi M.lar); 3) antropogenik M.lar (gʻayrioddiy hislatga ega boʻlgan afsonaviy pahlavonlar, mas, Gerakl, Gilgamesh, Odami Od, Hubbi va boshqa haqidagi M.lar); 4) sigʻinish M.lari (muayyan eʼtiqodiy ishonchlar bilan bogʻliq, mas, xreildorlik, suv, oʻsimlik, olovga sigʻinish haqidagi M.lar); 5) etnogenetik M.lar (urugʻqabilalarning kelib chiqishi bilan aloqador M.lar; mas, 92 oʻzbek urugʻlarining paydo boʻlishi haqidagi M.); 6) kalendar M.lar (yil, oy, kun hisobi bilan bogʻliq M.lar, mas, ayamajuz, ahmandahman, chilla, toʻqson hisobi bilan bogʻliq M.lar); 7) esxatologik M.lar (olamning institutihosi haqidagi, mas, oxirzamon toʻgʻrisidagi M.). Ezgulik kuchlarining zulmatni oʻziga makon qilgan yovuzlikka qarshi kurashini oʻzida aks ettirgan qad. M.lar badiiy tafakkurning shakllanishida muhim rol oʻynagan. Voqelikni estetik kategoriya sifatida idrok etish hamda badiiy soʻz vositasida talqin qilish anʼanasi kelib chiqqach, qadimgi M. larning asosiy qismi soʻz sanʼ-atining turli janrlariga singib ketgan. Oʻzbek xalq ogʻzaki badiiy ijodiyotidagi koʻplab epik syujet va anʼanaviy motivlarning genetik ildizlari bevosita mifik tasavvurlar qatlamiga borib taqaladi. M.lar "Avesto", "Iliada", "Ramayana", "Shohnoma", "Kalevala", "Alpomish", "Goʻroʻgʻli" kabi adabiy yodgorliklarning yaratilishida ham salmokdi oʻrin tutgan
42.G‘azal va qit’a, tuyuq va ruboiyning o‘xshash va farqli jihatlari
Gʻazal (arabcha — ayolni sevish, unga oshiqona munosabatda boʻlish) — Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janrʻʻGʻazal’’ atamasi dastlab VI-VII asrlarda arab sheʼriyatida paydo boʻlgan. Soʻng Oʻrta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga oʻtib, X asrda forsiy adabiyotga, XIV asr boshlarida turkiy adabiyotga kirib kelgan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin 21, hatto 27 baytli gʻazal namunasi ham uchraydi.Ruboiy (arab. — toʻrtlik) — Sharq xalqlari sheʼriyatida keng tarqalgan poetik janr. Tayin gʻoyaviybadiiy va shakliy shartlarga binoan yaratilgan 4 misradan iborat falsafiy, axloqiy, taʼlimiy yoki ishqiy mavzudagi sheʼr. R. hazaj baxrida (axram va axrab vaznlarida jami 24 ta) yoziladi. Boshqa bahrlarda yozilgan toʻrtliklar dubaytiy, kuylanadiganlari esa tarona deb ataladi. R. qofiyalanish tartibiga koʻra ikki xil boʻladi. Birinchi xil R.larning 1—2—4misralari oʻzaro qofiyalanadi (a-a-b-a shaklida). Mas:Koʻpdin berikim yoru diyorim yoʻqtur, Bir lahzau bir nafas qarorim yoʻqtur. Keldim be sori oʻz ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yoʻqtur.Bobur. Ikkinchi xil R. da toʻrtala misrasi ham qofiyalanadi (a-a-a-a shaklida).Tuyuq — turkiy xalkdar mumtoz sheʼriyatidagi lirik janr. T. 4 misrali sheʼr boʻlib, aruzning ramal bahrida yoziladi; aaba, baʼzan abvb tarzida va favqulodda xrllarda — aaaa oʻlchovida qofiyalanadi. T. soʻz oʻyini asosida tajnis qofiyasida beriladi. Tajnissiz T.lar ham bor. T.ning dastlabki namunalari xalq ogʻzaki ijodida uchraydi. Bizgacha yetib kelgan T.lar Burhoniddin Sivosiy (14-asr) qalamiga mansub. "Qutadgʻu bilig" da ham tajnisli toʻrtliklar bor, biroq ular mutaqorib bahrida yozilgan. Alisher Navoiy "Mezon ulavzon" asarida T.ni birinchi marta janr sifatida belgilab oʻtgan va shakllantirgan. Bobur oʻzining "Aruz risolasi" asarida T.ni turkiy sheʼriyat shakllaridan biri sifatida baholagan. T. hozirgi sheʼriyatda birmuncha boshqacharoq nomlarda uchraydi. Xususan, ozarbayjonlarda bayot, turklarda maʼni, turkmanlarda laʼli. Mumtoz adabiyotda Lutfiy, Navoiy, Bobur, 20-asr shoirlaridan Gʻ. Gʻulom, Habibiy, Charxiy, Sobir Abdulla va boshqa ijodida T. janrining yetuk namunalari mavjud.Qitʼa (arab. — boʻlak, qism, parcha) — mumtoz adabiyotda lirik janr. Sheʼriy shakl sifatida qasida va gʻazaldan oldin paydo boʻlgan. Tuzilishiga koʻra, gazalga yaqin turadi, lekin Q.da matlaʼ qofiyalanmaydi (ab. vb, gb...), hajmi ham qatʼiy emas, mazmun talabiga koʻra, ikki bayt va undan ortiq (xatto 19 baytgacha) boʻlishi mumkin. Har bir Q. yaxlit asar boʻlib, biron mavzuga bagʻishlanadi. Boshqa lirik janrlarga nisbatan Q.da shakl va mazmun erkinligi ustun, mavzu doirasi ham keng. Unda ijtimoiy-siyosiy, diniy-falsafiy axloqiy-taʼlimiy va boshqa mazmundagi fikrlar hajv va hazilmutoyiba tarzida, shoir hayotining turli lahzalari bilan bogʻliq qayd va mulohazalar sifatida oʻz ifodasini topishi mumkin.
43.Qur’oni Karim tafsirlari va hadis to‘plash an’anasi.
43~Savol.
Ma'lumki, Qur'oni karim Alloh taolo tomonidan Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga 23 yil mobaynida sura, oyat tarzida elchi farishta –Jabroil alayhissalom orqali ilohiy vahiy sifatida, arab tilida, og'zaki nozil qilingan. Islom dini ta'limotining asosiy manbalari (Qur'on, Sunnat, Ijmo', Qiyos)ning birinchisi sanalmish bu Kalomi sharifning til va bayon jihatidan ilohiy mo''jizaligi ham uni arab tilida o'qib, fikr yuritgandagina namoyon bo'ladi. Boshqa har qanday tilga o'girilganda Qur'on tiliga xos xususiyatlar, nazmiyuslub, maftunkor
ohang va ruhiy ta'sir o'z kuchini yo'qotadi. Tarjimon har qancha mahoratli, tajribali lug'atga boy bo'lmasin, oyatlarning arabcha holidagi mazmunini boshqa tilda mukammal ifoda eta olmaydi. Bu inkor etib bo'lmas haqiqat. Arab tilida o'qib anglash esa, hammaning ham imkon darajasida emas. Hatto arablarning o'zlari ham Qur'on oyatlarini to'la tushuna olmasliklarini tan oladilar. Ulug' sahobalar ham ko'pdan-ko'p oyatlar mazmunida bahslashib, bir yechimga kelisha olmay, Rosul alayhissalomning o'zlaridan so'rab, aniqlab olganlari to'g'risida sahih hadislar mavjud. Qur'oni karimni boshqa tillarga tarjima qilish harakati ancha qadimdan boshlangan. Ayniqsa, arab bo'lmagan halqlarning islomga kirishlari bu harakatga asosiy sabab bo'lgan. Garchi islom ulamolari oyatlarni har qanday tilda sharhlab tafsir qilishga ruxsat bersalar-da, biroq so'zma-so'z tarjima qilib yozishga mutloqo izn bermaganlar, zero tarjimani yozib qo'yishlik bilan Qur'on mazmuni shundangina iborat degan iddao bo'ladi, deb uning mas'uliyatidan qo'rqqanlar. Shuning uchun ajdodlarimiz merosida o'zbekcha tafsirlar ko'p. Ammo sof ona tilimizdagi tarjimalarni deyarli uchratmaymiz. Keyingi asrlarda Qur'oni karim jahon xalqlarining ko'pgina tillariga tarjima qilindi. Shuningdek, o'zbek tilida ham bir qancha tarjimalar paydo bo'ldi. Endilikda bu jarayon yanada kuchayib borishi tabiiy. Bas, shunday ekan, bu sohada kundan-kunga taraqqiyot sari intilish maqsadga muvofiqdir. Avvalgi tarjimalarda uchragan tarjimalarda uchragan kamchiliklarni takrorlamagan holda, tobora sifatli tarjima va tafsirlarni ta'lif etish yangi ulamolarining sharafli vazifalaridandir. Binobarin, shu jarayonni davom ettirishdek mas'uliyatni zimmamizga olar ekanmiz, bunda mutlaqo xato nuqsonlar yo'q, degan fikrdan yiroqmiz. Beayb-Parvardigor. Yangi tarjimaning o'ziga hos hususiyatlari asosan quyidagilardan iborat: 1. Tarjima hanafiylik mazhabiga muvofiq holda tayyorlandi. Boshqa mazhablar bilan qiyosiy tafsirlar izohda ko'rsatib borildi. 2. Oyatlar mazmunini imkoni boricha so'zma-so'z ifodalashga harakat qilindi. Qo'shimcha, yordamchi so'z va iboralar qavs ichida beriladi.3.Murakkab va sharhga muhtoj oyatlarga sahifa ostida izoh beriladi.Hadis to'plash an'anasi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam vafotidan soʻng hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi.Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda to'play boshladilar.Birinchi hadis kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy rohimahulloh yozdi.Undan keyin birin-ketin hadis to'plamlari tasnif etila boshladi.
44.«Qutadg‘u bilig» nusxalari haqida ma’lumot.
44~Savol.Asarning nusxalari. “Qutadg‘u bilig” qo‘lyozmasining uchta nusxasi bo‘lib, fanga birinchi bor eski uyg‘ur-turk yozuvidagi nusxasi ma’lum bo‘lgan. Bizga ma’lumki, eski uyg‘ur-turk yozuvi arab yozuvi bilan baravar ravishda XVIII asrgacha qo‘llangan. Qoraxoniylar davlatida ham, undan keyingi turkiy davlatlar tarixida ham bu yozuvning mavqei katta edi. “Qutadg‘u bilig”ning hijriy 843 (milodiy 1439) yili Hirotda eski uyg‘ur-turk yozuvida Hasan Qora Sayil SHams tomonidan ko‘chirilgan nusxa Turkiyaning Tugot shahriga keltirildi. Bu erdan esa hijriy 879 (milodiy 1474) yili Abdurazzoq SHayxzoda baxshiga Fanari o‘g‘li Kadi Ali Istambulga olib keldi. Bu nusxani mashhur tarixchi va sharqshunos Xammer Purgshtall Istambulda sotib olib, Vena saroy kutubxonasiga keltirdi. SHundan so‘ng bu asar haqidagi dastlabki ma’lumot va undan ba’zi namunalar 1823 yili fransuz sharqshunosi Jaubert Amedee tomonidan “Journal Asiatique”da nashr etildi. 1870 yili venger olimi Vamberi “Qutadg‘u bilig”ning eng muhim qismlarini “Uyg‘ur tili obidalari” va “Qutadg‘u bilig” nomi bilan nashr qildi va nemis tiliga tarjimasini berdi.1896 yili “Qutadg‘u bilig”ning arab yozuvida ko‘chirilgan ikkinchi nusxasi Qohirada topildi. V.V, Radlov eski uyg‘ur-turk yozuvidagi nusxa bilan Qohira nusxasini qiyosiy o‘rganib, 1910 yili “Qutadg‘u bilig”ning mukammal transkripsiyasi va nemis tiliga tarjimasini nashr ettirdi.“Qutadg‘u bilig”ning uchinchi nusxasi arab yozuvida ko‘chirilgan bo‘lib, bu nusxa haqida ilk bor 1914 yili Zaki Validiy xabar berdi. Bu asarning arab yozuvidagi bir nusxasi namanganlik Muhammadhoji Eshon Lolaresh osmli odamning shaxsiy kutubxonasida borligi haqida yozgan edi. Abdurauf Fitrat 1924 yili Muhammadhoji Eshon Lolareshdan bu nusxani olishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan bir yil o‘tgach, “Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnalida “Qutadg‘u bilig”ning Namangan nusxasi haqida Fitratning maqolasi bosilib chiqadi. 1928 yili esa bu asarning ayrim parchalarini izohlar bilan nashr qiladi.
45.«Avesto»ning yaratilish tarixi.
45~Savol «Avesto» – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Avesto (parfiyoncha: apastak – matn; koʻpincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb ataladi) – Zardusht dinining Muqaddas kitoblari toʻplami.Zardusht diniga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud.«Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab toʻqqiz hoʻkiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yigʻilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand» nomi bilan sharhlar bitilgan.«Avesto» toʻrt qismdan iborat:
Yasna («Diniy marosimlar»),
Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin),
Visparad («Barcha Ilohlar haqidagi kitob»),
Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi»).
Yasna tarkibiga kirgan madhlar «Gatlar» (ayrim manbalarda «gohlar») deb nomlanib, ularni Zardushtning oʻzi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Ertoʻnga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi.«Avesto» insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining eʼtiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O. Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud.Oʻzbekistonda «Avesto»ni oʻrganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida «Avesto» taʼlimotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qoʻlyozma va bosma nusxalari O`R Fanlar Akademiyasi ShI jamgʻarmasida saqlanadi. Hozirgi oʻzbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Is’hoqov, N. Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari eʼtiborli.Oʻzbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001-yilda «Avesto»ning 2700-yilligi nishonlandi. «Avesto» vatani Xorazmda bogʻ barpo qilindi, asarning oʻzbek tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.Koʻpchilik tadqiqotchilar fikriga koʻra, A. Oʻrta Osiyoda, xususan Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan.
46.Mumtoz qofiya tarkibi
46~Savol Mumtoz qofiya tarkibini 9 ta tovush tashkil qilib, 4 tasi (ta’sis, ridf, 8 daxil, qayd) raviydan oldin (o‘zak qofiya unsurlari), 4 tasi (vasl, xuruj, mazid, noyira) raviydan so‘ng (qo‘shimchali qofiya unsurlari) keladi. Raviyning o‘zi esa qofiyaning o‘q tomiri hisoblanadi. Qofiya turlari esa ana shu elementlarning o‘zaro ma’lum tartibda mujassamidan yuzaga keladi.
47.Turkiy va forsiy shoirlar ijodidagi mushtarak jihatlar
47~Savol Musulmon sharq adabiyoti, ayniqsa forsiy va turkiy adabiyotda qadim zamonlardan boshlab ko‘plab adabiy an’analar o‘rtaga kelgan, mazkur an’analar shoirlar va yozuvchilar tomonidan inoyatga olinib, unga muvofiq adabiy asarlar yaratilgan va natijada mazkur an’analar keng rivojlanib kelgan. Ulardan biri, bir necha shoir tomonidan ayni mavzuda yozilgan manzum dostonlardir. Qahramonlik dostonlarini o‘z ichiga olgan shohnomalar, romantik ishq mavzuida yozilgan “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Yusuf va Zulayxo” va boshqalar fors va turk adabiyoti tarixlaridan muhim o‘rin oladi va katta shuhratga egadir, ularni o‘qimagan va bilmagan kishi bo‘lmasa kerak. forsiy hamda turkiy adabiyotda bir mavzuda yozilgan ana shunday asarlardan biri ham “Gul va Navro‘z” manzum dostonlaridir. Adabiyot tarixidan bizga ma’lum bo‘lishicha, forsiy va turkiy tillarda uchta “Gul va Navro‘z” dostoni mavjud. Ular esa hijriy 8 (Milodiy 14)-asrda yozilgan Jalol Tabib, Xoju Kirmoniyning Forscha “Gul va Navro‘z” manzum dostonlari va hijriy 9 (Milodiy 15)-asrning birinchi yarmida nazm rishtasiga tortilgan Turkiy shoir Mavlono Haydar Xorazmiyning “Gul va Navro‘z” dostonlaridir. Fors tilida Jalol Tabibdan faqatgina 8 yil so‘ngra (h.q.742-melodiy 42/1341yilida) fors tilining buyuk shoiri Xoju Kirmoniy o‘zining “Gul va Navro‘z” masnavi dostonini yozdi. Uning ushbu nomadagi dostoni Jalol Tabibnikidan, ham hajm hamda mazmun va mavzu jihatdan katta farqga ega [Xoju, 1971]. Shuning uchun biz uning haqida ortiq so‘z yuritmoqchi emasmiz. Balki ushbu qisqa maqolada Jalol Tabib bilan Xorazmiyning “Gul va Navro‘z” manzum dostonlariga qiyosiy nazar tashlab o‘tamiz. «Gul va Navro‘z» dostonlari misolida forsiy va turkiy adabiyotlar aloqasi haqida bir tadqiq.
48.Yozma adabiyotning og‘zaki adabiyotdan farqi.
48~ Savol .Adabiyot avval ogʻzaki boʻlgan, yozuv paydo boʻlgandan soʻng yozma shaklga oʻtgan. Adabiyot soʻz orqali insonning his-tuygʻularini keng va chuqur aks ettirish imkoniyatiga ega, shuning uchun ham u sanʼatning eng ommaviy turi hisoblanadi. Badiiy adabiyotning yetakchi 3 turi — epos, lirika, drama mavjud. Epos voqelikning oʻzini inʼikos etadi, lirikada esa insonning voqelikdan olgan taassurotlari qoʻshib tasvirlanadi. Sharq qadimdan she’riyat tuygʻulari oʻlkasi boʻlgan. Shu boisdan Sharq badiiy adabiyotida ayniqsa lirika keng rivojlangan. Drama hayotni harakatda ifodalab, muallif nutqisiz aks ettiradi. Adabiyotda qorishiq turlar ham mavjud. Mas, lirika va epos xususiyatlari birlashib liro-epik turni tashkil etadi. Liro-epik turga poema, ballada, doston, masal kabilar kiradi. Epos, odatda, 3 ga boʻlinadi: kichik epik shakl (latifa, ocherk, ertak, hikoya), oʻrta epik shakl (qissa) va katta epik shakl (roman). Lirika mazmun va shaklga koʻra, gʻazal, muhammas, marsiya, ruboiy, qasida, sonet, qoʻshiq va boshqalarga boʻlinadi. Dramatik adabiyotning ham mazmu-nan 3 xili bor: drama, komediya va tragediya (fojia). Adabiyot sanʼatning boshqa turlari kabi mafkuraviy hodisadir. Adabiyotda voqelikni aks ettirish tamoyiliga koʻra, adibning ijodiy usuli paydo boʻladi. Voqelikdagi tipik hodisalar umumlashtirilgan holda haqqoniy aks ettirilsa, realistik adabiyot deyiladi. Yozuvchi ayni voqelikni emas, balki u haqidagi oʻz orzu-umidlarini ham ifoda etsa, romantik adabiyot boʻladi. Adabiyotning badiiylik mezoni uning gʻoyaviy-badiiy jihatdan mukammal boʻlishini taqozo qiladi. Bu hol asar mavzuining dolzarbligi, ifoda etadigan gʻoyasining toʻgʻriligi, tasvir haqiqatining chuqurligi, badiiy shakl tarkibiy qismlarining mukammalligidan yuzaga keladi.
49.Ruboiy janri va uning xususiyatlari.
49. RUBOIY JANRI VA UNING HUSUSIYATLARI?Ruboiy (arab. — toʻrtlik) — Sharq xalqlari sheʼriyatida keng tarqalgan poetik janr. Tayin gʻoyaviybadiiy va shakliy shartlarga binoan yaratilgan 4 misradan iborat falsafiy, axloqiy, taʼlimiy yoki ishqiy mavzudagi sheʼr. R. hazaj baxrida (axram va axrab vaznlarida jami 24 ta) yoziladi. Boshqa bahrlarda yozilgan toʻrtliklar dubaytiy, kuylanadiganlari esa tarona deb ataladi. R. qofiyalanish tartibiga koʻra ikki xil boʻladi. Birinchi xil R.larning 1—2—4misralari oʻzaro qofiyalanadi (a-a-b-a shaklida). Mas:Koʻpdin berikim yoru diyorim yoʻqtur, Bir lahzau bir nafas qarorim yoʻqtur. Keldim be sori oʻz ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yoʻqtur.Bobur. Ikkinchi xil R. da toʻrtala misrasi ham qofiyalanadi (a-a-a-a shaklida).Mas:Andin berikim qoshimda yorim yoʻqtur, Hijronda juz nolai zorim yoʻqtur. Dasht uzra quyun kabi qarorim yoʻqtur, Sargashtaligimda ixtiyorim yoʻqtur.Navoiy. R.dagi 4 unsur 4 misrada aytilmoqchi boʻlgan fikrning toʻgʻri, badiiy yuksak, kompozitsion jihatdan pishiq boʻlishini taʼminlaydi. 1-misra —tezisda shoir aytmoqchi boʻlgan fikr oʻrtaga tashlanadi; 2-misra — antitezisda birinchisiga qarama-qarshi fikr aytiladi, birok, u tezisni isbotiga xizmat qiladi; 3-misra — moddai ruboiya 4-misrada aytilmoqchi boʻlgan xulosa uchun koʻprik vazifasini oʻtaydi; 4-misra — sintezda avvalgi 3 misradan gʻoyaviy xulosa chiqariladi, bu shoirning asosiy gʻoyasi hisoblanadi.R. shaklidagi sheʼrlar xalq ogʻzaki ijodida paydo boʻlgan, namunalari "Devonu lugʻotit turk"da uchraydi. Dastlabki R.larni Rudakiy va Shahidi Balxiy yaratgan. Badriddin alQavomiy (12-asr) arab, fors va turkiy tillarida R. yozgan. A. Runiy, S. Salmon, Ibn Sino, Umar Xayyom va boshqalar R.ning mohiyati va uslub jihatdan yuksak namunalarini ijod qilganlar. Navoiy ijodida esa yuqori bosqichga koʻtarilgan. Navoiy R.larida hayotiy taassurot, ijtimoiy-siyosiy va falsafiyaxloqiy mulohazalar yuksak badiiy shaklda oʻz ifodasini topgan. Keyinroq Bobur bu janrni rivojlantirgan. 19-asrda Munis, Ogahiy, Komil Xorazmiy va boshqalar R.ning goʻzal namunalarini yaratganlar. Hozirgi davr oʻzbek adabiyotida Shayxzoda, Shuhrat, Ramz Bobojon, Tolib Yoʻldosh kabi shoirlar R. yozganlar. Biroq ularning baʼzilari R. vaznida yozilmaganligi uchun dubaytiy yoki toʻrtlik deb ataladi.
50.Qadimgi qahramonlik eposlari.
Epos (yun. yeroz — soʻz, hikoya) — 1) badiiy adabiyot turi (lirika va drama bilan bir kdtorda); 2) xalqning qahramonona oʻtmishini aks ettiruvchi asar. E. adabiyotning uch turidan biri sifatida tafsilot tasviriga tayangan badiiy asarlar jamini anglatadi. Unda muayyan makon va zamonda kechadigan voqeahodisalar tafsiloti, albatta, mavjud boʻladi. E.da soʻz yordamida oʻquvchi koʻz oʻngida real hayot manzaralariga muvofiq keladigan badiiy voqelik yaratiladi.yoki qahramonlar hamda yordamchi obrazlar sifatida 3 turga boʻlish mumkin.E. badiiy tasvir qamroviga koʻra, katta, oʻrta va kichik kabi uchta janr guruhiga ajratiladi. Katta epik janrlarga roman, epopeya, epik doston; oʻrta epik janrlarga qissa; kichik epik janrlarga afsona, badia, latifa, masal, novella, ocherk, rivoyat, ertak, esse, etyud, hikoya, hikoyat kabilar kiradi. E.ni janrlarga ajratishda voqea-hodisalarning qamrovi yoki davomiyligi darajasi emas, balki tasvirning koʻlami hisobga olinadi. Shuning uchun ham odamning bir soatlik holati aks ettirilgan romanlar boʻlganidek, necha yillik voqealar tasvirlangan hikoyalar ham boʻlaveradi. Shuningdek, E.ni janrlarga ajratishda asarlarning hajmi ham asosiy oʻlchov boʻlolmaydi. E.ni janrlarga tasniflashda muallifning estetik niyati ham hal qiluvchi oʻrin tutadi. Shuning uchun ham baʼzan romandan katta hikoyalar, hikoyadan kichik qissalar yaratilishiga tabiiy hol, deb qarash kerak boʻladi. Asarlarning janr talablariga muvofiq boʻlishini qatʼiy talab etish yozuvchini qolipga solishga urinish boʻlib, badiiy ijodga katta zarar keltirishi mumkin. E.ga mansub asarning qaysi janrga tegishli ekanini muallifning oʻzi belgilashi maqsadga muvofiqdir.E. tor maʼnoda, xalqning qahramonona oʻtmishini aks ettiruvchi asarlardir. Dastlab E. qahramonlarning atrofolamdagi yovuz kuchlar va buzuq niyatli odamlarga qarshi kurashi bayon etilgan asarlarni anglatgan. qadimiy E.larda voqea-hodisalarning talqin va tasvir etilish yoʻsini oʻsha davr kishilarining dunyoqarashi, eʼtiqodi, ishonchlaridan kelib chiqqan. E.ning eng qadimiy namunasi sifatida ilmda oldinlari akkadlarniki deb sanalib kelingan, ammo keyinchalik barcha turkiy xalklarga tegishli ekani aniqlangan "Gilgamish" dostoni hisoblanadi. Shuningdek, hindlarning "Ramayana" va "Mahabharata", Gomerning "Iliada" va "Odisseya", oʻzbeklarning "Alpomish", "Goʻroʻgʻli", qirgʻizlarning "Manas", qozoqlarning "Qoʻblandi botir", ozarbayjonlarning "Koʻroʻgʻli", nemislarning "Nibelunglar haqida qoʻshiq", ispanlarning "Sid haqida qoʻshiq", fransuzlarning "Roland haqida qoʻshiq", anglosaksonlarning "Beovulf", karel va finlarning "Kalevala", armanlarning "Sosunli Dovud", gurjilarning "Amiraniani" kabi asarlari ham xalq qahramonlik E.iga mansubdir. Turonga bostirib kirgan eronlik bosqinchilarga qarshi qahramonlarcha kurashgan xalq bahodirlari haqidagi "Toʻmaris" va "Shiroq" afsonalari, "Zarina va Striangiya", "Zariadr va Odatida" qissalari ham xalq qahramonlik E.i namunalari sanalgan. Koʻtarinki ruhda bitilib, qahramonona voqealar aks ettirilgan ayrim yozma asarlar ham E. hisoblangan. Gegel oʻzining "Estetikaga oid maʼruzalar" asarida Dantening "Ilohiy komediya" hamda Firdavsiyning "Shohnoma" asarlarini E.ga mansub, deb hisoblaydi. Shuningdek, Sharq E.i sirasiga yana Shota Rustavelining "Yoʻlbars terisini yopingan pahlavon" va Abdurahmon Jomiyning "Haft avrang"i, Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy qalamiga mansub boʻlgan "Xamsa"larni ham kiritish mumkin.Qahramonlik E.i jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida, sinfiy munosabatlar oʻzgarganligi tufayli emas, balki muayyan etnosning milliy ruhi uygʻonib, oʻzini shunchaki odamlar toʻdasi emas, balki buzilishi mumkin boʻlmagan axloqiymaʼnaviy qoidalarga amal qilib yashaydigan etnik birlik sifatida tasavvur eta boshlagan kezlarda paydo boʻladi. Ayni xususiyatlarni yuqorida tilga olingan barcha E.lar misolida koʻrish mumkin.
51.Mumtoz o'zbek adabiy tilidagi filologik asarlar va ularning badiiy adabiyotni o'rganishda muhim manbalar ekanligi
51.MUMTOZ ÓZBEK ADABIY TILIDAGI FILOLOGIK ASARLAR VA ULARNING BADIIY ADABIYOTDA ÓRGANISHDA MUHIM MANBALAR EKANLIGIIlmi adab - Sharq adabiyotshunosligining asosi. adabiyotshunoslik badiiy adabiyotni, uning mazmun-mohiyati, o'ziga xos xususiyatlari, paydo bo'lish va rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy funktsiyasi, ijodiy jarayon qonuniyatlarini o'rganadigan fan. Ú bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan 3 bo'limni: adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi va adabiy tanqidni o'z ichiga oladi. adabiyotshunoslikning ildizi maqol, qo'shiq, doston singari xalq ofzaki ijodi namunalari yuzasidan bildirilgan ilk mulohazalaraa borib boglanadi. Mas, Mahmud Koshariyning <> («Ajam she'riyati me'yorlari qomusi>>) kitobida nazariy masalalar - aruz tizimi, poetik san'atlar, she'riy janrlar tahlil etilgan. Kaykovusning «Qobusnoma»sida esa, she'r jamiyatning turli qatlamlari estetik talablaridan kelib chiqib yaratilishi, badiiy asar, albatta, ta'sirchan bo'lishi lozimligi haqidagi mulohazalar o'rin olgan.Adabiyotshunoslik tarixida XII asrda yashagan shoir va adabiyotshunos Nizomiy Aruziy ibn Umar Samarqandiy, XV asrda adabiyotshunos olim Atoulloh Husayniy, Zamaxshariy, Xondamir, Vosifiy asarlari muhim ahamiyatga egadir. O'zbek adabiyotshunosliging takomili Navoiy (Alisher Navoiy) ijodiy faoliyati b-n chambarchas bog'liq. O'zbek tilidagi tazkira janriga asos solgan «Majolis un-nafois» («Go'zal majlislar>>) ilk o'zbek adabiy qomusi hisoblanadi. Ushbu asarda Navoiy deyarli yarim asr mobaynida o'ziga zamondosh bo'lgan 469 shoir, olim, bastakor, hattot, she'riyat homiylari haqida ma'lumot beradi, badiiy mahorat, san'atkorning ijtimoiy burchi, poetik janr masalalarini yoritadi.Navoiyning «>, <>, Jomiyga barishlangan «Xamsat ul-mutahayyirin>> (<< Besh hayrat») singari asarlari adabiy portretning dastlabki namunalaridir. Uning «Mezon ul-avzon>>> («Vaznlar o'lchovi») asarlarida aruzning nazariy, amaliy masalalari tadqiq etilgan. Husayn Boyqaro esa, o'z navbatida, Navoiyning betakror mahorati, u yaratgan adabiy muhit, davr adabiy jarayoni haqida ma'lumot beruvchi risola yaratgan. Zahiriddin Muhammad Bobur <⚫ O'tmishda shoir va yozuvchilar yo'l-yo'lakay turli voqea va hodisalar sanasiga barishlab tarix yozishdan tashqari, bir necha asrlarda yuz bergan voqealar yilnomasiga barishlangan maxsus tarix kitoblari ham yaratishgan. Said A'lam Sharofiddin Roqimiyning «Tarixi tomm» asari ana shunday kitoblardan biridir. Adibning hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma'lumotlar etarli emas. Turilgan hamda vafot etgan yili ham aniqlanmagan. Uning yoshligi Andijonda o'tgan. O'qish maqsadida Samarqandga kelib, shu erda madrasani xatm etadi va mukim yashab qoladi. Xulosa qilib aytganda, Sharofiddin Roqimiyning asari xalqimiz tarixi, madaniyati, ilm-fani, badiiy adabiyoti, falsafiy hamda islomiy tafakkuri tarixidan rang-barang dalillarga boy manba. U qanchalik tez chop etilib, ommalashtirilsa, ilm-adab ahli shunchalik xushnud bo'ladilar. Asarning mukammal nusxasini topish va o'zbek tiliga o'girish matnshunos hamda mutarjimlarimizning kechiktirilmas vazifalaridan biridir.
52.Moniylik oqimi haqida ma’lumot
Moniylik oqimi qadimgi turkiy muhitdagi alohida, o‘ziga xos bo‘lgan oqimning mahsulidir. Moniylik oqimining asoschisi – Moniy ibn Fatakdir. Moniy yoshligida ko‘p sayohat qildi: O‘rta Osiyoda, Hindistonda uzoq vaqt yashab, bu o‘lkalardagi mahalliy dinlar, jumladan, braxmanizm, buddaviylik va nasroniylik oqimlarini chuqur o‘rgandi. Ayniqsa. O‘rta Osiyo va Eron hududida mustahkam ildiz otgan zardushtiylik Moniyning e’tiborini ko‘proq jalb qildi. SHu sababdan o‘zi yaratishni maqsad qilib qo‘ygan ta’limot uchun zardushtiylikka tayandi. Jumladan, zardushtiylikda ham, moniylikda ham olamning paydo bo‘lishi va tuzilishi haqidagi ta’limot bir asosga ega. Bu – Xurmuzdda mujassamlashgan Ezgulik va Nurga, Axriman (moniylikda SHmnu)da mujassamlashgan Zulmat va YOvuzlikdir.Zardushtiylikda sinovdan o‘tgan va insoniyat hayotining asosiy mazmuniga aylangan ikki qarama-qarshi ruhiy kuchlar o‘rtasidagi kurash moniylik oqimida yanada ochiqroq namoyon bo‘ldi. Moniy tarixda birinchi bo‘lib, Markaziy Osiyoda o‘zigacha yaratilgan boshqa diniy oqimlardan farqli o‘laroq, hayotga yaqin g‘oyalarni o‘zida mujassamlantirgan, keng qamrovli diniy tizimni yaratishga harakat qildi. Moniyning ta’limoti uning “Barhayot Injil”, SHopur ibn Ardashirga bag‘ishlab yozgan “SHopuroqon” asarlarida o‘z ta’limotini ilgari suradi.Beruniy Moniy va uning ta’limotini tahlil qilar ekan, Budosaf, Zardusht va Budda qatorida uni ham payg‘ambarlik da’vo qilgan kishilar” qatoriga qo‘shadi. Moniy majusiylar, xristianlar va “sanaviya” (ikkilanuvchilar) mazhablarini yaxshi o‘rgangan. Zotan, “SHopuroqon” asarida Moniy shunday deydi: “Hikmat va yaxshi amallar doimo (xudoning) elchilari vaqti-vaqti bilan keltirib turganlarining o‘zidir. Bir zamon u (hikmat va yaxshi amallar) Bud (Budda demoqchi – N.R.)ismli elchi orqali Hindiston mamlakatiga, bir zamon Zardusht orqali Eron zaminiga va bir zamon Iso orqali Mag‘rib zaminiga yuborilgan. So‘ngra bu oxirgi asrda men Moniyga – haqiqiy xudoning elchisiga – shu vahiy tushirilib va shu payg‘ambar keltirilib, (men orqali) Bobil zaminiga yuborildi”.31 Moniy haqiqatan ham payg‘ambarlik da’vo qilgan. Lekin shunisi ham borki, Budda ham, undan keyin o‘tgan Moniy ham “hikmat va yaxshi amallar” haqida gapirmoqda. Bu hikmat va amallar nimani anglatadi? CHamasi, Moniy yuqoridagi uchta mazhab zaminida shakllantirgan o‘zining hayotda bajarish mumkin bo‘lgan amallari, aqidalari to‘g‘risida aytmoqda.Moniy abjad harflari tartibida yigirma ikki harfni joriy qilgan va shu harflar tartibida o‘zining Injilini yaratgan. Ana shu Injilida Moniy, Iso Masih “Furoqlit” asarida men to‘g‘rimda xabar bergan, deb payg‘ambarlar muhri ekanini dalolat qilgan.
53.«Bilga xoqon» bitigtoshi
Bilga xoqon bitigidir. Bu bitiktosh Eltarish xoqoninng katta o‘g‘li - Kulteginning akasi Bilga xoqon sharafiga 735 yilda o‘rnatilgan. Bilga xoqon 734 yilda ellik yoshida o‘z yaqinlari tomonidan zaharlab o‘ldirilgan. Bu bitig ham Yo‘llig‘ tegin tomonidan yozilgan.Bilga xoqon bitigida xalqning tinch-totuv yashagani, Bilga xoqon davrida tinchlik hukmron bo‘lgani, u davlatni adolat bilan boshqargani, turkiy xalqlarni birlashtirgani, o‘z yurtini boy- badavlat etib, iqtisodiy jihatdan mustahkamlagani mahorat bilan tasvirlangan. Bu bitigda xalq xoqonidan, vatanidan ayrilmasa, betashvish hayot kechirishi ifodalanadi. o‘z navbatida davlat boshliqlarining hatti-harakatlari bayon etiladi. Keyin Bilga xoqon yurishlari haqida hikoya qilinadi.Bilga xoqon turk eli o‘rtasida elparvar xoqon deb tanilgan edi. “Bilga” so‘zining o‘zi ham “dono” degan ma’noni anglatadi. U turk xalqining vatani abadiy bo‘lishi uchun kurashadi. Xalqqa qarata shunday o‘git qilar edi: “Vatanni saqlab qolmoq, faqat xoqonga emas, xalqqa ham bog‘liq. Ajdodlarimizning xato va yutuqlari buning dalilidir. Xalq o‘z xoqonining yo‘l-yo‘riqlarini amalga oshirmasa, boshiga ko‘p kulfatlar tushadi. Xoqon o‘ta ishonuvchan bo‘lmasligi, boshqalarning gapini o‘ylab, mulohaza qilib amalga oshirishi lozim. Samimiy so‘z bilan yolg‘onni farqlay olishi kerak. qattiqqo‘l xoqon o‘z xalqiga yomonlikni ravo ko‘rmaydi. Ishonuvchan bo‘lsa, yaxshi-yomonni ajrata olmasa, fojiaga yo‘l ochiladi, mamlakatda tartibsizlik yuzaga keladi”.Bilga xoqon tarqoq xalqni birlashtiradi, oyoqqa turg‘izdi, yurtda farovon hayot qaror topadi. U xalq farovonligini ta’minlash davlat boshlig‘ining burchi, mamlakatning ozodligi, xalqning osoyishtaligi uning moddiy farovonligiga bog‘liq deb biladi. Bitiklarda yurtboshining boylikka hirs qo‘yishi xalqning nochor hayot kechirishiga olib keluvchi sabab ekanligi qayg‘u bilan ifodalanadi. U o‘z xalqiga shunday murojaat etadi: “Men yashadim, turk beklari, turk xalqim. Bu xoqoningdan, bu beklaringdan, eringdan, suvingdan ayrilmasang, turk xalqi, o‘zing ezgulik ko‘rajaksan, betashvish bo‘lajaksan”.Yuqoridagi yozuvlardan tashqari, alplarning jangovarligi madh etilgan bitigtoshlar ham ko‘plab topilganki, bularda alplarning axloqi, odobi va bilimi ularning asosiy fazilati bo‘lganligi qayd etiladi.Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, Urxun - Enisey yozma yodgorliklari garchi yo‘nalish nuqtai nazardan ta’lim-tarbiya masalalariga bag‘ishlanmagan bo‘lsa ham, ularda bayon etilgan fikrlar o‘sha davrda amal qilingan axloqiy qoidalar va talablarning mohiyatidan birmuncha xabardor bo‘lishga yordam beradi. Xususan, hoqon va alplarning harbiy faoliyati, turkiy xalqlarning turmush tarzi, ularga xos bo‘lgan ma’naviy-axloqiy xislatlar - vatanparvarlik, mardlik, jasorat, samimiylik, insonparvarlik, ezgulik kabi insoniy fazilatlar jamiyatning har bir a’zosining axloqiy qiyofasini belgilovchi muhim mezonlar sifatida ma’rifiy qadriyatlarimiz tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lish bilan birga bizga so‘z yuritilayotgan davr xususiyati hamda ijtimoiy munosabatlar mazmunidan ogoh etadi. Bitiktoshlarda bayon etilgan qarashlar eng yuksak insoniy fazilatlar sifatida e’tirof etilgan xislatlarni zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida yosh avlodda hosil qilish, ularda vatanparvarlik, mardlik, shijoat, xalq manfaati yo‘lida kurashish tuyg‘ularini shakllantirishda o‘ziga xos yo‘llanma, yo‘riqnoma bo‘lib xizmat qiladi.
54.Tuyuq janri. Xususiyatlari.
Tuyuq — turkiy xalkdar mumtoz sheʼriyatidagi lirik janr. T. 4 misrali sheʼr boʻlib, aruzning ramal bahrida yoziladi; aaba, baʼzan abvb tarzida va favqulodda xrllarda — aaaa oʻlchovida qofiyalanadi. T. soʻz oʻyini asosida tajnis qofiyasida beriladi. Tajnissiz T.lar ham bor. T.ning dastlabki namunalari xalq ogʻzaki ijodida uchraydi. Bizgacha yetib kelgan T.lar Burhoniddin Sivosiy (14-asr) qalamiga mansub. "Qutadgʻu bilig" da ham tajnisli toʻrtliklar bor, biroq ular mutaqorib bahrida yozilgan. Alisher Navoiy "Mezon ulavzon" asarida T.ni birinchi marta janr sifatida belgilab oʻtgan va shakllantirgan. Bobur oʻzining "Aruz risolasi" asarida T.ni turkiy sheʼriyat shakllaridan biri sifatida baholagan. T. hozirgi sheʼriyatda birmuncha boshqacharoq nomlarda uchraydi. Xususan, ozarbayjonlarda bayot, turklarda maʼni, turkmanlarda laʼli. Mumtoz adabiyotda Lutfiy, Navoiy, Bobur, 20-asr shoirlaridan Gʻ. Gʻulom, Habibiy, Charxiy, Sobir Abdulla va boshqa ijodida T. janrining yetuk namunalari mavjud.
55.Ilmiy adabiyotlarda «Avesto»ning yoritilishi.
55 savol Ilmiy adabiyotlarda Avestoning yoritilishi Avesto» – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Avesto (parfiyoncha: apastak – matn; koʻpincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb ataladi) – Zardusht dinining Muqaddas kitoblari toʻplami.Zardusht diniga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud.«Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab toʻqqiz hoʻkiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yigʻilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand» nomi bilan sharhlar bitilgan.«Avesto» toʻrt qismdan iborat:
Yasna («Diniy marosimlar»),
Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin),
Visparad («Barcha Ilohlar haqidagi kitob»),
Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi»).
Yasna tarkibiga kirgan madhlar «Gatlar» (ayrim manbalarda «gohlar») deb nomlanib, ularni Zardushtning oʻzi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Ertoʻnga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi.«Avesto» insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining eʼtiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O. Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud.Oʻzbekistonda «Avesto»ni oʻrganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida «Avesto» taʼlimotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qoʻlyozma va bosma nusxalari O`R Fanlar Akademiyasi ShI jamgʻarmasida saqlanadi. Hozirgi oʻzbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Is’hoqov, N. Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari eʼtiborli.Oʻzbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001-yilda «Avesto»ning 2700-yilligi nishonlandi. «Avesto» vatani Xorazmda bogʻ barpo qilindi, asarning oʻzbek tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.
56.Ibn Sinoning “She’r san’ati” asari
56 savol Ibn sinoning sher sanʼati asari Шеър одатда образли сўзлардан иборат бўлиб, у бир-бирига тенг ҳамда вазнли гаплардан тузилади. Арабларда эса шеър қофияли, бунда шеърларда маълум ҳисобда ритм бўлиши тушунилади. Бир-бирига тенг бўлишнинг маъносига келсак, бунда ундаги ҳар бир гапнинг ритмли қисмлардан тузилганлиги тушунилади.Одатда бунда сўзнинг аввалги ритми билан кейинги ритмининг вақтлари бир хил келиши керак.Шеърнинг қофияли бўлиши маъносига келганда шуни айтиш керакки, ҳар бир қофиядош сўзларнинг охири бир хил ҳарф — товушлар билан тугалланиши керак. Шунинг учун мантиқшунос назари аслида шеърнинг хусусиятига қаратилиши керак эмас, бордию унга қаратиладиган тақдирда ҳам, у фақат шеърга образли айтилган сўзлар бўлгани учунгина, фақат у шу нуқтаи назардангина қарамоғи мумкин холос.Аммо шеърдаги вазн нуқтаи назаридан қарашга келганимизда, у ҳолда мусиқашунос вазнга мусиқавийлик назарияси ва гармония нуқтаи назардан қарайди, арузшунос эса унинг бўлак-бўлакка ажраладиганлиги ва ундай нарсалар дунёдаги ҳар бир халқда қандай усулда ишлатилаётганлиги нуқтаи назаридан эътибор беради, қофия илми билан шуғулланувчи — қофияшунос эса шеърга қофияни қандай қўйилганлиги нуқтаи назаридан қарайди. Шунинг учун мантиқшунос шеърга уни образлилиги жиҳатидангина диққат қилмоғи керак. Образли қилиб айтилган сўз киши руҳини ўзига бўйсундирадиган бир ҳолат касб этади. Бу шундайки, маълум бир ишлар кишига кўринмасдан, улар ҳақида бирор фикр юритилмасидан ва уни эътироф этилмасдан туриб, улар кишига хуш келади, баъзиларидан эса киши ўзини тияди. Бир сўз билан айтганда, бундай нарсадан одам безовталанади, лекин бу безовталик онгли равишда бўлмай, балки нафсоний — руҳий таъсирланганлик натижасида бўлади. Бундай ҳолатда ўша айтилган сўзлар тўғрими ё нотўғрими унинг учун бунинг аҳамияти бўлмайди. Чунки асли — табиатида рост сўз ҳеч маҳал образли айтилган ва ё образли айтилмаган сўзларга ўхшамайди.Бордию ундай сўзларга ишониладиган тақдирда ҳам унинг таъсир кучи сезилмайди. Бунда у нарса иккннчи марта, ҳатто бошқа бир йўсинда айтилса ҳам шундай бўлади.
57.Beruniy va adabiyot.

Abu Rayhon Beruniy jahon fanining taraqqiyotiga g'oyat ulkan hissa qo'shgan, zo'r iste'dod egasi va zahmatkash tadqiqotchi edi. Uning o'lmas ilmiy asarlari jahon fani taraqqiyotida benihoyat yuksak ahamiyatga egadur. Tarix faniga qolaversa adabiyotga qiziqsangiz bu Beruniy va adabiyot haqida so'zlovchi proggramma sizga yordam beradi. Beruniyning o'zi bir she'rida shunday deb yozadi:"Otam Abulahab - Qari, ilmsiz kishi edi, onam esa o 'tin ta-shuvchi (" hammolatul-hatab ") bo' lgan." Bu kabi qiziqarli she'r-u hikoyalar sizni oldinda kutib turibdi. Dasturni yuklab oling va baho bering.


58.Oddiy g‘azal va uning kompozitsiyasi.
Gʻazal (arabcha — ayolni sevish, unga oshiqona munosabatda boʻlish) — Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janrʻʻGʻazal’’ atamasi dastlab VI-VII asrlarda arab sheʼriyatida paydo boʻlgan. Soʻng Oʻrta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga oʻtib, X asrda forsiy adabiyotga, XIV asr boshlarida turkiy adabiyotga kirib kelgan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin 21, hatto 27 baytli gʻazal namunasi ham uchraydi.
Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizordi gul uyottin anjumanda.
Tamanno qilgaʻali la’lingni koʻnglum,
Kishi bilmas onikim, qoldi qanda.
Chu jonimdin aziz jonona sensan,
Kerakmas jon mango sensiz bandanda.
Mango ul dunyoda jannat na hojat,
Eshiking tuprogʻi basdur kafanda.
Solib borma meni ey Yusufi husn,
Bukun Yaʼqubtek baytul hazanda.
Uzun sochingdin uzmasman koʻngulni,
Oyogʻing qanda boʻlsa, boshim anda.
Tilar el mansabi oliy va lekin,
Atoyi sarvi ozodingga banda.[1]
Gʻazal aa, ba, va, ga, da va h.k. tarzda qofiyalanadi, boshdan-oxir bir xil vaznda yoziladi. Ilk bayti matlaʼ yoki mabdaʼ, oxirgisi maqtaʼ deb ataladi. Agar ikkinchi baytning misralari ham oʻzaro qofiyalansa, zebi matlaʼ yoki husni matlaʼ deyiladi. Gʻazalning paydo boʻlishi va rivojlanishi musiqa sanʼati bilan chambarchas bogʻliq. Dastlab Gʻazalga taxallus qoʻyilmagan, bu keyinchalik anʼanaga aylangan.Gʻazal dastlab ishqiy mavzuda yozilgan boʻlsa-da, keyinchalik uning mavzu doirasi kengayib bordi hamda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, mavʼiza (pandnasihat) va hajviy Gʻazallar yuzaga keldi. Gʻazal tuzilishiga koʻra 4 mustaqil turga ajraladi: mustaqil baytlardan tuzilgan (parokanda) gʻazal; yakpora gʻazal; voqeaband gʻazal.; musalsal gʻazal. Maʼno jihatidan esa orifona, oshiqona va rindona gʻazallarga boʻlinadi.
59.Yozma adabiyotning folklordan farqi.
Erta ertak nafaqat bolalar, balki ko'plab kattalardir. Birinchidan, odamlar insholar bilan shug'ullanishdi, keyin professional yozuvchilarni o'zlashtirdilar. Ushbu maqolada biz qanchalik farq qilamiz xalq ertaklari adabiydan.Janrning xususiyatlariErtak - eng keng tarqalgan ko'rinishi xalq ijodiyoti, sarguzasht, ichki yoki hayoliy xarakterdagi voqealar haqida gapirib bering. Ushbu janrning asosiy o'rnatish - bu oshkor qilish hayotiy haqiqat Konditsioner she'riy usullari yordamida.Aslida, ertak afsonalar va afsonalar, shuningdek xalqlar va millatlarning an'analari va qarashlarining aksidir. Xalqning adabiy ertaklari, agar ushbu janrda folklorga to'g'ridan-to'g'ri ma'lumot bo'lsa, odamlar adabiy ertaklari o'rtasidagi farq nima?Gap shundaki, barcha adabiy peri ertaklar xalq ijodiga tayanadi. Asarlarning fitnalari zid bo'lsa ham folklor an'analari, Bino va asosiy belgilar u bilan aniq ko'rinadigan aloqada.Xalq ijodining xususiyatlariXo'sh, adabiyotdan xalq ertaklari o'rtasidagi farq nima? Avvaliga, biz odatiy "xalq ertaklari" deb nomlangan narsani tushunamiz. Keling, ushbu janr eng qadimgi va tan olinganidan biridir madaniy merosKim ota-bobolarimizning g'oyalarini dunyoning qurilmasi va u bilan o'zaro ta'siriga ega bo'lganlar.Bunday ishlarda o'tmishdagi odamlarning axloqiy qahramonlarning aniq bo'linmasida, yaxshi va yomonlik bilan namoyon bo'lgan axloqiy qadriyatlar, milliy fazilatlar Belgi, e'tiqod va hayot inshootlari.
60.Eng qadimgi adabiyot yodgorliklari qaysilar?
Dastlabki yozma manbalar VI – VII asrlarga tegishlidir. Ular O’rxun – Enasoy obidalari nomi bilan mashhur bo’lib, sug’d, turkiy run, arab va uyg’ur yozuvlaridagi bitiklardir. M. Koshg’ariy uyg’ur yozuvi haqida : … barcha xoqonlar va sultonlarning kitoblari, yozuvlari qadimgi zamonlardan shu kungacha Qashqardan Chingacha hamma turk shaharlarida shu yozuv bilan yuritiladi”, - deb yozgan edi. Bu yozuv hatto arab yozuvi bilan yonma – yon holda XV asrgacha, Xitoydagi uyg’urlar orasida esa keyingi asrlarda ham iste’molda edi. U so’g’d yozuvi asosida shakllangan bo’lib, unda 18 ta harf bor. Uyg’ur yozuvi o’ngdan chapga qarab yozilgan. Mazkur yozuvda buddaviy, moniy, xristian dinlariga oid axloqiy – ta’limiy asarlar, yuridik – huquqiy va moliyaviy hujjatlar saqlanib qolgan. X asrda Beshbaliq (Sharqiy Turkiston) shahrida yashagan Singku Seli Tutung “Oltin yorug’” asarini xitoy tilidan tarjima qilgan. Bu asar tarjimasi ham uyg’ur yozuvida bitilgan. Shuningdek, “O’g’uznoma”, “Muhabbatnoma (Xorazmiy), “Ltofatnoma” (Xo’jandiy), “Mahzanul-asror” (Mir Haydar) va boshqa ko’pgina asarlarning uyg’ur yozuvdagi nusxalari ham mashhurdir.
61.Mumtoz she'r

62.Qaysi sharq xalqlari o‘zining antik adabiyotiga ega?


62 Sharq qadimiy madaniyat uchogi va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta'riflanmagan. o'arb madaniyati tarixini organish jarayonida Ovrupotsentrizm nazariyasiga oqib ketish Gayriilmiy bolgani kabi, masalaning Sharq bilan bogliq jixatini tahlil etganda ham Osiyotsentrizm Goyalari ta'siriga tushmaslik lozimShu bilan birga, Sharqning oziga xosligi, unga mansub bolgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo`shilgan munosib xissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha holis mutaxassis olimlari tomonidan e'tirof etiladi.Jolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining Sharq sivilizatsiyasi kuchogida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini ozida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga olkan ta'sir korsatganini doimo esda totish darkor.Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, kopgina mutaxassislar bizning Vatanimiz utmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri bolgan Shumer davrlarini esga oladi. Bolarning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining oziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bolishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat uchoklari haqida maktab ta'limi jarayonida «Eng qadimgi tarix>> darsliklari orqali ma'lumot berilgan.
63.X-XII asrlardagi adabiyot

64.Turkiy mifologiyada Umay kulti


64 Mahmud Koshg'ariy "Devonu lug'atit-turk"asarida Umay haqidato'xtalib, quyidagicha izohlaydi: "umay - yo'ldosh;(tuqqan xotinlar qomidan chiqadigan narsa). Uni bolaning qomidayo'ldoshideyiladi. Shunday maqol ham bor: Umayqa tabin:kimki Umayga xizmat qilsa, u o'g 'il ko'radi,demakdir. Xotinlar yaxshilikkutadilar". Mahmud Koshg'ariyning Umay haqida bergan ma'luniotishundan iborat. Qadimgi davrlardan tortib XXasming boshlariga qa dar Umay bolalami asrovchi iloh sifatida turkiy xalqlar orasida yashayvergan. Ayrim turkiy xalqlar
65.Devon, bayoz va tazkiralar – mumtoz adabiyot manbalari sifatida

66.Og‘zaki adabiyot yozma adabiyotning farqlari

67.«Qutadg‘u bilig» - didaktik asar.
O‘zbek mumtoz adabiyotida doston atamasi o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. «Qutadg‘u bilig» yaratilgan davrda bu atama hali iste’molga kirmagan edi. Shuning uchun ham u doston deb emas, “kitob” deb atalgan. Lekin “kitob” tushunchasi mumtoz adabiyotda hozirgidan farq qiladi, undan bilim, ilmiy ko‘rsatma va xulosalar, hikmat, “yumg‘i uqush” (yig‘ma bilim) ma’nosi anglashilgan. Lekin bu ma’nolardan qat’i nazar, uning janriy belgilari dostonga xosdir. “Doston” so‘zi fors tilida ertak, tarix, hikoya, qissa, roman ma’nolarida,

shuningdek, musiqiy istiloh sifatida ham ishlatiladi. Uning etimologiyasi haqida qat’iy fikrga kelinmagan. Bizningcha, u ikki holatdan biri bilan izohlanishi mumkin. Birinchisi, dariy tilidagi makr, hiyla ma’nosini anglatuvchi doston so‘zidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Firdavsiyning “Shohnoma”sida Rustamga Semurg‘ tomonidan otasining ayyorligini eslatib turish uchun shunday ism qo‘yiladi. “Rustami Doston” nomi shunday yaralgan. Bu so‘zning janr nomiga aylanishi haqiqatni adabiy-badiiy yolg‘on orqali ifodalash mohiyatini ifodalashiga ko‘ra sodir bo‘lgan deb faraz qilish mumkin. Ikkinchisi, forscha “dov” (o‘yinda yurish qilish; ko‘tarilish) va “sito” (madh qilish, olqishlash, maqtash, ulug‘lash, mashhur qilish, kuylash) so‘zlari hamda ularga -on qo‘shimchasining qo‘shilishi orqali yasalgan, degan fikr. “Xalq orasida doston bo‘lmoq” iborasi bunga juda mos keladi.Doston istilohi forsiy adabiyotda X asrdan janr nomi sifatida qo‘llana boshlagan. Turkiy adabiyotda esa u XIII – XIV asrlardan boshlab keng tarqaladi. Lekin adabiyotshunoslikda “Tunyuquq bitigi”, “Dada Qo‘rqut kitobi”, “O‘g‘uznoma” kabi manbalarni ham shartli ravishda doston deb yuritish holati mavjud. Chunki ularga nisbatan hozirda mavjud boshqa janrni ishlatib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, doston tuzilish jihatidan nisbatan erkin janr.


68.Adabiyot tarixining davrlashtirilib o‘rganilishi.
XV asrgacha bo‘lgan o‘zbek adabiyoti tarixini quyidagicha davrlashtirib o‘rganish maqsadga muvofiq, deb qaraymiz:
1.Islomgacha bo‘lgan turkiy adabiyot:
a) Buddaviylik oqimidagi turkiy adabiyot
b) Moniylik oqimidagi turkiy adabiyot
v) SHomonlik oqimidagi turkiy adabiyot
2. G‘aznaviylar davri adabiyoti
3. Qoraxoniylar davri turkiy adabiyoti
4. Oltin O‘rda davri o‘zbek adabiyoti
5. Temuriylar davri o‘zbek adabiyoti
Umuman, adabiy jarayonni davrlashtirishda asar yozilgan davrdagi lisoniy muhit bosh o‘rin tutib qolmasligi lozim. Ijodkor yashagan ijtimoiy muhit, adabiy kategoriyalarning har bir davrda o‘ziga xosliklari va badiiylik tamoyillari asosiy mezon bo‘lishi kerak. Zotan, yuqorida aytib o‘tganimizdek, sulolalar tarixi ayni ana shu mezonlarga zamin yasaydi.Biz o‘zbek adabiyoti tarixini XV asrgacha qaysi omillarga ko‘ra davrlashtirish lozim degan savolga javob tariqasida yuqoridagi fikrlarni o‘rtaga tashladik. Abdurauf Fitrat, Ko‘prulizoda, Miyon Buzruk kabi ulug‘ olimlarning o‘zbek adabiyoti (chig‘atoy adabiyoti)ni davrlashtirish haqidagi qarashlariga to‘xtalmadik. Ularning o‘zbek adabiyotini davrlashtirishiga munosabatimiz boshqa ishimizda o‘z aksini topgan.
69.“Avesto” va “Oltin yorug’”da Xurmuzd va Zervon obrazlarining umumiyligi.
“Avesto” va “Oltun yorug‘”da Xo‘rmuzd hamda Zervan obrazlarining birligi ularning ijodkorlari bir xalq ekanini ko‘rsatuvchi bitta dalil bo‘lsa, ikkinchisi, Axura Mazda bilan Buddaning, Zardusht bilan tangrilar xoni Xo‘rmuzdning faoliyatidagi o‘xshashliklardir. “Avesto”da Zardusht muhim qonunlar so‘rab, Axura Mazdaga murojaat etadi, Axura Mazda jamiki er yuziga Zardusht orqali qonunlar beradi. “Oltun yorug‘”dani bir misol keltirish bilan cheklanamiz: Xo‘rmuzd maxayana yo‘l- yo‘riqlari bo‘yicha yurmaydigan insonlar o‘zlarining qilgan himmatlaridan xursand bo‘lishga loyiqmi, deb so‘raganda, tangrilar Tangrisi Budda shunday yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi: “Qaysi bir jonzotlar xoh muqaddas maxayana no‘midagi yo‘l – yo‘riq bo‘yicha yurishga qodir bo‘lsinlar, xoh yana muqaddas maxayana no‘midagi yo‘l – yo‘riq bo‘yicha yurishga qodir bo‘lmasin(lar), qodir bo‘lganlar (va qodir bo‘lmagan) o‘sha aslzodalar o‘g‘li, aslzodalar qizi kechayu kunduz olti zamonda janub tomonga o‘ng elkalaridagi to‘nlarini ochib, o‘ng tizzalari bilan cho‘kkalab, kaftlarini (bir – biriga) qovushtirib, ko‘p hurmat – ehtirom (bilan) g‘oyat pok sodiq ko‘ngil bilan, bir maqsad, idrok va his – tuyg‘ular bilan o‘ng tomondagi olamlarning jonzotlari qilgan himmatli, ezgu ishlariga, ezgu sa’y – harakatlariga muvofiq xursand bo‘lib, sevinsa, keyin o‘sha aslzodalar o‘g‘li, aslzodalar qizi hisobsiz, tengi yo‘q himmatli, ezgu ishlarini qiladi”
70.Islomga qadar yaratilgan adabiyot.

71.G‘azal unsurlari



72.Qadimgi turk xoqonligi haqida ma’lumot
Ma’lumki, turk xoqonligi barpo bo‘lmasdan oldingi Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy tarixi jujanlar (manqurtlar) tarixi bilan ham bog‘liq. Lekin ungacha ham turkiy qavmlar Markaziy Osiyoning turli hududlarida xonliklarga uyushgan, siyosiy jihatdan esa tarqoq holda yashardilar. Bu qavmlarni jujanlar temir qurollar yasashga, turmushda kerak bo‘ladigan ashyolar yasashga majbur qilardilar. Jujan xonlari turkiy qavmlarni “temirchi qullarim” deb haqoratlardilar. Jujanlar asoratidan qutulish uchun 535 yili boshlaangan harakat 545 yilga kelib kuchaydi. Turkiy qavmlar g‘arbiy To‘ba sulolasi bilan hamkorlikda jujanlarga qarshi kurashga otlandilar. Lekin jujanlar bilan urush boshlash uchun bir bahona kerak edi. Ashin urug‘ining yo‘lboshchisi Bo‘min jujanlar xoni Aynahayning qiziga sovchi jo‘natdi. Bo‘minning xatti-harakati Aynag‘ayga haqorat bo‘lib tuyuldi va Bo‘minning elchilari orqali unga haqoratomuz javob berdi. Bo‘minga aynan shu javob kerak edi. Bo‘min vaqtni qo‘ldan boy bermay, jangga otlandi. Tez orada Bo‘min Aynag‘ayni tor-mor qildi. Bu voqea 551 yilda yuz bergan edi. Bo‘min jujanlar asoratidan qutulgandan keyin Bo‘min Turk xoqonligiga asos soldi. Turk xoqonligi juda katta hududni – SHimoliy Mo‘g‘ulistondan tortib Amudaryogacha bo‘lgan joylarni o‘z ichiga olgan edi. SHuncha katta davlatni markazdan turib boshqarish qiyin edi. SHu boisdan Bo‘min xoqon Istamini yabg‘u unvoni bilan Turk xoqonligining g‘arbiy qismini – O‘rta Osiyo qismini boshqarish uchun jo‘natdi. (YAbg‘u so‘zi harbiy unvonni bildiradi, bu unvon Kushon imperiyasidan davom etib kelgan bo‘lib, turkiylar oq xunlar sulolasidan o‘zlashtirganlar. YAbg‘u – g‘arbiy Turk xoqonligida oliy unvonning nomi bo‘lib, ko‘pincha yabg‘u qag‘an tarzida ham qo‘llanadi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, yabg‘u – xoqonga tengdir.) O‘zi esa xoqonlikning sharqiy qismini boshqarish uchun Qoraqurum shahrida maskan topdi. Turk degan nom Turk xoqonligi davrida ilgari ham turkiy tilda so‘zlashadigan, irqiy va urf-odat jihatidan bir-biriga o‘xshash yoki yaqin turkiy hamda turkylashgan (masalan, qitaniylar) qavmlarning siyosiy birlashmasini bildirardi. Turk xoqonligi davrida bu jarayon o‘z rasmiy maqomiga ega bo‘ldi. SHuningdek, qadimgi turk davrida turkiy qavmlar yagona nom bilan ko‘k turklar deb yuritiladigan bo‘ldi. Ko‘k turk – ilohiy turk deganidir. Turkiy qavmlar yaratgan mifga ko‘ra, ular osmonni – ota, erni ona deb tasavvur qilganlar. SHu bois o‘zlarini har osmon bolalari deb aytardilar va ko‘k turk degan mifologik nom ularning rasmiy nomiga aylanib qoldi. Garchi turk yoki turkiy degan nom milodiy V asrlardan qo‘llana boshlagan bo‘lsa ham, hamma qavmlar va xalqlarning kelib chiqishi kabi, etnik jarayonning shu davrdan boshlanganini ko‘rsatmaydi, balki turkiy qavmlar qadim zamonlardan beri bor va ularning qavm sifatida mavjudligini ashyoviy dalillar – arxeologik yodgorliklar tasdiqlaydi. O‘rta Osiyo, Oltoy, Qozog‘iston kabi tarixi qadim o‘lkalardan topilgan inson
73.Islomgacha bo‘lgan diniy oqimlar va yozma adabiyot.
Og‘zaki nutq tarixi insonning o‘zi singari qadimiydir. Demak, yozma nutqning, yozma ijodning vujudga kelishiga og‘zaki nutq yoki xalq og‘zaki ijodi asos bo‘lgan. Xalq og‘zaki ijodi namunasi dastlab xalqning qobiliyati, iste’dodli kishilari tomonidan qaysidir shaklda, mazmunda yaratiladi. Keyinchalik u og‘zaki tarqalib, og‘izdan-og‘izga, avloddan-avlodga o‘tib yangicha shakl va mazmun kashf etib, variant va versiyalari paydo bo‘lib, xalq og‘zaki poetik ijodi namu-nasiga aylanadi. Xalq og‘zaki ijodi yoki folklor (folk-xalq; lore-donolik, ya’ni xalq donologi) yozma adabiyotga zamin hozirlagan katta bir tizimdan iboratdir. Shu narsa ayonki, eng qadimgi og‘zaki ijod namunalari bizgacha to‘la yetib kelmagan. Faqat ba’zi tarix kitoblari, ilmiy asarlar, yozma yodgorliklar va boshqalar eng qadimgi og‘zaki badiiy ijod haqida tasavvur hosil qilishimizga imkon beradi. Bu imkoniyatni biz Geradot, Polien, Kteziy, Xores Mitilenskiy kabilarning tarixiy kitoblaridan topa olamiz. Bulardan tashqari, «Avesto», «Behustun», «Bundahshin», «Denkard» singari yozma yodgorliklarda ham qadimgi og‘zaki ijod namunalari o‘rin olgan. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug›otit turk» asarida qadimgi turkiy xalqlar og›zaki ijodining qo‘shiq, lirik she’r, maqol kabi janrlaridan namunalar keltiriladi. Qadimgi mif va afsonalar esa Firdavsiyning «Shohnoma» sida qayta ishlanadi. Bizgacha yetib kelgan folklor namunalari miflar, afsonalar, qo‘shiqlar, lirik she’rlar, qahramonlik eposlari va boshqa shakldagi adabiy asarlardan iboratdir. Xalq og‘zaki badiiy ijodi namunalari quyidagi tur va janrlarga bo‘linadi: Epos – doston, mif, afsona, rivoyat, ertak, latifa, lof, maqol, topishmoq. Lirika – qo‘shiq, lapar, terma, alla, yor-yor, kelin salom. Og‘zaki drama – qo‘g‘irchoqbozlik, masxarabozlik, askiyabozlik. Qadimiy inson tabiatning qudratli va mo‘’jizali sir-sinoatlari oldida ojiz bo‘lgan. Ular fasllarning almashishi yomg‘ir, qor yog‘ishi, yer silkinishi, momoqaldiroq bo‘lib, chaqmoq chaqishi, suv toshqini sabablari va mohiyatini to‘liq anglay olmaganlar. Ular osmon, yer, oy, quyosh kabilarni jonli narsalar sifatida qabul qilganlar. Ana shunday oddiy va jo‘n qarashlar natijasida miflar paydo bo‘lgan. Miflar bir qancha turlarga bo‘linadi:
a) etiologik miflar; b) kosmogonik miflar; v) etnogonik miflar; g)
antropogonik miflar; d) eshatologik miflar.
Afsona atamasi forscha «fusun» (sehr, makr) so‘zidan olingan. Aristotelning ta’biricha: «Afsonalar haqiqatdan xabar beruvchi yolg‘onhikoyalardir». Afsonalarda yarim real, yarim romantik voqealar tasvirlanadi. Afsona mavzu jihatidan quyidagicha turlarga bo‘linadi: tarixiy, toponimik, diniy, maishiy afsonalar. Qadimgi turkiy adabiyotda afsona «sav» deb nomlangan. Afsonaning asotirdan farqi shundaki, ularda qaysidir ma’noda tarix o‘z aksini topgan bo‘ladi. Miva afsonalar zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» da, boshqa diniy kitoblarda ko‘p uchraydi. «Avesto» va «Bundahshin» da ikki olam: Yaxshilik va yomonlik olami mavjud. Yaxshilik olamiga Axura Mazda (Xurmuzd), yomonlik olamiga Angra Manyu (Ahriman) boshchilik qiladi. Mif va afsonalar qahramonlari: Mitra, Anaxita, Qayumars, Yima (Jamshid), Gershasp, Elikbek va boshqalar. Bundan tashqari «Olamning yaratilishi», «Odamning yaratilishi», «To‘fon» singari diniy asotirlar; Skiflar to‘g‘risidagi afsonalar, To‘maris, Shiroq, Erguna kun kabi afsonalar ham mavjudki, ular eng qadimgi insonlarning ijtimoiy turmush tarzi, dastlabki estetik tafakkuri, olam va odam haqidagi dunyoqarashlarini, vatanparvarlik va qahramonlikni o‘zida aks ettiradi.Moniylik mazmunidagi turkiy adabiyot beshinchi asrlardan boshlab yaratila boshlagan Moniy va uning ta’limoti insoniyatda sobit va yg‘oq ruhni shakllantirib kelgan. Budda mazmunidagi turkiy adabiyot ham buddaviylik ta’limotini ilgari suradi. Ayniqsa, «Oltin yorug‘», «Maytri smit» asarlari Markaziy Osiyoda, xususan, Turonzaminda ma’naviy madaniyat shakllanishiga muhim hissa qo‘shgan.Moniylik oqimi qadimgi turkiy muhitdagi alohida, o‘ziga xos bo‘lgan oqimning mahsulidir. Moniylik oqimining asoschisi – Moniy ibn Fatakdir. Moniy yoshligida ko‘p sayohat qildi. O‘rta Osiyoda, Hindistonda uzoq vaqt yashab, bu o‘lkalardagi mahalliy dinlar, jumladan, braxmanizm, buddaviylik va nasroniylik oqimlarini chuqur o‘rgandi. Ayniqsa. O‘rta Osiyo va Eron hududida mustahkam ildiz otgan zardushtiylik Moniyning e’tiborini ko‘proq jalb qildi. Shu sababdan o‘zi yaratishni maqsad qilib qo‘ygan ta’limot uchun zardushtiylikka tayandi. Jumladan, zardushtiylikda ham, moniylikda ham olamning paydo bo‘lishi va tuzilishi haqidagi ta’limot bir asosga ega. Bu – Xurmuzdda mujassamlashgan Ezgulik va Nurga, Axriman (moniylikda Shmnu)da mujassamlashgan Zulmat va Yovuzlikdir. Zardushtiylikda sinovdan o‘tgan va insoniyat hayotining asosiy mazmuniga aylangan ikki qarama-qarshi ruhiy kuchlar o‘rtasidagikurash moniylik oqimida yanada ochiqroq namoyon bo‘ldi. Moniy tarixda birinchi bo‘lib, Markaziy Osiyoda o‘zigacha yaratilgan boshqa diniy oqimlardan farqli o‘laroq, hayotga yaqin g‘oyalarni o‘zida mujassamlantirgan, keng qamrovli diniy tizimni yaratishga harakat qildi. Moniyning ta’limoti uning «Barhayot Injil», Shopur ibn Ardashirga bag‘ishlab yozgan «Shopuroqon» asarlarida o‘z ta’limotini ilgari suradi. Beruniy Moniy va uning ta’limotini tahlil qilar ekan, Budosaf, Zardusht va Budda qatorida uni ham payg‘ambarlik da’vo qilgan kishilar qatoriga qo‘shadi. Moniy majusiylar, xristianlar va «sanaviya» (ikkilanuvchilar) mazhablarini yaxshi o‘rgangan. Zotan, «Shopuroqon» asarida Moniy shunday deydi: «Hikmat va yaxshi amallar doimo (xudoning) elchilari vaqti-vaqti bilan keltirib turganlarining o‘zidir. Bir zamon u (hikmat va yaxshi amallar) Bud (Budda demoqchi – N.R.) ismli elchi orqali Hindiston mamlakatiga, bir zamon Zardusht orqali Eron zaminiga va bir zamon Iso orqali Mag‘rib zaminiga yuborilgan. So‘ngra bu oxirgi asrda men Moniyga – haqiqiy xudoning elchisiga – shu vahiy tushirilib va shu payg‘ambar keltirilib, (men orqali) Bobil zaminiga yuborildi». Moniy haqiqatan ham payg‘ambarlik da’vo qilgan. Lekin shunisi ham borki, Budda ham, undan keyin
o‘tgan Moniy ham «hikmat va yaxshi amallar» haqida gapirmoqda.
Bu hikmat va amallar nimani anglatadi? Chamasi, Moniy yuqoridagi uchta mazhab zaminida shakllantirgan o‘zining hayotda bajarish
mumkin bo‘lgan amallari, aqidalari to‘g‘risida aytmoqda.
Moniy abjad harflari tartibida yigirma ikki harfni joriy qilgan va
shu harflar tartibida o‘zining Injilini yaratgan. Ana shu Injilida Moniy,
Iso Masih «Furoqlit» asarida men to‘g‘rimda xabar bergan, deb
payg‘ambarlar muhri ekanini dalolat qilgan. Qadimgi turkiy adabiyot
ko‘p qatlamli, turli mazmundagi manbalarga tayanishi bilan diqqatga sazovordir.Xuastuanift»ning qadimgi turkiyda uchta nusxasi bor. London
va Berlin nusxasi – moniy yozuvida, Sankt-Peterburg nusxasi – eski
uyg‘ur yozuvida bitilgan. To‘lig‘i – London nusxasi, noto‘lig‘i – Berlin nusxasidir. Asar yaratilgan davr to‘g‘risida V.V.Radlov fikr bildirib, milodiy V asr deb aytgan edi, S.ye.Malov esa VII asr deb qaraydi. Moniylik oqimining mavqeyi hamda til xususiyatlariga asoslanib
xulosa chiqariladigan bo‘lsa, V.V.Radlovning fikri haqiqatga yaqin
bo‘lib chiqadi. Sankt-Peterburglik L. Dmitrieva har uchala nusxa asosida 1963 yilda «Xuastuanift»ning yig‘ma matnini yaratdi.Insoniyatni solihlikka yetaklashda dunyoning turli joylarida
mushtarak yo‘llar mavjud bo‘lib, bu yo‘llar bir manzilga olib boradi.
Manzil – inson, inson ko‘ngli. Hindistonda – buddaviylik, Eronda –
moniylik, Yaqin Sharq mamlakatlarida – islom, aqidalar-u e’tiqodlar
turlicha bo‘lsa-da, maqsad bir. Ana shu mushtarak yo‘llar bir manzilda – komillik manzilida tutashadilar. Bugun biz ko‘p gapirayotgan
ma’naviyatning pirovard natijasi ham jamiyatga komil insonni tarbiyalab yetishtirishdan iborat bo‘lgan edi va shunday bo‘lib qoladi.
Komillikka erishgan jonzotlar orasida eng oliysi insondir. Komillik pandu nasihatlarga quloq tutishnigina emas, amaldagi xatti–
harakatni, mushohadani talab etadi. Komillikning da’vatkor qudrati adabiyotdadir. Qadimdan shunday bo‘lib kelgan va bugungacha
davom etib kelmoqda. Tarixga nazar tashlasak, Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan turkiyzabon xalqlarning islomiyatgacha bo‘lgan adabiyoti bu jihatdan namunadir.
74.Mumtoz she’r haqida ma’lumot bering.
Adabiyotshunoslik ilmiga oid teran qarashlar Forobiyning «She’r san’ati...» kitobida mufassal bayon qilingan. Unda she’riy asarning yaralish tabiati, ijodkor shaxsi va mahorat muammolari, so‘z qadri xususida fikr yuritiladi. XI asrda yashagan adabiyotshunos olim Abdulqodir Jurjoniyning «Asror ul-balog‘a fi-ilmi bayon» (Bayon ilmida balog‘at sirlari) asarida so‘z san’atidagi shakl va mazmun masalasiga alohida urg‘u berilsa, XIII asrda yashagan qomusiy olim Qays Roziyning «Kitob ul-mo‘jam fi-maoyiri ash’or il-ajam» (Ajam she’riyati me’yorlari qomusi) kitobida nazariy masalalar — aruz tizimi, poetik san’atlar, she’riy janrlar tahlil etilgan. Kaykovusning «Qobusnoma»sida esa, she’r jamiyatning turli qatlamlari estetik talablaridan kelib chiqib yaratilishi, badiiy asar, albatta, ta’sirchan bo‘lishi lozimligi haqidagi mulohazalar o‘rin olgan. Adabiyot tarixi yo‘nalishida muayyan xalq (xalqlar, mintaqa, jahon) badiiy adabiyotining tarixiy taraqqiyoti hamda yozuvchi-shoirlarning hayot va ijod yo‘li chuqur o‘rganiladi. Jumladan, o‘zbek milliy adabiyoti bosib o‘tgan uzoq tarixiy yo‘l, zamon, siyosat va adabiy jarayon munosabatlarining o‘ziga xosliklari, u yoxud bu ijodkorning ushbu jarayonga ko‘rsatgan ta’siri uzasidan ko‘plab tadqiqotlar yaratilgan. Tarixida shoir va adabiyotshunos Nizomiy Aruziy ibn Umar Samarqandiy, adabiyotshunos olim Atoulloh Husayniy, Zamaxshariy, Xondamir, Vosifiyasarlari muhim ahamiyatga egadir. O‘zbek adabiyotshunosligining takomili Navoiy ijodiy faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. O‘zbek tilidagi tazkira janriga asos solgan «Majolis un-nafois» (Go‘zal majlislar) ilk o‘zbek adabiy qomusi hisoblanadi. Ushbu asarda Navoiy deyarli yarim asr mobaynida o‘ziga zamondosh bo‘lgan 469 shoir, olim, bastakor, xattot, she’riyat homiylari haqida ma’lumot beradi, badiiy mahorat, san’atkorning ijtimoiy burchi, poetik janr masalalarini yoritadi. Navoiyning «Holoti Pahlavon Muhammad», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», Jomiyga bag‘ishlangan «Xamsat ul-mutahayyirin» (Besh hayrat) singari asarlariadabiy portretning dastlabki namunalaridir. Uning «Mezon ul-avzon» (Vaznlar o‘lchovi) asarlarida aruzning nazariy, amaliy masalalari tadqiq etilgan. Husayn Boyqaro esa, o‘z navbatida, Navoiyning betakror mahorati, u yaratgan adabiy muhit, davr adabiy jarayoni haqida ma’lumot beruvchi risola yaratgan. Zahiriddin Muhammad Bobur «Muxtasar» kitobi bilan Navoiydan so‘ng aruz ilmi tadqiqini yangi bosqichga ko‘tardi. Bu kitobda aruzning 20 dan ortiq bahri, 530 dan ortiq vazni haqida ma’lumot beriladi. O‘zbek adabiyotshunosligining keyingi davrlardagi yo‘nalishini, asosan, tazkiralar belgilaydi. Jumladan, Fazliy rahbarligida she’riy shaklda yaratilgan «Majmuai shoiron» (Shoirlar guruhi) tazkirasi Qo‘qon xoni saroyiga to‘plangan ijodkorlar haqida nisbatan to‘liq ma’lumot beradi. Ahmad Tabibiyning she’riy shakldagi «Majmuat ash-shuaroi Feruzshohiy» (Shoh Feruz shoirlari guruhi) hamda «Muhammasoti majmuat ush-shuaroi Feruzshohiy» (Shoh Feruzshoirlari guruhining muxammaslari) tazkiralarida ijodkorlarning asarlari janrlarga bo‘lib o‘rganiladi (XX asr boshi). Birinchisida g‘azallar, ikkinchisida muxammas va musaddaslar tahlil etiladi. Matbuot va noshirlik ishlarining rivoji XIX asr oxiri – XXasr boshlarida o‘zbek tanqidchiligi, adabiyotshunosligi uchun yangi
imkoniyatlarni vujudga keltirdi. Ayniqsa, adabiy tanqidda uyg‘onish ro‘y berdi – harakatdagi adabiy jarayonni, yozuvchi ijodini, adabiy muammolarni davrning ma’naviy va estetik talablari, ommaning ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqib o‘rganish, adabiyot taraqqiyotidagi, ijodkor mahoratidagi yangiliklarni kashf etish, kamchiliklarni baholi qudrat ko‘rsatish boshlandi. Hoji Muin, Mirmuhsin Shermuhamedov, Behbudiy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Ashurali Zohiriy,
75.Turk-islom muhitida yaratilgan adabiyot.
Al-Beruniy nomi forscha "birun" (“chet” degan maʼnoni anglatadi) soʻzidan olingan boʻlib, u Afrigʻiy Xorazmshohlar poytaxti Kat shahrining chekka tumanida tugʻilgan.[2]Al-Beruniy hayotining dastlabki 25 yilini Xorazmda oʻtkazdi, u yerda islom, fiqh, ilohiyot, grammatika, riyoziyot, falakiyot, tibbiyot va falsafa, fizika va boshqa ilmlar bilan ham shugʻullandi. Beruniy ona tili boʻlgan xorazmiy tilidan tashqari fors, arab yunon, ibroniy va suryoniy tillarini bilgan va 50 yoshida sanskrit tilini o'rgandi.[3]Iroqiylarning oxirgi vakili Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi edi. Al-Beruniy falakiyot, riyoziyot, geodeziya, jug'rofiya va mineralogiya va tabiiy fanlarni yaxshi bilgan, shuningdek, tarixchi, xronolog va tilshunos sifatida ham ajralib turardi. U oʻz davrining deyarli barcha fanlarini mukammal oʻrgangani sabab qomusiy alloma deb nomlanadi va koʻplab ilm sohalarida tinimsiz izlanishlari uchun moʻl-koʻl mukofotlangan.[4] Shoh xonadoni va jamiyatdagi boshqa qudratli unsurlar Al-Beruniyning tadqiqotlarini moliyalashtiradi. Oʻziga xos taʼsirga ega boʻlgan Al-Beruniyning oʻzi ham falsafani oʻrganish davomida, boshqa xalqlarning olimlaridan, xususan, yunon olimlaridan ham ilhom olgan.Beruniy tibbiyotga bagʻishlangan „Saydana“ asarida mingdan ortiq dorivor moddalar nomini 30 tilda yozib chiqqan. Xorazmdagi siyosiy vaziyatni oʻzgarishi natijasida Beruniy 998-yili Joʻrjon shahriga ketishga majbur boʻladi. U bu davrga qadar Kat va Ray shaharlarida oʻzining dastlabki ilmiy izlanishlarini boshlab yuborgan edi. Jurjonda kechgan yillar (998—1004-yillar) Beruniy uchun yirik izlanishlar va ijodiy kamolot davri boʻldi. Oʻzining ilk astronomik tajribalarni 16 yoshida Kat shahrida boshlagan alloma, Joʻrjonda nafaqat astronomiya va boshqa tabiiy fanlar bilan shugʻullandi, balki tarix va din tarixi bilan ham qiziqdi. Olimning muhim asarlaridan biri „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ uning Jurjon saroyida xizmat qilgan davrida yaratiladi. 1000-yili tugallagan bu asar muallifning koʻp qirrali olim ekanini namoyish etdi va unga katta shuhrat keltirdi. Umuman, Beruniy Joʻrjonda 10 dan ortiq asrlarini bitishga muyassar boʻldi. Xorazmning yangi hukmdori Abu Abbos Maʼmun ibn Maʼmun Beruniyni oʻz saroyida katta izzat-hurmat bilan qabul qiladi. Maʼmun rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat koʻrsatish bilan birga siyosiy jarayonlarda ham Xorazmshohning yaqin maslahatchisiga aylanadi. Xorazmning Mahmud Gʻaznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qoʻydi. U Xorazmshoh saroyidagi aksariyat olimlar, jumladan, ustozi Abu Nasr ibn Iroq, Abul-Xayr Hammar va boshqalar bilan birga Gʻazna shahriga olib ketiladi. Maʼlumki, Xorazm ilmiy mazkazidagi olimlardan faqat Ibn Sino va Abu Sahl Masihiylar Mahmud Gʻaznaviy zulmidan havotirlanib, Gʻaznaga emas, Joʻrjonga qarab yoʻl olgan edilar. Beruniyning 1017—1048-yillarda Gʻaznada kechirgan hayoti moddiy va siyosiy jihatdan mashaqqatli boʻlishiga qaramasdan, uning ilmiy faoliyati uchun mahsuldor davr boʻldi. U Mahmud Gʻaznaviy saroyida kechgan dastlabki yillarda astronomiya va geodeziya masalalariga katta
76.Beruniyning afsona va rivoyatlari mazmuni
Tazod, mutobiqa, mutazod (arab. — zidlash) — badiiy tasvirning taʼsirchan va keng qoʻllanadigan vositalaridan. Nasrda ham, nazmda ham uchraydi. Oʻzaro zid tushunchalarni ifodalovchi soʻz yoki iboralarni ishlatishda koʻzga tashlanadi:Gahe tobtim falakdan notavonligʻ, Gahe koʻrdim zamondan komronligʻ. Base issigʻ-sovugʻ koʻrdim zamonda, Base achchigʻchuchuk togtim jahonda.Tazod sanʼati narsa-hodisalarni zidlash orqali hosil qilinadi.Atoyi sheʼrida yorning qop-qora sochini laylat ul-qadrga, oppoq yuzini esa subhi sodiqqa oʻxshatadi. Bir-birini inkor etuvchi ikki tushuncha ustalik bilan qoʻllangani uchun ham sanamning tengsiz chiroyini kitobxon koʻz oldida aniq va taʼsirchan tarzda tasavvur eta oladi:Manga sensiz tirilgandin oʻlim yuz qatla ortuqdur,Bu soʻzda, haq bilur, koʻnglum tilim birla muvofiqtur.Bu yerda “tirilmoq” va “oʻlmoq” soʻzlari oʻzaro zid qoʻyilgan.Quyidagi baytdagi tazodlar “nasya” bilan “naqd” soʻzlari tufayli hosil boʻlgan:Bu kun vaslingni tark ayla, tilar jannat zohidlar,Berurlar nasyagʻa naqdni, u ne nodon xaloyiqtur?(Atoyi)Sheʼriy sanʼatlarni qoʻllashda ham Navoiy dahosiga qoyil qolmaslikning iloji yoʻq. Quyidagi misolning har ikki misrasida ham tazod mavjud:
Mengizlari gul-gul, mijalari xor,
Qaboqlari keng-keng, ogʻizlari tor.(Alisher Navoiy)
77.Tazod san’atiga doir baytlarni to‘plash
SHe’rning uchinchi bandida «kechalari», «kunduzlari» singari tazod san’atidan foydalanish va «bo‘lsam» so‘zining takror kelishi muallif ruhiyatidagi qat’iyat va shijoatning bo‘rtiq ifodalanishiga olib kelgan:
Xos qullardek kechalari qoim bo‘lsam,
Mardonlardek kunduzlari soim bo‘lsam,
Kechalari orom olmay, rabbim desam,
Nechuk iloj etorimni bilmam, do‘stlar.

Aning baxshishindin bulut o‘ptanur,


Bu so‘zni butun chin tutur tushmani.
Ochun gul cherar, yo‘z alin qosh chetar,
Bir elkin tutub shahd, biri zahr qatar.
Niqob ko‘trur ochun biror yuz ochar,
Yozar qo‘l quchartek yana tark qochar,
Mazmuni:
Uning marhamatidan bulut uyaladi,
Dushmani bu so‘zga chindan ishonadi.
Olam kulib boqdi, yana qovog‘ini soladi,
Bir qo‘li bilan asal bersa,
Ikkinchi qo‘li zahar qo‘shib beradi.
Dunyo niqobini ko‘taradi, ba’zan yuzini ochadi;
Quchmoqchi bo‘lgandek qo‘l ochadi, yana yo‘q bo‘ladi.
Professor N.Mallayev asarda badiiy vosita sifatida qo‘llangan tazod usulini
ta’kidlab, asarda shu siraga kiruvchi so‘zlar qatorini keltiradi: yolg‘on – ko‘ni; yig
– shifo; ko‘nilik – egrilik; boylik – chig‘oylik; obodlik – xaroblik;
78.Adabiyot atamasi haqida tushunchangiz (sharqda va g‘arbda qanday tushuniladi).

79.«Panchatantra» va o‘zbek adabiyoti.


Panchatantra (sanskritcha „Besh kitob“) — sanskrit yozma adabiyoti yodgorligi. 3—4-asrlarda yaratilgan. Nisbatan soʻnggi variantlari saqlanib qolgan. Donishmand Vishnusharman podshohning johil oʻgʻillarini tarbiyalash uchun yaratgan, deb hisoblanadi.Panchatantra hayvonlar haqidagi masal va hikoyatlardan iborat 5 kitobni oʻz ichiga olgan, har bir kitob hikoya ichida hikoya usulida tuzilgan. Asarda hayvonlar obrazida inson qiyofalari namoyon boʻladi. Panchatantrada hind jamiyati hayoti istiora yoʻli bilan tasvirlanadi, nohaqlik fosh etiladi, insoniylik, yaxshi xulqlar targʻib qilinadi. Asar diniy tusdan xoli va shunisi bilan boshqa qadimiy hind yodgorliklaridan farq qiladi.Panchatantra keng tarqalgan boʻlib, jahon adabiyoti rivojiga katta taʼsir kursatgan. 6-asr oʻrtalarida pahlaviy, undan arab tiliga tarjima qilingan; arab tiliga qilingan tarjimasi „Kalila va Dimna“ nomi bilan shuhrat topgan. U 12-asrda fors tiliga, 13-asrda esa oʻzbekchaga oʻgirilgan.[1] Panchatantraning 60 dan ziyod tilda 200 dan ortiq tarjimalari maʼlum.
80.Gul va bulbul obrazlari aks etgan baytlar tahlili
Yozma adabiyotdagi ko‘pgina poetik timsollar dastlab xalq og‘zaki she’riyatida paydo bo‘lgan. Gul va bulbul timsoli buning yorqin dalilidir. Albatta, bu timsollarning mumtoz she’riyatimizdan keng o‘rin egallashida fors-tojik adabiyotining ham ta’siri bo‘lganligini inkor qilmaslik kerak. Ayni paytda ushbu an’anaviy poetik timsollardan qaysi shoir qanday maqsadlarda foydalangani va ularni qanday tarzda yangilay olganligiga alohida diqqat qilish lozimdir. Shuni inobatga olgan holda professor Ibrohim Haqqulov mana bunday fikrlarni bayon etadi: «Boburda o‘ziga xos bir gulparastlik zavqi bor. Shoir ba’zan gul timsolini shunday tashxislantiradiki, xayolingizda gulday nozik, gulday sehrli bir sanam jonlanib ketishini sezmay qolasiz. Bobur-she’rga gulning muattar bo‘yi, rangin bo‘yoqlari va betakror jozibasini mujassamlashtirgan shoir. Chunki qalamni u qachon fikr, qachon ruh va tuyg‘u yoki hol va ehtiros «qo‘liga» tutqazishni juda yaxshi farqlaydi».[5]Mumtoz adabiyotda Atoyi, Sakkokiy, Gadoiy, kabi shoirlar ham ijodlarida gul obraziga tez-tez murojaat qilganlar. Shu o‘rinda Atoyining g‘azalidan go‘zal tasvirli baytiga murojaat etamiz:Uyotqondin qizil gul ko‘nglaki g‘arqi araq bo‘lsin,Yuzi gulshan sari gulgun qiyo bog‘in beza-beza.[6]Alisher Navoiyda ham gul va bulbul timsoli alohida tasvir va talqin etilgan, bu haqda ustoz navoiyshunos Maqsud Shayxzoda quyidagi baytni keltirib, shunday deydi:

«Istamish bulbul vafo guldin, magarkim joladinBag‘ri qotmish g‘unchaning, baskim erur xandon anga.Bu bir baytning o‘zida shoir hayotning g‘amli bir manzarasini chizib beradi. Guldan vafo kutgan bulbul bechora bilmaydiki, g‘unchaning tabassum qilishi soxtadir, chunki u shudring donalaridan qotib qolib, doimo xandon ko‘rinadi».[7]Navoiy lirikasida gul timsolining ko‘plab ramziy ma’no va obrazlari bayon etilgan. Bu haqida yozar ekan adabiyotshunos A. ValixonovNavoiydagi gul obrazini sakkiz qismga ajratadi va ularnialohida‑alohida sarlavhalaydi[8].Alisher Navoiydanyana bir bayt:Zihi harlahni bulbul savtining zotingg‘a isboti,Jahon bog‘ida har gul yafrog‘i husnungg‘a mir’otiBu bayt haqida filologiya fanlari nomzodi Karomat Mullaxo‘jaeva shunday fikr bildirgan: “Juftlikda qo‘llangan gul va bulbul timsollari, ko‘pincha, faqat shu turkum g‘azallargagina xos ma’no-mazmun kasb etgan. Gul Olloh go‘zalligini namoyish etish uchun bir ko‘zgu bo‘lsa, bulbul ana shu go‘zallik shaydosi”.[9]Mavlono Lutfiy ijodida esa gul va bulbul timsoli betakror jilolanadi:Yuzung sifoti Lutfi so‘zin nozuk ayladi,Gul sadqasi durur, neki bulbul navo qilur!Boburning yana bir salafi Umar Xayyom ham gul, bulbul timsolidan juda o‘rinli foydalangan, bunga bir misol:Gul kulib boqardi, may jomda yoqut,Bir mast bulbul ko‘rib, etolmay sukut,Yurak tili bilan shivirlab aytdi:Umr o‘tib boradi, har fursatni tut.Gul tilga olinganda, albatta Bulbul ham yod etiladi. Buni qarangki, ular o‘zaro bir-biriga ohangdosh, nazmda qofiyadosh ham.Sen gulsenu men haqir bulbuldurmen,Sen shu’lasen, ul shu’lag‘a men quldurmen.Nisbat yo‘qdur, deb ijtinob aylamakim,Shahmen elga, vale senga quldurmen!(87)Ustoz Abduqodir Hayitmetov Boburning ushbumashhur ruboiysi haqida shunday deydi: «Lirik qaxramon nomidan Bobur o‘zini mahbubasi qoshida kamsitib, uni gul, o‘zini bechora bulbul, uni shu’la, o‘zini kul deb ataydi».[10]


81.“O‘g‘uznoma” dostoni haqida ma’lumot
OʻGʻUZNOMA" — turk shajarasi va ularning hukmdori Oʻgʻuz xoqon haqidagi epik yodgorlik; kitobiy epos. Uygʻur yozuvida bitilgan. Asarning asl nusxasi taxminan 15-asrda koʻchirilgan, Parij kutubxonasida saqlanadi. "Oʻ."ning turli variantdagi versiyalari bor. Uning eng koʻp tarqalgan varianti Abulgʻozi Bahodirxonning "Shajarayi turk" (1669) asarida saqlangan. "Oʻ." koʻp tillarga, jumladan, nemis (Doyets, 1815), rus (V.V.Radlov, 19-asrning oxiri; A.M.Shcherbak, 1959) va boshqalar tillarga tarjima qilingan. "Kitobi dadam Qoʻrqut"ning ham bir bobi "Oʻ." nomi bilan ataladi.«Oʻgʻuznoma» dostoni turkiy xalqlarning kitobiy eposlaridan biridir. Turkiy xalqlar tarixida ikkita kitobiy doston boʻlib, «Dada qoʻrqut kitobi» va «Oʻgʻuznoma»dir.Doston eski uygʻur-turk yozuvida bitilgan, asl matni Parij milliy kutubxonasida saqlanadi.Dostonga urugʻchilik jamiyatidagi mif va afsonalar asos boʻlgan. Tuzilish jihatidan «Oʻgʻuznoma» Kul tigin yodgorligiga oʻxshash. Dostondagi mifologik qatlam, oʻgʻuzning aniq bir geografik muhitdagi faoliyati shundan dalolat beradi. «Oʻgʻuznoma»ning boshlanmasida ham shunday xususiyat mavjud boʻlib, urugʻlarning paydo boʻlishiga oid afsonalar bilan turkiy urugʻlardan Ashin urugʻining paydo boʻlishiga oid afsona oʻrtasidagi uygʻunlik, qadimgi turk davridagi kultlar — daraxt, boʻri, osmon kultlarining qadimgi turkiy yodnomalarda va «Oʻgʻuznoma»da umumiyligi ham mazkur dostonning taraqqiyot yoʻlini belgilaydi.«Oʻgʻuznoma» ikki qismdan iborat. Birinchi qism mifologik qatlam boʻlib, bunga Oʻgʻuzning gʻayritabiiy tugʻilishi va gʻayritabiiy ulgʻayishi, yovuz shunqorga qarshi kurashishi va uni oʻldirishi lavhalari kiradi. Ikkinchi qismi esa tarixiy dostonlarga xos voqealardan iborat. Bu qismga Oʻgʻuzning uylanishi, farzandlarining tugʻulishi, jang lavhalari va turli mamlakatlarni bosib olishi, oʻgʻillariga oʻz qoʻl ostidagi yurtlarni boʻlib berishi lavhalari kiradi.
82.Irsoli masal san’atiga doir baytlarni to‘plash
1. /Irsoli masal.doc Irsoli masal gapda, yoki she’rda maqol, metal va hikmatli so’zlarni muayyan maqsadda tamsil yo’li bilan ishlatish san’atidirIrsoli masal Bu san’atning arabcha nomi irsol ul-masal fil-bayti. Biroq mumtoz poetikaga doir bir qator asarlarda irsoli masal (forsiy izofa) tarzida qayd etilgan.She’riyatimiz tarixida juda ko’p ishlatiladigan bu san’at haqida poetikaga doir deyarli hamma asarlarda ma’lumot berilgan. Biroq uning ta’rifi masalasida ayrim tafovutlar uchraydi. Masalan “Tarjimon ul-balog’a”da; “Balog’at jumlasidan yana biri shuki, shoir baytda hikmat keltiradi va u masal (tamsil) yo’li bilan bo’ladi” deyilsa, “hadoiq us-sehr”da: bu san’at shundan iboratki, shoir baytda mashhur bo’lgan timsol keltiradi deb tushuntiradi. “Aruzi Humoyun”da: “Irsoli masal shundayki, shoir o’z she’rida mashhur masalni keltiradi” deyilsa, “Jami muztasar”da ta’rif berilmay, faqat misol tariqasida keltirilgan bayt va undagi irsoli masal izohlanadi “Ilmi bade’ dar zaboni forsiy”da berilgan ta’rif quyidagicha: “Irsoli masal shundayki, shoir gapda tamsil qilishga loyiq bo’lgan mashhur masal “Ki hikmatomuz ibora keltiriladi, yohud gap ravonligi jihatidan juda maqul tushib, zarbulmasalga aylanadi”.Xullas, bu san’atning mohiyatini shunday izohlash mumkin: Irsoli masal gapda, yoki she’rda maqol, metal va hikmatli so’zlarni muayyan maqsadda tamsil yo’li bilan ishlatish san’atidir.Irsoli masal poetik san’at sifatida she’riyatimizning qadimgi namunalarida ham uchraydi. “Qutadg’u bilig” da “Hibat ul-haqoyiq” singari mashhur obidalarda bu san’atning mahorat bilan ishlatilgan o’nlab namunalarini ko’rish mumkin. Chunonchi, Ahmad Yugnakiy: “O’qigan va eshitganlarga foydali va yoqimli bo’lsin deb kitobimni nasihat va maqollar bilan bezadim”, deb yozadi.Mazkur asarlardan keyin yuzaga kelgan nasriy va she’riy asarlar tarkibida ham bu san’at muhim poetik vosita sifatida ishlatilgan.Irsoli masalning Alisher Navoiygacha bo’lgan o’zbek lirikasida qo’llanishi ustida gap borar ekan, bu san’atning yuksak namunasi sifatida Lutfiy va Atoiyning yuzlab baytlarini keltirish mumkin. Chunki bu shoirlar g’azaliyotida mazkur usul xilma-xil yo’sinda nihoyatda ko’p ishlatilgan bo’lib, ular uslubining yetakchi fazilatlaridan biriga aylangan. Hattoki Lutfiy, Atoiy devonlarida barcha baytlari irsoli masal bilan tugagan yaxlid g’azallarni uchratish mumkin.Alisher Navoiy g’azaliyotida bu uslub yanada sayqal topdi: uning she’rlarida, bir tomondan, yangidan jalb qilingan maqol, metal va hikmatli so’zlarni ko’plab uchratsak. Ikkinchi tomondan, ularning xilma-xil maqsad uchun rang-barang uslubda ishlatilganligini ko’ramiz. Shuningdek, Navoiyning o’zi ham hikmatli so’z darajasiga yetgan ko’plab bayt, misra va iboralar yaratgan.She’riyatimiz tarixida maqol, metal va hikmatli iboralarning poetik maqsad uchun ishlatilishida, asosan uchta muhim xususiyat ko’zga tashlanadi: 1. Keltirilayotgan maqol yoki matalga “masaldur” yoki “masaldurkim” so’zi yordami bilsn aniq ishora qilinadi., uning xalq orasida ma’lum va mashhur ekanligi ta’kidlanadi. 2. Maqol yoki metal (hech qanday ishorasiz) aynan keltiriladi. 3. Maqol yoki matalning mazmuni saqlangan holda, uning shakli biroz o’zgartiriladim yoxud she’riy vazn talabi bilan yangicha shaklda ifodalanadi.Quyidagi misollarda ana shu uchala holatni ko’rishimiz mumkin:Ayoqingg’a tushar har lahza gesu,Masaldurkim: charog’ tubi qorong’u.Tutarmen ko’zki, ko’rsam orazingni,
Ki derlar: oqqan oriqqa oqar su(v). (Lutfiy)
Yetti jon og’zimgakim, chiqmas uyidin ul hur,
Chiqmag’an jondin umid-ushbu masaldur mashhur.
Ey, ko’ngul, ishq ichra yo’q shoxu gadog’a imtiyoz:
O’t aro tengdur quruq yo o’l yog’ochning xirqati.
Ko’ngulni tuz, tilosang foyiz o’lsa tuz ma’ni,
Nedinki egri esa, egri ko’rguzur ko’zgu. (Navoiy)
Irsoli masalning chiroyli namunalarini hozirgi zamon o’zbek she’riyatida ham uchratish mumkin (biroq u qadar ko’p emas). Uning hozirgi paytda qo’llanishida ham yuqorida zikr etilgan uch xil usul mavjud.
Yonarmu arslon izidin, yigit so’zidan, deb
Maqol bordur, ajoyib gavhari bebaho so’z.
Ko’p nasihat tinglab Erkin qilmadi tarki ishq,
Bor masalkim: ish yurishmas, sohibi gar bo’lsa koj.
Sen-ku Zuhrosan falakda, intizoringman faqat,
Ne ajab, tolpinsa ko’nglim “Yo’q erur orzuda ayb”.
Umrini oshiq hamisha o’tkazur orzu bilan.
“Oyning o’n beshi qorong’u, o’n beshi yog’du bilan”.
Agar baytda ikkita maqol, metal yoki hikmatli so’z ishlatilgan bo’lsa, u holda irsoli ul-masalayn deyiladi. Misol:Bo’ldi bag’rim suv g’amingdin, yaxshilik qil-suvg’a sol;
Oxir, ey gul xirmani, albatta, har ekkan o’rar. (Atoyi)Umuman asrlar davomida she’riyatimiz uslubini bezab, unga o’ziga xos jilo bag’ishlab kelgan maqol, metal va hikmatli iboralardan foydalanish san’ati-irsoli masal she’riyatimiz hozirgi bosqichida ham qo’llanishga loyiqdir.
83.Eng qadimgi adabiy yodgorliklar (eski yozuvlar, san’at, ilm-fan)
Arxeologlar tomonidan olib borilgan ishlar O‘zbekiston yerlarida insoniyat hayotining ibtidosidayoq, ya’ni eng qadimgi zamonlardan boshlab insonlar yashaganiga va ularning ilk davrlardan o‘z ruhiy hayotlarini anglash hamda fikrlash qobiliyatlarini ishga solganlariga guvohlik

beradi. Jumladan, Boysun tog‘larining Teshiktosh darasidan 8-9 yoshli bolaning bosh suyagi topilgan bo‘lib, u neandertal odam zotidan ekani aniqlangan. Biz uchun e’tiborli jihati shundaki, bola maxsus qazilgan qabrga ko‘milgani va qabr tepasiga tog‘ echkisining shoxlari o‘rnatilganidir. Bu marhumni ko‘mish, uni xotirlash marosimlari, shuningdek, o‘limdan keyingi hayot to‘g‘risida tasavvurlar bo‘lganidan dalolat beradi. Bunday marosim va tasavvurlar esa ibtidoiy ijodiy tafakkur mahsuli edi.O‘zbekiston yerlarining juda ko‘p joylaridaga tog‘ va g‘orlarda qadimiy toshga o‘yilgan suratlar bor. Janubiy O‘zbekistonning Ko‘hitang tog‘laridagi Zaravutkamar deb atalgan g‘oridan topilgan suratlar qadimiy odamlarning surat chizishdan tashqari ularning ov qilish san’atlarini ham namoyon qiladi. Tasvirda yovvoyi buqaga hujum qilayotgan ovchilarning katta yopinchiq yopinib, qushlar ko‘rinishiga kirib olganlari aks ettirilgan. Tabiiyki, ovda bunday chalg‘itish ish beradi. Akademik A.Qayumov va professor N.Mallayevlar bunday suratlarning bir qanchasi borligini ta’kidlaydilar. Jumladan, Samarqandga yaqin Ilonsoy, Oqsoy, Toshkent yaqinidagi Hojikent qishlog‘ida, Farg‘ona vodiysidagi Takatosh deb atalgan joylarda xuddi shunday mazmundagi suratlar bor.Mazkur suratlarga ijodiy asar sifatida qaraladigan bo‘lsa, ularning metodi ibtidoiy realizm sifatida belgilanishi mumkin. Mezolit davriga xos suratlar ijodiy metodini magik simvolizm deb qarash to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki bu davrda yaratilgan suratlarda magik mavzular ustunlik qiladi. Dumli odamlar, hayvon skletlari tasvirlari ma’lum magik tushunchaning ramzi, simvoli bo‘lib xizmat qila boshlagan. Tasvirlardagi bu murakkablashuvni tafakkurda ijodiy takomil kechayotgani sifatida baholashga ham imkon beradi. Bunday tasvirlar simvollarning so‘zdagi shakllari: aytimlar, duolar bo‘lganiga ishora qiladi.Samarqand yaqinidagi Talibarzu va Afrosiyobda bir xildagi bir necha bo‘ydor, boshiga atrofi qalin konussimon kiyim, egniga chakmon, oyog‘ida uzun qo‘njli etik kiygan, bo‘yniga oltin va kumushdan marjonlar taqqan arxaik figuralar topilgan. Uni olimlar quyosh xudosi Mitraning qiyofasi deb taxmin qilganlar. Bunday kult va ilohalar tasviri oldida ham aytiladigan ibodat kalimalari bo‘lganini taxmin qilish mumkin.Bulardan tashqari, shohlar saroyidagi bazmlar, ziynatlangan oq fillar, xanjar, qalqon, sirtmoq tutgan jangchilar, shoh huzuridagi elchilar, qadah ko‘targan ayonlar, ovchilar va turli jonivorlarning tasviri tushirilgan oltin, kumush va bronza metallariga hamda devorlarga tushirilgan rasmlar juda ko‘p topilgan. Termiz yaqinidagi Ayritomdan topilgan musiqa chalayotgan uch ayol va Tuproqqal’adan topilgan arfa chalayotgan ayol tasviri tushirilgan frizlar tasviriy san’at yodgorligi bo‘lib qolmasdan xalqning badiiy tafakkuri rivoj topayotganiga ham dalildir.Arxeolog S.P.Tolstov Xorazm zaminida tekshirishlar olib borib, miloddan avvalgi IV ming yillikka oid madaniy yodgorliklarni aniqladi va ularni “Kaltaminor madaniyati” nomi bilan e’lon qildi. Xususan, Jonbosqal’aga tegishli ma’lumotlar katta ahamiyatli. Qal’ada asosiy markaz olov yonib turgan otashkada hisoblangan. Qal’a ahli tosh va suyakdan ishlangan qurollarga, san’atkorona ishlangan idish-tovoqlarga hamda bezak marjonlarga ega bo‘lishgan
84.Markaziy Osiyoda yaratilgan filologik asarlar.
Dunyo fanida Markaziy Osiyoda kechgan etno-lingvistik masalalar, turkiy tilning eng qadimgi davri, o‘zbek tilining ilk qadimgi ildizlari to‘g‘risida ayrim G‘arb sharqshunoslarining tadqiqotlarini ko‘rsatish mumkin. Xususan, J.Kloson, G.Derfer, I.Bensing, E. Pullibaenk, A.Tot, P.Konavalov, A.Dibo tadqiqotlari alohida o‘ringa ega.Yuqorida zikr etilgan tadqiqotlarning katta qismida ilk va o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda sodir bo‘lgan etno-lingvistik jarayonlar bir yoqlama, to‘g‘rirog‘i, yozma yodgorliklar tiliga yuzaki qarash kuzatiladi. Shu bois masala mohiyati chuqur o‘rganilgan emas. Ularni tizimli o‘rganish masalasida ham fan oldida qilinadigan ishlar ko‘p.Markaziy Osiyo mintaqasidan keyingi o‘n yillikda topilayotgan yozma yodgorliklar va ulardagi dalillar, shu kunga qadar shakllangan fikrlarni qayta ko‘rib chiqishni talab etmoqda. Chunonchi, dalillar tahlili, qadimgi yozma yodgorliklar tahlili, xitoy manbalaridagi ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, turkiy til miloddan avvalgi davrlardan boshlab xalqaro til darajasiga ko‘tarilgan. Chunki xitoy manbalarida bevosita Samarqand to‘g‘risida gapirib turib, “bu yerda turk qonunlarii va turk tili ustun edi” degan fikrlar bor. Demak, turkiy tilni davlat tili darajasiga erishuvi miloddan avvalgi II asrlardan boshlanadi. Undan ham qadimgi bo‘lishi mumkin. Chunki, bundan 8 yil oldin mana shu sharqshunoslik institutining professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston xalqlari yozuv tarixining uch ming yilligi to‘g‘risidagi fikr bilan chiqqan edi. Yozuv tarixining uch ming yilligi haqida fikr aytilganda turkiy mantlar ham hisobga olgan edi. Agarda mana shu da’vo tasdiqlanadigan bo‘lsa, bu juda katta siyosiy-ma’naviy ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu esa turkiy tilning, xususan, o‘zbek tilining xalqaro til sifatidagi ildizlari xronologiyasi uch ming yil bilan bo‘ylashishini ko‘rsatadi.Shuning uchun ushbu loyihida mo‘ljallanayotgan yo‘nalishdagi ilmiy ish amalga oshirilsa, ilk va o‘rta asrlardagi o‘zbek tilining ijtimoiy-siyosiy mavqei, Markaziy Osiyoda kechgan etnik va lingvistik vaziyat, mintaqada buddizm, moniylik, nasroniylik va islom dinining yoyilishi va Sharq tillarining ta’siri masalasi, shuningdek, ajdodlarimiz bunyod etgan saltanatlarda ona tilimizning huquqiy maqomini belgilashda nihoyatda qimmatli faktlarni beradi.4.3. Tadqiqot natijalari jamlanib ayni yo‘nalishda fan tarixida birinchi bo‘lib “Ilk va o‘rta asrlar Markaziy Osiyo mintaqasida etno-lingvistik vaziyat” mavzuida monografiya chop ettiriladi.O‘zbekiston oliy o‘quv yurtalarining tarix, filologiya yo‘nalishlarida tadqiqot natijalari asosida nazariy va amaliy kurslar tashkil etiladi. Ushbu kurslar usun o‘quv qo‘llanmalari va o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi.
85.Jamshid haqida afsona
85-savol.Jamshid — qad. afsonalarga koʻra, Eronda eng avval hukmdorlik qilgan peshdodiylar sulolasining toʻrtinchi va eng buyuk xukmdori. Shoh Tahmuerasdan soʻng 700 yil podshoxlik qilgan J. Istaxr sh.ni bunyod etib, mamlakatda behad farovonlik vujudga keltirgan, sharobni ixtiro qilib, Navroʻzni yangi yil bayrami sifatida nishonlashni joriy etgan emish. U hatto Zardushtdan ilgari Eronda mavjud boʻlgan bir diniy mazhabga asos solgan, oyna (Oyini jam) ixtiro qilgan hamda odamlarni hayvon terisiga oʻranish oʻrniga gazlamadan tikilgan kiyim kiyishga oʻrgatgan, davlat tuzumini tashkil etib, aholini tabaqalarga boʻlgan. Bu mazhab va oyna quyoshu tabiatga bogʻliq va ayshu ishrat bilan uygʻunlashgan bir suratda taʼriflanadi. Goʻyoki J. oʻz shonu shavkati va saltanatidan magʻrurlanib ketib, xudolik daʼvosini qilgan emish. Oqibatda Arabiston ya. o.dan, ehtimol Yamandagi od qavmidan Zahxok ismli bir xukmdor bostirib kelib, Eronni J.dan tortib olgan ekan. Soʻng , Zaxxok ikki yelkasidagi ikki ilonga mahalliy aholining navqiron oʻgʻillari miyasini yedira boshlabdi. Shunda oʻgʻillaridan ajragan bir Kova ismli temirchi bosh koʻtarib, Zahhokni oʻldiribdida, taxtni J. naslidan boʻlmish Faridunga olib beribdi. Faridun adolat bilan davlatni idora qilib, keksaygach uch oʻgʻliga mamlakatni boʻlib berish bilan Hazrat Nuhning maqomlariga erishibdi.J.ni baʼzilar Hazrat Sulaymonning aynan oʻzlari, deb taʼkidlashadi. J., sharobni ixtiro etganligi boisidan, shoirlar oʻrtasida "Qadahiy" (Jomi Jam) nomi bilan ham mashhurdir. Keyinchalik topilgan qad. hind braxmanlari afsonalariga koʻra, bu hikoyaning hind afsonalaridan naql etilgani maʼlum boʻladi. Haqiqatan, Zardusht brahmaniylar dinidan ajralib chiqib, alohida bir mazhab taʼsis etgani uchun vatanidan badargʻa qilinib, Eronga kelib qolgan. Shunga binoan eroniylar qad. hind afsonalarini oʻrganishgan. Qad. Eronning tarixi Zardushtning kitobi boʻlmish Zandovastodan olingandir. Qad. hind afsonalarida J. yoki Jomo Shaydo quyoshni anglatuvchi bir maʼbud ismi boʻlib, bu ismni tashkil qiluvchi soʻzlarning birinchisi — "xukmdor" va ikkinchisi — "quyosh" maʼnosidadir, yaʼni "quyosh podshoh" demakdir.
86.Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asaridagi hikoyatlar tahlili.
86-savol.Nizomulmulk (1017, Tuye - 1092, Nahovand) — Saljuqiylar davlat arbobi Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Ishoq at-Tusiyning unvoni, "Nizo-mulmulk", yaʼni mulkning nizomi, tartibi nomi bilan shuhrat qozongan. Nishopur va Marvda oʻqib, voyaga yet-gach, Balxga borib, Ali ibn Shodon xizmatiga kiradi. Keyinchalik u Do-vud ibn Mikoilga dabir boʻladi.Saljuqiylar shohi Alp Arslon saroyida vazirlik mansabigacha koʻtariladi. 1072 yil Alp Arslon oʻldirilgach, uning oʻgʻli, 17 yoshlik Malikshoh (1072—92 yillar) saroyida N. vazirlik qilib, qariyb davlatning hamma ishlarini oʻzi olib borgan. Malikshox. uni oʻz homiysi— otabek deb atagan. N. mamlakatda yirik mulkdorlar va qabila boshliqlarining ayirmachilik (separatistax) harakatlariga qarshi kurashib, davlatni boshqarish ishlarini markazlashtirish siyosatini oʻtkazgan. 1067 yil Bag‘dodda "Nizomiyya" aqoid va huquq madrasasini qurdiradi. 1091 yil "Siyosatnoma" ("Siyar ul-muluk") asarini yozadi. Unda davlat boshqaruviga aloqador qariyb hamma qoida va qonunlar, usul va vositalar, qozi va qozixona ishlari,qo‘shin va sarvozlari, xizmatchi va shaxsiy sarbozlar masalalari, saroydagi soqchilari posbonlar vazifalari, ularning maoshlari, pochta va ayg‘oqchilik (razvedka) ishlari, ularning moddiy jihatlari, hatto shohning oilaviy ishlari, solqi va hiroj, zakot va vaqf masalalari ham oʻrin olgan. Asarning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, vazir N. shoh va hokimlarni adlu insofga, sulh va muruvvatga, davlatni oqilona boshqarib, qatʼiy qoida va tartib oʻrnatishga, amaldorlarni vijdonli, pok, halol va iymonli boʻlishga, mamlakat obodonligi, uning ahli farovonligi, tinchlik va totuvligini taʼminlash uchun harakat qilishga da‘vatqiladi. N. Bagʻdod safari yoʻlida yollangan qotil tigʻidan halok boʻladi.
87.Imom Buxoriy va at-Termiziy.
87-savol.Buxoriy, Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy) (810.21.7, Buxoro— 870.31.8, Samarqand yaqinidagi Hartang qishlogʻi) — islom olamining yirik mutafakkiri. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi.Otasi Ismoil oʻz davrining yetuk muhaddislaridan, Malik ibn Alasning shogirdi va yaqinlaridan biri boʻlib, tijorat ishlari bilan shugʻullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5-6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammadning hadislarini oʻrganishga va yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar — Doxiliy, Muhammad ibn Salom Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin oʻz yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan boʻlishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi.Buxoriy 16 yoshga yetguncha, oʻz yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikningturli viloyatlari tomon yoʻl oladi. 825-yil Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, oʻzi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan olimlarning ilmiy yigʻinida qatnashadi. 827-yil Madinaga boradi. Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqalar bilan muloqotda boʻlib, ulardan hadislar boʻyicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammadning hadislarini toʻplash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi.Bir necha tarixchilarning taʼkidlashicha, Imom Buxoriy Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan safarlari 6 yil davom etgan. Soʻng Basra, Kufa va Bagʻdodga safar qiladi. Shom va Misrga oʻtadi. Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx, Hirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarda boʻlib, bu shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar toʻpladi.
Imom Buxoriyning asarlari orasida eng mashhur boʻlgani "Al-jome‘ as-Sahih"dir. Undan tashqari tarixiy voqealar va shaxslarni chuqur tahlil qiladigan, hadis ilmining asoslaridan boʻlgan ilmlarga oid bir qator oʻta ahamiyatli kitoblar yozdi. Imom Buxoriyning ilmiy ahamiyati yuksak boʻlgan bir nechta asarlar tasnif qildi: „Al-jomeʼ as-sahih“, „At-tarix al-kabir“, „At-tarix as-sagʻir“, „At-tarix al-avsat“, „At-tafsir al-kabir“ „Birrul volidayn“, „Asmo as-sahoba“, „Kunyalar“ va boshqalar. Ular orasidagi „Al-jomeʼ as-sahih“ asari islom olamida Qur‘ondan keyingi eng muhim manba sifatida eʼzozlanuvchi manba hisoblanadi.Imom Buxoriyning hadislar toʻplash borasidagi qoʻygan shartlari boshqa muhaddislarning shartlaridan koʻra aniqroq boʻlgani sababli „Al-jomeʼ as-sahih“ asari „Eng ishonchli hadislar toʻplagan“ nomiga sazovor boʻlgan
88.May, soqiy, tarso, jom, xarobot timsollari keltirilgan baytlarni to‘plash
SHuningdek, quyidagi baytlarda tasavvuf ilmida keng tarqalgan ramz – may ramzi bor:
Kel, ey soqiy, keturgil bodayi nob,
Kula o‘ynayu ichsunlar bu ashob…
Kel ey soqiy, keturgil jomi Jamni,
Kishining ko‘nglidin may yur g‘amni…
Kel ey gulchehra soqiy, may keturgil,
Meni hayrat maqomig‘a eturgil.

Habibim naqshidin ma’ni bo‘loyin,


Tahayyurda o‘zimdin qurtuloyin…
Xarobot ichra masjidda erim bor,
Kim ush ham rindmen, ham podshomen.
Birinchi va ikkinchi baytlarda may yoki boda timsoli muhim mohiyat kasb etadi. May timsoli tasavvuf adabiyotida keng tarqalgan bo‘lib, «ilohiy ishq – ma’rifat, donish ishtiyoqining avji qiyomi, YOr jamoli mushohadasidan oshiq dilida paydo bo‘lgan kuchli zavq – ilhomning, behad xursandlik, sururning ramziy ifodasi sifatida tilga olingan». Soqiy so‘zi ham bu erda ramniy ma’noga ega, ya’ni mutlaq fayziyot, ma’rifat bulog‘i demakdir.
89.«Qutadg‘u bilig» va uning nusxalari
89-savol.Qutadgʻu bilig“ („Saodatga yoʻllovchi bilim“) — Yusuf xos Hojib asari, turkiy adabiyotning nodir namunasi, 1069—70-yillarda yaratilgan. Muallifning asar muqaddimasida xabar beri-shicha, bu kitob oʻz davridayoq keng tarqalib, mashhur boʻlgan. Chin (Shimoliy xitoy)liklar uni „Adab ul-muluk“ („Hukmdorlar odobi“), mochin (Janubiy xitoy)liklar „Oyin ul-mamlakat“ („Hukmdorlik qonun-qoidalari“), Sharqiy xitoyliklar „Ziynat ulumaro“ („Hukmdorlar ziynati“), eronliklar „Shohnoma“i turkiy ("Turkiy „Shohnoma“), baʼzilar „Pandnomai muluk“ („Hukmdorlar pandnomasi“), turonliklar esa „Qutadgʻu bilig“ deb ataganlar.„Qutadagʻu bilig“ dostonini yaratar ekan, muallif oʻz oldiga qoraxoniylar davlati hokimiyatini mustahkamlash, Tavgʻachxon bilan Eloqxonlar oʻrtasidagi ixti-loflarni bartaraf etish, hukmron doiralarning turli ijtimoiy tabaqalarga munosabatini belgilash, maʼrifat va obodonchilik uchun kurash, yaxshi xulq-odobni targʻib qilish kabi maqsadlarni qoʻygan. Bu bilan Yusuf Xos Hojib oʻz davrining yirik maʼrifatparvari va donishmandi sifatida gavdalanadi.„Qutadgʻu bilig“ markaziga 4 masala qoʻyilib, ular 4 obraz vositasida ochib berilgan: birinchisi — adolat boʻlib, u pod-shoh Kuntugʻdi timsolida, ikkinchisi — davlat boʻlib, vazir Oytoʻldi, uchinchisi — aql boʻlib, vazirning oʻgʻli Ugdilmish, toʻrtinchisi — qanoat boʻlib, uning qarindoshi Oʻzgʻur-mish qiyofasida tasvirlanadi. Shunga muvofiq ravishda qoʻyilgan masalalar voqealar rivoji, qahramonlarning oʻzaro suhbati, bahsmunozarasi, savol-javoblari, pandnasihatlari vositasida hal qilinadi. Muallif bahsli masalalar yuzasidan ham axloq-odob, ilm, insoniylik va adolat doirasida fikr yuritadi hamda podshoh va amaldorlardan tortib dehqonu hunarmandgacha — jamiyatdagi barcha toifalarning huquq va burchlari haqida oʻz mulohazalarini bildiradi. Borliq haqidagi bilimlarga toʻxtalgan Yusuf Xos Hojib odam bilishi mumkin boʻlmagan narsa, bilim bilan yechilmaydigan jumboq yoʻq, bilim tufayli osmon sari ham yoʻl ochiladi, deydi; bilish uchun esa tinmasdan oʻrganish lo-zim, deb uqtiradi.Asar muallifining soʻnggi tahriridan oʻtgan va Tavgʻach Bugʻroxonga taqdim etilgan nusxasi nasriy (38 mis-ra) va sheʼriy (77 bayt) muqaddima, kirish boblar (390 bayt), asosiy qism (68 bob, 5896 bayt), xotima (2 qasida va masnaviy bob)dan iborat. Jami 6520 bayt.
„Qutadgʻu bilig“ning 3 qoʻlyozma nusxasi fanga maʼlum: ulardan biri uygʻur yozuvida koʻchirilgan boʻlib (1439, Hirot), Vena Saroy kutubxonasida saqlanadi; arab yozuvida koʻchirilgan 2 nusxadan biri Qohirada (1896-yil shu yerda topilgan), ikkinchisi (1913-yil Namangandan topilgan va 1925-yil Abdurauf Fitrar tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan) Toshkentda, OʻzFA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Asarning ilk nashri H.Vamberi tomonidan amalga oshirilgan (1870). Shundan keyin bu asar V.Radlov (1890; 1910), S.Ye.Malov (1929; 1951), R.R.Arat (1942; 1943; 1947; 1959), Q.Karimov (1971), B.Toʻxliyev (1989), uygʻur olimlari (1984) tomonidan nashr etildi. Asar ingliz, nemis, fransuz, rus, chex, turk, uygʻur, xitoy va boshqa tillarga tarjima qilingan. Uni J.Amade, A.Fitrat, R.Arat, Ye.E.Bertels, H.Vamberi, V.Radlov, S.Malov, A.N. Kono-nov, S.N.Ivanov, D.Nasilov, A.Valitova, Gʻ.Abdurahmonov, Q.Karimov, B.Toʻxliyev, Q.Sodiqov va boshqa chet el va oʻzbek olimlari oʻrganganlar
90.«Hibat ul haqoyiq»da Qur’oni karim oyatlari.
90-savol.Hibat ul-haqoyiq" - Ahmad Yugnakiy tomonidan yozilgan asar. Oʻziga xos axloq kitobi boʻlgan bu asarga Qurʼoni karim va Hadisi sharif maʼnolari singdirilgan. U islom dini axloqini tashviq qilish, komil insonni tarbiyalab yetishtirish maqsadi bilan yozilgan. "Hibat ul-haqoyiq" yozma manbaining to'liq nusxalaridan biri Hirotda, XV asrda qadimgi uyg'ur yozuvi asosida ko'chirilgan, asarning ikkinchi to'liq nusxasi 1480-yilda Istanbulda Abdurazzoq Baxshi tomonidan arab yozuvi bilan ko'chirilgan. Dostonning arab yozuvi bilan ko'chirilgan uchinchi nusxasi XVI asr boshlariga mansub. "Hibat ul-haqoyiq"ning asosiy nusxalari Turkiya kutubxonalarida, ayrim parchalardan iborat bir nusxasi Berlinda saqlanmoqda. Asar 256 bayt, ya'ni 512 misradan iborat. G'azal va to'rtliklar she'r shaklida yozilgan. Adib Ahmad Yugnakiy ham boshqa o'tgan buyuklar kabi Allohni madh etish bilan boshlaydi."Hibat ulhaqoyiq" 14 bob, 512 misradan iborat. Dostonning 1bobi Allohga hamd, 2bobi Muhammad (sav) naʼti va choryorlar taʼrifiga, 3bobi Dod Sipohsolorbek madhiga bagʻishlangan. 4bobda kitobning yozilish sabablari bayon qilingan. Dastlabki 4 muqaddima bobdan soʻng asosiy qismga oʻtiladi. 5bob — maʼrifatning foydasiyu jaholatning zarari, bbob — til odobi, 7bob — dunyoning oʻtkinchiligi, 8 bob — saxiylik va baxillik, 9 va 10boblar turli masalalarga bagʻishlangan boʻlib, 11bob — kitobning xotimasi (asarning 1480 yil Istanbulda Abdurazzoq Baxshi tomonidan koʻchirilgan nusxasida 11 bob mavjud — 3 bob yo tushib qolgan, yo boshqalariga qoʻshilib ketgan).
91.Qadimgi mif va afsonalari (Mitra, Anaxita, Qayumars, Jamshid).
Mif – yunoncha so‘z bo‘lib, «afsona», «rivoyat» ma’nolarini bildiradi. Ammo mifni afsona bilan bir deb bo‘lmaydi. Mif badiiy tafakkurning eng kichik, sodda, epik syujetga ega bo‘lmagan ilk badiiy shaklidir. Mif adabiy jarayonning birinchi bosqichidir. Yoki quyidagi ta’rif mif bilan afsonani yanada aniqroq farqlashga, ular o‘rtasidagi ayirmani yanada tushunarli qilib ko‘rsatishga xizmat qiladi: «Miflar – biz hozirda afsona deb ataydigan muqaddas rivoyatlar xarakterini qabul qiladi, Mif bilan afsona o‘rtasidagi farq tushunarli: mif – tafakkurning beixtiyor shaklidir, afsona – ongli ijodning mahsulidir». Insoniyat mif yaratishni maqsad qilib qo‘ymaydi, balki ma’lum kultlar, udumlar, urf-odatlarni bayon qilish natijasida miflarning ayrim turlari kelib chiqadi, Bular ko‘proq totemistik miflarga, kosmogonik miflarga va boshqa qator mif turlariga tegishli.Mif – ibtidoiy insonning fikrlash darajasini ko‘rsatuvchi omil. Ibtidoiy inson o‘zini tabiiy olamdan aniq ajrata bilmagan, shu bois tabiiy ob’ektlarga o‘z insoniy xususiyatlarini ko‘chiravergan – tabiiy ob’ektlar inson kabi hayot kechiradi, insoniy his-tuyg‘ulari bor, ongli, ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan xo‘jalik faoliyatini yuritadi, deb bilgan. Shuningdek, inson ibtidoiy bosqichda mavhum fikrlashni bilmagan. Mifning barcha turlari manbai ana shu fikrlashda. Fetishizm, animizm va totemizm kabi ishonch-e’tiqodlar ham aslida atrof muhitni «insonlashtirish»dan kelib chiqqan.Turkiy miflar ham ayni shu xususiyatlar va jarayonlarni bosib o‘tgan. Qadimgi turkiy miflarning manbai O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklari va qadimgi xitoy yilnomalarida, ayrim arab, fors va boshqa manbalarda saqlanib qolgan. Qadimgi turkiy yozma yodgorliklardan Kultigin bitiktoshining birinchi misrasida olamning va insoniyatning paydo bo‘lishi haqidagi mif mavjud: Uza ko‘k tangri asra yag‘iz yer qilintuqta akin ara kisi o‘g‘li qilinmis. Kisi o‘g‘linta uza achum apam Bo‘min qag‘an, Istami qag‘an o‘lurmis, o‘luripan turk bo‘dunin alin to‘rusin tuta birmis, ita birmis – Yuqorida ko‘k osmon, ostda qora yer qilinganda. Ikkovining orasida inson bolasi yaratilgan. Inson bolasi ustidan ota-bobom Bo‘min xoqon, Istami xoqon o‘tirganlar, o‘tirib, turk xalqining davlatini, qonun-qoidalarini ushlab turgan, rioya qilib turgan
92.“Oltin yorug’”ning yaratilishi
Islomgacha yaratilgan yozma obidalar orasida moniylik oqimidagi she’rlar, «Xuastuanift» yoki (Moniylarning tavbanomasi), buddaviylik oqimiga mansub «Maytri smit», «Oltun yorug‘» ya’ni (oltin singari nur) hamda ko‘plab buddaviylik va moniylik matnlari parchalari hamma davrda ham Markaziy Osiyo turkiy xalqlarining ijodiy mahsuli bo‘lib keldi. Mazkur adabiy yodgorliklar orasida «Oltun yorug‘»diqqatga sazovor bo‘lib, bir necha asrlar davomida Turonzaminida ma’naviy muhitning barqarorlashuvida katta xizmat qildi. Asar buddaviylikka mansub bo‘lib, xalqning shuuriy izlanishlari, e’tiqod butunligi orqali paydo bo‘ldi. Asar turkiy tilli xalqlar orasida e’tiborga molik asar bo‘lgani uchun ham X – XVIII asrlar davomida o‘n marta ko‘chirilgan va sharqdagi ko‘p tillarga tarjima qilingan. «Oltin yorug‘»ning Radlov – Malov nusxasi 10 kitobdan iborat. Asarni 1910-yili rus olimi S.Ye. Malov Xitoyning Gansu viloyatiga qarashli Vinshgu qishlog‘idagi buddaviylar ibodatxonasidan topgan. Asar qo‘lyozmasi 355 varaq (710 sahifa)dan iborat bo‘lib, 1687 yili ko‘chirilgan. Hozirda bu nusxa Sankt – Peterburgning Osiyo muzeyida saqlanadi. Bu asarni birinchi marta V.V.Radlov va S.Ye. Malov eski uyg‘ur-turk alifbosida chop ettirganlar. O‘nta kitob jami 31 bo‘limni o‘z ichiga oladi. «Oltun yorug‘» asari o‘z davrida buddaviylikka e’tiqod qiluvchi qavmlar orasida keng tarqalgan. Bu asar ular e’tiqod qiladigan buddaviylik qonunlaridan iboratdir. «Oltun yorug‘» mazmunan va mohiyatan buddaviylikning maxayana mazhabiga oiddir. Maxayana ta’limoti O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Ayniqsa, Kushon davlatida shoh Kanishka hukmronligi (uning hukmronligi milodiy 78-yildan boshlangan) davrida maxayana keng tarqalib, rasmiy diniy oqim darajasiga ko‘tarildi. Kanishka buddaviylik tarixida «ikkinchi Ashok» (miloddan oldingi 274\268 – 236\234-yillarda hukmronlik qilgan shoh, u Baqtriyaga, So‘g‘dga missionerlar yuborgan) nomi bilan shuhrat qozondi. Kanishka davrida «Oltun yorug‘»dan boshqa, maxayana mazhabining asosiy qoidalarini targ‘ib qiladigan ko‘plab asarlar yaratildi. «Oltun yorug‘» asarining qadimgi turkiydagi to‘liq nomi «Altun onglug, yaruq, yaltiriqligh, qopta kötülmsh nom ïlïkï atligh nom bïtïg – Oltin rangli, yorug‘, yaltiroq, hamma (narsa)dan ustun turadigan no‘m podshohi nomli no‘m bitigi» deb nomlanib, hozirgacha Oltun yorug‘» deb nomlanib keladi. Asarning sanskritcha nomi «Suvarnaprabxasa»dir. «Oltin yorug‘»ning asl matni taxminan milodiy I asrda yaratilgan bo‘lib, sudur (sutra)lardan tashkil topgan. Sudur – sanskritcha so‘z bo‘lib, «hikmatli so‘z, qisqa yo‘llanma» ma’nosini bildiradi. Bu terminning boshqa ma’nolari ham bor. Har bir bo‘limda buddaviylikning muhim jihatlari to‘g‘risida Tangrilar tangrisi Burxon bilan Xo‘rmuzd hamda boshqa tangrilar o‘rtasida savol-javob kechadi. Buddaga berilgan savol bilan mavzu boshlanadi. Budda savolga javob berayotganda, orada hikoyalar ham kiritiladi.Bu asar boshdan-oxir maxayana mazhabini targ‘ib qilishga qaratildi. Savol tug‘iladi: nima uchun aynan maxayana mazhabi asosida yaratildi va Kanishka ham aynan shu ta’limotni yoyish uchun xizmat qildi. Zotan, maxayana ta’limotida ichki poklanish, ruhiy, ma’naviy sog‘lomlik bosh o‘rin tutadi. Qolaversa, Markaziy Osiyodagi azaliy ma’naviy muhit ham maxayana mazhabi bilan uyg‘unlashadi. «Oltin yorug‘»ning asl nusxasi yaratilish davri, birinchidan, aynan Kushon imperiyasining kuchayib, Hindistonning katta qismini egallab olgan davrga to‘g‘ri keladi. Ikkinchidan Kushon imperiyasi Markaziy Osiyodagi turkiy qavmlar davlati bo‘lgani bois bu imperiya hukmronligiga qadar buddaviylik O‘rta Osiyoda, xususan, Janubiy O‘zbekiston hududida endi yoyilib borayotgan edi. Maxayana «katta g‘ildirak» yoki «najotning katta yo‘li» degan ma’noni bildirib, buddaviylikda asosiy yo‘nalishlardan biridir. Maxayana mustaqil yo‘nalish sifatida milodgacha 1 asrda ilk buddaviylik maktabi maxasangxiki – asosida tashkil topgan. Maxayananing to‘liq shakllanishi milodning boshlariga – sutralar alohida guruh sifatidapaydo bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Maxayana yo‘nalishini buddaviylik bilan shug‘ullangan Nagarjuna, Ashvagxosha, Shantarakshita, Chandrakirti kabi buyuk faylasuflar rivojlantirdilar.
93.G‘azal va qit‘a, tuyuq va ruboiyning o‘xshash va farqli jihatlari

94.Ilmi adab – sharq adabiyotshunosligining asosi.


Adabiyotshunoslik badiiy adabiyotni, uning mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari, paydo bo‘lish va rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy funksiyasi, ijodiy jarayon qonuniyatlarini o‘rganadigan fan. U bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan 3 bo‘limni: adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi va adabiy tanqidni o‘z ichiga oladi. Adabiyotshunoslikning ildizi maqol, qo‘shiq, doston singari xalq og‘zaki ijodi namunalari yuzasidan bildirilgan ilk mulohazalarga borib taqaladi. Masalan, Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asaridan joy olgan matallarga, badiiy so‘z unsurlariga ilmiy-tekstologik munosabat, o‘sha davr adabiy janrlari haqidagi fikrlar adabiyotshunoslikning olis tarixidagi ko‘rinishidir. Adabiyotshunoslik ilmiga oid teran qarashlar Forobiyning «She’r san’ati...» kitobida mufassal bayon qilingan. Unda she’riy asarning yaralish tabiati, ijodkor shaxsi va mahorat muammolari, so‘z qadri xususida fikr yuritiladi.Adabiyotshunos olim Abdulqodir Jurjoniyning «Asror ul-balog‘a fi-ilmi bayon» (Bayon ilmida balog‘at sirlari) asarida so‘z san’atidagi shakl va mazmun masalasiga alohida urg‘u berilsa, qomusiy olim Qays Roziyning «Kitob ul-mo‘jam fi-maoyiri ash’or il-ajam» (Ajam she’riyati me’yorlari qomusi) kitobida nazariy masalalar – aruz tizimi, poetik san’atlar, she’riy janrlar tahlil etilgan. Kaykovusning «Qobusnoma»sida esa, she’r jamiyatning turli qatlamlari estetik talablaridan kelib chiqib yaratilishi, badiiy asar, albatta, ta’sirchan bo‘lishi lozimligi haqidagi mulohazalar o‘rin olgan. Adabiyot tarixi yo‘nalishida muayyan xalq (xalqlar, mintaqa, jahon) badiiy adabiyotining tarixiy taraqqiyoti hamda yozuvchi-shoirlarning hayot va ijod yo‘li chuqur o‘rganiladi. Jumladan,
o‘zbek milliy adabiyoti bosib o‘tgan uzoq tarixiy yo‘l, zamon, siyosat va adabiy jarayon munosabatlarining o‘ziga xosliklari, u yoxud bu ijodkorning ushbu jarayonga ko‘rsatgan ta’siri yuzasidan ko‘plab tadqiqotlar yaratilgan. Adabiyotshunoslik tarixida yashagan shoir va adabiyotshunos Nizomiy Aruziy ibn Umar Samarqandiy, adabiyotshunos olim Atoulloh Husayniy, Zamaxshariy, Xondamir, Vosifiy asarlari muhim ahamiyatga egadir. O‘zbek adabiyotshunosligining takomili Navoiy ijodiy faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. O‘zbek tilidagi tazkira janriga asos solgan «Majolis un-nafois» (Go‘zal majlislar) ilk o‘zbek adabiy qomusi hisoblanadi. Ushbu asarda Navoiy deyarli yarim asr mobaynida o‘ziga zamondosh bo‘lgan 469 shoir, olim, bastakor, xattot, she’riyat homiylari haqida ma’lumot beradi, badiiy mahorat, san’atkorning ijtimoiy burchi, poetik janr masalalarini yoritadi. Navoiyning «Holoti Pahlavon Muhammad», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», Jomiyga bag‘ishlangan «Xamsat ul-mutahayyirin» (Besh hayrat) singari asarlari adabiy portretning dastlabki namunalaridir. Uning «Mezon ul-avzon» (Vaznlar o‘lchovi) asarlarida aruzning nazariy, amaliy masalalari tadqiq etilgan. Husayn Boyqaro esa, o‘z navbatida, Navoiyning betakror mahorati, u yaratgan adabiy muhit, davr adabiy jarayoni haqida ma’lumot beruvchi risola yaratgan. Zahiriddin Muhammad Bobur «Muxtasar» kitobi bilan Navoiydan so‘ng aruz ilmi tadqiqini yangi bosqichga ko‘tardi. Bu kitobda aruzning 20 dan ortiq bahri, 530 dan ortiq vazni haqida ma’lumot beriladi.
95.Doston va afsona janrlarining farqini tushuntiring.
Doston, poema — liro-epik janr; shu janrdagi badiiy asar. Oʻzbek xalq, ogʻzaki ijodi va oʻzbek mumtoz adabiyotida keng tarqalgan. Dostonda muayyan voqea liro-epik tasvir vositalari yordamida hikoya qilinadi. Unda hayot, voqelik keng koʻlamda qamrab olinadi, bir yoki ikkita bosh qahramon ishtirok etadi, personajlar esa koʻp boʻladi. Syujeti sertarmoq, rang-barang. Xalq ogʻzaki ijodidagi Dostonlar nazm va nasrav., yozma adabiyotdagi Dostonlar nazmda boʻladi, bunda nasr voqealarni bogʻlovchi vazifasini oʻtaydi. Yozma adabiyotdagi Dostonlarda lirizm kuchliroq, ayniqsa, hozirgi zamon Dostonlarida lirik asos yanada salmoqliroqdir. Jahon mumtoz adabiyotidagi Dostonlar keng qamrovligi va hajmining kattaligi, koʻtarib chiqqan ijtimoiy, siyosiy, axloqiy muammolari, syujetining sertarmokligi va dramatizmining oʻtkirligi, personajlarining koʻpligi bilan ajraladi. Bunday asarlar markazida jamiyat va xalq takdiri turadi, jamiyat, xalq va qahramon yaxlit, bir butunlikda tasvirlanadi, ular oʻrtasida ziddiyat boʻlmaydi, balki shu xalq, shu qahramon bilan tashki dushmanlar oʻrtasidagi kurash, yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi ziddiyat tasvirlanadi. Ularda vatanparvarlik, qahramonlik, insonparvarlik, mehr-muhabbat, doʻstlik va sadoqat, mehnatsevarlik gʻoyalari ilgari suriladi. Ilk dostonlar Yunonistonda paydo boʻldi. Ularda afsonaviy qahramonlarning jasorati, xudolarning karomati haqida kuylangan. Gomerning "Iliada" va "Odisseya", Dantening "Ilohiy komediya", Firdavsiyning "Shohnoma" asarlari Doston janrining kad. namunalaridir. Dostonlar, oʻz mohiyatiga koʻra, qahramonlik ("Alpomish", "Farhod va Shirin"), sarguzasht-detektiv ("Sabbai sayyor"), ishqiy-romantik ("Tohir va Zuhra", "Layli va Majnun"), jangnoma ("Yusuf va Ahmad", "Saddi Iskandariy"), tarixiy-memuar ("Shayboniynoma", "Jizzax qoʻzgʻoloni"), falsafiy ("Hayrat ul-abror"), fantastik-allegorik ("Lison uttayr"), didaktik ("Qutadgʻu bilig") turga boʻlinadi.Afsona – 1) xalq ogʻzaki ijodi (folklor) janri. U xayolot, uydirma va toʻqimadan iborat boʻlsada, soʻzlovchi va tinglovchi tomonidan haqiqatdek tasav-vur etiladi, hatto boʻlib oʻtgan davri, makon ham koʻrsatiladi. A.lar ogʻizdan-ogʻizga, eldan-elga oʻtib kelgan, ifoda usuli bayon tarzida.A. ogʻzaki hikoyat boʻlib, u xayoliy ob-raz yoki tasavvur asosiga quriladi, hikoya qiluvchilar va tinglovchilar tomonidan qachonlardir shunday boʻlgandek qabul qilinadi. Rivoyatdan farqli oʻlaroq A. zaminida albatta moʻ’jiza, sehr-jodu boʻladi. A.lar olam (Yer, Quyosh va boshqa say-yoralar yuzaga kelishi) haqida, toponimik (Qof togʻi, daryo, dengiz, shahar, qal’a, qishloq, tepalik, Eram bogʻi va hokazo), elatlarning kelib chiqishi (mas, turkiy xalqlarning), hayvonot dunyosi (mas, sher, ajdaho, anqo, semurgʻ va boshqalar)ga oid, tabiatdagi voqea, hodisalar (mas, chaqmoq, zilzila, shamol va boshqalar) xususida, tarixiy shaxslar (mas, turkiylardagi Er Toʻnga, Toʻmaris, Shiroq, anglosakslar qiroli Artur va boshqalar) toʻgʻrisida, diniy (mas, islomdagi Nuh paygʻambar xususidagi, Abu Muslim jangnomasi, Avestodagi Frangrasyan (Afrosiyob), xristianlikdagi Iso Masihning havoriylari bilan sayohatiga bogʻliq voqea-hodisalar) va boshqa turli-tuman mavzularda boʻladi.A.lar hajmi kichik, bayon qilinishi sodda, badiiy tasvir vositalaridan de-yarli xoli boʻladi, tuzilishiga koʻra er-tak, naql, rivoyatlarta oʻxshab ketadi.A.lar yozma adabiyotning, ayniqsa, badiiy, falsafiy, dinga, tarixga, ax-loqqa oid asarlarning mavzui, muayyan qismi tarzida gʻoyaviy-estetik vazifani bajargan. Mas, "Qutadgʻu bilig", "Devo-nu lugʻotit turk", Alisher Novoiyning "Hamsa", Dantening "Ilohiy komediya", Chingiz Aytmatovning "Oq kema", Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni", Abdulla Oripovning "Jannatga yoʻl" kitoblarida A.lar asarning badiiy-estetik va ta’sir kuchini oshirishga, inson ruhiyatini yanada chuqur va toʻlaqonli tasvirlashga xizmat qilgan.2) Koʻchma ma’noda – uydirma, yolgʻon, aqlga toʻgʻri kelmaydigan gap.
96.O‘zbek adabiyotshunosligida aruz tizimining o‘rganilishi
Aruz (arab.– arz qilmoq) – she’-riy oʻlchov, vazn. Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari she’r tizimi. A. nazariyasi tur-kiy xalqlarga, xususan oʻzbek she’riyatiga arablardan oʻtgan.Navoiyning "Mezon ul-avzon" asarida koʻrsatilishicha A. vodiy, rukn nomiga toʻgʻri keladi, koʻchma ma’noda "ustun" de-gani. A. nazariyasi birinchi marta Xalil ibn Ahmadning "Kitob al-aruz"i ("Aruz kitobi")da bayon qilingan, keyinchalik Rashididdin Vatvot, Tusiy, Shams Qays Roziy, Mavlono Yusuf Aruziy Nishobu-riylar tomonidan rivojlantirilgan. Turkiy xalqlarda A.ning ilk namunalari islom kirib kelgungacha boʻlgan dav-rlardagi qadimgi maqol va topishmoqlarda, "Devonu lugʻotit turk"da uchraydi. Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig"i shu vaznda bitilgan turkiy dostondir. A. avval arab alifbosi asosidagi eski oʻzbek yozuviga asoslanadi, unda 29 undosh va 3 unli harf, ya’ni choʻziq unli tovush boʻlgan.Harakatlar bilan koʻrsatiluvchi yana uchta unli – zabar –a, zer, – i, pish – u mav-jud. Harakatlarni undosh harflarning usti yo ostiga qoʻyib, ochiq boʻgʻinlar hosil etilgan, yopiq boʻgʻin undosh ustiga sokin (koʻpligi sukun) alomati (–)ni qoʻyish orqali hosil qilingan. Choʻziq unlilar ochiq boʻgʻinda sokinli deb tushu-nilgan va bunday boʻgʻinlar, asosan, choʻziq hisoblangan. Harf va harakatlardan juz-vlar tuzilgan. Juzvlar Zta boʻlib, ularning har biri 2 xil koʻrinishga ega. Ara-blar chodir uyni, Koʻchma ma’noda, ikki misra she’rni ham bayt (uy) deyishgan, shu sababli, juzvni tushuntirishda cho-dir jihozlari boʻlgan – arqon, qoziqcha, paloye atamalaridan foydalanilgan. Juzvlar sabab (arqon), vatad (qoziqcha), fosila (palos) deb nomlangan. Ular oʻz ichida sababi xafif (yengil sabab): (may): –; sababi saqil (ogʻir sabab): (koʻzi): W; vatadi majmu’ (yigʻiq vatad): (samar): V –; vatadi mafruq (yopiq vatad): (noma) – 655V; fosilai sugʻro (kichik fosila): (yura-gim): W –; fosilai kubro (katta fo-sila): (yashamagan): VW –kabi turlarga boʻlinadi.Juzvlardan 8 ta asl rukn hosil boʻlgan: failun, faulun, mutafailun, mafailun, mustaf’ilun, failatun, ma-failatun, maf’ulatu (choʻziq unli bosh harf bilan yoziladi). Bobur yana ikkita asl ruknni keltirgan: fai-la-tun bilan mus-taf’i-lun. Asl ruknlar juzvlardan tu-ziladi: "faulun"da vatadi majmudan soʻng sababi xafif keladi. A.da zihof degan qism bor.Unda asl ruknlardan tarmoq ruknlarning kelib chiqishi koʻrsatiladi. Bu, asl ruknlardagi biron harf yo harflarni orttirish yo tushurib qoldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.Abu Nuvos (762-815), Abu Tammom (796 -843), al-Maarriy va boshqa arab tilida; Sa’diy, Hofiz, Dehdaviy, Jo-miy va boshqa fors tilida; Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Nodira, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va boshqa turkiyda A.dagi she’riyatning eng mukammal namunalarini yaratdilar.A. oʻzbek she’riyatida 20-asrning 20-yillarigacha yetakchi bulgan, barmoq tizimi kam qoʻllanilgan. Keyinchalik barmoq ti-zimi yetakchilik qilgan. Bu – uslub, shoirlarning qiziqishi, malakasi 6-n bogʻliq hodisa.Ad.: Alisher Navoiy, Mezon ul-avzon, T., 1949; Bobur, Muxtasar, T., 1971; Toʻychiyev U., Oʻzbek poeziyasida aruz siste-masi, T., 1985.U. Tuychiyev.
97. Didaktik asarlar tahlili("Kalila va Dimna", "Chor Darvesh",Guliston" (Sa'diy). "To'tinoma" tipidagi asarlar misolida)
98.«> bitiktoshi va uning topilishi.
Bilga xoqon bitiktoshi — marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi. Bilga xoqon sharafiga qoʻyilgan (735-yil). Ulan Batordan 400 km janubdagi Qorabalgʻasun shahrining harobalaridan taxminan 40 km shimolda joylashgan. Boʻyi 3 m 45 sm, eni 1 m 74 sm, kalinligi 72 sm.Bilga xoqon bitiktoshi 80 satrdan iborat: 41 satri toshning yuz tomoniga, 15 satrdan 30 satr ikki yon tomoniga, 7 satr orqa tomoniga, 2 satr toshning tarashlangan 2 qirrasiga yozilgan. Mazkur bitiktoshni Kultegin bitiktoshi bilan birga 1889-yilda rus olimi N. M. Yadrinsev Moʻgʻulistonning Kosho Saydam vodiysida Koʻkshin Urxun daryosi boʻyidan topgan. Yodgorlik matni nemis, fransuz, dan, ingliz va rus tillariga tarjima qilingan, turk va oʻzbek tillarida tavsif etilgan.
99. Turk-islom muhitida yaratilgan adabiyot..

100. Xalq qo'shiqlarining she'r tuzilishi.


Lirik qo‘shiqlar. Ularda insonning ruhiy dunyosi, sevgi va muhabbat borasidagi kechinmalari aks etadi. Asosan, to‘rt qatorli bandlardan iborat bo‘ladi.2. Mehnat qo‘shiqlari. O‘z ichida quyidagicha turlarga bo‘linadi: a. Dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar: Qo‘sh qo‘shiqlari, o‘rim qo‘shiqlari, «Ho‘p mayda», yorg‘ichoq qo‘shiqlari.b. Chorvachilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar: govmishim, turey-turey, churey-chureylar va boshqa.v. Hunarmandchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar: Charx qo‘shiqlari, bo‘zchi qo‘shiqlari, o‘rmak qo‘shiqlari, kashta qo‘shiqlari va hokazo.Mavsum – marosim qo‘shiqlari. Mavsum qo‘shiqlari bevosita bahor, yoz va kuz fasllari bilan bog‘liq bo‘ladi.

a). Sust xotin (yomg‘ir chaqirish qo‘shig‘i). Ushbu qo‘shiq bahor faslida yomg‘ir yetarlicha bo‘lmagan kunlarda ayollar tomonidan otashparastlik dinida muqaddas sanalgan, Tishtiriyaga bag‘ishlab aytilgan. Sust xotin Tishtiriyaning xalq orasida o‘zgargan nomi yoki obrazidir. Sust xotin yomg‘ir hudosi.b). Choy momo (shamol to‘xtatish). Choy momo ya’ni «shamol momo» obrazidan iborat bo‘lib, otashparastlarning shamol xudosi hisoblangan. Bu o‘ziga xos marosim tarzida o‘tkazilgan. Qo‘shiqni ikkita kampir eski kiyim kiyib aytishgan. Bo‘yi yetgan beshta qiz kampirlarning orqasida sholcha yopinib yurishgan.v). Yo, haydar (shamol chaqirish). Bu qo‘shiq asosan kuz faslida, xirmon olish jarayonlarida aytilgan. Haydar shamol homiysi ya’ni Muhammad alayhissalomning kuyovi, to‘rtinchi halifa Aliga murojaat qilinadi


101. "Al jomi' as-sahih"dagi hadislardan namunalar to'plash
Odam bolasi ikki vodiy to`la mol-dunyosi bo`lsa ham, mol-dunyo to`la uchinchi vodiyni orzu qiladi. Uning qornini faqat tuproqgina to`ldira oladi. Alloh taolo tavba qilgan bandasining tavbasini qabul qilgaydir.*** Bu mol-dunyo degan narsa hayvon ko`zini o`ynatadigan ko`m-ko`k, shirin o`t-o`lan kabi fusunkor va lazzatlidir. Kimki nafsini tiyib, ehtiyojiga yarashasini olsa, barakali bo`ladi va kimki ochko`zlik qilib, ehtiyojidan ortig`ini olsa, bebaraka bo`ladi. Bunday odam mechkay hayvon kabidir, mehnat qiladigan qo`l tilamchi qo`ldan yaxshidir.
*** Halollik yo`qolib ketganda qiyomat bo`lmog`ini kutavergil!
*** Haqiqiy boy – nafsi to`q odamdir.
*** Olloh taolo o`z rahmatini yuz bo`lak qilib yaratib, to`qson to`qqiz bo`lagini o`zida saqlab qoldi. Uning bir bo`laginigina yerga nozil qildi. Olloh taoloning yerga nozil qilgan ana shu bir bo`lak rahmati tufayli butun borliq o`zaro rahmdillik qilg`aydir. Hattoki ot ham bolasini mayib qilib qo`yishdan cho`chib, tuyoqlarini ehtiyotkorona ko`tarib boradi.
*** Har bir ezgu amal sadaqadir.
*** Mo`min mo`min uchun bir-birini suyab turagan ikki bino yanglig` bo`lmog`i zarur.
*** Oralaringizda eng yaxshingiz – xulqi go`zalingizdir.
*** Olloh taolo biror bandasini (qilgan amali solihlari tufayli) sevgaydir. Jabroil alayhissalomga nido qilib: “Olloh falon bandasini sevdi, sen ham uni sevgil!” –degaydir. Jabroil alayhissalom ham o`shal bandani sevgaydirlar. So`ng Jabroil alayhissalom osmon ahliga nido qilib: “Olloh taolo falon bandasini sevdi, siz ham sevingiz!” – degaydir. Osmon ahli ham o`shal bandani sevgaydir. Shundan so`ng yer ahlida unga nisbatan muhabbat paydo bo`lgaydir.
*** Musulmon odamning so`kmog`i –buzuqlik, urushmog`i – kofirlikdir.
*** Kishilar kimning yomonligidan qo`rqib qochsa, o`sha odam eng yomon odamdir.
*** Har bir qo`pol, quruq, gerdaygan, beqanoat va dimog`dor odam ahli do`zaxidir.
*** Hech bir yokim hech narsa o`ziga yetadigan aziyatga Olloh taolodek sabr qila olmagay! Mushriklar uning o`g`li bor, deb da’vo qiladilar, ammo u ularni ofiyat qilib, rizq ato qilg`ay.
*** Osonlashtiringiz, qiyinlashtirmangiz, xotirjam qilingiz, bezdirmangiz!
*** Mo`min odam o`zini bir kavakdan ikki marta ilon chiqib chaqmog`iga yo`l qo`ymas.
*** Kishi jannatda o`ziga suyukli odam bilan birga bo`ladi.
*** Ish noloyiq odamlarga topshirilganda qiyomat bo`lmog`ini kutaver.

Namozga oid hadislardan namunalar
* Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ashoblaridan so‘radilar: «Birortangiz uyingizning oldidan oqib o‘tadigan daryoda (yoki soyda) har kuni besh mahal yuvinsangiz, badanimda kir qolibdi, deb aytasizmi?» Sahobalar: «Sira ham kir qolmaydi», deyishdi. Rasuli Akram: «Besh vaqt namoz ham shunga o‘xshash bo‘lib, Alloh taolo bu o‘qilgan namozlar tufayli gunohlarni kechiradi».
* «Asr namozini qazo qilib qo‘ygan odam bola-chaqasiyu mol-dunyosidan ajragan kishi yanglig‘dir».
* «Qorong‘u kechalarda masjidga borgan kishilarga, Qiyomat kuni bir nurga mazhar bo‘lishlari xushxabarini yetkazing».
* «Sizlardan birlaringiz namoz o‘qigan joyda tahoratini buzmasdan o‘tirgan muddatgacha, farishtalar: «Iloho, bu kishining gunohlarini kechir va unga rahm ayla», deb duo etishadi»
* «Allohga qasamki, shunday narsa xayolimdan o‘tyapti: o‘tin to‘plashni buyursam va o‘tinlar to‘plansa. Keyin namozga buyursam, namoz uchun azon aytilsa, keyin bir kishini mo‘minlarga imomlikka o‘tishni buyursam-da, namozga kelmaganlarning borib uylarini yoqsam...»
* «Mo‘minlar xufton va bomdod namozlaridagi savobni bilganlarida edi, bu namozlarni jamoat bilan o‘qish uchun, emaklab bo‘lsa ham, masjidga kelishar edi». * «Namoz inson bilan shirk va kufr o‘rtasidagi bir pardadir. Namozni tark etish bu pardani ko‘tarish bo‘ladi».
* «Ular (kofirlar) bilan bizning o‘rtamizni farqlaydigan alomat namozdir. Binobarin, namozni tark qilgan kimsa kofirlarga o‘xshabdi».


Download 88.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling