1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Chor Rossiyasi tomonidan O’rta Osiyoning bosib olinishi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi ustidan vasiylikning o’rnatilishi


Download 0.72 Mb.
bet47/87
Sana13.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1266047
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   87
Bog'liq
2 5260484499715653670

44 .Chor Rossiyasi tomonidan O’rta Osiyoning bosib olinishi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi ustidan vasiylikning o’rnatilishi. Bosib olish uchun tayyorgarlik Rossiya imperiyasi tashqi siyosatida o'z chegaralarini sharqqa tomon kengaytirish uchun dastlab Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklari bilan har tomonlama aloqalar o'rnatishga harakat qildi. Sayyoh, savdogar, elchilar sifatida yuborilgan ayg'oqchilar tomonidan O'rta Osiyoning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va harbiy ahvoli, suv va quruqlikdagi yo'llari to'g'risida ma'lumotlar yig'ib borildi. XIX asrda Rossiya imperiyasining sanoat xomashyosiga bo'lgan ehtiyojining ortishi, ishlab chiqarilgan mahsulotlari uchun qo'shimcha iste'mol bozorlarining zarurligi, to'qimachilik sanoati uchun arzon paxta tolasi yetkazib beradigan hududga ega bo'lish muammolari O'rta Osiyoni bosib olinishini yanada tezlashtirdi. XIX asrning o'rtalariga kelib xonliklar o'rtasidagi o'zaro urushlar, ichki nizo va ziddiyatlar, davlat boshliqlarining uzoqni ko'zlab ichki va tashqi siyosat olib bormaganliklaridan Turkiston harbiy okrugi askarlari, nochor ahvolda edi. Shunday vaziyatda Rossiya imperiyasi hukumati o'zining siyosiy, iqtisodiy va geopolitik manfaatlarini ko'zlab O'rta Osiyoga harbiy istilochilik harakatlarini to'rt bosqichda amalga oshirildi. 1-bosqich-1847-1865-yillarda Rossiya imperiyasi tomonidan Qo'qon xonligining shimoliy-g'arbiy viloyatlari va Toshkent shahri istilo qilindi. Istilo etilgan hududlarda Orenburg general-gubernatorligi tarkibiga kiruvchi Turkiston viloyati tashkil etildi. 2-bosqich-1865-1868-yillarni qamrab olgan bo'lib, bunda Qo'qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amalga oshirildi, 3-bosqich-1873-1879-yillar davomida Xiva va Qo'qon xonligi yerlarini bosib olishdan iborat bo'ldi. 4-bosqich-1880-1885-yillarda turkmanlarning bo'ysundirilishi edi. Shunday qilib, 1864-1885-yillarda 20 yildan ortiq vaqt davomida Rossiya imperiyasining uzoq davom etgan harbiy tayyorgarligi natijasida O'rta Osiyo xonliklari hududining katta qismi bosib olindi, mustamlakaga aylantirildi. Buxoro amirligini bosib olishning boshlanishi Toshkent shahri bosib olingandan so'ng amalga oshirildi. Podsho hukumati O'rta Osiyodan M.Chernyayevni Sankt-Peterburgga chaqirib oldi va uning o'rniga Turkiston viloyatining gubernatori qilib F.Romanovskiyni tayinladi. F.Romanovskiy 1866-yilda Buxoro amirligi Rossiyaga qarshi urushga tayyorlanayotganligini bahona qilib, unga qarshi harbiy yurish boshlashga imperatordan ruxsat so'radi. Hukumat tomonidan bu taklif qabul qilingach, u Sirdaryoning o'rta oqimidagi hududlarni egallashga kirishdi. Birinchi jang 1866-yil 8-mayda Erjar qishlog'i yaqinida bo'lib, kuchlar harbiy jihatdan teng bo'lmaganligi uchun amir qo'shinlari mag'lubiyatga uchradi. F.Romanovskiy Buxoro qo'shinini ta'qib qilishni to'xtatib, avval Qo'qon xonligi bilan Buxoro amirligi o'rtasida joylashgan-Toshkent, Qo'qon, Balx va Buxoro bilan bog'lovchi Xo'jandga qarab harakat boshladi. Samarqand uchun jang Turkiston general-gubernatori fon Kaufman O'rta Osiyoni bosib olishni Buxoro amirligini qo'lga kiritish bilan davom ettirishga qaror qildi. Fon Kaufman Buxoro amirligi chegara hududlarini puxta o'rganib chiqib, Amir Muzaffarga chegaraning Rossiya mulki foydasiga o'zgartirilgan yangi loyihasini tasdiqlashni taklif qildi. Amir Muzaffar bu snartnomani-imzolashdan bosh tortdi. Shunda K.Kaufman uni general-gubernatorlik chegaralariga bostirib kirishga tayyorgarlik ko'rishda ayblab, 1868-yil aprelda Samarqandni bosib olishga kirishdi.. Bu vaqtda Buxoro qo'shinlari Cho'ponota tepaligida o'rnashib olgan edi. 1868-yil 1-mayda fon Kaufman tepalikka hujum boshladi. Qanchalik qarshilik ko'rsatmasin, Buxoro amiri qo'shini yana mag'lubiyatga uchradi va natijada podsho qo'shinlari Samarqandga jangsiz kirib bordi. K.P. Kaufman Samarqand
bekligini Rossiyaga berish, «harbiy xarajatlarni» to'lash va 1865-yildan buyon Turkiston o'lkasida qo'lga kiritilgan barcha narsalarni Rossiya mulki deb e'tirof
etish sharti bilan sulh tuzishni taklif qilib, amir Muzaffarga maktub yo'lladi, ammo amirdan javob bo'lmadi. Shunday qilib, podsho hukumati tomonidan yangi bosib olingan hududlarda Buxoro amirligining Rossiya protektoratiga aylantirilishi Samarqand va Kattaqo'rg'on bo'limlaridan iborat Zarafshon okrugi tuzildi. Bu bilan Rossiya imperiyasi istilochilik yurishlarining ikkinchi bosqichi yakunlandi. K.P. Kaufman 1868-yil 28-iyunda Samarqandda Amir Muzaffar bilan Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirgan shartnomani imzoladi. Shartnomaga ko'ra, bosib olingan Toshkentdan Samarqandgacha bo'lgan barcha hudud-Xo'jand, O'ratepa, Panjikent, Jizzax, Samarqand, Kattaqo'rg'on shaharlari Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o'tdi. Amir o'z ixtiyorida qolgan hududlarni boshqarishda Turkiston general-gubernatorining ko'rsatmalariga rioya etish majburiyatini oldi. Bu davlat siyosiy qaramligi uchun tarixchilar tomonidan Buxoro hukmdori vassal deb ham yuritiladi. Rossiya savdogarlariga amirlikda erkin savdo qilishiga sharoit yaratib berish va ularni himoya qilishni o'z zimmasiga oldi. Rossiyalik savdogar-larga savdo agentliklarini ta'sis etishga ruxsat berildi, tovarlardan olinadigan boj uning umumiy qiymati 2,5 foizdan oshmasligi belgilandi. Shuningdek, ular amirlik hududidan boshqa davlatlarga erkin o'tish huquqini oldi. Mazkur shartnoma amirlikni tahqirlagan, huquqsizlikka va qashshoqlikka mah-kum etgan sharmandali shartnoma bo'ldi. Xiva xonligiga qarshi olib boriladigan harbiy yurishga besh yil tayyorgarlik ko'rdi. Xonlikni bosib olish Rossiya imperiyasi uchun Amudaryoni qo'lga kiritish huquqini berar edi. Amudaryoni egallash birinchi navbatda suv manbasi, suv orqali savdo aloqalari, daryoning quyi oqimidagi tekisliklardagi serhosil yerlardan foydalanish imkoniyatlariga ega bo'lish hisoblangan. Hujum g'arbda Mang'ishloq, shimolda Orenburg, sharqda Turkiston va janubda Krasnovodsk kabi to'rt harbiy okrugdan olib borildi. Krasnovodsk va Mang'ishloqdan Xiva tomon yurgan qo'shinlar jazirama issiq va suv yetishmasligidan aziyat chekib ortga qaytishga majbur bo'ldi. Qolgan qo'shinlar 1873-yil may oyida Xiva onligi chegaralariga yetib keldi. Shunday bo'lishiga qaramay, Rossiya imperiyasi Istilochilar Xiva ostonasida. qo'shinlari bilan Xiva xonligi qo'shinlari o'rtasida may oyida Hazorasp qal'asi, Qo'ng'irot, Xo'jayli, Mang'it shaharlari va Xiva shahri yaqinida janglar bo'lib o'tdi. Tomonlarning kuchlari teng emasligi, katta talafotlarga qaramasdan, xivaliklarga nisbatan podsho hukumati qo'shinlari yaxshi qurollangani bois, xonlik himoyachilari mag'lubiyatga uchradi. 1873-yil may oyining o'rtalariga kelib, mustamlakachi hukumatning asosiy qo'shinlari Xivaga yetib keldi. Hujumga boshchilik qilgan general Veryovkin yarador bo'ldi. Podsho hukumati qo'shin¬lari katta talafot ko'rgani bois chekinib, fon Kaufman boshchiligidagi kuchlarni kutishga majbur bo'ldi. Xivaga yetib kelgan K.P. Kaufman boshchiligidagi qo'shin yana shaharga hujum qildi. 29-may kuni shaharning Hazorasp darvozasining dushmanlarga ochib berilishi, xonlik poytaxtining egallanishiga olib keldi. Shundan so'ng K.P. Kaufman muzokara olib borish yo'lini tanladi. K.P. Kaufman Xivani bosib olgandan so'ng xon xazinasini Gandimiyon kontributsiya (tovon) evaziga musodara qilib, xazina bilan shartnomasi birga qadimiy qo'lyozmalar, xonning taxti va toji, tanga zarb qiladigan tamg'a va zarb tasviri, qo'ng'irot sulolasi xonlarining hokimiyati ramzlari va boshqa qo'lga kiritilgan moddiy boyliklarni Sankt-Peterburgga jo'natdi. K.P. Kaufman taklif etgan sulh shartnomasini Xiva xoni Muhammad Rahimxon II 1873-yil 12-avgustda imzolashga majbur bo'ldi. Ushbu shartnoma Xiva xoni Rossiya imperiyasi tobeligiga o'tganligini ko'rsatardi. Bu bilan Xiva xoni mustaqil ravishda tashqi dunyo, hatto yaqin qo'shnilari bilan ham aloqa o'r-natish imkonidan mahrum etildi. Faqat ular bilan Rossiya imperiyasi roziligi bilangina aloqa qila oladigan bo'ldi. Xiva xonligiga qarashli Amudaryoning o'ng sohili, unga qo'shni yerlarning barchasi, bu joylarda yashaydigan o'troq va chorvador aholisi bilan xon tasarrufidan chiqdi. Amudaryo bo'ylab erkin harakatlanishi uchun Rossiya kemalariga keng huquq berildi. Rossiyalik savdogarlar hamda ularning mollari uchun xon va mahalliy hokimlar javobgar bo'ladigan bo'ldi. Ular xonlikda erkin yurish, boj to'lovlarisiz savdo-sotiq qilish huquqini qo'lga kiritdilar.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling