1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri
Islom dinining davlat tayanchiga aylanishi. Sufiylik tariqatlari: Yusuf Xamodoniy, G’ijduvoniy, Naqshbandiy, Yassaviy, Najmiddin Kubro
Download 0.65 Mb.
|
Tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ahmad Yassaviy
- Janob Najmiddin Kubro Al-Xivakiy
- Unga Bahouddin Naqshband
25. Islom dinining davlat tayanchiga aylanishi. Sufiylik tariqatlari: Yusuf Xamodoniy, G’ijduvoniy, Naqshbandiy, Yassaviy, Najmiddin Kubro. IX-XIII asrlarda Markaziy Osiyo davlatlarida tasavvuf-so‘fiylik ta’limoti rivoj topdi. So‘fiylik (tasavvuf) islomdagi falsafiy-diniy oqimdir. Markaziy Osiyo diyori ma’naviy xazinamiz bo‘lmish tasavvuf ta’limoti ravnaq topgan va hamisha amalda bo‘lgan muqaddas zamindir. Tasavvuf g‘oyalarining ibtidosi Qur’oni Karim oyatlariga borib taqaladi. Islom ta’limoti, tasavvuf ma’rifatini falsafiy, nazariy va amaliy yo‘nalishda davom ettirgan vatandosh mutafakkirlarimizning faoliyatlari bilan chambarchas bog‘liq. Tasavvuf ilmining buyuk namoyandasi Ahmad Yassaviyning ota-bobolari silsilasi Muhammad Xanafiyga borib taqaladi. Buxoroda ilmu saboq olgan Ahmad Yassaviy o‘z shogirdlari orqali o‘zi asos solgan “Yassaviya” tariqatini Turkiston va Shosh (Toshkent) atrofidagi viloyatlarga tarqata boshlagan. Movarounnahrda XII asrdan so‘ng “Yassaviya” tariqatidan ikki yirik tariqat paydo bo‘lgan. 1) “Naqshbandiya”, 2) “Bektoshiya”, “Iqoniya” deb atalgan, uchinchi tariqat ham bo‘lgan, ammo u Toshkent viloyati atrofidan nariga o‘tmagan. Ahmad Yassaviyning juda chuqur va boy mazmunga ega “Devoni hikmat”ida mutafakkirning so‘fiylik falsafiy dunyoqarashi aks etgan. Asarda ulug‘vor insoniy fazilatlar: oddiylik, mehr-muhabbat, sadoqat, haqiqat, adolat, hur fikrlilik, insonni insondan ayirmaslik kabi masalalar falsafiy nuqtai nazardan bayon qilinadi. Va aksincha, yomonlik, nodonlik, johillik, adolatsizlik, haqsizlik, saxovatsizlik, molparastlik kabi illatlar tanqid qilinadi. Bunday nuqsonli shaxslar insof va diyonatga chaqiriladi. Markaziy Osiyoda tasavvuf falsafasining rivojlanishida xorazmlik buyuk alloma, sarkarda, dinshunos olim, shoir Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Abdul Janob Najmiddin Kubro Al-Xivakiy munosib o‘rin tutadi. Uning nomidagi “Najmiddin” so‘zi dinning yulduzi, “Kubro” esa ulug‘ degan ma’noni anglatib, unga turli mamlakatlarda berilgan ilmiy darajani ifodalaydi. Najmiddin Kubro asos solgan kubroviya tariqati “oltin tariqat” deb atalgani ham bejiz emas. Kubroviya tariqatida diniylik bilan dunyoviylik chambarchas bog‘lanib ketgan. Unda kishilarning diniy e’tiqodi, xudoga bo‘lgan ishonchi, halollik, odamiylik, molu dunyoga hirs qo‘ymaslik, o‘z nojo‘ya ishlaridan tavba qilish, shahvoniy hirsu havolardan saqlanish lozimligi singari axloqiy g‘oyaviy talablar bir-biri bilan bog‘lanib ketgan. U Xorazmda «Kubroviya» tariqatiga asos soladi. Yassaviy tariqatidan farqli o’laroq, Kubroviya tariqati tarkidunyochilikni rad etadi. Kamolot yo'lida olib boriladigan mashaqqatli mehnat jarayonida bu dunyo noz-ne'matlaridan bahramand bo’lishning joizligi g'oyasi ilgari suriladi. Kubroviya tariqatida xalqqa va Vatanga bo'lgan muhabbat nihoyatda kuchli bo'lib, har qanday og'ir damlarda ham omnia bilan birga bo'lish, Vatanni mudofaa qilish va uning mustaqilligi uchun kurashga da'vat etiladi. Tasavvuf XIV asrda naqshbandiya tariqatida yanada rivoj topadi. Unga Bahouddin Naqshband asos soladi. U Buxoro yaqinida Qasri Hinduvon qishlog'ida matolarga naqsh bosuvchi hunarmand oilasida dunyoga keladi. Yoshligida ta'lim olish bilan bir qatorda kimxob matoga gul bosishni puxta o'rganib, ota kasbi naqqoshlikni egallagan. Xoja Bahouddin «Hayotnoma» va «Dalil al-oshiqin» nomli asarlar yozib, o'z tariqatini yaratadi. Naqshbandiya tariqati Movarounnahr, Xuroson va Xorazmda keng tarqaladi. Naqshbandiya tariqati insonlarni halol va рок bo'lishga, o'z mehnati bilan kun kechirishga, muh-tojlarga xayr-ehson berishga, soldi 1 va kamtar bo'lishga chaqiradi. Uning «Dil bayor-u dast ba kor» («ko'ngil Allohda bo'lsin-u, qo'l ish bilan band bo'lsin») degan hikmati Naqshbandiya tariqatining hayotiy mohiyatini ifodalaydi. U tarkidunyochilikni rad etib, mehnatsevarlik, odiilik va bilimdonlikni targ'ib etadi. Naqshbandiya ta'limoti taraqqiyotiga keyingi asrlarda Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Xo'ja Ahror kabi buyuk allomalar katta hissa qo'shadilar. Mustaqillik sharofati bilan Ahrnad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro singari bobokalonlarimizning aziz nomlari tiklandi, qadamjolari obod etildi. Asarlari chop etilib, ularning bebaho ma'naviy meroslaridan hozirgi aviodiar bahramand bo'lmoqdalar. Holbuki islomiy mafkura va tasavvuf ta'limoti asosida ajdodlarimiz kamol topib, o'zidan o'chmas tarixiy meros qoldirdi.
Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling