1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


O’rta Osiyoda islom madaniyatining shakillanishi. Buyuk islomshunoslar: Imom Al-Buxoriy, At-Tеrmiziy, Abu Mansur al-Moturudiy as-Samarqandiy


Download 0.65 Mb.
bet22/83
Sana24.01.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1117940
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83
Bog'liq
Tarix

24. O’rta Osiyoda islom madaniyatining shakillanishi. Buyuk islomshunoslar: Imom Al-Buxoriy, At-Tеrmiziy, Abu Mansur al-Moturudiy as-Samarqandiy. Jamiyatda mahalliy dinlar zardushtiylik, buddizm va boshqalar surib chiqarildi. Islom ta’limoti Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar hukmdorlarining ichki va tashqi siyosatida bosh, yo‘naltiruvchi g‘oyaviy kuch bo‘lib xizmat qildi. Jamiyatda islom diniga, Qur’oni Karimga ehtiyoj kuchaydi. Ammo hamma ham Qur’oni Karimni o‘qiy olmas, uning mazmunini chaqa olmas edi. Bu esa Qur’onning mazmunini sharhlash va tafsiriga talabni oshirdi. Natijada o‘lkamizda Qur’oni Karimni sharhlovchi va uning tafsirini bayon qiluvchi asarlar yozgan ulug‘ islomshunos allomalar yetishib chiqdi. Imom Abu Mansur Moturidiy, Imom Abu Lays ibn Muhammad Samarqandiy, Imom Zamahshariy, shayx Najmiddin Kubro, Imom Nasafiylar ana shular jumlasidandir. Islom madaniyatining Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan nodir manbalaridan biri – Hadis, ya’ni Muhammad alayhissalomning diniy va axloqiy ko‘rsatmalari, hikmatli so‘zlaridir. Hadislar to‘g‘risida fikr yuritilganda, uch xil yo‘nalish nazarda tutilgan: bu “Musnad”, “Sahiyh”, “Sunan” yo‘nalishidagi hadislardir. 1. “Musnad” yo‘nalishida tasnif etilgan to‘plamlarda turli mavzulardagi hadislar bir joyga keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtga ko‘ra yoki alifbe tartibida joylashtiriladi. 2. “Sahiyh” yo‘nalishidagi hadislar to‘plamiga buyuk muhaddis, vatandoshimiz Imom Buxoriy asos solgan. Bu yo‘nalishda ta’rif etilgan to‘plamlarga faqat to‘g‘ri, ishonarli, asosli hadislar kiritilgan. 3. “Sunan” yo‘nalishidagi to‘plamlarda barcha hadislar (“zaif” hadislar ham) keltirilgan. Hadis ilmining Amir-al mo‘minini degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan muhaddis olim Ismoil Al-Buxoriy hatto 12 yoshligidayoq Buxoro madrasalarida dars beruvchi mudarrislar bilan bahs-munozara olib borgan, ayrimlarining xatolarini topa boshlagan. Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bag‘dod kabi shaharlarda hadis ilmi bilan bir qatorda, fiqxdan ham ta’lim va saboqlar oladi. Imom Buxoriyning ustozlari to‘qson kishi atrofida bo‘lgan. Ayni vaqtda o‘zi ham minglab shogirdlar yetishtirgan – Muslim ibn Hajjoj, Iso At-Termiziy An-Nasoniy Abu Zur’a, Yusuf Al-Forobiy, Abu Bakr ibn Xuzayma kabi mashhur muhaddislar shular jumlasidandir. Imom Buxoriy hazrat1lari jami 600 ming hadislarni to‘plaganlar. Shulardan 100 ming “sahiyh” hadislarni va 200 ming “g‘ayri sahiyh” hadislarni yoddan bilganlar. Hadislar ilmi bobida imom Buxoriyga teng keladigan biror kimsa musulmon olamida bo‘lmagan. Imom Buxoriy hazratlaridan ulkan va boy meros qolgan. Bu haqida 1998 yilda o‘tkazilgan yubiley tantanalarida juda ko‘p ma’lumotlar keltiriladi. Al-Buxoriyning 1225 yillik yubileyi munosabati bilan Samarqand yaqinidagi Xartang (hozirgi Chelak tumani) qishlog‘ida juda katta ziyoratgoh majmui bunyod etildiki, bu O‘zbekiston davlatining buyuk vatandoshimizga va o‘tmish ma’naviyatiga, islom dini ta’limotiga bo‘lgan izzat-hurmati nishonasidir. Olimning “Al adab al-mufrad”, “At-ta’rix as-sag‘ir”, “At-ta’rix al-kabiyr”, “Kitob al-ilal”, “Asomi us-sahoba”, “Kitob al-kuna” va boshqa asarlari orasida shoh asar hisoblanmish “Al-jomi’ as-sahiyh” (“Ishonarli to‘plam”) nomli hadislar kitobining tarixda birinchi marta to‘liq holdagi to‘rt jildi o‘zbek tilida bosilib chiqdi. Islom ta’limotida Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan muqaddas kitob mana shu asar hisoblanadi. Islom dunyosida nom qozongan buyuk muhaddis olimlardan biri Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso az-Zahhok Abu Iso as-Sillamiy az-zariyr al-Bug‘iy at-Termiziydir. U Termiz yaqinidagi Bug‘ (hozirgi Sherobod) qishlog‘ida tug‘ilib, yoshlikdan ilm-fanga intilgan, muhaddis olimlarning asarlarini zo‘r havas bilan o‘rganadi. At-Termiziyning kamolotida Al-Buxoriy hazratlarining o‘rni bebahodir. Kalom ilmi ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan buyuk alloma Abu Mansur al-Moturidiy taxminan 870-yilda Samar­qand yaqinidagi Moturid qishlog'ida tug'ildi. Al-Moturidiy islomiy odob qoidalari, ma'naviy-axloqiy kamolot sirlaridan ta'lim berishga mo'ljallangan qator asarlar yoz-gan. Ulardan «Kitob at-Tavhid» («Allohning birligi») va «Таvilot ahl as-sunna» («Sunniylik an'analari sharhi») nomli asarlarigina saqlanib qolgan. Ularda diniy ta'limot, is­lomiy urf-odatlar insonning kamol topishida, dunyoqarashining shaklla-nishi mohiyati talqin etilgan. Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlarimiz tiklanayotgan Vatanimizda 2000-yil noyabrda Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi. Samarqandda al-Moturidiy xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmui bаrpо etildi, asarlari o'zbek tilida nashr etildi.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling