1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri
IX-XII asrlardagi adabiyot va uning taniqli namoyondolari
Download 0.65 Mb.
|
Tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahmud Koshg‘ariydir (
- Yusuf Xos Xojibdir
- Ahmad Yugnakiydir
- Rudakiy va Firdavsiylar
23. IX-XII asrlardagi adabiyot va uning taniqli namoyondolari. Bu davrda Movarounnahr va Sharqiy Turkistonda turkiy xalqlarning qadimdan davom etib kelayotgan og'zaki adabiyoti bilan bir qatorda, yozma adabiyot yuzaga keladi. Ulardan biri turkiy xalqlar tarixi, tili, madaniyati, urf-odatlarining bilimdoni, butun Markaziy Osiyoni kezib, xalqlar jonli tilidagi so‘z va iboralarni, maqollarni qunt bilan o‘rgangan olim Mahmud Koshg‘ariydir (XI asrda yashagan). Uning bizgacha yetib kelgan asari “Devonu lug‘otit-turk”dir, “Turk tilining lug‘ati” bu nodir asarning qo‘lyozmasi 1914 yilda Turkiyaning Diyolbakir shahrida topilgan va hozir Istambul shahrida saqlanadi. Asarda dunyo xaritasi ham ilova qilinib, juda katta hududlarga tarqalib ketgan holda, unda turkiy xalqlarning qavm-urug‘lari – qipchoq, o‘g‘iz, yamak, boshqird, basmil, tatar, qirg‘iz, chigil, yag‘mo, tuxsi, ichroq, jaru, jamil, uyg‘ur, fors, arab, xitoy, rus xalqlari haqida ham ma’lumotlar bor. Mahmud Qoshg‘ariyning asarida Turkistondagi ba’zi shaharlarning nomlari, sharh-izohlari ham berib o‘tilgan. Masalan, unda Toshkent “Tarken” tarzida ko‘rsatiladi va “Tarken” Shoshning ismi, asli Toshkent, Tosh shahri demakdir, deb izohlanadi. Samarqandning asli nomi “Samiz qand” – katta shahar deb ta’riflanadi. XI asrda yashab, ijod etgan yana bir olim, adib Yusuf Xos Xojibdir . U Bolasog‘unda (Qirg‘izistonning hozirga To‘qmoq shahri) ziyoli oilada tug‘ilgan bo‘lib, Qoshg‘arda o‘zining mashhur asari “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga boshlovchi bilim”) asarini yozgan. Kitobni Qoraxoniylar xoni Tavg‘och Bug‘roxonga tortiq qilishi evaziga xon o‘z saroyida xos hojiblik (saroyning xos noziri) lavozimini bergan va shundan so‘ng bu nom bilan mashhur bo‘lgan. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarini chinlilar (xitoyliklar) “Adabul muluk”, mochinlilar (turkistonliklar) “Zaynatul umaro”, eronliklar “Shohnomai turkiy”, turonlar “Qutadg‘u bilig”, ba’zilar “Pandomai muluk”1 deb bejiz aytmaganlar. Dunyodagi juda ko‘p xalqlarning tillariga tarjima qilingan “Qutadg‘u bilig” dostoni xalqimiz ma’naviy boyligining eng muhim durdonalaridan hisoblanadi. Turkiy adabiyotning yana bir yirik va zabardast vakili Ahmad Yugnakiydir . Uning hayoti va ijodiy yo‘li to‘g‘risida hech qanday ma’lumot saqlanib qolmagan.Adibning bizgacha yetib kelgan yagona merosi “Hibat ul-haqoyiq” (“Haqiqatlar armug‘oni”) dir. Ana shu asarning faqat bir joyida shoir o‘z nomini tilga olgan. Bu asar Alisher Navoiy ijodidan ham munosib o‘rin oldi. Doston dunyo xalqlarining bir necha tillariga tarjima qilingan bo‘lib, 1480 yilda ko‘chirilgan nusxasida uning 254 bayt va bir bobdan iborat ekanligi aytiladi. Doston turli boblarda payg‘ambar va to‘rt halifaga, sipohlarga bag‘ishlangan. Buxoroda O‘sha davrda Rudakiy va Firdavsiylar yashab ajoyib she’rlar yaratishgan. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Rudakiy Rudak qishlog‘ida (Samarqand hududida) tug‘ilgan. Boshqa bir ma’lumotlarga ko‘ra, Rudakiy nomi shoirning o‘zi mukammal egallagan musiqa asbobi – “rud” nomidan olingan. U musiqa asbobi chalishni va ashula aytishni juda erta o‘rgangan. Uning shuhrati Buxoro amiri Nasr ibn Ahmadga yetib boradi va amir uni saroyiga taklif qiladi. Rudakiy tojik she’riyatining asoschisi hisoblanadi.Eron va Markaziy Osiyoning arablar istilosigacha bo‘lgan tarixi aks etgan “Shohnoma” asarini buyuk Firdavsiy XI asr boshlarida Mahmud G‘aznaviy podsholik qilgan davrda yozib nihoyasiga yetkazdi.. “Shohnoma”ni xalq og‘zaki ijodidan mohirona foydalanib yozgan. Firdavsiy umrining so‘nggi davrini Bog‘dod shahrida o‘tkazgan va u yerda “Yusuf va Zulayho” dostonini yozgan.
Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling