1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri
XVI – XVIII birinchi yarmida Xiva xonligi, uning siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy va madaniy hayoti
Download 0.65 Mb.
|
Tarix
41.XVI – XVIII birinchi yarmida Xiva xonligi, uning siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy va madaniy hayoti. XVII asr Xiva xonligining siyosiy hayotida o’ziga xos ikki xususiyat-bu, bir tomondan, markaziy hukmron sulola nufuzining pasayishi bo’lsa, ikkinchi tomondan, qabila boshliqlari ta'sirining kuchayishi bo’ldi. Qabila boshliqlari: beklar,biylarning kuchqudrati shu darajaga borib yetgan ediki, ular oliy hukmdorga o’z xohish istaklarini o’tkaza olganlar. Binobarin, Xiva xonligida davlat parokandaligi yuz berdi.Parokandalik Arab Muhammadxon davrida yuqori nuqtasiga yetgan edi. Yuz bergan iqtisodiy tanglik davlatning siyosiy ahvoliga juda katta salbiy ta'sir ko’rsatdi. 1616-yil Arab Muhammadxonning o’g’illari Habash Sulton bilan Elbars Sulton nayman va uyg’ur qabilalarining boshliqlariga tayanib, otalariga qarshi isyon ko’tardilar. Ota Ular boshqaruviga topshirilgan hududlarga Vazir shahrini ham qo’shib berdi. Biroq bu bilan nizo tugamadi. Noqobil farzandlarning amri bilan asir olingan otaning ko’ziga mil torttirildi va Xivaga keltirib qamab qo’yildi. Oradan ko’p vaqt o’tmay, xon qatl etildi. Shu tariqa, o’rtada aka-ukalar Abulg’oziy Sulton va Asfandiyorxonning qonli janglari tufayli 1644yilda Abulg’oziy Bahodirxon Xiva xonligi taxtini egallaydi. Uning yigirma yillik xonlik davri jangu jadallar bilan kechdi. Abulg’oziy Bahodirxon qabila boshliqlari nufuzini oshirish bilan ularning markaziy hokimiyatga qarshi xatti-harakatlariga barham bermoqchi bo’ldi. Abulg’oziy Bahodirxon Buxoro xoni bilan 1662-yilda sulh tuzib, 1663-yilda hokimiyatni o’g’li Anushaxonga topshiradi. Anushaxon davrida Buxoro-Xiva munosabatlari yanada keskinlashdi. Anushaxon bir necha marta Buxoro xonligi hududlarini xonavayronlikka olib kelgan harbiy yurishlar uyushtirdi. Oxir oqibatda, Buxoro xoni Subhonqulixon Anushaxonga qarshi Xivada fitna uyushtirdi. 1686-yilda Anushaxonning ko’ziga mil tortiladi va taxtdan tushiriladi.Xiva xoni Sherg’ozixon davrida Buxoro xoni Abulfayzxon orolliklarni Xiva xoniga qarshi gijgijlay boshladi. Natijada Orolbo’yi aholisi Xiva xonligidan ajralib chiqdilar. Xiva xonligida boshlangan o’zaro kurash goh u, goh bu tomonning ustunligi bilan to Sherg’ozixon vafotiga qadar davom etdi.Nodirshoh Buxoroni tobe etgach, 1740-yili Xiva xonligiga yurish boshladi. Hazorasp yonidagi jangda Xiva qo’shinlari yengildi. Xonqada bo’lgan jangda Xiva qo’shinlari butunlay tor-mor etildi. Nodirshoh 1740-yili Xivaga o’z odamini hokim etib tayinlab, Eronga qaytadi. Xivada Eron boshqaruv tizimi o’rnatiladi. Aholiga „moli omon" solig’i solinadi. Ana shundan keyin Xiva xonligida parokandalik kuchaydi. Orol dengizining shimolida istiqomatqilib turgan o’zbek qabilalari 1741yili eronliklar zulmiga qarshi qo’zg’olon ko’tardi. Bu vaqtda Nodirshoh Dog’iston yurishi bilan band edi. U o’g’li Nasrulla boshchiligida qo’zg’olonchilarga qarshi qo’shin jo’natdi. Nasrulla qo’zg’olonni bostirib, Xiva taxtiga Abu Muhammad (Abulg’oziyxon II)ni o’tqizdi. Xiva xonligida Xiva, Ko’hna Urganch, Yangi Urganch, Vazir kabi o’nlab shaharlar mavjud bo’lgan. Ulardan eng qadimiysi Xiva shahri bo’lib, 1997-yilda uning 2500 yilligi nishonlandi. Xiva shahri XVII asrning I choragidan 1920-yil fevralgacha Xiva xonligining poytaxti bo’lgan. Xonlikning yana bir shahri- Ko’hna Urganch (Gurganj) shahridir. Qadimda bu shahar joylashgan hudud hozirgi Turkmaniston (Toshhovuz viloyati) tarkibidadir. Xiva xonligi tarixiy manbalarda hunrmandchilikning 27-sohasi qayd etilgan. Amalda esa, ular bundanda ko’p bo’lgan. Hunarmand malakali usta bo’lishi uchun ko’p yil mashaq qatli mehnat qilgan. Xiva ustalarining juda oz qismi xususiy ustaxona-do’koniga ega edi. Hunarmand o’z uyida ham do’kon ochishi mumkin edi. Ko’pchilik hunarmandlar xonga va boshqa boylarga tegishli do’konlarni ijraga olib mehnat qilishardi. Ayrim hunarmandlar buyurtma asosida ham ishlardi. Xonlik aholisi, asosan, qishloq xo’jaligi bilan shug’ullangan. Dehqonchilik va u bilan bog’liq bo’lgan chorvachilik qishloq xo’jaligining ikki asosiy sohasi edi.Dehqonchilikda g’alla, paxta va poliz mahsulotlari yetishtirish yetakchi o’rin egallagan. Ekinzorlarning yarmidan ortig’ida g’alla yetishtirilgan. G’allachilikda kuzgi bug’doy ekish yetakchi o’rin egallagan. Xonlik iqtisodiyotida pillachilik ham muayyan ahamiyatga ega bo’lgan. Poliz mahsulotlari ichida Xorazm qovunining dovrug’i keng yoyilgan edi. Xonlikning ichki va tashqi savdosidan davlat xazinasiga durustgina daromad tushgan. Ichki savdo-sotiqda Xivaning usti yopiq bozori alohida ahamiyatga ega bo’lgan. Bozordagi savdo o’rinlaridan foydalanganlik uchun tagjoy deb ataluvchi alohida soliq olingan.Xonlikdan, asosan, qorako’l teri, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari Eron, Hindiston, Xitoy va Turkiya kabi davlatlarga eksport qilingan. XVI-XVIII asrning birinchi yarmi Xiva xonligida ilmfan taraqqiyoti butunlay to’xtab qolgan emasdi. Bu davrda tarix ilmi o’ziga xos o’rinda turadi. Chunonchi, Xiva xoni Abulg’oziyxon Xiva tarixshunosligi maktabiga asos soldi.Abulg’oziyxon fan va madaniyat tarixida „Shajarayi turk" va „Shajarayi tarokima" asarlari bilan o’chmas nom qoldirdi.„Shajarayi turk" asarining 9 bobi bevosita Xorazmning ijtimoiysiyosiy tarixiga bag’ishlangan. Unda aniq tarixiy voqealardan tashqari, turkiy xalqlar an'analari, Xiva va Buxoro munosabatlari jarayoni yoritilgan. Pul muomalasi haqida ma’lumotlar berilgan.Abulg’oziyxonning yana bir katta xizmati shundan iboratki, u o’z asarlarini oddiy kitobxon uchun turkiy tilda yozgan. Shuning uchun ham ayrim olimlar uning asarlarini yangi o’zbek tili yozma yodgorligi, deb hisoblashadi.
Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling