1. O`zbekiston Respublikasi Bojxona organi asosiy vazifalari, huquqlari


Tovarlarni bojxona omboriga joylashtirish


Download 143.91 Kb.
bet8/8
Sana27.10.2023
Hajmi143.91 Kb.
#1725965
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bojxona777

Tovarlarni bojxona omboriga joylashtirish
3. Bojxona omboridan bojxona ombori va vaqtincha saqlash rejimlariga joylashtirilgan tovarlarni saqlash uchun foydalaniladi.
Bojxona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojxona omborida bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan tovarlarni saqlashga yo‘l qo‘yiladi.
Bojxona omborlariga quyidagi tovarlar joylashtirilishi mumkin emas:
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va undan olib chiqish taqiqlangan tovarlar;
bojxona ombori rejimiga bayon etilgan kuni belgilangan, yaroqlilik, foydalanish va saqlash muddati o‘tgan hamda tez buziluvchan tovarlar.
4. Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki alohida shart-sharoitlarda saqlanishi talab etiladigan tovarlar, shunday tovarlarni saqlash sharoitlariga mos ravishda jihozlangan ixtisoslashtirilgan bojxona omborlariga joylashtirilishi lozim.
5. Tovarlar bojxona omboriga bojxona organi mansabdor shaxslari ishtirokida yoki ularning xabardorligida joylashtiriladi.
6. Bojxona ombori rejimiga joylashtiriladigan tovarlar bojxona organiga belgilangan tartibda to‘ldirilgan bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish orqali deklaratsiyalanishi lozim.
7. Bojxona yuk deklaratsiyasi bilan bojxona organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
tovarlarning yuk va tovar kuzatish hujjatlari (yuk xatlari, konosamentlar, spetsifikatsiyalar, hisob-fakturalar, invoyslar);
tovarlar ilgari boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan hollarda rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi (uchinchi varag‘i);
bojxona rasmiylashtiruvi va nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar (bojxona ko‘rigi va qayta ortish dalolatnomalari, ekspertiza xulosalari).
Sertifikatlanadigan tovarlarni bojxona omboriga joylashtirishda saqlash muddati uchun sertifikat taqdim etilishi talab etilmaydi.
8. O‘simlik va hayvonlardan olingan mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda tegishli davlat organlari tomonidan fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazilmagan bo‘lsa, bunday nazoratdan bojxona omboriga joylashtirishda o‘tkaziladi.
9. Bojxona omboriga joylashtirilgan va unda saqlanayotgan tovarlarni belgilangan tartibda begonalashtirish va ularga nisbatan egalik, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxslarga o‘tkazish mumkin.
Tovarlarni bojxona omboriga joylashtirgan shaxs ushbu tovarlarni begonalashtirish, ularga nisbatan egalik, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga berish to‘g‘risida oldindan bojxona postiga xabarnoma berib, quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar (nomi, miqdori, bojxona qiymati, bojxona ombori rejimiga rasmiylashtirilgan bojxona deklaratsiyasi raqami);
tovarlarni begonalashtirish, ularga nisbatan egalik, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga berishga asos bo‘layotgan hujjatlar;
tovarlarga nisbatan mulkiy huquqni egallayotgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumot (tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan holda tashkilotning nomi).
10. O‘z tashqi o‘lchamlari (gabaritlari) bilan bojxona omboriga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan tovarlarni Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy bojxona boshqarmasining yoki ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining (keyinchalik — DBQB yoki IBK) yozma ruxsatnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda yaqin bo‘lgan bojxona omboriga amalda joylashtirmasdan bojxona ombori rejimida rasmiylashtirish mumkin.
Ruxsatnoma olish uchun bojxona ombori rejimini bayon qiluvchi shaxs bojxona ombori joylashgan hududda faoliyat ko‘rsatuvchi DBQB yoki IBKga tovarlar nomlari, ularning bojxona qiymati va miqdori, tovarlarni saqlashga berish zarurligining asoslangan sabablari, tovarlarni saqlash uchun mo‘ljallangan joy (aniq manzili) va saqlash uchun javobgar shaxslar (mansabi, familiyasi, ismi, sharifi) ko‘rsatilgan ixtiyoriy yozma shakldagi ariza taqdim etadi.
Ko‘rsatilgan shaxs ariza bilan birgalikda tovarlarni saqlash uchun berish asoslarini hamda arizada ko‘rsatilgan joyda saqlash imkoniyatini tasdiqlovchi hujjatlar va ma’lumotlarni (shartnoma, texnik pasport, fotosuratlar va sh.k.) taqdim etadi.
Tovarlarni “Bojxona ombori” rejimida saqlash uchun murojaat etgan shaxsga berish mumkinligi to‘g‘risidagi qaror bunday berish shartlari (saqlash joyi belgilanadi, qiyoslash vositalari ko‘rsatiladi) qayd qilingan DBQB yoki IBK boshlig‘i (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolangan xat shaklida qabul qilinadi.

Xulosa:
Bojxona yig‘imlari va ularni undirish mexanizmini takomillashtirish bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun import va eksport jarayonini osonlashtiradi va tejamkor bo‘ladi, bu esa savdo va sarmoyani oshiradi.Samarali bojxona tizimlariga ega bo'lgan mamlakatlar raqobatbardoshroq va investorlar uchun jozibador bo'lib, bu iqtisodiy o'sish va rivojlanishni rag'batlantiradi. Xulosa qilib aytganda,bojxona to‘lovlari va ularni undirish mexanizmini takomillashtirish xalqaro savdoni rivojlantirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish yo‘lidagi hal qiluvchi qadamdir.

Foydalanilgan manbalar adabiyotlar ro`yxati:
O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq kodeksi
1.O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonun
2. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi
3.https://bojxona.uz/oz/lists/view/85
4.https://lex.uz/docs/-4000640
5.https://customs.uz/oz/lists/view/135



Download 143.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling