1 O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Nargisdoshlar oilasi — Amaryllidaceae


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/18
Sana03.05.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1423695
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
223-bio. Rustamova Gulshanoy ( Nargiznomalar qabilasi )

Nargisdoshlar oilasi — Amaryllidaceae 
Bu oilaga ko'p yillik piyozli o'simliklar kiradi. Barglari qalami. Gullari ikki 
jinsli, to'g'ri, ba'zan biroz qiyshiqroq. Gullari va mevalarining tuzilishi jihatdan 
piyozdoshlarga juda yaqin turadi va tugunchalarining pastki bo'lishi bilan ulardan 
farq qiladi. Gullari oq, sariq yoki sarg'ish, qizil g'ishtrang. Changchisi 6 ta, 
tugunchasi pastki, uch uchli. Mevasi — ko'sakcha. Bu oilaga 60—65 turkum va 
900 tur kiradi. Ular asosan tropik va subtropik hududlarda, ayniqsa Markaziy va 
Janubiy Amerika va O'rtayer dengizi atroflarida keng tarqalgan. O'rta Osiyoda 3 
turkum, 9 turi, O'zbekistonda 3 ta turkum (Ungernia, Sternbergia, Narciss) ga 
mansub 5 turi uchraydi. 


31 
2.2.5-rasm. Ungernia (qoraqobiq). 
Ungerniya, qoraqobiq (Ungernia) turkumi. Bu turkum vakillari ko'p yillik piyozli 
o't o'simliklar. Barglari 4—6 ta, bahorda paydo bo'ladi. Yozga kclib quriydi. 
Poyasi bargsiz. Gulqo'rg'oni 6 ta, gulbargchalari voronkasimon, sal qiyshiqroq, 
sarg'ish-qizil yoki sarg'ish. To'pguli soyabonsimon, changchisi 6 ta. Tugunchasi 
uch uyali. Mevasi — ko'sakcha. O'zbekistonda 3 turi (U. sivertzovii, U. victoris) 
o'sadi. Seversov qoraqobig'i — Ungernia severt.ovii. Ko'p yillik piyozli o'simlik. 
Barglari 4—6 ta, qalami ikki qator joylashgan. Poyasi silindrsimon, bo'yi 20—40 
sm. To'pguli soyabonsimon, 7—12 gulli. Gulqo'rg'oni 6 ta gulbargchali, qizil 
g'isht rangli. Mevasi — ko'sakcha, uch bo'lakli, chokidan ochiladi. Qor ketishi 
bilan piyozidan o'sib chiqqan barglari may oyining ikkinchi yarmida quriydi. Iyul 
oyida piyozidan bargsiz, oqish poya unib chiqadi va uning uchida to'pgul hosil 


32 
bo'ladi. Sentabr oyida gullaydi. Tog'da toshli va chag'ir yonbag'irlarda o'sadi. 
Dorivor o'simlik. O'zbekiston Respublikasi „Qizil kitob" iga kiritilgan. 


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling