1 O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
223-bio. Rustamova Gulshanoy ( Nargiznomalar qabilasi )
- Bu sahifa navigatsiya:
- Batun piyozi
Asosiy zararkunandalari: piyoz pashshasi, tamaki shirasi, piyoz parvonasi.
Kasalliklari: bo‘yin chirishi, soxta kul, qorakuya virus kasalliklari. Osh piyoz va uning no‘shidan tashqari, piyozning batun, porey, shnitt, shalot va juda ko‘p boshqa turlari xam oziq-ovqatga ishlatiladi. Batun piyozi – piyoz bosh tugmaydigan ko‘p yillik o‘simlik. Bir joyda 3–4 yil o‘sadi (Salatniy 35 navi). Barglari 25–30 sm bo‘lganda may oxirida yig‘ishtiriladi. Hosildorligi 300 s ga. Porey piyozi – piyozbosh tugmaydigan ko‘p yillik o‘simlik. Uzun nishtarsimon bargli, soxta poyali ko‘p yillik o‘simlik. Hosildorligi 250 s ga. Shnitt piyozi – vatani Janubiy Osiyo bo‘lgan ko‘p yillik o‘simlik. Kam miqdorda yetishtiriladi. Kuchli shoxlanadi – 3 yoshlisi 50 tagacha barg chiqaradi. Bargida 70–105 mg% S vitamini bor. Sovuqqa o‘ta chidamli, hosildorligi 150– 200s ga. 29 Shalot piyozi – vatani Janubiy Osiyo bo‘lgan ko‘p yillik o‘simlik. Piyoz boshchalari mayda. Asosan, Kavkazda ochiq va yopiq (himoyalangan) tuproqqa bahorda ekiladi. Piyozning vegetativ ko‘payadigan sarimsoq piyoz turi qimmatli sabzavot ekini. Piyozning ayrim yovvoyi turlari bargi yoki piyozboshi iste’mol qilinadi, piskom piyozi kabi bo‘yi 1 m ga boradigan ayrim turlari manza-rali bog‘dorchilida ekiladi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika bog‘i hududidagi 500 kv. m. maydonda mamlakatda o‘suvchi piyozdoshlar oilasining noyob turlarini saqlab qolish va alohida turlarni introduksiya sharoitida o‘rganish uchun uchun O‘zbek- xitoy piyoz bog‘i tashkil etildi. Gazeta.uzning yozishicha, Botanika instituti va Botanika bog‘i Kunmindagi Botanika instituti (Xitoy) bilan 2016-yildan buyon yovvoyi holda o‘suvchi piyozlar kolleksiyasini tashkil etish ustida ish olib bormoqda. Botanika instituti direktori akademik Komiljon Tojiboyevning ta’kidlashicha, kolleksiyadan nafaqat O‘zbekiston florasi, balki ilm-fan uchun yangi bo‘lgan turlar ham mavjud bo‘lib, ularning biologik va ekologik o‘ziga xosliklari batafsil o‘rganiladi. Hozirda bog‘ uchastkalarida O‘rta Osiyo, Eron, O‘rta yer dengizi va Turkiyaning tog‘, tog‘ oldi va cho‘l hududlarida o‘suvchi 100 dan ortiq piyoz turi parvarish qilinmoqda. Tez orada Qozog‘iston, Oltoy, Turkmaniston, Tojikiston va Sharqiy Osiyo hududlarida o‘suvchi navlarni ham yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. “Botanika bog‘i tarixida piyozli o‘simliklarning noyob kolleksiyasi bor edi. O‘tgan yuz yillikning 50-60-yillarida ushbu bog‘da O‘rta Osiyo piyozining 50 dan orti turi introduksiya qilindi. Afsuski, ushbu kolleksiya yo‘qotildi. Hozirda Xitoy Fanlar akademiyasidagi hamkasblarimiz bilan piyozdoshlar oilasining eng kamida 200 turidan iborat kolleksiyani yaratishni rejalashtirmoqdamiz”, - deydi Komiljon Tojiboyev. 30 Piyoz bog‘i yovvoyi piyozlarni saqlab qolishga qaratilgan ta’limiy dastur maskaniga aylanishi kutilmoqda. Bog‘ ilmiy xodimlarining Xitoy hududlariga ilmiy ekspeditsiyalarini tashkil etish rejalashtirilgan. Osh piyoz — Allium sera. Ko'p yillik o't, poyasi 45—100 sm balandlikda. Bargining ichi kovak, naysimon. Barglari silindrsimon, yo'g'onligi 8—15 mm. To'pguli sharsimon. Gulbargchalari oq, yashil tomirli. May-iyul oylarida gullab, iyulda urug' beradi. Sabzavot o'simligi sifatida ckilib, ho'lligida va pishirilib iste'mol qilinadi. Piskom piyozi, tog' piyozi — Allium pskcmcnsc. Ko'p yillik o't, bo'yi 40—150 sm. Barglari 3—6 ta, silindrsimon, eni 2—3 sm, uchi ingichkalashgan. Gullari niayda, oq. lyun oyida gullab, mevasi avgust oyida yetiladi. Mevasi — ko'sakcha. I;aqat Toshkent viloyatidagi tog'larda toshli yerlarda, qoyatoshlar yoriqlarida o'sadi. Anzur piyozi — Allium stipitatum. Ko'p yillik o't, bo'yi 60—150 sm. Barglari tasmasimon, cni 2—3 sm, yaprog'i butun, bargining ichi kovak cmas. Gulbargchalari och binafsha rangli. Piyozi deyarli sharsimon, po'sti qoramtir. Mevasi — ko'sakcha. May-iyun oylarida gullab, mevasi iyulda yetiladi. Ikkala tur ham O'zbckiston „Qizil kitob"iga kiritilgan edi. Lekin tabiatda ko'payganligi lufayli anzur piyoz „Qizil kitob"dan chiqarilgan. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling