1 O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
223-bio. Rustamova Gulshanoy ( Nargiznomalar qabilasi )
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Nargisnamolar qabilasining umumiy tavsifi Nargisnamolar qabilasi — Amaryllidales.
18 II bob. Asosiy qism. 2.1. Nargisnamolar qabilasining umumiy tavsifi Nargisnamolar qabilasi — Amaryllidales. Qabila 15 ta oilani o’z ichiga oladi. Qabilaga kiruvchi oila vakillari yer yuzining deyarli barcha joylarida tarqalgan bo`lib, Nargisnamolar qabilasi Shirachdoshlar -Asphodelaceae oilasi, Piyozdoshlar-Alliaceae oilasi, Nargisdoshlar (Chuchmomadoshlar)-Amarillidaceae oilalari va boshqa bir qancha oilalar kiradi. Bu qabilaga kiruvchi oila vakillarining ko`pchigida piyozbosh shakllangan bo`lib, vevetativ ko`payishi asosan piyozboshi orqali amalga oshadi. Ayrimlarining barglari seret barg hisoblana di(piyozdoshlar). Gullari juda rang barang, o`ziga xos, gullaganda chiroyli manzara kasb etishi bilan boshqa qabilalardan ajralib turadi, va shu xislatlari va tabobatda foydalanishi va albatta hozirda ularning turlaring soni anchagina kamayganligini hisobga olinib ular O`zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan. Qabilaga kiruvchi oila vakillaridan ko`pchiligi hiyobonlarda, istirohat bog`larida manzarali o`simlik sifatida ekiladi. Qabilaga kiruvchi Piyozdoshlar oilasi vakillari iste`mol qilishda keng foydalaniladi. Nargisnamolar - Amarillidales qabilasiga, asosan mo`tadil iqlimli shimoliy kengliklarda tarqalgan o`t o`simliklar, shuningdek subtropik va ayniqsa tropik oblastlarga xos bir muncha kam tarqalgan daraxtsimon o`simliklar kiradi.Nargisnamolar - Amarillidales qabilasio`ziga xos quyidagi belgilari bilan ikki pallalilardan farq qiladi. Bu sinfga mansub ko`pchilik o`simlik vakillaring urug`ida faqat bitta urug` palla bo`ladi. Bosh ildizi barvaqt qurib qolib qo`shimcha ildizlari rivojlanadi. Barglari asosa n, paralel yoki yoysimon ba`zan to`g`risi-mon tomirlangan bo`ladi.Naychalar bog`lami tutash (kambiy qatlamisiz) bo`ladi va ular ko`pincha sochilib joylashadi. Ko`pchilik xollarda gullari 3 bo`lakchali va besh qinrralidir . Bu qabilaga kiradigan ko`pchilik Nargisdoshlar oilasining poya va ildizlari kambiy 19 qatlami bo`lmaganligidan ular, odatda yo`g`on toritib (ikkilamchi) o`smaydi. Ikkilamchi o`sish bir pallalilarning faqat ba`zi turigagina (yog`ochsimon, drasena, yukkalarga) xos bu poyaning periferi k qismida hosil bo`ladigan ikkilamchi meristema (hosil qiluvchi to`qima) ning bo`lishi natijasida ro`y beradi.Lekin Nargisdoshlar oilasining soni jihatidan o`tloqlar, cho`llar, katta - katta daryolarning sohilidagi sersuv yerlari singari ba`zi joylarda ikki pallalilardan turadi va ko`pincha asosiy manazara fonini hosil qiladi. Bizning floramizda bir pallalilardan faqat o`t o`sim - liklar bo`lib, ular o`tloq, dasht, shunigdek, tog` va cho`l yaylovlarda o`sadi. Piyozsimonlar asosan yilning qurg`oqchilik da vri aniq ifodalangan oblastlar uchun xosdirNargisnamolar - Amarillidales qabilasihayotida katta ahamiyatga ega. Nargisnamolar-Amarillidales qabilasikeng tarqalishiga asosiy sabab bu vaqtga kelib havoda quyuq bulutlar kamayib havo namligi kamaygan, quyosh nuri yerga ko‘proq tushgan. Yalang‘och urug‘larning qurg‘oqchilikka moslashgan igna barglardan boshqa vakillari nobud bo‘lgan. Ular o‘rniga tuzilishi va biologik xususiyatlari bilan yangi muxitda, ya’ni qurg‘oq havoda yashashga moslashgan yangi yo sh Nargisnamolar - Amarillidales qabilasi keng tarqala boshlaydi, juda qisqa vaqt ichida ular biosferani egallab shu davrning xukumron o‘simliklar guruhiga aylandi.Nargisnamolar - Amarillidales qabilasi vakillari odam uchun oziq- ovqat, hayvonlarga yem-xashak, sanoat uchun xomashyo manbai bo‘ladi. Nargisnamolar - Amarillidales qabilasi ko‘payib, yer yuziga tarqalishiga asosiy sabab, ularning yashovchanligi, qurg‘oqchilikka tez moslasha olishi. Hozirgi vaqtda ochiq urug‘li o‘simliklar faqat daraxt va butalardan iborat bo‘lsa, yopiq urug‘li o‘simliklarning turli vakillari mavjud. Shu bilan birga ular organlarida metamorfozalar ham mavjud. Nargisnamolar - Amarillidales qabilasi anatomik tuzilishi ham yalang‘och o‘simliklardan ustun turadi. Ular poyasida traxeyalar va suv naylari bo‘ladi. Bu o‘simliklar 20 ildizdan suvni onsonroq so‘rishga va bug‘latishga yordam beradi. Bulardan tashqari yopiq urug‘lilar quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Nargisnamolar - Amarillidales qabilasi urug‘i meva ichida bo‘ladi, shuning uchun ham ular "Yopiq urug‘li o‘simliklar"deb ataladi. Ularda otalik hamda mevacha (onalik)dan iborat gul bo‘ladi. Ba’zi istisno e’tiborga olinmaganda, ularda gulqo‘rg‘on bor. Gullari juda xilma-xil shaklda bo‘ladi. Gullarning changlanishini va urug‘ hamda mevalarning tarqalishi har xil yo‘llar bilan boradi, ya’ni shamol, hashoratlar, qushlar va suv yordamida changlanadi. Nargisnamolar - Amarillidales qabilasi qariyib 90% hashoratlar yordamida changlanadi.Bu o‘simliklar ikkilamchi urug‘lanadi, buning natijasida faqat murtak emas, balki endosperm xam hosil qiladi. Nargisnamolar-Amarillidales qabilasi urug‘ kurtagi urug‘ga, tuguncha mevaga aylanadi va mevalar mevacha barglarining himoyasida yetiladi.Nargisnamolar-Amarillidales qabilasi morfologik va anatomik jihatdan boshqa tipdagi o‘simliklarga nisbatan juda ham murakkab tuzilgan. Nargisnamolar-Amarillidalesqabilasi nasllari changlanishda, yuqori o‘simliklarning boshqalari singari, sporofit nasl hukmronlik qiladi. Ammo sporofit nasl yopiq urug‘lilarda juda yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib qariyib individning hamma qismini tashkil etadi. Gametofit nasl nihoyatda reduksiyalangan bo‘lib, sporofitdan ajralmagan holda gulda uning hisobiga taraqqiy etadi. Gametofit ayrim jinsli bo‘ladi. Erkak gametofit changining o‘sishdan hosil bo‘lgan chang naychasi va uning ichidagi bitta vegetativ, ikkita spermiy deb yuritiladigan xivchinsiz generativ yadrodan, urg‘ochi gametofit esa urug‘kurtakda joylashgan 8 ta yadroli murtak xaltasidan iborat. Nargisnamolar-Amarillidales qabilasi vakillarida arxegoniy taraqqiy etmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling