Mavzu: Zaxarli o‘simliklar va ularning ahamiyati Reja: Kirish Asosiy qism


Download 184.49 Kb.
bet1/5
Sana02.05.2023
Hajmi184.49 Kb.
#1422957
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-Zaxarli o‘simliklar va ularning ahamiyati



Mavzu: Zaxarli o‘simliklar va ularning ahamiyati
Reja:
Kirish
Asosiy qism

  1. Zaharli o'simliklarni bilish ularni oldini olish

  2. Zaharli o’simliklar ro’yxati

  3. Zaharli o’simliklardagi muhim alkaloidlar

Xulosa
Adabiyotlar

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O’simlik dunyosi - tabiatning bahaybat yashil fabrikasidir: u kraxmal va moy, tsellyuloza va oqsil, shakar va vitaminlar, bo’yoq va xushbo’y hidli moddalar, kauchuk va qimmatli dorilar, organik kislota va oshlovchi moddalar hosil qiladi. Fabrikaning eng asosiy “sexi” bu barglaridir. O’simlik dunyosidan noto’g’ri foydalanish natijasida ko’pgina zaharli va zararli hamda iste’mol qilib bo’lmaydigan yoki kam iste’mol qilinadigan o’simliklar ko’paymoqda. Zaharli o’simliklar yerlarning hosildorligini pasaytirib, madaniy va foydali o’simliklarni siqib chiqarmoqda. Ozuqaga aylanmaydigan zararli, kuchli xidli yovvoyi o’simliklar ham ko’payib, qishloq xo’jalik hayvonlarini nobud bo’lishiga yoki hayvonlarning og’iz bo’shliqlarini shikastlab, yaralanishiga olib kelmoqda. Shu bilan birga uy hayvonlarini sutini kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. O’simlik qatlami ming yillab bir-biri bilan o’zaro bog’liq xolda o’sayotgan turli o’simliklardan iborat. Zaharli o’simliklar ham foydali o’simliklar bilan bir yerda o’sib ko’paymoqda, lekin ularning soni ko’p emas. Hayvonlarning sonini ko’payishi natijasida o’simliklarni iste’mol qilishi ham ortadi, tabiiyki foydali o’simliklar yemga aylanadi, ular urug’lanishgacha yetib bormaydi. Zaharli, zararli va ozuqa bo’lmaydigan o’simliklar esa boshqalaridan ajralib yaxshi sharoitga erishadi. Ularning urug’lari pishadi va keng tarqala boshlaydi. Hayvonlar ko’pligidan yer ustidagi tomirlar qavati ham buzilib, ular orasiga zaharli o’simliklar urug’lari tushib qoladi va kuchli hosildor yerlarda ular tez ko’payayishi mumkin. Buning natijasida foydali maydonlarning kamayishiga olib keladi.
Zaharlilik - bu tirik tabiatning universal hodisasidir. Hayvonot va o’simlik dunyosining barcha sistematik guruhlarida zaharli turlar uchraydi.
Zaharlar - organizmga ta’sir etganda uning hayot faoliyatini buzadigan moddalardandir. Zaharning organizmga ta’sir etish kuchi va xarakteri, uning kimyoviy tuzilishiga va fizik-kimyoviy xossalariga bog’liq bo’lishidan tashqari, tirik organizmni to’qimalari va hujayralarining xususiyatlariga ham bog’liq. Zahar, organizmni hujayralari bilan to’qimalarining tarkibiga kirgan va to’qimalardagi almashinuvda qatnashgan moddalar bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishib, ta’sir etadi. Normal moddalar almashinuvini ta’minlovchi ferment sistemalarni bog’lab oladigan yoki yemiradigan zahar ko’proq xavflidir.
Zaharlar o’simlik, hayvon, mineral va kimyoviy sintez mahsulotlariga bo’linadi. Ba’zi hayvonlar (ilon va bo’g’imoyoqlilar - ari, asalari, qoraqurt, chayon) zaharining aksari oqsil strukturalidir. Zahar organizmga hayvonlar chaqqanda, asosan, teri orqali qonga kiradi.
O’simlik urug’idan ajratilgan lektinlar ham zaharlidir-ular yuqori molekulyar oqsil moddalari yoki glikoproteinlar hisoblanadi, asosiy vakillari risin va abrindir. O’simliklarda quyi molekulyar toksin moddalar ham mavjud. Bulardan biri sinil-nitril kislotasidir. O’simlik xujayralari yaralanganda fermentativ gidroliz jarayonida sinil kislota hosil bo’ladi. Eng muhim vakili o’rik va shaftoli mag’zidagi amigdalindir. 100 gramm mag’iz iste’mol qilinganda (1 gramm amigdalin) o’limgasababchi bo’lishi mumkin.
Afrikada o’sadigan Dicphapetalum cymosum o’simligida kuchli ikkilamchi metabolit monoftorsirka kislota FCH2COOH mavjud bo’lib, uning o’limiga sababchi dozasi 2-5mg/kg ni tashkil etadi. U sirka kislotaga mos keladi.


Download 184.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling