6
I bob.
Adabiyotlar sharxi.
Har qanday tabiiy fanlar qatori botanika
fani ham jamiyatning
talablari bilan bogliq holda rivojlangan. Shuning uchun o‘simliklarni
o'rganish tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Dastlab o'simliklar faqat
oziq-ovqat mahsuloti sifatida ishlatilgan. Arxeologik ma’fumotlarga ko‘ra,
Misrda dorivor, oziq-ovqat va boshqa foydali o‘simliklardan eramizdan
avvalgi 2000-3000- yillarda foydalanilgan. Botanika
fanining rivojlanishida
dorishunoslarning roli benihoya katta bolgan. Dorivor o 'simliklarni ilmiy
asosda o'rganishga Gippokral,
keyinroq Aristotel, Dioskorid, Pliniylar katta
hissa qo'shishgan.
Muhammad Al-Xorazmiy (782-847) 847- yilda “Kitob surat al-arz”
nomli
asarini yozadi. Unda dunyo okeanlari, qit’alari, qutblar, daryo, o‘rmon, ko‘l,
o‘simliklar haqida ma’lumotlar beradi.
Abu Bakr Ar-Roziy (865-925) tabiat haqida 33 ta tabobat bo‘yicha 56 ta
asar yozgan. Uning “Al Xoviy” asari hajmi jihatidan,
tib qonunlaridan katta
bo‘lgan, uni 15 yilda ham tugata olmagan, bu asarni uning vafotidan keyin
shogirdi yozib tugatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: