1 O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/18
Sana03.05.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1423695
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
223-bio. Rustamova Gulshanoy ( Nargiznomalar qabilasi )

2.2.3-rasm. Sarimsoq piyoz. 
Tarkibida (navlariga qarab) 2,4–14% qand, 2–13,9 mg% S vitamini, efir 
moyi, bargida esa 19–57,7 mg% S vitamini, shuningdek, A, V, V2 vitaminlari va 
1,3–5,9 mg% A provitamini, limon va olma kislotalar, fitonsidlar va boshqalar bor. 
Piyoz boshi poyasining shoxlanishiga qarab kam, o‘rtacha va ko‘p uyali navlarga 
ajratiladi. Kam uyali navlar 1, ayrim hollarda 2, o‘rta uyali navlar 2–3, ko‘p uyali 
navlar 5 va undan ko‘p pi-yozboshlar hosil qiladi. Ta’miga ko‘ra, osh piyoz navlari 
achchiq, yarim achchiq, va chuchuk turlarga ajratiladi. 
Piyoz asosan, ovqatga ishlatiladi. Tabobatda oshqozon-ichak, nafas 
organlari va yurak-qontomir sistemasi kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Osh 
piyoz bir yoki bir necha generativ va vegetativ kurtaklar joylashgan qisqa poyadan 


27 
iborat. Guli ikki jinsli. Ildizi popuk ildiz. Urug‘i uch qirrali, 1000 donasi 2,5–4 g. 
Piyoz janubiy, g‘arbiy, sharqiy kenja turlarga bo‘linadi. 
O‘zbekiston va Qozog‘iston janubida janubiy va qisman, g‘arbiy kenja turga 
oid mahalliy navlar tarqalgan. Bularga Andijon oq piyozi (yirik, oq), Samarqand 
qizil 172 piyozi (dumaloqyassi, qizil), Marg‘ilon piyozi yoki tuxum piyoz (cho‘ziq, 
tuxumsimon, oq), Qoratol piyozi ( dumaloq, tillarang), Farobi (yirik, 
dumaloqyassi, oq), Kaba 132 (yirik, dumaloq, jigarrangsariq), Tungani-56 
(dumaloqyassi, to‘q binafsharang) va Ispan 313 (yirik, dumaloq, och sariq) 
piyozlari va boshqalar kiradi. 
2.2.4-rasm. Anzur piyoz.
O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekistonda 1-yili dalaga urug‘i sepilib, iste’mol 
uchun osh piyoz (boshpiyoz) olinadi. 2-yili bosh piyoz ekilib, urug‘ olinadi. 
O‘zbekiston sharoitida piyoz ekiladigan yer iloji boricha begona o‘tlar 
chiqmaydigan qilib tayyorlanadi, kuzgi shudgor erta o‘tkaziladi, kultivatsiya 


28 
qilinadi, mola bosiladi. Piyoz ekiladigan yerning gektariga 20–25 t chirigan go‘ng, 
texnologiya talablariga ko‘ra mineral o‘g‘itlar solinadi. O‘rta Osiyoda piyoz 3 
muddatda: erta ko‘klamda (fevral oxiri – mart boshlarida); yoz-kuzda (avgust oxiri 
– sentabr boshlarida) va kech kuzda (noyabrda, “to‘qson bosdi”) ekiladi. 
Piyoz sabzavot va dala almashlab ekish tizimida yetishtiriladi. Eng yaxshi 
o‘tmishdoshlar – karam, pomidor, bodring, kuzgi don ekinlari ang‘izi, kartoshka. 
O‘suv davrida oziqlantiriladi, sug‘oriladi (yer osti suvlari chuqur joylashgan bo‘z 
tuproqli yerlarda 12, o‘tloqi-botqoqi tuproqlarda 7–8 marta), qo‘lda yoki kimyoviy 
usulda o‘toq qilinadi. Sentabr oxiri – oktabr boshlarida qazilib, avval dalada, keyin 
usti yopiq joylarda quritiladi, saralanadi, har xil chiqitlardan tozalanadi. 
Hosildorligi 120 dan 400–600 s ga. Urug‘ olishda saralangan, navdor piyoz 
boshi (no‘sh) egatlarga ekiladi. Mayda piyoz boshchalarini no‘sh qilib erta bahorda 
ko‘kpiyoz va yoz boshida bosh piyoz olish uchun piyoz boshi (no‘sh) ekiladi. 
Piyoz urug‘i iyun oxiri – iyul boshlarida yetiladi. Gektaridan o‘rtacha 3–5 s, 
ayrim xo‘jaliklarda 10 s gacha urug‘ olinadi. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling