1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy. “Buxoro tarixi”. Toshkent: “Kamalak”, 1991. 2. Herman Vamberi. “Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi”. Toshkent: G‘.Gulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1990 3. M.Ivanin. “Ikki buyuk sarkarda: Chingizxon va Amir Temur.” Toshkent: O‘Z.R.FA “Fan” nashriyoti, 1994. 4. Boboyev H.B. “Amir Temur va Temuriylar saltanati”. Toshkent: “Kamalak”, 1994. -62- Jalliyeva Dilnoza Xusenovna Olot tuman 2-IDUM o‘qituvchisi AMIR TEMURNING HARBIY TASHKILOTCHILIGI VA SARKARDALIK MAHORATI Annotatsiya: Ushbu tezisda Amir Temurning harbiy tashkilotchiligi, janglarni olib borish taktikasi, sarkardalik mahorati, haqida, qolaversa razvedka va kontrrazvedka siyosati haqida qisqacha so‘z boradi. Kalit so‘zlar: ra’d, zarbzan, manglay, barong‘or, javang‘or, hirovul, amir ul- umaro. Buyuk lashkarboshi va harbiy tashkilotchi hisoblangan Amir Temur intizomli armiya tuzishga, jang paytida qo‘shin qismlarini odilona boshqarishga, jang taqdirini hal qiladigan joylarga harbiy kuchlarni tezkorlik bilan yuborishga, mavjud to‘siq va g‘ovlarni tezkorlik bilan bartaraf etishga, qo‘shindagi jangavor ruhni yuksak darajada ushlab turishga erishgan. Amir Temur va temuriylar armiyasiga chorvadorlar, hunarmandchilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq aholi ham jalb qilingan. Qo‘shinda harbiy kuchlarning asosini tashkil etgan otliq askarlar bilan bir qatorda, piyodalar ham xizmat qilgan. Taktika jihatda Amir Temur lashkari o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan. Razvedka (sinchilik) a’lo darajada yo‘lga qo‘yilgan. -Josuslar – deb yozadi Ibn Arabshoh, – chor atrofda bo‘layotgan hodisalar va ularning xabarlarini Temurga yetkazib, manzilu shaharlarni tavsiflar edilar. Razvetka xabarlarini zudlik bilan yetkazish to‘g‘risida ham qiziq ko‘rsatmalar berilgan. “Amr qildimki, – deb yozadi Amir Temur, – mingta tezyurar tuya mingan, mingta ot mingan yelib yuguruvchi kishini chopqunchi, mingta tezyurar piyodani chopar etib tayinlasinlarki, turli mamlakatlar, sarhadlarning xabarlarini, qo‘shni -63- hukmdorlarning maqsadlari va niyatlarini bilib, huzurimga kelib xabar qilsinlar, toki biron kor-hol, voqea yuz bermasidan burun chora ilojini qilaylik”. Tarixdan ma’lumki Amir Temurning kelini Sevinchbeka eri Mironshohning Sultoniyada qilayotgan beboshligi haqida shaxsan o‘zi qaynotasiga xabar yetkazgan va saltanat boshiga kelayotgan xavf bartaraf etilgan. Sohibqiron Sharqda birinchilardan bo‘lib armiyaga o‘tsochar qurol-to‘p (ra’d)ni olib kirgan. Temuriylar davrida bu qurolning boshqa turlari(zarbzan,farangi,qozon va h.k) keng yoyildi. Tog‘li hududlarda jang harakatlarini olib boruvchi maxsus harbiy qism va bo‘linmalar tashkil qilingan. Amir Temur jahon harbiy ish tarixida birinchilardan bo‘lib qo‘shinni jang maydonida 5 ta bo‘lakdan farqli ravishda 7 ta qo‘lga bo‘lib joylashtirish tartibini joriy etgan. Bu haqda mashhur tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy yozib qoldirgan. Bu yangilik keyinchalik To‘xtamishxon, Shayboniyxon singari turkiy sarkardalar tomonidan o‘zlashtirilgan va takomillashtirilgan. Ibn Arabshohning guvohlik berishicha, Sohibqiron qo‘shinida ayollardan iborat maxsus bo‘linmalar bo‘lib, ular erkaklar bilan bir safda turgan, janglarda qahramonlik va matonat namunalarini ko‘rsatgan. Temuriylar armiyasi son jihatdan aniq tashkil etilgan, uning jangovar tartibi takomillashib borgan, o‘z vaqtining ilg‘or qurol va texnikasi bilan ta’minlangan, qismlar biri biridan kiyim-bosh, bayroq va tug‘lari bilan farqlangan. Bunday farqlanish qo‘shinni boshqarishda qo‘l kelgan. Sohibqironning harbiy san’at rivojiga qo‘shgan ulkan xizmatlaridan yana bir jang paytida qo‘shin qanotlarini dushman hujumidan himoya qilish va o‘z navbatida, g‘anim kuchlarini o‘ng tomonidan aylanib o‘tib, unga orqadan zarba berish maqsadida tuzilgan otliq qism – qanbulning joriy etilishi bo‘lgan. Bunday yangi harbiy qism Aleksandr Makedonskiy, Gannibal, Chingizxon, Lyudovik XIV kabi atoqli sarkardalar qo‘shinida bo‘lmagan. Shayboniyxon qo‘shinida bunday qism mavjud edi va u “to‘lg‘ama” atamasi bilan nomlangan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Amir Temurning 12 ming kishilik qo‘shini jangga quyidagi tartibda kirgan. Dastlabki to‘qnashuvni ayg‘oqchilik bilan -64- mashg‘ul qorovul qism boshlab bergan. Shundan so‘ng o‘ng va chap qanot ilg‘or qismlari – barang‘ur hirovuli va javang‘or hirovuli madadida asosan ilg‘or qism – manglay jangga kirgan. Manglay ortidan barong‘or hamda javang‘orning qolgan ikki bo‘lagi – chopovul va shiqovul ketma-ket harakatga kelgan. Ushbu kuchlar dushmanni mag‘lub etishga kifoya qilmasa, oliy qo‘mondon (amir ul-umaro) boshchiligidagi markaz (qo‘l) hal qiluvchi hujumga tashlangan. Sohibqiron lashkar qatnashgan ulkan janglarning taktik borish manzarasi quyidagicha bo‘lgan: qo‘shin markazi 40 bo‘lakka taqsimlangan va Oliy qo‘mondonga itoat qilgan. Ushbu bo‘laklarning sara jangchilaridan tashkil topgan 12 bo‘lagi safning qatorida, qolgan 28 bo‘lagi ikkinchi va uchinchi qatorlarda joylashgan. 40 bo‘lakning o‘ng tarafi oldida amirzodalar qismlari, so‘l tarafi oldida qarindoshlar va ittifoqchilar qismlari saf tortgan. Ikkinchi qatorning barang‘orida 6 bo‘lak o‘z ilg‘ori – hirovul bilan o‘rin egallagan. Ayni shu miqdordagi bo‘lak va hirovulga javongor ham ega bo‘lgan. Ikkinchi qator barang‘ori va javong‘ori oldida yuqoridagi tartibda birinchi qator qismlari joylashgan. Uning oldida bosh ilg‘or – manglay (yoki kata hirovul) harakatda bo‘lgan. Yengil suvoriylardan iborat ikki bo‘lak armiyani qo‘qqisdan bo‘ladigan hamladan muhofaza qilish, dushman kuchlari harakatini kuzatish bilan band bo‘lgan. Temuriylarga ko‘plab zafarlar keltirilgan bu harbiy tartibga keyingi davrlarda mintaqani boshqargan shayboniylar, ashtarxoniylar, mang‘itlar, qo‘ng‘irotlar va minglar sulolasi davrida ancha o‘zgartirish kiritilgan. Shunday qilib Sohibqiron Amir Temur davlatni boshqarish bilan bir qatorda razvedka va harbiy sohada o‘ziga xos usul yaratib, shu asosda barpo qilgan davlati bilan dunyoni lol qoldirdi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling