1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- “Mohir musavvir” nominatsiyasi
- “Dono dizayner” nominatsiyasi
- “Iqtidorli ijodkor” nominatsiyasi
- “Havaskor aktyor” nominatsiyasi
-108-
jahonshumul obro‘si negizini bu davlatda qaror topgan va butun dunyoda so‘zsiz e’tirof etilgan yuksak ma’naviyat tashkil etadi. Jumayeva Mahorat Ga’ybullayevna Kogon tuman ijtimoiy fanlar bo‘yicha trener MAKTABLARDA TEMURIYLAR HAFTALIGINI O‘TKAZISH Annotatsiya: Yurtimizda ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tiborning zamirida kuchli kadrlarni shakllantirish, ular ta’lim berayotgan o‘quvchilardan kuchli jamiyat barpo etish nazarda tutilagan. Har bir o‘quvchiga bilim berish barobarida ularni avvalo vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muhim hisoblanadi. Tavsiya etilayotgan g‘oya o‘quvchilarning temuriylar davridagi bilimlarini oshirish va Amir Temur shaxsini o‘rganish bilan birgalikda ularning iqtidorlarini ham ko‘rsatib bera oladi, bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazadi. Kalit so‘zlar: Temur tuzuklari, innovatsion g‘oya, temuriylar haftaligi, ijodkor o‘quvchi, bilimdon, qobiliyat. Amir Temur – yirik davlat arbobi, qonunshunos, kuchli notiq, serqirra inson, eng muhimi elini va yurtini sevgan va uni mashuru jahon qilgan betakror shaxs. Buyuk bobokalonimiz tarixi ko‘p jildlik kitoblar yozishga arziydi. Ammo tariximizda shunday davrlar bo‘ldiki, buyuk amirning vatandoshlari, uning haqida tarixiy haqiqatlarni aytolmay qoldik. Aytganlar esa ayovsiz jazolandi. Vaholanki, Angliya, Fransiya, Germaniya va boshqa bir qancha davlatlar Amir Temurning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab juda ko‘p ko‘lamdor kitoblar yozib, o‘z tillarida chop etdilar. Teatr sahnalarida Amir Temurning yorqin obrazini yaratdilar. Fransiyalik haykaltaroshlar uning haykalini oltindan quyib muzeylarida namoyish qildilar. Mustaqillik bizga in’om qilgan ne’matlardan asosiysi bu tarixda o‘chmas iz qoldirgan ajdodlarimizning haqiqiy qiyofalarini ochish imkoniyati deb hisoblayman. -109- Maktabda sinflar kesimidagi darsliklarda Amir Temur va Temuriylar mavzusi faqatgina 5-sinf Tarixdan hikoyalar va 7-sinf O‘zbekiston tarixida mavjud bo‘lib, boshqa sinf darsliklarida Amir Temur shaxsiga kam murojaat qilinadi. Vaholanki bugungi kunda 33 davlatda 500 dan ortiq asarlar yaratilgan, qator davlatlar tan olgan davlatchilik asoschisining hayoti, boshqaruvchilik qobiliyati, ilm-fanga homiylik qilganligi, bunyodkorligini mukammal o‘rganish hammamiz uchun farz ham qarzdir. Tavsiya etilayotgan innovatsion g‘oya maktab o‘quvchilarini har yili Amir Temur va Temuriylar davrini qayta-qayta o‘rganishga, mukammal bilimga ega qilishga hamda buyuk sohibqironning avlodi ekanligi bilan faxrlanishga, munosib avlod bo‘lishga undaydi. Maktab ma’muriyati “Temuriylar haftaligi” ning tashkilotchisi hisoblanadi. ”Temuriylar haftaligi”ni tashkil etish, o‘tkazish Ijtimoiy fanlar metodbirlashmasi tomonidan amalga oshiriladi. “Temuriylar haftaligi”ning o‘tkazilish tartibi quyidagi tartibda amalga oshirilidi: 1. Haftalik o‘tkazilishi yuzasidan e’lonlar maktabning ertalabki saflanishida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan aytiladi. 2. Haftalikda ishtirok etish uchun 5-11-sinf oquvchilarining barchasi jalb etiladi. 3. Haftalik kunini aniq belgilash lozim (1-10 aprel kunlari qamrab olinadi). 4. “Temuriylar haftaligi” ni maktab o‘quvchilari o‘rtasida, yo‘nalishlar kesimida o‘tkazish: - “Mohir musavvir” nominatsiyasi bo‘yicha mas’ul shaxs maktabning tasviriy san’at fani o‘qituvchisi belgilanadi. Ishtirok etish istagi bor o‘quvchilarga tavsiyalar, tushunchalar beradi. Bunda o‘quvchi Temuriylar davri bilan bo‘g‘liq rasm chizishi va chizgan rasmiga chiroyli izoh berishi lozim. - “Dono dizayner” nominatsiyasi bo‘yicha mas’uliyat maktabning texnologiya fani o‘qituvchisi zimmasiga yuklatiladi. Bu nominatsiya yuzasidan o‘quvchilar biror -110- tarixiy libos, bosh kiyim, oyoq kiyim, harbiy qurol va boshqa biror jihoz tayyorlashlari lozim. - “Bilimdon” o‘quvchi nominatsiyasi bo‘yicha barcha vazifalar, tashkilotchilik tarix fani o‘qituvchisining zimmasiga yuklatiladi. Bu jarayonda oldindan ishtirokchilarga e’lon qilingan darslik va qoshimcha adabiyotlar yuzasidan test savollari tuzilib, metodbirlashma yig‘ilishida ekspertizadan o‘tkaziladi. E’lon qilingan darslik va qo‘shimcha adabiyotlarni o‘quvchilar o‘qishlari uchun muddat beriladi va 9 aprel kuni test olinadi. Natijalar yuzasidan g‘oliblar aniqlanadi. - “Iqtidorli ijodkor” nominatsiyasi bo‘yicha mas’ul shaxs ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi. Bu jarayonda o‘quvchi monolog, diolog, she’r yodlab aytishi, yoki Amir Temur va temuriylar davri tarixiga oid ijodiy ish, insho yozib ishtirok etadi. - “Havaskor aktyor” nominatsiyasi bo‘yicha mas’ul shaxs ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yiha direktor o‘rinbosari belgilanadi. Bu jarayonda ishtirokchi o‘zining aktyorlik qobiliyatini namoyish etishi lozim. Amir Temur va temuriylar davrida yashagan, hukmronlik qilgan, ijod qilgan biror shaxsni ijro etib berishi talab etiladi. Ijro etayotgan roliga yarasha tashqi ko‘rinishga ham ega bo‘lishi kerak. Haftalikning faoliyatini baholab borish uchun maktabning tasviriy san’at, ona tili va adabiyot, tarix, musiqa fani o‘qituvchilari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosaridan iborat hakamlar hay’ati komissiyasi tarkibini shakllantirish va metodbirlashma yig‘ilishida tasdiqlash. Hakamlar hay’atining xulosalari asosida g‘oliblar aniqlanadi. Har bir hakam qo‘ygan bahosi uchun o‘quvchiga izoh beradi. Ishtirokchi o‘quvchi o‘zining kamchiliklarini bilishi uning keyingi faoliyatida yutuqlarga erishishiga asos bo‘ladi. Taklif etilayotgan g‘oyaning afzalliklari: 1. Amir Temur va Temuriylar davri haqidagi bilimlar mustahkamlanadi. 2. O‘quvchilarning bosh vaqtlarini unumli o‘tkazishlari uchun imkoniyat yaratiladi. 3. O‘quvchilarning noyob qobiliyatlarini namoyish etishlari uchun shart- sharoitlar yaratiladi. -111- 4. Ta’lim sifatini yaxshilashga, o‘quvchilarning bilimini mustahkamlashga xizmat qiladi. 5. O‘quvchilarni tarixda yashagan ajdodlari bilan faxrlanishga undaydi hamda ularga munosib voris bo‘lish tushunchalarini shakllantiradi. Har bir ishtirokchi qilgan mehnati uchun albatta rag‘bat olishni istaydi. Shuning uchun haftalik g‘oliblarini munosib baholab, ularni taqdirlashni ham tashkil etish shart va zarur hisoblanadi: 1. “Bilimdon” o‘quvchi nominatsiyasi bo‘yicha baholashda o‘quvchining test natijasiga e’tibor qaratiladi. 2. “Mohir musavvir” nominatsiyasi bo‘yicha ishtirokchiga tasviriy san’at fani o‘qituvchisi baholaydi va izoh beradi. 3. “Iqtidorli ijodkor” nominatsiyasi bo‘yicha ishtirokchilarning ijodkorligiga ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi baho beradi va ijod mahsullarining har biriga izoh beradi. 4. “Dono dizayner” nominatsiyasi bo‘yicha ishtirokchilarni texnologiya fani oqituvchisi baholaydi va yaratilgan dizaynerlik ishining yutuq kamchiliklariga izoh beradi 5. “Havaskor aktyor” nominatsiyasi bo‘yicha ishtirokchilarni maktabning ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari baholaydi va yosh aktyorning mahoratiga izoh beradi. 1. Har bir nominatsiya bo‘yicha munosib faxriy yorliqlar tayyorlash. 2. Haftalikda faol ishtirok etgan o‘quvchilarni ertalabki saflanishda maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlash. 3. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni “maktab hayotidan lavhalar” stendiga chiqarish. Ushbu faol, ijodkor, mahoratli, bilimli o‘quvchilardan boshqalar o‘rnak olishlari va ularning maktabdagi mavqelarini oshirish uchun. 4. Ijodkor o‘quvchilarning ijod mahsullarini maktab va tuman gazetalarida chiqarish. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling