1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Saidov. Temur va Yevropa. “Milliy tiklanish” gazetasi. 2010-yil, 7- aprel.14-son. 2. Yunus O‘g‘uz. Amir Temur. Tarixiy roman. “Yangi asr avlodi”, 2014. 3. Amir Temur. Temur tuzuklari. “O‘qituvchi”, 2018. 4. Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. “Mehnat”, 1991, 1-qism. Safarov Abdurahmon Ibodovich Romitan tuman xalq ta’limi bo‘limi metodisti AMIR TEMURNI ANGLASH – O‘ZLIGIMIZNI ANGLASH DEMAKDIR Annotatsiya: Ushbu maqolada Amir Temurning diplomatik, bunyodkorlik faoliyati haqida fikr yuritilgan. Hozirgi kunda Amir Temur tarixini o‘qitishning afzal jihatlari haqida tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Go‘ri Amir, “Yer yuzining sayqali”, Ulug‘bek, “Temur tuzuklari”, bunyodkorlik, taraqqiyot. Biz bugun afsonaviy ajdodimiz, yetti iqlim hukmdori deb nom olgan muzaffar o‘zbek, buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temurning nomini buyuk ehtirom bilan -106- tilga olamiz. Negaki, Amir Temur shon-u shavkati zamin-u zamonlarga taralgan bashariyat farzandidir. U eng avvalo, umuminsoniy, tarixiy shaxs. Buyuk shajaramizning iftixori, davlatimiz va davlatchiligimizning asoschisidir. Biroq, o‘zbek kishisining ongida bu ulug‘ zot abadul abad Vatan va Ozodlik ramzi bo‘lib qolgan. Zotan, u o‘zbek millatini mazlumlik, xor-u zorlik, parokandalik botqog‘idan xalos etib, shu qadar yuksaklarga ko‘tardiki, pirovardida to‘la huquq bilan uni “millatlarning eng qadimi va eng ulug‘i” deb atay oldi. Yolg‘iz o‘zining hayoti davomida – tarixan bir soniyalik muddatda – o‘z ruhiyati qudrati, o‘z tafakkuri shiddati bilan o‘zining ta’biricha “kengash, tadbir va mashvarat” bilan, iloji qolmaganda, zamonasining zayliga ko‘ra qo‘lda qilich bilan “Irtishdan Ganggacha, Gobi sahrosidan Marmar dengizigacha”, “Volga bo‘ylaridan qudratli Nil sohillarigacha, Oltin O‘rdadan Hijozgacha” yastangan qudratli davlatni barpo etdi va avlodlarga meros qilib qoldirdi. Bizning bugungi O‘zbekistonni tashkil etgan Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi zamin esa o‘sha davr kishilarining ta’rifi bo‘yicha chinakam jannatga aylantirilgan edi. “XIII asrning birinchi yarmida Samarqand bosqinchilar zulmi tufayli xarobalikka yuz tutgan, qal’alar, masjidlar, madrasalar qarovsiz qolgan edi. O‘sha zamonda yurtimizga kelgan bir arab sayyoxining shohidlik berishicha Samarqand shunday huvillab yotardiki, avvalgi aholisining chorak qismi qolgan, me’moriy obidalar vayronaga aylangan, ariqlar ko‘milib ketgan, shahar suvsiz, bog‘lar qurib bitgan edi. Sohibqiron bobomiz ana shunday murakkab bir davrda taxt tepasiga keldi. U Samarqandning gullab-yashnashi uchun butun umrini sarf etdi”. Sohibqiron Amir Temur tufayli Samarqand “Yer yuzining sayqali”ga aylandi. Alp Yer To‘nga poytaxt etgan, Aleksandr Makedonskiy, Qutayba ibn Muslim, Chingizxonlar mutlaq yer yuzidan yo‘qotib tashlamoqchi bo‘lgan Samarqand – samandardek, qaqnusdek qaytadan yana o‘zini tiklayverdi. Lekin u Amir Temur va uning nevarasi, buyuk munajjim Ulug‘bek va bizning mustaqilligimiz davridagidek, -107- hech qachon jamol ochmagan edi. Har qanday chet ellik sayyoh Go‘ri Amir, Bibixonim, Shohizinda maqbaralari, Registondagi madrasalar qoshida hayratga tushgan bo‘lsa, mustaqillik yillarida bunyod etilgan Imom al-Buxoriy, Imom al- Motrudiy maqbaralari qoshida ham ana shunday holatni boshdan kechirishi tayin. Sohibqiron Amir Temur ham yurtimizning har bir burjida ulkan qurilishlarni amalga oshirgan bo‘lsa, masjid-u madrasalar, buyuk zotlarga maqbaralar bunyod etgan bo‘lsa, bugungi kunda poytaxtni-ku qo‘ya turing, viloyat markazlari, tumanlar, qishloqlardagi bunyodkorlik ishlarini ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi. Bunday paytda Amir Temurning “Kimki bizning shon-shuhratimizni ko‘rmoqchi bo‘lsa, biz barpo etgan imoratlarga nazar solsin”, – degan so‘zlari yodiga tushadi. Shunday zamonlarni boshdan kechirdikki, “Qay bir joydan bir g‘isht olsam o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim”, degan buyuk zot haqida savodsiz, johil, qonxo‘r, bosqinchi degan so‘zlarni boshni egib eshitib keldik. Amir Temur ozodlikni tug‘, adolatni shoir etgan inson. Hatto vido nafasida ham avlodlarga u “Adolat va ozodlik – dasturingiz, rahbaringiz o‘lsin”, – deya tayinlagan edi. Uning butun hayoti, siyosati, mafkurasi ozodlik va vatanparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgandir. Siyosatda Amir Temur kuch ishlatish tarafdori emas edi. “Siyosat bilan maqsadga erishish mumkin bo‘lgan joyda qurol bilan harakat qilish noto‘g‘ridir”, – degan edi u. Lekin, yurtini tashqi zulm va tajovuzlardan tamomila ozod qilgandan keyin, xavfsizlikni ta’min etish uchun umrining 45 yilini ot ustida, jang-u jadallarda kechirdi. Shu bois insonlar tasavvurida Amir Temur siymosi jahongir lashkarboshi sifatida mangu o‘rnashib qoldi. Uning jahon miqyosida qozongan obro‘-e’tibori ham asosan harbiy salohiyatlari, harbiy sohadagi zafarlari markazlashgan buyuk davlatni, olamshumul saltanatni barpo etganligi sharofatidir. Biroq, g‘alaba yoki mag‘lubiyat, tavallud yoki ajal – inson hayotining sirtqi alomatlari, xolos. Hayotning asl mohiyati ma’naviy jabhalarda yotadi, ma’naviy mazmunlarda ochiladi. Faqat mustahkam ma’naviyat qonun-qoidalariga asoslangan siyosat porloq istiqbolga egadir. Amir Temur saltanatining misli ko‘rilmagan ravnaqi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling