1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
peshonali, kallasi katta, bag‘oyat kuchli va salobatli, oq-qizil yuzli, qo‘l-oyoqlari
baquvvat, keng yelkali, barmoqlari yo‘g‘on,boldirlari semiz, qaddi-qomati kelishgan, sersoqol, ikki ko‘zi bamisoli ikki sham, yo‘g‘on ovozli…, bexato fikrli, faxm-farosatli, baxtiyor, ulug‘ligi o‘ziga yarashgan, qat‘iy azm bilan so‘zlovchi, haqgo‘y kishi edi. U zimdan qarash va ko‘z ishoratlarini sezadigan, idrokli, sinchkov, har qanday ishoratdan ogoh kishi bo‘lib, yuz berishi mumkin bo‘lgan hamma ishni oldindan ko‘rib-bilib turar edi”. Amir Temur bobomiz haqida tarixchi va sayyoh Ibn Xaldun ham o‘z qo‘lyozmasini qoldirgan. Amir Temur bobomiz bilan Ibn Xaldun 1401- yilning yanvar-fevral oylarida uchrashgan. Amir Temur bobomiz undan Mag‘rib mamlakatlari haqida ma’lumot to‘plab berishini so‘raydilar olim ma’lumotlar -98- bergach,o‘z yurti Qohiraga qaytishini ijod etishini davom etirishiga ruxsat berganliklari haqida o‘z xotiralarida yozadi. Amir Temur bobomiz o‘z hulq- atvori va atrofdagilarga muomalasi bilan ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lgan.. (Hakim Sattoriy “Hazrat Sohibqiron” asari 34-154 bet) Amir Temurning siymosini yaratish 1994-yildan boshlab kirishildi. Hatto ko‘rik-tanlov ham e’lon qilindi. Natijada suratlar orasidan rassom, professor Malik Nabiyevning chizgan surati tanlab olindi. Bir necha oylik ishlaridan so‘ng, Malik Nabiyevning chizgan surati, Ilhom Jabborov yaratgan haykali muvofiq topildi. Amir Temur bobomiz haqida so‘z borganda bir savol meni qiynaydi. 1941-yil Alisher Navoiy bobomizning 500 yiligi munosabati bilan negadir Amir Temur bobomizning ham qabrlari ochiladi? Nega Amir Temur bobomizning ham ruhlari toptaladi? Ekspeditsiya a’zolari quyidagilar edi: Qori Niyoziy, antropolog M.Gerasimov, professor L.Oshanin, eronshunos A.Seminov, arxitektor B.Zasipkin, arxeolog B.Shishkinlardan iborat edi. 1941-yil 19-iyun kuni Amir Temur qabrini ochishga kirishiladi. Uning qabri o‘g‘illaridan ancha farq qilib, o‘z salovati va ulug‘vorligi bilan ajralib turardi. Qabr 20 sm qalinlikda og‘ir marmartosh bilan berkitilgan bo‘lib, toshning uzunligi 2 metr 45 sm, eni 90 sm. Bu qabr toshga mahorat bilan yozuv bitilgan. Qabrning uzunligi 3 metr, eni va chuqurligi 1 metr. 20-iyun kuni ekspeditsiya o‘z ishini davom ettiradi. Butun jarayon kinosuratga olinayotganligi va hujjatlashtirilib borilayotganligi uchun ish sekin davom etardi. Amir Temurning tobutini lahaddan oladilar. Tobutning hamma tomoni archadan yasalgan edi, shuning uchun ham shuncha yillar o‘tsada tobutga hech narsa bo‘lmagan edi. Ustki qismida esa ko‘k rangli ipak choyshab yopilgan edi. Ipak choyshab yomon saqlanganligi uchun naqshlar butunicha aniqlanmadi. Sohibqironning jasadi uzun qilib yotqizilgan bo‘lib, yuzi Makka tomonga qaratilgan edi. Amir Temur jasadi ko‘rindi. Atrofni allaqanday hushbo‘y hid qopladi. Bu yerda turganlar hiddanmi yoki hayratdanmi o‘zlarini orqaga oladilar Uning boshi, bo‘yi, oyoq tomonlari mumiyolangan muskullari, teri parcharalari turardi. I.V.Oshanin jasadning suyaklarini tekshirganda quyidagilarni aniqlagan edi: Temur yelkasi keng va bo‘yi o‘rtacha – 166,2 sm -99- bo‘lgan. Miyasining hajmi 1668 sm kub.sm bo‘lib, u erkak kishi miyasining o‘rta hajmidan (1500 kub.sm) ortiqdir. Antropolog Gerasimov Amir Temurning soch va soqoli ranglarini o‘rganib chiqadi. Suyaklari ham o‘rganadi. Afsuski, Temur bobomizni suyaklarini o‘rganish maqsadida Moskvaga olib ketildi. Amir Temur bobomiz hayoti yoshlarimiz uchun muhim tarbiya omilidir. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning fikrlari bilan izohlasak, – “Tarix bu ko‘hna dunyoda o‘tgan ko‘p jahongirlarni biladi.Ularning aksariyati faqat buzg‘unchilik qilgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Uning “Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim” degan, so‘zlari fikrimizning dalilidir. Zero, Amir Temur va temuriylar davri (XVI asr ikkinchi yarmi va XV asr) Movarounnahr va Xuroson o‘lkalarida madaniy rivojlanishning yuksak darajaga erishuvi, ma’naviy hayotning takomillashuvi bilan izohlanadi. Mening fikrimcha nafaqat tarix fani o‘qituvchisi balki, matematika, fizika, geografiya, ingliz tili barcha-barcha fan o‘qituvchilari buyuk davlatchiligimiz asoschisi haqidagi manbalarni bilishi yosh avlodga uni har doim talqin etishi milliy g‘ururni o‘quvchilar ongiga singdirishi lozim deb hisoblayman. Zero,buyuk ajdodlarimiz yod etgan yosh avlod ularga munosib ajdod bo‘lishga harakat qiladi, ularni hech qanday yot g‘oyalar chalg‘itmaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling