1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
- Bu sahifa navigatsiya:
- -65- Raxmatov Tohir Istamovich G‘ijduvon tumani 40-umumiy maktab o‘qituvchisi MARKAZIY OSIYONING IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTIDA AMIR
- Kalit so‘zlar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Amir Temur “Temur tuzuklari” T: 1996. 2. Bo‘riboy Ahmedov “Amir Temurni yod etib” T: 2018 3. Hamdam Sodiqov “Razvedka” T: 2010. 4. Ibn Arabshoh “Amir Temur Tarixi” T: 1992. -65- Raxmatov Tohir Istamovich G‘ijduvon tumani 40-umumiy maktab o‘qituvchisi MARKAZIY OSIYONING IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTIDA AMIR TEMURNING TUTGAN O‘RNI Annotatsiya: Ushbu maqolada Amir Temurning Markaziy Osiyoda tutgan o‘rni, davlat boshqaruv shakli, ma’muriyat ustidan nazorat, davlatni idora etish, islom diniga bo‘lgan e’tibori, fuqarolik jamiyati, madrasa qurilishi sohasi haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: Iskandar Zulqarnayn, Yuliy Sezar, Horun ar-Rashid, Kebek, inoq, sipohiy, Parij, Qur'on. Tarixda o‘tgan ulug‘ daholar orasida ulug‘ bobomiz Amir Temur ham bor. U Iskandar Zulqarnayn, Yuliy Sezar, Horun ar-Rashid, va Ma’mun singari tarixda o‘chmas iz qoldirgan. Yirik davlat arbobi, mohir sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi sifatida e’tirof etilgan. Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Yakkabog‘ tumanidagi Xoja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning to‘liq ismi Amir Temur Ko‘ragoniy ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Burquldir. Yozma manbalarda u Temurlang, Yevropa adabiyotida Tamerlan nomlari bilan ta'riflanadi. Temur davrida davlatning markaziy ma'muriyati boshida devonbegi, arkbegi hamda 4 vazir turardi. Birinchi vazir yer soliqlari, chegara bojini undirish, hamda mirshablik ishlarini bajarardi. Ikkinchi vazir – askarlar maoshi va oziq-ovqat ta'minotlari bilan shug‘ullangan. Uchinchi vazir – harbiylar, ularning lavozimu mansablariga tayinlanish va me'ros ishlariga ma’sul bo‘lgan. To‘rtinchi vazir – saroy hujjatlarini yuritish bilan shug‘ullangan. Temur davlati tuzilishi sohasida katta o‘zgarishlarni amalga oshirdi va XV asrning birinchi yarmida Mo‘g‘ul xoni Kebek hukmronlik qilgan davrda joriy etilgan mamlakatni harbiy-ma'muriy bo‘linishini saqlab qoldi va uni rivojlantirdi. Ammo, -66- davlatning ma'muriy idora etish tarkibini takomiliga suyurg‘olning keng tarqalishi tushkunlik qildi. Amir Temur davlatni boshqarishda ko‘p narsalarga e'tibor berib, ularni bajarishga harakat qildi. Birinchi – uning davlati va saltanatiga bog‘langan birinchi tuzugini u Tangri taoloning dini, Muhammad Mustafoning shariatiga dunyoda rivoj bergan. Har yerda va har vaqt islom dini quvvatlaganligidir. Ikkinchi – 12 tabaqa va toifadagi kishilar bilan mamlakatlarni zabt etgan, ularni idora qilgan. Davlat, saltanat ustunlarini o‘shalar bilan o‘tkazgan. Uchinchi – maslahat kengashi tadbirkorlik faollik va hushyorlik bilan g‘animni o‘ziga bo‘ysundirgan. Saltanatini ishlarini muruvvat va sabr-toqat bilan yurgizgan. To‘rtinchi – davlat ishlarini saltanat qonun-qoidalariga asoslangan holda boshqargan. Amirlar, vazirlar, inoqlar lavozimida mamnun holda xizmat ko‘rsatishgan. Beshinchi – amirlar va sipohiylarni martaba va unvonlar bilan taqdirlagan. Oltinchi – adolat va insof bilan gunohkorlarga ham, begunohlar ham rahm qilib, tangrining yaratgan bandalarini o‘zidan rozi qiladi. Yettinchi – sayidlar, oqilu-donolar, olimlar, tarixchilarni izzat hurmatini joyiga qo‘ygan. Sakkizinchi – azmi-jazm bilan ish tutgan. To‘qqizinchi raiyat ahvolidan ogoh bo‘lgan, ulug‘ni ulug‘, kichikni kichik o‘rnida ko‘rgan. O‘ninchi – turku-tojik, arab ahlining turli toifa va qabilalardan bo‘lgan kishilarning ulug‘lariga hurmat bilan qaragan. O‘n birinchi – farzandlar, qarindoshlar, qo‘shnilar va ular bilan bir vaqtda do‘stlik qilgan barcha odamlarni davlatu ne'mat martabasiga erishganida unutmay ularning haqlarini ado etgan. O‘n ikkinchi – do‘stu-dushmanligiga qaramay har joyda sipohiylarni hurmat qilgan. Amir Temur o‘z vazifalarini 4 toifaga bo‘lgan. Birinchi – asillik, toza nasllilik; Ikkinchi – aql-farosatlilik; Uchinchi – sipohu rayiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalada bo‘lishlilik. To‘rtinchi – sabr-chidamlilik va tinchlik kabilarga ega bo‘lishi kerak. Kimki shu to‘rt fazilatga ega bo‘lsa, unday odamni vazirlik martabasiga loyiq kishi deb bilgan. Uni vazir yoki maslahatchi etib tayinlagan. Bunday vazirga to‘rt imtiyoz; ishonch, e'tibor, ihtiyor va iqtidor berishgan. Temur o‘zining markazlashgan -67- davlat va huquqini barpo etishda musulmon dunyosida shakllangan siyosiy va huquqiy ta'limotiga asoslanadi. U shahar va qishloqlarda tartib va qonunchilikni o‘rnatdi. Uning mafkurasi islom bo‘lgan bo‘lsa, shariat qonunlar tizimi edi. Amir Temur islomning davlat mafkurasi darajasida, shariatni esa huquqiy tizim sifatida qabul qilish bilan cheklanmasdan, u o‘zining tamoyillari, qoidalari; “Tuzuklarini” ham ishlab chiqadi. “Temur tuzuklari”da Amir Temur Movorounnahrning 1342- 1345-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, qo‘shni mamlakatlar va xalqlar bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlar haqida hikoya qiladi. Amir Temurning “Temur tuzuklari” asarida yozib qoldirilgan o‘gitlaridan: • Millatning dardiga darmon bo‘l. • Kuch adolatdadir. • Yaxshi odam yurt tuzar, yomon odam yurt buzar. • Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir. Fuqarolik jamiyatini turli toifalariga bo‘lib, ularning vakillari bilan bamaslahat boshqarish, qonunchilik va davlat hokimiyatini mustahkamladi. Har bir tabaqa va toifalarning moddiy, ma'naviy, ehtiyojlarini hisobga olish o‘zga mamlakatlar, xalqlar orasida ham Temurning obro‘sini yuksalishga olib kelgan. U qonunlarga rioya qilishni shu qadar jiddiy qo‘ygan ediki, qonunni buzganligi uchun eng yuqori lavozimdagi mansabdorlar, hatto, o‘zining eng yaqin qarindoshlar va farzandlarini ham jazolashga buyurgan. Qonunchilikni ana shu darajada o‘rnatilishi mamlakatda tinchlik osoyishtalik o‘rnatishiga olib kelgan edi. Amir Temurning yana bir muhim qoidalaridan biri payg‘ambar avlodlariga hurmat bilan qarishi, o‘zining pirlari, olimlar, bilan suhbatlashish hamda ularning maslahatlariga ko‘ra davlatni boshqarish edi. Amir Temurning uzoqni ko‘ra bilishni tasdiqlovchi yana bir misol: u o‘zining juda katta hududda joylashgan davlatini boshqarishda barcha davlat, xalqlaring hayotiga tegishli ma'lumotni to‘plashga jiddiy e'tibor bergan. Ana shu to‘plangan ma'lumotlarga asosan u davlatni boshqarishda qaror va farmoyishlar bergan. Biz o‘zbeklarni ulug‘ bunyodkor xalq deb dunyoga tarannum etyapmiz va aslida ham -68- shunday. YUNESKOning Parijdagi qarorgohida Amir Temur bobomizning tavalludlarini o‘tkazishdan maqsad komil bu insonning eng avvalo buyuk davlat asoschisi, buyuk bunyodkor ijodkor shaxs bo‘lganini, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shganini dunyo ahliga bildirish edi. Parijda va umuman Yevropada ham Temur bobomizning obro‘sini to‘kishga urunishlar bo‘lgan. Bunga hech qanday mantiqiy asos yo‘qligini isbotlab berish qiyin emas. Inson bir paytning o‘zida bunyodkor, yovuz bo‘lishi mumkin emas. Madrasalarni qurgan, fuqarolarni boshini silagan, Qur'onni yod bilgan shaxs yovuzlik qilarmidi? O‘zbek tom ma'noda bunyodkordir. Unga birovning yeri kerak emas. Bizning xalqimiz tinchlikparvar xalqdir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling