1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
- Bu sahifa navigatsiya:
- -76- 2-SHO‘BA. AMIR TEMUR TARIXINI O‘QITISHDA YANGI PEDAGOGIK YONDASHUVLAR Haydarov Yuldash Hazratovich
- AMIR TEMURNING ONA YURTNI ULUG‘LASH BORASIDAGI FAOLIYATI – YOSHLAR UCHUN NAMUNA MAKTABI Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:
1. Амир Темур Европа элчилари нигоҳида / Клавихо Руи Гонсалес де. Буюк Амир Темур тарихи (1403-1406); Тарж., У.Жўраев. Султония архиепископи Иоанн. Амир Темур ва унинг саройи ҳақида хотиралар. Тарж., Б.Эрматов; Масъул муҳаррир А.Х. Саидов. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2007. – 208 б. 2. Йаздий, Шарафуддин Али. Зафарнома // Сўз боши, табдил, изоҳлар ва кўрсатгичлар муаллифи ва нашрга тайёрловчилар: А.Аҳмад, Ҳ.Бобобеков: Масъул муҳаррир Б.Эшпўлатов. Нашрлар ва матбаачилар гуруҳи: И.Шоғуломов ва бошқалар // - Т.: Шарқ, 1997. – 384 б. + 16 илова. 3. Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma / Nizomiddin Shomiy. – T.: Fan, nashriyoti, 2019. – 544 b. 4. Темур тузуклари // Форсчадан А.Соғуний ва Ҳ.Кароматов тарж, Б.Аҳмедов таҳрири остида /. – Т.: Нашриёт-матбаа бирлашмаси, 1991. – Б. 72. – 144 б. -76- 2-SHO‘BA. AMIR TEMUR TARIXINI O‘QITISHDA YANGI PEDAGOGIK YONDASHUVLAR Haydarov Yuldash Hazratovich Buxoro viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent AMIR TEMURNING ONA YURTNI ULUG‘LASH BORASIDAGI FAOLIYATI – YOSHLAR UCHUN NAMUNA MAKTABI Annotatsiya: Ushbu maqolada milliy tarixni yangicha yondashuvlar asosida o‘rgatish maqsadida Amir Temurning ona yurti Buxoroni ulug‘lash, ardoqlash borasidagi faoliyatidan yorqin misollar keltirilgan. Tarix fani o‘qituvchilari Sohibqironning ona yurti Buxoroda olib borgan obodonchilik va bunyodkorlik ishlarini keng yoritishlari uchun zaruriy ma’lumotlar bayon qilingan. Kalit so‘zlar: ona yurt, milliy tarix, yangicha yondashuv, ona yurtni sevish, bunyodkorlik, obodonchilik, kitobxonlik, namuna maktabi, tarixiy tafakkur, tarixdan saboq olish, yurt taqdiriga daxldorlik. Markazlashgan davlat asoschisi, buyuk sarkarda, yurtparvar va xalqparvar hukmdor, ilm-fan va madaniyat homiysi Sohibqiron Amir Temurning ona yurtni ulug‘lash va ardoqlash borasidagi faoliyati hozirgi yoshlar uchun namuna maktabi vazifasini o‘taydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 19- yanvardagi videoselektorda tarix fanini o‘qitish bo‘yicha konseptual ko‘rsatmalar berdilar: “Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy ta’siri bo‘lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur[1.1]”. Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratishda yangicha yondashuvlar zarur. Buning uchun -77- tarix fani o‘qituvchilari xalqimizning bunyodkorlik va yaratuvchilik faoliyatini chuqurroq, tahliliy asosda o‘quvchilar ongi va qalbiga singdirishlari kerak. Bu maqsadga erishish uchun tarix fanini o‘qitishda Amir Temurning bunyodkorlik va obodonchilik sohasidagi faoliyatini yangi pedagogik yondashuvlar asosida, ya’ni birlamchi manbalardan foydalanib yorqin misollar asosida tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada Amir Temurning ona yurti Buxoro olib borgan bunyodkorlik va yaratuvchilik ishlarini ko‘rsatuvchi yorqin misollar keltirishga harakat qilamiz va tarix fani o‘qituvchilari foydalanishlari uchun tavsiya qilamiz. Amir Temur davrida ona yurti Buxoro jahon maydonida eng mo‘tabar shaharlardan biri darajasiga ko‘tarildi hamda diniy va dunyoviy ilmlar markazi sifatida nom chiqardi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, XIV asr oxiri XV asr boshlarida Buxoro Movarounnahrning katta va eng nufuzli shaharlaridan biri bo‘lgan. Akademik V.V. Bartoldning ta’kidlashicha, o‘sha paytda Buxoro kattaligi, hajmi jihatdan Samarqandga teng bo‘lib, 12 darvoza bilan o‘ralgan edi[2.134]. Lekin butun mintaqada yagona markazlashgan hokimiyat yo‘q edi. Movarounnahr tarqoq, parchalangan holda bo‘lib mo‘g‘ul zulmi xalqning tinkasini quritayotgan edi. Temur shunday murakkab bir sharoitda dunyoga keldi. Barlos beklaridan bo‘lgan Muhammad Tarag‘ay Shahrisabzda hokim edi. U Buxoroda «Sadr ash- shariat» («Dinning ulug‘i») deb nom qozongan katta ruhoniyning qizi Tagina begim Mohga uylanadi. Amir Temurning onasi Tegina begim (Tegina begim Moh, Takina xotun, Tegina xotun, Tegina Moh begim shaklida ham ayrim manbalarda uchraydi) Buxoroi Sharifda olim Ubaydulloh ibn Ahmad al-Mahbubiy al-Buxoriy xonadonida dunyoga kelgan. Hozirgi davrda tarix fani o‘qituvchilari o‘z darslarini zamonaviy yondashuvlar asosida o‘tishda, milliy tarixni milliy ruh bilan o‘rgatishda Amir Temurning ona yurtni ulug‘lash va ardoqlash borasidagi faoliyatidan quyidagi yorqin misollarni keltirishlari mumkin. Amir Temur markazlashgan davlat tuzish maqsadini amalga oshirishda Buxoroga katta umid bog‘ladi va umidlarida adashmadi. Alohida harbiy tayyorgarlik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling