1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Shavkat Mirziyoyev -93
-92-
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Аmir Temur jahon tarixida. T., 2010. 2. Аhmedov B. Tarixdan saboqlar. T: O‘qituvchi, 1994. 3. Sharafiddin Аli Yazdiy. Zafarnoma. T., 1997. 4. Saidqulov T.S. O‘rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavhalar. T: O‘qituvchi, 1993. Botirov Davrbek To‘ymurodovich Olot tuman 31-IDUMI o‘qituvchisi AMIR TEMUR TARIXINI O‘QITISHDA YANGI PEDAGOGIK YONDASHUVLAR Annotatsiya: Mazkur maqolada tarix darslarini o‘qitishda yangi pedagogik yondashuvlar, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalar va interfaol usullarnini qo‘llab o‘rganish borasida tavsiyalar keltirilgan. Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tarix fani o‘qituvchilari oldida tarix darslarining samaradorligini yana ham oshirish vazifasi ko‘ndalang turibdi. Bunda esa tarix darslarida interfaol usullarni qo‘llash esa yaxshi samara berishi haqida fikrlar aytib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: milliy davlatchilik, Amir Temur va temuriylar davri tarixi, ta’lim tizimi, darsliklar, an’anaviy ta’lim, zamonaviy darslar. «Barchamiz yaxshi tushunamiz, ta’lim-tarbiya – har qaysi davlat va jamiyatning nafaqat bugungi, balki ertangi kunini ham hal qiladigan eng muhim va ustuvor masaladir» Shavkat Mirziyoyev -93- Mustaqil O‘zbekiston milliy davlatchilikning tiklanishi xalqimiz taqdirida mislsiz ahamiyat kasb etdi. O‘zligini anglashga bel bog‘lagan har bir xalq va millat avvalo buyuk ajdodlari, siyosiy, harbiy arboblari va ulug‘ allomalarining mamlakat, qolaversa, jahon tarixida tutgan o‘rni, xizmatlarini e'zozlashni o‘rniga qo‘yadi, boshqalarga ham uni e'tirof ettiradi Ana shunday bemisl, betakror, butun dunyo e'tirofiga sazovor bo‘lgan buyuk siyosiy va harbiy arbob, fan-madaniyat homiysi Sohibqiron Amir Temur hayotini chuqur o‘rganish juda muhimdir. Yoshlarimiz uni qanchalik mukammal o‘rgansalar, undan shunchalik saboq oladilar. O‘zbekistonning sobitqadam, jasur, aql-idrokli, Ona Vatan qudratini jahonga ko‘z-ko‘z qilishga qodir va xos fidoiy farzandlari bo‘lib yetishadilar. Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan mavzularni zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikativ texnologiyalar yordamida o‘rganish nihoyatda muhimdir. Chunki bugungi kunda maktab, akademik litsey va boshqa ta’lim dargohlarida yangi pedagogik yondashuvlar va axborot kommunikativ texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etilishiga katta ahamiyat berilmoqda. O‘zbekiston tarixini o‘qitishda va o‘rganish jarayonida fan dasturlarida Amir Temur va temuriylar davri tarixiga muhim o‘rinlardan biri ajratiladi. Bu mavzu o‘z ichiga bir qator mavzularni qamrab olgan bo‘lib, ularni o‘quvchi va o‘quvchilar yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi Vatanimiz ta’limi keng qamrovli islohotlarni amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirmoqda ulardan ko‘zda tutilgan maqsad maktab faoliyatini demokratlashtirish, uning insonparvarlik tamoiyillarini rivojlantirish, bu vazifalarning muvaffaqiyatli hal qilishning muhim shartlaridan biri chet el maktabi va pedagogikasi tajribalariga munosabatni tubdan o‘zgartirishdan iborat ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Bu tajribalarni sinchkovlik va qunt bilan o‘rganish orqali ta’limda xato va yanglishishlardan, shubhali xulosalardan o‘zimizni saqlashimizdan tashqari ta’lim- -94- tarbiyada qotib qolgan, eskirgan, o‘z dolzarbligini yo‘qotib borayotgan ish shakllari va uslublaridan tezroq xalos bo‘lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo‘shimcha boy manbalarga ham ega bo‘lamiz. Tarix fani o‘qituvchilari oldida tarix darslarining samaradorligini yana ham oshirish vazifasi ko‘ndalang turibdi. Bunda esa tarix darslarida interfaol usullarni qo‘llash yaxshi samara berayotganligi o‘tkazilayotgan tajribalardan ham ko‘rinib turibdi. Bugun endi tarix fani ustozlari oldida ish faoliyatimizda keng qo‘llashimiz va o‘z o‘rnida yangi pedagogik yondashuvlardan samarali foydalanishimiz hamda tarix darslari samaradorligini yanada oshirishga o‘z hissamizni qo‘shishdek vazifalar turibdi. Mazkur mavzu zamon shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda ta’lim sohasida ham islohotlar, yangiliklar qilishni taqozo etmoqda. Endi o‘quvchi va o‘quvchilarni an’anaviy ta’lim metodlari bilangina o‘qitish yetarli bo‘lmay qolmoqda. Shu bois ta’limga yangicha yondashish kunning dolzarb masalasiga aylandi. Zero: “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunga zamonning o‘zi ham yo‘l qo‘ymaydi”. Ko‘p hollarda o‘qituvchilar o‘qitish usullarini tanlashda dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga faqat tayyor bilim berish, ya‘ni ularni oqitish ta’limini bir tomonini ko‘zda tutib o‘quvchilarning o‘rganishi, ta‘limning ikkinchi muhim tomonlarini uyushtirish unga rahbarlik qilish, bilim, malaka va qobiliyatlarini sistemali ravishda o‘stirib borish kabi muhim jihatlarini e‘tibordan chetda qoldiradilar. Shuningdek o‘qitishning usul va usullarini tanlash o‘quv materiallarining mazmunidagi o‘ziga xosliklarni, uning ta‘lim-tarbiyaviy vazifalarini o‘quvchilarning bilimi, malakasini etiborga ola bilmaslik hollari ham shunday jiddiy kamchiliklar jumlasidan edi.Bu hol ma‘lum darajada o‘quvchilarning tarix faniga qiziqishlari pasayishga umumiy ta‘lim-tarbiya ishlarini natijasiga salbiy ta‘sir ko‘rsatdi. Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchi (yoki o‘quvchi) larni faqat tayyor bilimlarni egalashga o‘rgatib kelingandi. Bunday usul o‘quvchi (yoki o‘quvchi)larda -95- mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so‘ndirar edi. Endi o‘quv jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga javob beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etish davri keldi. Boshqacha qilib aytganda zerikarli darslar o‘rniga darslarni tashkil etishga ma’suliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega, ma’suliyatli, zamonaviy, interfaol pedagogik texnologiyani mukammal o‘zlashtirib olgan, innovatsiyalar asosida ta’limni tashkil eta oladigan o‘qituvchilarga talab oshib bormoqda. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling