1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: “O‘zbekiston”, 2008-yil. 2. “Amir Temur o‘gitlari” 1996-yil 3. Hakim Sattoriy “Hazrat Sohibqiron” asari “Sharq” 2016,2019-yil 4. Salohiddin Toshkandiy “Temurnoma” “Toshkent” 1991-yil 5. “Amir Temur ajdodlari” “Qomuslar Bosh tahririyati “Toshkent” 1992- yil. -100- Fayziyeva Nilufar Erkinovna Romitan tuman 41-IDUM o‘qituvchisi AMIR TEMUR DAVLATINING RAMZLARI Annotatsiya: Ushbu maqolada Amir Temur davlatining ramzlari xususida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, Amir Temur tarixini o‘qitishning dolzarbligi xususida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: davlat ramzlari, bayroq, Amir Temur, madhiya, mo‘g‘ullar hukmronligi, Sayyid Baraka. Bugun biz xalqimizning ko‘z oldimizda bunyod bo‘layotgan yangi tarixiga nafaqat guvohmiz, balki bu tarixiy jarayonning bevosita ishtirokchilarimiz. Shuning uchun ham yaqin o‘tmishimizda yuz bergan voqea-hodisalarni to‘laqonli va haqqoniy aks ettirish ham bizning burchimizdir. Amir Temur shaxsiyatini tiklash va uning nomini tarixiy mavqeyiga munosib tarzda dunyoga tanitish g‘oyasining paydo bo‘lishi va amalga oshirilishi hammamizning ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘ldi. O‘zbekiston mustaqilligi bizga buyuk sohibqironni qaytarib bergani bilan ham alohida qadrlidir. Amir Temur yana xalqimiz qalbidan munosib o‘rin oldi. XIV asrning 2-yarmi va XV asr vatanimiz tarixida voqealarga nihoyatda boy, tarixiy saboq davri hisoblanadi. Chunki bu davrda mo‘g‘ullar hukmronligi va feodal tarqoqlik tugatilib, bosqinchilarning vayronagarchiliklari va bir yarim asrlik zulmlari oqibatida iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy turg‘unlik holatida tushib qolgan mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qayta tiklashga kirishdi. Bu diyorda Amir Temur boshchiligida yagona tug‘ ostida markazlashgan, kuchli va mustaqil feodal davlat tashkil topdi. Markaziy Osiyo xalqlari ostida yuz bergan bu tarixiy voqeada, shubhasiz, Amir Temurning xizmati g‘oyat buyukdir.Yirik davlatni yaratib, Amir Temur mamlakatning iqtisodiy va madaniy rivoji uchun sharoitlarni tayyorlagan. O‘tgan davrlarning qadimiy an’analari yangi tarixiy ko‘rinishda qayta tiklanadi. Yaqin va -101- O‘rta Sharq bo‘ylab Movaraunnahr savdo-sotiq, iqtisod va madaniyat markaziga aylanishi zamirida, Samarqand, Kesh, Buxoro, Termiz, Toshkent, Marv va boshqa qadimiy shaharlar obodonlasha boshlagan. Masjid, madrasa, maqbara, karvonsaroy va hammomlarning katta binolari qad rostlay boshlagan. Har qanday g‘alaba me’morchilikda abadiylashishi odatiy holatga aylanib qolgan. Bunyodkorlik faoliyatida Amir Temur ma’lum bir siyosiy maqsadlarga amal qilgan. U qurdirgan inshootlar saltanatning kuch-qudratini ko‘rsatib bera olishi kerak bo‘lgan. Boshqaruv yillari davomida Amir Temur feodal tarqoqlikka barham beradi. Fransiya, Angliya, Kastiliya kabi yirik Yevropa qirolliklari bilan savdo-diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yadi. Afsuski, Amir Temurning vafotidan so‘ng, g‘arbiy Yevropa bilan savdo-diplomatik aloqalar nihoyasiga yetadi. Amir Temur tarix sahifalarida Aleksandr Makedonskiy, Yuliy Sezar kabi yirik sarkardalar bilan bir qatorda turadi. Amir Temur – insoniyat tarixidagi eng qat’iyatli shaxslardan biridir. Turli manbalarga tayangan holda u haqidagi bilimlarimizda ham hukmdor, zobit, sarkarda, ham jangchi sifatida gavdalanadi. O‘z davlatining kuch- qudratini oshirib, uni mustahkamlash uchun Amir Temur davlatining boshqa davlatlarga o‘xshab o‘z ramzlari – davlat bayrog‘i, gerbi va mamlakatning madhiyasi mavjud bo‘lgan. Bu davlat bayrog‘iga moviy osmon, butun koinotga ta’sir qiluvchi quyosh va hayvonlarning eng qudratlisi sher suratini aks ettirgan. Alloh yaratgan eng buyuk mo‘jiza quyoshdir. Quyosh hammaga rizq-ro‘z ulashadi. Shuning uchun nur sochib turgan quyosh ramzi bayroqda asosiy o‘rin tutgan. Amir Temur ovni yoqtirgan, hayvonlarning qudratlisi sher unga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Moviy osmon esa beg‘uborlik, tiriklik ramzi sifatida qabul qilingan. Davlat bayrog‘ini maxsus bo‘linma jangchilari qo‘riqlashgan. Jang paytida bayroq eng baland joyda hilpirab turgan. Bayroqning yiqitilishi, dushman tomonidan qo‘lga kiritilishi mag‘lubiyat hisoblangan. Davlat tamg‘asi yoxud davlat gerbi uchburchak shaklda bo‘lgan. Sohibqironning uch iqlimda shimol, janub, g‘arb ya’ni uchta qit’a, 27 mamlakatga -102- hukmronligiga ishora qilingan. Davlat gerbi mamlakatning rasmiy qog‘ozlarida, yorliqlarida va mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarda o‘z ifodasini topgan. Hatto otlarning taqasida ham tamg‘a belgisi ifodalangan. Qilich, egar-jabduq, gazlamalarda tamg‘a bo‘lgan. Unda “Kuch adolatda!” ya’ni “Rosti-rusti” uning uzugida yozilgan. Sohibqiron saltanatining madhiyasi ham bo‘lgan. Bu madhiya “Alloh yor” deb nomlangan. Davlat bayramlari paytida, harbiy yurishlarda, jangga kirishishdan oldin harbiy ko‘riklarda bu madhiya yangragan va hamma ishda Alloh yor bo‘lsin deb da’vat etilgan. Xulosa qiladigan bo‘lsak, O‘rta Osiyoda Temur va Temuriylar davrida madaniyat rivojlandi va kamol topdi. XIV-XV asrlardagi Movaraunnahr va Xurosondagi madaniy taraqqiyotning tamal tojini Buyuk Sohibqiron Amir Temur qo‘ygan edi. O‘zining mustaqil davlatchilik yo‘lidan borayotgan mamlakatimizda Sohibqiron saltanatidagi ko‘pgina foydali jihatlar o‘z ifodasini topgan. Bayrog‘imizdagi moviy rang, ichki siyosatda “Kuch adolatda!” degan shiorlarni amalga oshirilishi huquqiy davlat barpo etilishi sari qo‘yilayotgan qadam bularning isbotidir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling