1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Sodiqova Gulshod Abdurasulovna Qorovulbozor tuman 8-IDUM tarix fani o‘qituvchisi BUYUK AMIR TEMUR – MILLAT FAXRI Annotatsiya: Ushbu maqolada Amir Temurning faoliyatiga umumiy tavsif berilgan. Shuningdek, sohibqiron qabrining ohilihi bilan bog‘liq mulohazalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Amir Temur, tarixchilar asarlari,sohibqiron bobomizni jahondagi o‘rni. Amir Temurga bag‘ishlab yaratilgan asarlar soni Yevropa tillarida 500 dan ziyod, 33 mamlakatdan,sharq tillarida esa 900 ga yaqin asarlarni tashkil etadi. Amir Temurning tug‘ulishi haqida quyidagi fikrlar kitoblarda talqin etiladi. “Farzand kutayotgan baxtiyor otaga ma’lum bo‘lishicha ilohiy payg‘om haqida “Zafar yo‘li” kitobida bir lavha mavjud. Keyinchalik ota – Muhammad Tarag‘ayning o‘g‘li Temurbekka hikoya qilib berishicha,u bir kecha tush ko‘rgan. Tushida arabsiymo bir zot unga qilich bergan. Qilichni boshi uzra sirpaganda butun atrof yorug‘ bo‘lib ketgan. Tarag‘ay tushini ta‘birini piri Shamsiddin Kuloldan so‘raganda, pir “Olloh senga bir o‘g‘il beradi, u dunyoni zulmatdan qutqaradi” deb tushni ta’bir qilgan ekan”. -96- Ana shunday sir-sinoatlar qurshovida farzand tug‘ildi. Endi unga ism qo‘yish kerak edi. Ota chaqaloqni pir Shamsiddin Kulol huzuriga olib boradi. Ularni tashrifi pirga ayon bo‘ladi. Shamsiddin Kulol otani qutlab qo‘liga bir hovuch bug‘doy va mayiz bergan va “Ularning sonicha avloding hukmron bo‘ladi” deb karomat qilgan, ular soni 370 ta bo‘lgan ekan. Shayxning oldiga kirganlarida ul zot Qur’ondan “Aamintum man fi-s-samaai-yaxsifa bikumu-l arza fa iza hiya tamuru” (67-Mulk surasi, 16-oyat)ni o‘qib o‘tirgan ekan. Shundan oyatdagi “tamuru” so‘zidan bolaga “Temur” ismini beradilar. Mulk surasi (“mulk” so‘zi arab tilida podshohlik, hukmronlik ma’nosini bildiradi). “Taborak” deb boshlangan shu so‘z bilan ko‘op qiroat qilinadi (Hakim Sattoriy “Hazrat Sohibqiron” asari 38-39 bet). Amir Temurning harbiy yurushlari tarixiga bag‘ishlangan asarlar bobomiz tirikligidayoq yozilgan bo‘lib, bu an’ana Shohruh davrida ham davom etgan. Tarixchilar Nizomuddin Shomiyning “Zafarnoma”, Hofizi Abruning “Zubdat at- tavorix”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” Fasih Ahmad Xavofiyning “Mujmali Fasihiy”, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla as-sa’dayn”, Ibn Arabshohning “Ajoyib al-maqdur” kabi asarlar hamda Amir Temur Ispaniya qiroli Genrix III, Fransiya hukmdori Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV saroylariga elchilar yuborib, mutanosib ravishda ispaniyalik, fransiyalik, angliyalik, xitoylik va boshqa qator xorijiy elchilarni o‘z saltanatida qabul qilgan ularning esdaliklari ham muhim manbalardir (Hakim Sattoriy “Hazrat Sohibqiron” asari 14-15 bet)(Salohiddin Toshkandiy “Temurnoma” 7-bet). Sohibqironning Fransiya qiroli Karl VI yozgan xatidagi quyidagi fikr diqqatga sazovordir. “Siz o‘z savdogarlaringizni mening saltanatimga yuboring. Biz ularni ulug‘ qarshi olib izzat-ikrom ko‘rsatamiz. Biz ham o‘z savdogarlarimizni sizning yurtingizga yo‘llaymiz. Siz ham ularga hurmat ko‘rsating, ularga ortiqcha vazifalar qilinishiga yo‘l qo‘ymang. Sizga bundan bo‘lak talabim yo‘q. Zero, dunyo ahli savdo ila obod bo‘lajak” Qarang, qanday oddiy va aniq fikr. Demak, Amir Temur tashqi savdoga katta e’tibor bergan. -97- “Tajribamda ko‘rilgankim, azmu qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz loqayd kishidan yaxshiroqdir”. Demak, Amir Temur bobomiz tadbirkorlarni juda qadrlagan. Amir Temur bobomizning bunday chuqur ma’noli, hikmatlari xalqimizda qadimdan mavjud bo‘lgan. “Bilagi zo‘r birni, bilimi zo‘r mingni yiqar” degan maqolga g‘oyat hamohang bo‘lib, insonni doimo aql-idrok, adolat va yuksak ma’naviyat asosida yashashga da’vat etishi bilan e’tiborlidir (“Amir Temur o‘gitlari” 11-bet). Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Amir Temur surati saqlanganmi? Ul zotning qiyofalari qanday bo‘lgan? Kimlar uni tarbiyalashgan? Lekin afsuski, Amir Temur ham, Mirzo Ulug‘bek ham o‘z vaqtida suratlarini chizdirib qo‘yishmagan ekan. Shu sababdan ularning surati va siyratini yaxshi bilmaymiz. Hammamiz ularni sho‘rolar davrida antropolog olim M.Gerasimov “yaratgan” byust orqali bilamiz. Bu suratda bobomiz badbashara, jahldor qilib tasvirlangan edi. Sababi M.Gerasimov Qizil imperiya tuzumining ko‘rsatmalariga bo‘ysunib, shunday ish qilgan edi. Chunki, o‘sha zamonlarda Amir Temur bobomiz qoralangan, asl siymolari qolib uydurma qiyofa yaratilgan edi. Vaholanki, Amir Temur bobomizni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, yetti yil uning saroyida istiqomat qilib, suhbatlariga musharraf bo‘lgan va tarbiyasini topgan tarixshunos olim Ibn Arabshoh Hazrat sohibqironni bunday tasvirlaydi: “Temur baland bo‘yli, tik qomatli, keng Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling