1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Axborot – Mavzu yuzasidan eng muhim ma’lumotlar beriladi. 2-bosqich  Tadqiqot


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/89
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1771891
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   89
Bog'liq
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

Axborot – Mavzu yuzasidan eng muhim ma’lumotlar beriladi.
2-bosqich 
Tadqiqot – Mavzu yuzasidan o‘quvchining o‘zi erkin va mustaqil tadqiqot 
o‘tkazadi.
3-bosqich
Motivatsiya – darsning boshlang‘ich bosqichi, o‘quvchilar diqqatini 
o‘rganiladigan materialga qaratish, ularni qiziqish, o‘rganiladigan mavzuning foydali 
tomonlarini ko‘rsata olish zarur. O‘quvchini o‘quv materialini o‘zlashtirish natijasi 
motivatsiyaga bog‘liq.
“Buyuklar fikri”ga asoslangan holda o‘quvchilar qiziqishini orttirish, muhim 
tomonlari ajrata olish yo‘naltirish, shaxsiy fikrlarini izohlashga o‘rgatish.
4-bosqich 
Shaxsiy fikr – O‘quvchi o‘z dunyo qarashidan kelib chiqib o‘z fikrlarini 
izohlaydi. 


-87- 
5-bosqich 
Asosiy fikrlarni ajratib olish – O‘z fikrlari ichidan eng muhimlarini belgilab 
oladi.
6-bosqich
Mustahkamlash – darsning zarur bosqichi bo‘lib, nafaqat o‘quv materialini 
o‘zlashtirish natijasini ko‘tarish, balki o‘quvchilarni qiziqtirish, ular ongida mantiqiy 
bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdir.
Birinchi qadamdan oxirgi qadamgacha bo‘lgan bosqichlardagi eng muhim 
aspektlarni belgilab olish.
7-bosqich
IQ-Baholash
IQ- bu psixologiya fanining turli boshqotirma sifat masalalar, testlar orqali 
kishining intellektual salohiyati (qobiliyati), uning aqliy taraqqiyoti, bilimlari 
darajasi, tevarak-atrofdagi voqyea-hodisalarni qabul qila olishi, ya’ni tahlil eta olish 
darajasini ko‘rsatuvchi o‘lchov birligi hisoblanadi. Hozirgi dunyoning rivojlangan 
davlatlarida kishining IQ darajasi psixologlar tomonidan ishlab chiqilgan qator 
uslubiy amaliyotlar orqali aniqlab, o‘qishga, ishga qabul qilishga muhim (zaruriy) 
imtihon vazifasini o‘tamoqda.
Baholash – darsning asosiy turtki beruvchi qismi. Baholash adolatli, 
ko‘rgazmali, egiluvchan bo‘lishi va nisbiy bo‘lmasligi kerak. Baholash 
o‘quvchilarning qiziqishlarini oshirishi zarur. Baholash jarayonida o‘quvchilarning 
umumiy fiziologik-psixologik xususiyatlarini, shu bilan birga, har bir o‘quvchining 
tabiatiga xos jihatlarini inobatga olish kerak. Jamoaviy, o‘z-o‘zini, guruh bo‘lib 
baholash turlaridan foydalanish mumkin.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling