1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/89
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1771891
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   89
Bog'liq
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

-108- 
jahonshumul obro‘si negizini bu davlatda qaror topgan va butun dunyoda so‘zsiz 
e’tirof etilgan yuksak ma’naviyat tashkil etadi.
 
Jumayeva Mahorat Ga’ybullayevna 
Kogon tuman ijtimoiy fanlar bo‘yicha trener 
MAKTABLARDA TEMURIYLAR HAFTALIGINI O‘TKAZISH 
Annotatsiya: Yurtimizda ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tiborning zamirida 
kuchli kadrlarni shakllantirish, ular ta’lim berayotgan o‘quvchilardan kuchli jamiyat 
barpo etish nazarda tutilagan. Har bir o‘quvchiga bilim berish barobarida ularni 
avvalo vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muhim hisoblanadi. Tavsiya etilayotgan 
g‘oya o‘quvchilarning temuriylar davridagi bilimlarini oshirish va Amir Temur 
shaxsini o‘rganish bilan birgalikda ularning iqtidorlarini ham ko‘rsatib bera oladi, 
bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazadi. 
Kalit so‘zlar: Temur tuzuklari, innovatsion g‘oya, temuriylar haftaligi, ijodkor 
o‘quvchi, bilimdon, qobiliyat. 
Amir Temur – yirik davlat arbobi, qonunshunos, kuchli notiq, serqirra inson, 
eng muhimi elini va yurtini sevgan va uni mashuru jahon qilgan betakror shaxs. 
Buyuk bobokalonimiz tarixi ko‘p jildlik kitoblar yozishga arziydi. Ammo tariximizda 
shunday davrlar bo‘ldiki, buyuk amirning vatandoshlari, uning haqida tarixiy 
haqiqatlarni aytolmay qoldik. Aytganlar esa ayovsiz jazolandi. Vaholanki, Angliya, 
Fransiya, Germaniya va boshqa bir qancha davlatlar Amir Temurning hayoti va 
faoliyatiga bag‘ishlab juda ko‘p ko‘lamdor kitoblar yozib, o‘z tillarida chop etdilar. 
Teatr sahnalarida Amir Temurning yorqin obrazini yaratdilar. Fransiyalik 
haykaltaroshlar uning haykalini oltindan quyib muzeylarida namoyish qildilar. 
Mustaqillik bizga in’om qilgan ne’matlardan asosiysi bu tarixda o‘chmas iz qoldirgan 
ajdodlarimizning haqiqiy qiyofalarini ochish imkoniyati deb hisoblayman.


-109- 
Maktabda sinflar kesimidagi darsliklarda Amir Temur va Temuriylar mavzusi 
faqatgina 5-sinf Tarixdan hikoyalar va 7-sinf O‘zbekiston tarixida mavjud bo‘lib, 
boshqa sinf darsliklarida Amir Temur shaxsiga kam murojaat qilinadi. Vaholanki 
bugungi kunda 33 davlatda 500 dan ortiq asarlar yaratilgan, qator davlatlar tan olgan 
davlatchilik asoschisining hayoti, boshqaruvchilik qobiliyati, ilm-fanga homiylik 
qilganligi, bunyodkorligini mukammal o‘rganish hammamiz uchun farz ham qarzdir. 
Tavsiya etilayotgan innovatsion g‘oya maktab o‘quvchilarini har yili Amir Temur va 
Temuriylar davrini qayta-qayta o‘rganishga, mukammal bilimga ega qilishga hamda 
buyuk sohibqironning avlodi ekanligi bilan faxrlanishga, munosib avlod bo‘lishga 
undaydi. 
Maktab ma’muriyati “Temuriylar haftaligi” ning tashkilotchisi hisoblanadi. 
”Temuriylar 
haftaligi”ni 
tashkil 
etish, 
o‘tkazish 
Ijtimoiy 
fanlar 
metodbirlashmasi tomonidan amalga oshiriladi. 
“Temuriylar haftaligi”ning o‘tkazilish tartibi quyidagi tartibda amalga 
oshirilidi: 
1. Haftalik o‘tkazilishi yuzasidan e’lonlar maktabning ertalabki saflanishida 
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan aytiladi. 
2. Haftalikda ishtirok etish uchun 5-11-sinf oquvchilarining barchasi jalb 
etiladi. 
3. Haftalik kunini aniq belgilash lozim (1-10 aprel kunlari qamrab olinadi). 
4. “Temuriylar haftaligi” ni maktab o‘quvchilari o‘rtasida, yo‘nalishlar 
kesimida o‘tkazish: 
“Mohir musavvir” nominatsiyasi bo‘yicha mas’ul shaxs maktabning tasviriy 
san’at fani o‘qituvchisi belgilanadi. Ishtirok etish istagi bor o‘quvchilarga tavsiyalar, 
tushunchalar beradi. Bunda o‘quvchi Temuriylar davri bilan bo‘g‘liq rasm chizishi va 
chizgan rasmiga chiroyli izoh berishi lozim.
“Dono dizayner” nominatsiyasi bo‘yicha mas’uliyat maktabning texnologiya 
fani o‘qituvchisi zimmasiga yuklatiladi. Bu nominatsiya yuzasidan o‘quvchilar biror 


-110- 
tarixiy libos, bosh kiyim, oyoq kiyim, harbiy qurol va boshqa biror jihoz 
tayyorlashlari lozim.  
“Bilimdon” o‘quvchi nominatsiyasi bo‘yicha barcha vazifalar, tashkilotchilik 
tarix fani o‘qituvchisining zimmasiga yuklatiladi. Bu jarayonda oldindan 
ishtirokchilarga e’lon qilingan darslik va qoshimcha adabiyotlar yuzasidan test 
savollari tuzilib, metodbirlashma yig‘ilishida ekspertizadan o‘tkaziladi. E’lon 
qilingan darslik va qo‘shimcha adabiyotlarni o‘quvchilar o‘qishlari uchun muddat 
beriladi va 9 aprel kuni test olinadi. Natijalar yuzasidan g‘oliblar aniqlanadi. 
“Iqtidorli ijodkor” nominatsiyasi bo‘yicha mas’ul shaxs ona tili va adabiyot 
fani o‘qituvchisi. Bu jarayonda o‘quvchi monolog, diolog, she’r yodlab aytishi, yoki 
Amir Temur va temuriylar davri tarixiga oid ijodiy ish, insho yozib ishtirok etadi. 
- “Havaskor aktyor” nominatsiyasi bo‘yicha mas’ul shaxs ma’naviy-ma’rifiy 
ishlar bo‘yiha direktor o‘rinbosari belgilanadi. Bu jarayonda ishtirokchi o‘zining 
aktyorlik qobiliyatini namoyish etishi lozim. Amir Temur va temuriylar davrida 
yashagan, hukmronlik qilgan, ijod qilgan biror shaxsni ijro etib berishi talab etiladi. 
Ijro etayotgan roliga yarasha tashqi ko‘rinishga ham ega bo‘lishi kerak.
Haftalikning faoliyatini baholab borish uchun maktabning tasviriy san’at, ona 
tili va adabiyot, tarix, musiqa fani o‘qituvchilari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 
direktor o‘rinbosaridan iborat hakamlar hay’ati komissiyasi tarkibini shakllantirish va 
metodbirlashma yig‘ilishida tasdiqlash. Hakamlar hay’atining xulosalari asosida 
g‘oliblar aniqlanadi. Har bir hakam qo‘ygan bahosi uchun o‘quvchiga izoh beradi. 
Ishtirokchi o‘quvchi o‘zining kamchiliklarini bilishi uning keyingi faoliyatida 
yutuqlarga erishishiga asos bo‘ladi. 
Taklif etilayotgan g‘oyaning afzalliklari: 
1. Amir Temur va Temuriylar davri haqidagi bilimlar mustahkamlanadi. 
2. O‘quvchilarning bosh vaqtlarini unumli o‘tkazishlari uchun imkoniyat 
yaratiladi. 
3. O‘quvchilarning noyob qobiliyatlarini namoyish etishlari uchun shart-
sharoitlar yaratiladi. 


-111- 
4. Ta’lim sifatini yaxshilashga, o‘quvchilarning bilimini mustahkamlashga 
xizmat qiladi. 
5. O‘quvchilarni tarixda yashagan ajdodlari bilan faxrlanishga undaydi hamda 
ularga munosib voris bo‘lish tushunchalarini shakllantiradi. 
Har bir ishtirokchi qilgan mehnati uchun albatta rag‘bat olishni istaydi. 
Shuning uchun haftalik g‘oliblarini munosib baholab, ularni taqdirlashni ham tashkil 
etish shart va zarur hisoblanadi: 
1. “Bilimdon” o‘quvchi nominatsiyasi bo‘yicha baholashda o‘quvchining test 
natijasiga e’tibor qaratiladi. 
2. “Mohir musavvir” nominatsiyasi bo‘yicha ishtirokchiga tasviriy san’at fani 
o‘qituvchisi baholaydi va izoh beradi. 
3. “Iqtidorli ijodkor” nominatsiyasi bo‘yicha ishtirokchilarning ijodkorligiga 
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi baho beradi va ijod mahsullarining har biriga 
izoh beradi. 
4. “Dono dizayner” nominatsiyasi bo‘yicha ishtirokchilarni texnologiya fani 
oqituvchisi baholaydi va yaratilgan dizaynerlik ishining yutuq kamchiliklariga izoh 
beradi 
5. “Havaskor aktyor” nominatsiyasi bo‘yicha ishtirokchilarni maktabning 
ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari baholaydi va yosh aktyorning 
mahoratiga izoh beradi. 
1. Har bir nominatsiya bo‘yicha munosib faxriy yorliqlar tayyorlash. 
2. Haftalikda faol ishtirok etgan o‘quvchilarni ertalabki saflanishda maktab 
ma’muriyati tomonidan taqdirlash. 
3. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni “maktab hayotidan lavhalar” 
stendiga chiqarish. Ushbu faol, ijodkor, mahoratli, bilimli o‘quvchilardan boshqalar 
o‘rnak olishlari va ularning maktabdagi mavqelarini oshirish uchun. 
4. Ijodkor o‘quvchilarning ijod mahsullarini maktab va tuman gazetalarida 
chiqarish. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling