1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
muqaddam ko‘rardi. Ularning har birini o‘z martabasiga qo‘yib, izzatu ikromini
unga izhor qilardi». Amir Temur saroyida ko‘plab ilm-ma’rifat allomalari Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono Shamsuddin Munshiy, Mavlono Abdullo Lison, Mavlono Badriddin Ahmad, Mavlono Nu’moniddin Xorazmiy, Xoja Afzal, Mavlono Alouddin -131- Koshiy, Jalol Xokiylar Sohibqironning marhamatidan bahramand bo‘lib, uning xizmatida bo‘ldilar. Amir Temur ilm-fanning riyoziyot, handasa, me’morchilik, falakiyot, adabiyot, tarix, musiqa kabi sohalari ravnaqiga katta e’tibor berib, sohibi hunarlar bilan qilgan suhbatlari haqida fransuz olimi Lyangle shunday yozadi: «Temur olimlarga seriltifot edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini ko‘rgan kishilarga ishonch bildirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm-fan, idora va boshqa ishlarda iste’dodli bo‘lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish uchun ko‘pincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelardi. Chunki Temur bu sohalarga g‘amxo‘rlik kilishga asosiy e’tiborini berardi». Amir Temurning zamondoshi muarrix Hofizi Abru yozishicha: “...hazrat Sohibqiron Amir Temurning humoyun va saodatli ayyomida Movarounnahr yer yuzi mamlakatlarining poytaxtiga aylandi. Jahonning turli joylaridan olimu fuzalolar, muhandislar va hunarmandlar bu yerga oqib kelib, yashab ijod eta boshladi”[3,59]. Aytib o‘tish joizki, azaldan olimu fuzalolar va hunarmand odamlar (ijodkor va bunyodkorlar) ijod qilish uchun qaerda qulay sharoit bo‘lsa, shu tomonga talpinib yashagan. “Amir Temur jamiyat va davlat taraqqiyotini, kelajagini fan va madaniyat ravnaqisiz tasavvur qilib bo‘lmasligini yaxshi tushungan. Shuning uchun iste’dod egalari maxsus va doimiy e’tiborga muhtoj va loyiq bo‘lishlari, noyob qobiliyat egalarini muhofaza qilish, ijodlari uchun sharoit yaratish, turmushlarini ta’minlash zarurligini ham u to‘g‘ri anglagan”[4,197]. Fransuz olimi Lyangle ham Amir Temurning ilm-ma’rifat allomalariga, sohibi hunarmandlarga qanchalik hurmat bilan munosabatda bo‘lganligi to‘g‘risida shunday deydi: «Temur olimlarga seriltifot edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini ko‘rgan kishilarga ishonch bildirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm-fan, idora va boshqa ishlarda iste’dodli bo‘lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish uchun ko‘pincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelardi. Negaki, Temur bu sohalarga g‘amxo‘rlik qilishga asosiy e’tiborini berardi». Bundan tashqari, Sohibqiron davlat va jamiyat boshqaruvidagi faoliyatini ilm ahlining ma’naviy ko‘magiga tayangan holda olib borgan. U olimu ulamolarga -132- yuksak ishonch bildirib, qudratli davlat barpo etishda ularning beqiyos o‘rni borligini alohida ta’kidlab o‘tgan. Amir Temur hazratlari qaysi mamlakatni fath etsa, shu yerlik ijodkor ahlini izlab toptirib, ularni ham moddiy, ham ma’naviy tomondan qo‘llab-quvvatlagan. Izzat-hurmatini o‘z o‘rniga qo‘ygan. «Temur tuzuklari»da bu borada shunday deyiladi: «Sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqil va dono kishilar, muhaddislar va tarixshunoslarni sara va e’tiborli kishilar deb hisoblab, hurmat- izzatlarini o‘rniga qo‘ydim... Olimlar bilan suhbatda bo‘ldim va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpinib yashadim». Darhaqiqat, biz yashagan zamin Sohibqiron Amir Temur davrida ham, bugungi kunda ham ham ko‘pchilikning havasini keltirayotgani rost. Eng asosiysi, raiyat deb atalmish xalq rozi bo‘lgan. Shuning uchun ham Amir Temur hukmronligi davrida xalq tinch, osoyishta va farovon turmush kechirgan. Bu Sohibqironning doimo xalq g‘amida, uning manfaati yo‘lida faoliyat yurgizganligidan, raiyat ahvolidan doimo xabardor bo‘lganidan dalolat beradi. «Temur tuzuklari»da yozilganidek: «Raiyat ahvolidan ogoh bo‘ldim. Ulug‘larini ota qatorida, kichiklarini farzand o‘rnida ko‘rdim. Har yerning tabiati, har el-yurt va shaharning rasmu odatlari va mizojidan voqif bo‘lib turdim. Har bir yurt va shahar aholisining ulug‘lari bilan do‘st tutindim. Ularning mizojlari va tabiatiga to‘g‘ri kelgan, o‘zlari tilagan odamlarini ularga hokim qilib tayinladim». Ma’lumki, saxovatpeshalik, mehr-muruvvatlilik, fuqaroning turmushi va hol ahvolidan xabardor bo‘lish faqat buyuk davlat arboblariga xos bo‘lgan fazilatdir. Amir Temur hazratlariga xos bo‘lgan ushbu fazilat bugungi kunda mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan siyosatda o‘z aksini topmoqda. Darhaqiqat, yurtboshimiz yordam va ko‘makka muhtoj insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaslik, ijtimoiy hayotda mehr-muruvvat, saxovat va o‘zaro yordam masalalariga alohida ahamiyat berib kelmoqda. -133- Albatta, amalga oshirilayotgan bu ezgu ishlarning pirovard maqsadi xalqni rozi qilishga, uning og‘irini yengil qilishga qaratilgan. Buni quyidagi so‘zlardan ham anglab olish mumkin: «Hammamizni tarbiyalagan, voyaga yetkazgan – shu xalq. Barchamizga tuz-nasiba bergan ham shu xalq. Bizga ishonch bildirgan, rahbar qilib saylagan ham shu xalq. Shunday ekan, biz birinchi navbatda kim bilan muloqot qilishimiz kerak, odamlarimiz bilan. Kim bilan bamaslahat ish tutishimiz kerak, avvalo xalqimiz bilan. Shunda xalqimiz bizdan rozi bo‘ladi. Xalq rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi. Xalq bizdan rozi bo‘lsa, Yaratgan ham bizdan rozi bo‘ladi». Xulosa qilib aytganda, Sohibqiron Amir Temur milliy davlatchiligimiz tarixida nafaqat yetti iqlim sultoni sifatida, balki yurt obodonchiligi va xalq farovonligi yo‘lida bor kuch-g‘ayratini safarbar etgan buyuk davlat arbobi sifatida qoladi. Amir Temurdek tabarruk zotlar haqida, ul ulug‘ inson yaratgan buyuk ishlar, bizlarga qoldirgan buyuk meros abadul abad o‘zligimizni anglashga xizmat qilaveradi, ulug‘ ajdodlarimizni o‘qib o‘rgansak ular bizga shunchalik pok ruhiy madad, yuksak ma’naviyatni ato etaveradi. Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma’naviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. “O‘zligimizni anglab, buyuk tariximizni yoshlarga tushuntirsak, ilm-ma’rifatni rivojlantirsak, hech qachon kam bo‘lmaymiz. Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi[1,146]”. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling