1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. – Toshkent, 2000. 2. Temur tuzuklari. – Toshkent, 2020. 3. Ahmedov B. Amir Temur darslari. – Toshkent, 2001. 4. Qosimov F.H. Temuriylar davrida Buxoro. – Buxoro, 1996. Jo‘rayeva Muhayyo Rahimovna Kogon tumani Xalq ta’limi Ijtimoiy fanlar metodisti BUNYODKOR SHAJARA Annotatsiya: Tarixda shunday sulolalar o‘tganki, faqat harbiy yurishlar uyushtirib, vayronagarchiliklar sababchisi bo‘ldi. Yana shunday sulola vakillari borki, ular vayron etgan joyini ikki barobar ustunlik bilan bunyod eta olgan. Temuriylar sulolasi vakillarining aksariyati shunday jarayonni amalga oshirganligini tarix sahifalaridagi haqiqatlar isbotlaydi. Kalit so‘zlar: dunyoning husni, YUNESKO, yashil shahar, abadiy shahar, temuriylar, ilm-fan markazi, boqiy shahar. Samarqand – Temuriylar davlatining poytaxti, ilm-fan markazi, “dunyoning husni” deya ta’rif etilgan yoshi ulug‘ abadiy shahar. Yozma manbalarda Samarqand -154- Maroqand nomi bilan qayd etilgan bo‘lib, uning atrofi mudofaa devori bilan o‘ralgan qal’a-qo‘rg‘on bo‘lgan. Samarqand miloddan avvalgi IV asrdan Sug‘d davlatining poytaxti bo‘lgan. Keyinchalik Samarqand Amir Temur saltanatining poytaxti sifatida jahonga mashhur bo‘ldi va «abadiy shaharlar» qatoriga qo‘shildi. Markaziy Osiyo tarixida eng yirik davlatga asos solgan buyuk hukmdor Amir Temur poytaxt maqomini berish uchun aynan Samarqandni tanlashi haqida ko‘pgina rivoyat va hikoyatlar mavjud bo‘lib ularning zamirida haqiqatlar ham bor. “Temur dinastiyasi O‘rta Osiyoda, birodarkushlik urushlari bo‘lib turganligiga qaramasdan, yuz yildan ko‘proq hukmronlik qildi… Samarqand yirik ilmiy markazga aylandi” deb izohlaydi Sohibqironning angliyalik tadqiqotchisi Xilda Xukem. Samarqand o‘sha davrdagi mavqeyi bo‘yicha ijodkorlar, ilm va madaniyat ahli qaror topgan shahar bo‘lmog‘i lozim edi. U poytaxt shahar, poytaxt bo‘lganda ham birgina Movarounnahrning emas, balki buyuk Temur imperiyasining poytaxti edi. Bu esa, tabiiy ravishda, ko‘pchilik ziyolilarning bu yerda jam bo‘lishini taqozo etgan. Lekin Sohibqironning maqsadi bundan ko‘ra muhimroq, orzusi esa uning davrigacha dunyo xalqlari tarixida nozil bo‘lmagan yuksak va musaffo ma’naviy orzu edi. Aynan shu orzusining teng yarmi Samarqand bilan bog‘liq edi. Eng noyob iste’dod egasi bo‘lgan ijodkorlar va hunrmandlarni Samarqandga to‘plash bilan ularga ijod qilishlari uchun imkoniyatlar yaratib berish, ularning har birining ijodiy ishlarini davlat tomonidan, buyuk hukmron salatanati tomonidan himoyalash, ijodiy ishlariga dalda berib, uni o‘stirish, bu ulug‘vor badiiy-ma’naviy xazinadan imperiyaga tobe’ bo‘lgan barcha mamlakatlar fuqarolarini boxabar qilish va nihoyat, shu zaylda buyuk imperiyani yoppasiga ma’naviy yuksak makonga aylantirish Amir Temurning asosiy maqsadi edi. Shu maqsad yo‘lida Amir Temur qaror va farmoyishlar qabul qilishni afzal ko‘rmadi, balki shaxsiy homiyligi hamda rahnamoligi usullari bilan hal etish yo‘lini tanladi va ko‘zlagan maqsadiga erishdi. Temur va temuriylar davrida madrasa oliy ma’lumot beradigan markaz vazifasini bajargan. Samarqandda asosan davlat va davlatmand shaxslarning mablag‘lariga qurilgan ko‘plab madrasalar bor edi. Madrasada ilohiyot bilan birga -155- dunyoviy fanlar – qonunshunoslik (fiqh), matematika (riyoziyot), geometriya (handasa), adabiyot, she’riya (ilmi aruz), arab tili va uning morfologiyasi (qofiya) falakiyot, tibbiyot, tarix, jo‘g‘rofiya o‘qitilgan. Madrasada eng yetuk mutaxassislar dars berishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Ularga alohida ish haqi to‘lanar edi. 1404-yilda Saroymulkxonim Samarqandda shunday madrasa qurdirgan ediki, u o‘z hashamati bilan o‘sha davrdagi boshqa inshootlardan ajralib turardi. Unda o‘z davrining mashhur olimlari mudarrislik qilganlar. Ilm-fan va san’atning taraqqiyotida zamonasining madaniy muhitida tarbiyalanib, yoshligidayoq mashhur olim sifatida shuhrat qozongan Ulug‘bekning hissasi nihoyatda buyukdir. U mamlakatni boshqarish bilan bir qatorda, ilmiy ishlar bilan shug‘ullanadi, olimlarning munozaralarida faol qatnashadi. Ulug‘bek Samarqandda butun bir astronomiya maktabini yaratdi, Samarqand, Buxoroda ilm maskani madrasalar bunyod ettirib, o‘zi ham ma’ruzalar o‘tdi. Bitiruvchi faol talabalarni rag‘batlantirdi. Madrasa tinglovchilari fanning turli sohalaridan ko‘pgina kitoblarni tahlil qilar edlar. Sulola davrida yaratilgan ilm maskanlariga atrofdagi boshqa hududlardan ham talabalar kelib ilm o‘rgangan. Amir Temur va uning avlodlari saroylarida ko‘hna dunyo va o‘rta asrning noyob asarlari saqlanib kelayotgan boy kutubxonalari bor edi. Samarqandda Amir Temur va Ulug‘bekning, Hirotda Shohrux, Boysung‘ur, Husayn Boyqaro va Alisher Navoiyning boy kutubxonalari ziyo tarqatish bilan mashg‘ul edi. Ulug‘bek “Tarixi arba’ ulus” (To‘rt ulus tarixi) nomli tarixiy asar hamda musiqa ilmiga bag‘ishlangan beshta risola ham yozgan. Ulug‘bekning astronomiya maktabi o‘z davrining o‘ziga xos akademiyasi edi. Ulug‘bek tevaragida uyushgan 100 dan ortiq olimlarning o‘z bag‘rida yetishtirgan nomi jahonga mashhur Samarqand rasadxonasi shu vazifani o‘tagan. “Ulug‘bek Samarqandda bo‘lib akademiyaga asos soldi. Yer sharini o‘lchashni buyurdi va astronomiyaga oid jadvallarni tuzishda ishtirok etdi”, – deb yozgan edi fransuz tarixchi olimi Volter. -156- Kastiliyadan kelgan elchi Klavixoning esdaliklarida ham Sohibqironning bunyodkorlik shijoati haqida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib uni hayratga solganligi qayd etilgan. Amir Temurning ko‘p davrlar mobaynida faqatgina bosqinchi, ayovsiz harbiy yurishlar uyushtirgan hukmdor sifatida e’tirof etilganligi juda ayanchli holat bo‘lganligini ilm ahli manbalar asosida isbotlab berdi. Samarqandga boshqa yurtlardan keltirilgan barcha iste’dod egalari uni ilm-fanning homiysi va o‘zi ham ilmli shaxs ekanligini qayd etishganligi Amir Temur shaxsining bo‘htonlar ostida qolganligini isbotlaydi. Birinchi yurtboshimiz tashabbuslari bilan Amir Temurning 660 yilligi xalqaro miqyosda o‘tkazilishi Amir Temur qiyofasining yangi qirralarini dunyo miqyosida ochib berdi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling